PCI Express shinasi.
PCI Express texnologiyasining mohiyati,
parallel
shinalar
o‘rniga, ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishni amalga oshiruvchi ko‘p
sonli turli xil qurilmalarni, yuqori tezlikka ega ma’lumotlarni
ketma-ket tarzda
uzatib beruvchi boglanishlar
bilan almashtirshdan iboratdir. Bu ISA/EISA/PCI
shinalarida amalga oshirilgan
shinali topologiyadan,
lokal kompyuter
tarmoqlarining topologiyasiga, ya’ni
kommutatsiyalanadigan
Ethernet
texnologiyasi topologiyasiga
o‘tishni anglatadi. PCI Express, kompyuter
tarkibiga kirgan qurilmalar - protsessor, asosiy xotira va ma’lumotlami kiritish
chiqarish qurilmalarini bog‘lovchi,
universal kommutator
rolini bajaradi. PCI
Express ning kofiguratsiyasi 5.3-rasmda keltirilgan. 5.4-rasmda esa PCI Express
ning protokollar steki va paketining formati keltirilgan.
USB shinasi.
PCI va PCI Express shinalari yuqori tezliklarga ega tashqi
qurilmalarni bog‘lash uchun ishlab chiqarilgan. Ma’lumotlami uzatish tezliklanri
nisbatan past bo‘lgan qurilmalar - sichqoncha, klaviatura va printer kabi
qurilmalar uchun, PCI va PCI Express shinalaridan foydalanish unchalik to‘g‘ri
bo‘lmay qoldi.
1993 yili ettita kompaniyaning vakillari (Compaq, DEC, IBM, Intel, Micro-
Microsoft, NEC i Nothern Telecom), past tezliklarga ega qurilmalar uchun,
to‘g‘ri keladigan optimal shinani ishlab chiqish maqsadida birga to‘plandilar.
Keyinchalik ularga boshqa yana ko‘pgina ishlab chiqaruvchilar ham
qo‘shildilar. Natijada, shaxsiy kompyuterlarda hozir juda keng qo‘llanilayotgan
USB (Universal Serial Bus,
rus tilida - универсальная последовательная
шина) - ma’lumotlami ketma-ket uzatuvchi universal shina ishlab chiqildi.
54
5.3-rasm. PCI Express tizimining standart joylashishi.
5.4-rasm. PCI Express ning protokollar steki
(a)
va paketining formati (б).
USB shinasi, asosiy shinaga ulanadigan
ildiz konsentratordan
(rus tilida -
корневой концентратор или корневой хаб, root hub) iboratdir. Ushbu
konsentrator ma’lumotlami kiritish-chiqarish qurilmalari yoki boshqa
qo‘shimcha konsentratorlarning kabellarini ulash uchun mo‘ljallangan ulanish
nuqtalari (raz’yomlariga) ega. Foydalanuvchi yanglishib, kabelni noto‘g‘ri
ulab qo‘ymasligi uchun, kabelning konsentratorga ulanadigan konnektori,
uning qurilmalarga ulanadigan konnektoridan farq qiladi.
Topshiriq.
Asosiy plataning asosiy elementlarining nomi yozing.
55
Do'stlaringiz bilan baham: |