^ F15-49 - tug’ilishning maxsus koeffitsienti.
N15-49 - o’rganilayotgan davrda 15-49 yoshni ayollarda tug’ilgan bolalar soni.
T - o’rganilayotgan davr (yil).
W - reproduktiv yoshdagi ayollar soni (15-49 yosh, tug’ilish darajasi past davlatlarda 15-44 yoshdagi ayollar olinadi.
Tug’ilishning maxsus koeffitsienti erkaklarga nisbatan xam xisoblanadi. U xolda har 1000 ta 15-49 (14-54 yoshlar uchun xam xisoblanadi) yoshdagi erkaklarga nisbatan tug’ilgan bolalar soni aniqlanadi.
Tug’ilishning xususiy koeffitsientlari-tug’ilishning o’rganishdagi eng aniq koeffitsientlar bo’lib, ma’lum yosh guruhlarda tug’ilish darajasini ifodalaydi. Bu koeffitsient odatda har 1000 ta 15-19, 20-24, 25-29, 30-34, 35 - 39,40-44 va 45-49 yosh guruhidagi ayollarda tug’ilayotgan bolalar sonini aniqlashda qo’llaniladi va quyidagicha ifodalanadi:
Fx1y=
^ Fx/y - tug’ilishing maxsus yosh guruhi bo’yicha koeffitsienti.
Nx/x+y - ma’lum yosh guruhidagi onalardan tugilgan bolalar soni.
T - o’rganilayotgan davr (yil)
W - o’rganilayotgan yosh guruhidagi ayollarning o’rtacha soni.
Tug’ilishning yig’indi (summarnhgy) koeffitsienti tug’ilish darajasini eng aniq ifodalovchi ko’rsatkich bo’lib, unda dunyo hududlari, davlatlar va ma’lum aholi guruhlaridagi tuqilish darajasini ifodalashda qo’llaniladi. Hududlar bo’yicha tug’ilish darajasini taqqoslaganda xam asosan tug’ilishning yig’indi koeffitsienti ishlatiladi. Tug’itshshning yig’indi koeffitsienti ma’lum avlodga tegishli xar bir ayolning hayoti davomida (o’lim va yosh tarkibidagi o’zgarishlardan qat’iy nazar, xar bir yosh guruhidagi tug’ilish darajasi saqlangan holda) tuqqan bolalarining o’rtacha soni. Tug’ilishning yig’indi koeffitsienti tug’ilishning yosh guruhlari koeffitsientlari yikindisiga teng.
^ Fyig’indi = Fx/x+y
y -yosh guruhlari orasidagi davr (interval)
Tug’ilishning yig’indi koeffitsienti 4.0 dan yuqori bo’lsa-tug’ilish darajasi yuqori 2.15 dan kam bo’lsa tug’ilish darajasi past hisoblanadi.
O’lim va uning koeffitsientlari. O’lim avlodlarni xayotdan ko’z yumish jarayonini ifodalaydi va qator omillar (endogenekzogen) ta’sirida sodir bo’ladi. O’lim jarayoni ma’lum aholi guruhlarida, avlodlarda. davlatlarda va jamiyat taraqqiyoti bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga bog’liq holda, inson hayotining turli davrlarida sodir bo’ladi. O’lim jarayonini ifodalashda quyidagi koeffitsientlardan foydalaniladi. O’limning umumiy koeffitsienti:
m=
m -o’lim umumiy koeffitsienti (promilleda ifodalanadi).
M - o’rganilayotgan davrdagi o’lganlar soni.
T - davr.
P - o’rganilayotgan davrdagi aholining o’rtacha soni.
O’limning umumiy koeffitsientiga xam aholining yosh va jinsiy tarkibi bevosita ta’sir ko’rsatadi. Aholi tarkibida qariyalar salmog’ining ko’pligi o’limning umumiy koeffitsientini ko’tarilishiga olib kelishi mumkin. O’lim jarayonida bo’layotgan o’zgarishlarni aniq o’rganishda uning maxsus koeffitsientlari-yosh guruhlari va jinslar bo’yicha alohida ifodalanadi.
O’limning yosh guruhlari bo’yicha koeffitsienti aloxida yoshlar (1,2,3,4,5,...) yoki yosh guruhlari (1-4, 5-9, 10-14...) bo’yicha hisoblanib har 1000 ta o’rganilayotgan yoshdagi aholiga nisbatan shu yoshdagi o’lganlarning o’rtacha ifodalanadi.
Mx1x+z=
Mx1x+z – o’limning yosh guruhlari bo’yicha koeffitsienti ifodasi.
^ T – o’rganilayotgan davr, yil.
Mx1x+z – o’rganilayotgan yosh guruhidagi jami o’lganlar soni.
Px1x+z – o’rganilayotgan yosh guruhidagi aholining o’rtacha soni.
O’limning yosh guruhlari bo’yicha koeffitsienti yordamida har bir yosh guruhida sodir bo’layotgan o’lim hollari va omillari o’rganiladi, va o’lim jadvali tuzishda foydalaniladi. Aholi guruhidagi o’lim jarayoini o’rganishda go’daklar o’limi, ya’ni bir yoshgacha (0-12 oy) bo’lgan bolalar o’limi ham juda ahamiyatlidir. Chunki, ko’p hollarda go’daklar o’limi bir muncha ko’proq bo’lib, aholi o’limining umumiy koeffitsientining yuqori bo’lishiga sabab buladi. Shuning uchun ham gudaklar o’limi alohida hisoblanadi.
Go’daklar o’limi har 1000 ta tirik tug’ilgan bolalarga nisbatan, shu yoshda o’lgan go’daklarning sonini bildiradi va promilleda ifodalanadi.
Aholi o’lim darajasini o’rganishda onalar o’limini mukammal o’rganib borish zarurdir. Onalar o’lim tug’ilish darajasi yuqori, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi nisbatan sust, davlatlarda baland bo’lib, aholi o’lim ko’rsatkichlariga bevosita ta’sir etadi.
Onalar o’limiga homiladorlikning oxirigi (28 xaftadan keyin) xamda farzand tug’ilgandan keyingi (6 xafta) davrda sodir bo’lgan ayollar o’uimi kiritiladi.
Onalar o’limi xar 1000 ta tuqqan ayollarga yoki har 1000 ta tirik tug’ilgan bolalarga nisbatan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |