7-амалий машғулот: Очиқ иқтисодиётда макроиқтисодий сиёсат Амалий машғулот учун режа-топшириқ


Эркин сузиб юрувчи валюта курси шароитида макроиқтисодий сиёсат



Download 177,91 Kb.
bet9/14
Sana31.12.2021
Hajmi177,91 Kb.
#200423
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
7 жавоблар

4.Эркин сузиб юрувчи валюта курси шароитида макроиқтисодий сиёсат.
Suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitidagi byudjet-soliq va pul-kredit siyosati qayd qilingan valyuta kursi sharoitidagiga nisbatan mutlaqo boshqacha natijalar beradi. endi rollarni taqsimlash muammosini to`g’ri hal qilish teskari ko`rinish oladi. Byudjet- soliq siyosati savdo, demak, to`lov balansi uchun pul-kredit siyosatiga nisbatan katta ahamiyat kasb etadi. Aynan byudjet-soliq siyosatidan tashqi balansga erish uchun foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi.

Ichki balansni ta`minlashda esa pul-kredit siyosatidan foydalanish birinchi planga chiqadi.

Agar qayd qilingan valyuta kursi sharoitida ichki pul siyosati almashinuv kursinini quvvatlab turishni ham ko`zda tutgan bo`lsa, suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida u bunday vazifadan ozod qilinadi va ichki muammolarni hal qilish uchun samaraliroq ishlatilishi mumkin.

Pul taklifini kengaytirish foiz stavkalarini pasaytiradi va xarajatlarning oshishiga olib keladi. Ma`lumki xarajatlarning ortishi importning o`sishini rag’batlantiradi va savdo balansini yomonlashtiradi. To`lov balansining taqchilligi yuzaga kelishiga foiz stavkasining pasayishi sababli kapitalning mamlakatdan chiqib ketishi ham ta`sir ko`rsatadi. Lekin egiluvchan valyuta kursi sharoitida taqchillik saqlanib qolmaydi. Importning o`sishi va kapitalning oqib ketishi xorijiy valyutaga talab oshishiga olib keladi va milliy valyuta qadrsizlanadi. Bu qadrsizlanish mamlakat eksportchilarining raqobatbardoshligini kuchaytiradi. Oqibatda savdo balansi yaxshilanadi. eksportning ortishi mamlakatimiz mahsulotiga bo`lgan talabning o`sishini anglatadi va pul massasining dastlabki o`sishi natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy yuksalishni yanada kuchaytiradi.

Demak, pul siyosati ichki daromadlarga bevosita (pul taklifining o`sishi orqali) va bilvosita (almashinuv kursining pasayishi hamda eksportning o`sishi orqali) ta`sir ko`rsatadi.

Kapitalning oqib ketishiga va o`z navbatida milliy valyutaning qadrsizlanishi darajasiga ta`sir ko`rsatgani uchun ham kapitalning mobilligi muhim ahamiyatga egadir.

Ammo, pul-kredit siyosati murakkab etkazib berish mexanizmiga egaligi sababli uning ishlab chiqarish hajmiga ijobiy ta`siri ishlab chiqarishni kengaytirishning ichki rag’batlari ( foiz stavkasining pasayishi) orqali emas, balki ko`proq tashqi dunyo orqali ro`y beradi deb tasavvur qilish mumkin. Boshqacha aytganda, kapitalning chiqib ketishi va valyutaning qadrsizlanishi sharoitida mamlakat mahsulotlariga talabning o`sishi uning eksportiga talabning oshishi hisobiga ro`y beradi. SHu sababli pul siyosatining ichki balansga ijobiy ta`siri o`ziga xos xususiyatga ega. Suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida byudjet-soliq siyosatining samaradorligini baholash yanada murakkabroqdir. Ma`lumki, davlat xarajatlarining ortishi ichki va tashqi muvozanatga ikki yo`nalishda: daromad orqali va foiz stavkasi orqali ta`sir ko`rsatadi. Daromadlarning ortishi( multiplikator samarasi orqali) importni ko`paytiradi, savdo balansini yomonlashtiradi va milliy valyutaning kursini pasaytiradi. Davlat xarajatlarining ortishi, shuningdek, hukumat olayotgan qarzlarini ko`paytirayotganligini anglatadi, bu esa foiz stavkalarining ortishiga olib keladi. YUqoriroq foiz stavkalari esa xorijdan kapital oqib kelishini rag’batlantiradi. Bu esamilliy valyuta kursini oshiradi va kapital harakati schyotini yaxshilaydi. Yakuniy natija esa kapitalning mobilligi darajasiga bog’liq bo`ladi.

Kapitalning past mobiligi sharoitida byudjet ekspantsiyasi daromad orqali ko`proq

ta`sir ko`rsatadi. Kapitalning uncha ko`p bo`lmagan miqdorda oqib kelishi savdo balansining taqchilligini qoplay olmaydi va oqibatda valyuta kursi pasayadi.

Milliy valyutaning arzonlashishi eksportning o`sishi uchun qulay sharoit yaratadi va to`lov balansining taqchilligini bartaraf qilish imkonini beradi. eksportning ortishi, shuningdek, byudjet ekspantsiyasining ichki ishlab chiqarishga ijobiy ta`sirini to`ldiradi.

SHu bilan birga kapitalning mobilligi ortib borishi bilan kapital schyotining to`lov balansi va valyuta kursiga ta`siri kuchaya boradi. Kapitalning yuqori mobilligi sharoitida uning oqib kelishi sababli ro`y bergan valyuta kursining ko`tarilishi tendentsiyasi ustunlik qiladi. Bu eksportning qisqarishiga va savdo balansi taqchilligining ortishiga olib keladi. Kapitalning katta miqdorda oqib kelishi bu taqchillikni qoplash va to`lov balansini muvozanatlashtirish imkonini beradi. Ammo byudjet ekspantsiyasining ishlab chiqarish hajmiga yakuniy ta`siri deyarli nolga teng bo`ladi. Bunga kuchli siqib chiqarish samarasi mavjudligi, ya`ni xususiy investitsiyalarni foiz stavkasining oshishi orqali va eksportni almashinuv kursining oshishi orqali siqib chiqarilishi sabab bo`ladi.

SHunday qilib, pul siyosatining ichki daromadga aniq ijobiy ta`siridan farqli ravishda byudjet-soliq siyosati kapitalning past mobilligi sharoitidagina samarali bo`ladi.

Xulosa yasab, pul va byudjet –soliq siyosatining, tashqi balansni saqlab turgan holda ishlab chiqarish hajmiga ta`sir ko`rsatishi nuqtai nazaridan, nisbiy samaradorligini baholashimiz mumkin.

Ma`lumki, qayd qilingan valyuta kursi sharoitida ichki monetar siyosat amalda “falajlangan” bo`ladi va faqat byudjet-soliq siyosatigina samara beradi. Va bu samara kapitalning mobilligi ortishi bilan ko`payib boradi.

Suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida ichki ishlab chiqarish hajmiga, shubhasiz, kapitalning mobilligi qanday bo`lishidan qat`iy nazar pul-kredit siyosati ijobiy ta`sir ko`rsatadi.



Download 177,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish