7-8–mavzu. Temuriylar hukmronligi davrida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot


Temuriylar davrida fan va madaniyat



Download 58,5 Kb.
bet2/3
Sana08.02.2023
Hajmi58,5 Kb.
#909048
1   2   3
Bog'liq
4-PARA-2

Temuriylar davrida fan va madaniyat.
Amir Temur davrida ilm-fan, madaniyat g‘oyat darajada rivojlandi. O‘rta Osiyoda madrasa ta’limi X asrlarda paydo bo‘lgan, ammo uning haqiqiy mukammal rivoji Amir Temur davriga to‘g‘ri keladi. Ba’zi manbalarda uni Sharqda oliy ta’limning asoschisi deb ataydilar. Amir Temurning harbiy, nazariy va amaliyot sohasidagi kashfiyotlarining o‘zi dorilfunundir.
Ayrim mualliflarimiz Temur davrida ilm-fanning rivojida, yurishlar davrida chetdan olib kelingan ilm-fan, adabiyot namoyondalarining faoliyati bilan bog‘laydilar. Albatta bu gapda ma’lum darajada haqiqat bor deb ham hisoblaylik, ammo Temurga qadar ham Turonzamin dunyoning o‘zlarining qomusiy olimlari bilan lol qoldirgan edi. Ikkinchidan, Amir Temurgacha ham itsilochilar ilm-fan, madaniyat, san’at o‘z yurtlariga amr qilib olib ketib, izsiz yo’qolganlar ham bo‘lganku, masalan chingizxon.
Temur zamonasida ilm-fan, adabiyotning barq urib rivojlanish sababi quyidagicha.:
Amir Temurning o‘zi o‘qimishli,savodhon va ma’rifatparvar inson bo‘lgan. Shu sababli u ilmli, ziyoli kishilar mehnatini qadrlay bilgan.
O‘z ona tilidan tashqari fors va mo‘g‘ul tillarini yaxshi bilgan Amir Temur mamlakati taraqqiyotida, xalqning madaniyat va ma’naviy kamolotida ilm-fan va ma’rifatning ahamiyatini qadrlaydi. Shu bois ulug‘ amir o‘z yurtida bo‘lsin, harbiy yurishlar qilib borgan mamlakatlarida bo‘lmasin, ularning millati, irqidan qat’iy nazar, kasb-hunar egalari, ustalar, me’morlar, olimu-fuzalolar, adabiyot va san’at arboblarini juda-juda qadrlar, ular bilan doimo maslahatlashar, ularning fikr va xulosalariga doimo quloq solar edi. Ma’naviy-madaniy xodimlarining ishlash, yashash va ijod qilishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib beradi. Bu o‘rinda «Temur tuzuklari»da quyidagilarni o‘qiymiz: Yettinchisi sayidlar, ulamoi-mashoyix, oqilu-donolar, muhaddislar, xabarchilar (tarixchilar)ni tanlagan e’tiborli odamlar hisoblab, izzatu hurmatlarini joyiga qo‘ydim.
Sakkinchi toifa-hakimlar, tabiblar, munajjimlar va muhandislarni, ular saltanat korxonasiga rivoj beruvchilardir. Ularni o‘z atrofimga to‘pladim. («Temur tuzuklari» 55-56 betlar).
Amir Temurni yomon ko‘rgan Ibn Arabshox haqiqatni tan olib quyidagi so‘zlarni aytgan edi:»Temur olimlarga mehribon bo‘lib, sayidu-shariflarni o‘ziga yaqin tutardi. Ulamolar va fozillarga to‘la-to‘kis izzat ko‘rsatib, ularni har qanday kimsadan muqaddam ko‘rardi. Ularning har birini o‘z martabasiga qo‘yib, o‘z ikromu-hurmatini unga izhor etardi. Ularga nisbatan o‘z muruvvati bisotini yoyardiki, bu muruvvati uning haybati bilan aralash edi. Ular bilan mazmunli bahs ham yuritar ediki, bu bahsida insofu-ximmat bo‘lardi.
Temur tarix (kitob)lari, xudoning raxmati va salomi bo‘lg‘ur anbiyolar qissalarini, podshohlar siyratlarini va o‘tgan salaflar haqidagi hikoyatlarni doimo safarda ham, hatarda ham o‘qitib qunt bilan tinglar edi» (Ibn Arabshox. Amir Temur tarixi. 2-kitob, 71 b)
Sharofuddin Ali Yazdiy «Zafarnoma» asarida Amir Temurning mamlakatda adolat o‘rnatish, tartib va tinchlikni mustahkamlash, fuqarolarning turmushini yaxshilash, yurtimizda qurilishlarni kuchaytirish, davlatimizni rivojida ilm-fan, din peshvolarining maslahatini inobatga olganini takidlab o‘tilgan.
Amir Temurning ilm-fan, ijodkor ahli uchun yaratib bergan shart-sharoiti tufayli, Samarqand dunyoning ma’rifat markazlaridan biriga aylandi. Buning natijasida qozizoda Rumiy Turkiyaning Bursa shahridan o‘z ixtiyori bilan Samarqandga keladi. Bu bilan hamma ziyolilar Samarqandga o‘z ihtiyori bilan kelganlar degan fikrdan yiroqmiz. Temur Samarqandga olib kelgan olimlar orasida tabib Xusomiddin Ibrohimshox Kermoniy, falakiyotshunos Mavlono Ahmad kabilar bo‘lgan.
Yuqorida ta’killaganimizdek, Temurning ilm-fan, ma’rifatga e’tibori tufayli Samarqand ziyolilarni o‘ziga ohangrabodek tortib, yirik madaniy markazga aylandi.
Temur xokimiyat tepasiga kelgan kundan boshlab, o‘z davlatida Chingiziylarning qonli izlariga barham bera boshladi. Bir yarim asr davom etgan mo‘g‘ullar itsilosi paytida minglab qishloq va shaharlar, inshootlar vayron qilingan edi.
Ularni qayta tiklash, mamlakatga qaytadan jon bag‘ishlash har kimning qo‘lidan kelaveradigan ish emas edi. Buning uchun o‘zida ajdodlari ruhi, tajribasi, orzu-umidlarini mujassam etgan chinakam daho kerak edi.
Ana shunday daho Temur edi. U hokimiyat tepasiga kelgan kundan boshlab Movarounnaxrda qurilish va obodonchilik ishlariga e’tibor qaratdi. Amir Temur yurtni obod qilish ishi bilan bevosita shug‘ullanar ekan, bu sohaning o‘ziga xos qoidalariga qat’iy amal qildi. Bular qurilishning puxta o‘ylangan rejasi, joyning aniq va to‘g‘ri tanlanishi, isrofgarchilikka yo’l qo‘ymaslik, shoshma-shosharlik qilmaslik, turli xil inshootlar-mudofaa devori, ark, hukumatga tegishli binolar, masjidlar, madrasalar, savdo ratsalari, bozorlar, karvonsaroylar, maishiy inshootlarning o‘zaro munosibligi: mo‘‘tadil iqlimni yaratuvchi kanallar, ariqlar bog‘lar, hovuzlarning joylashishi.
Haqiqattan ham bugungi Samarqand me’morchilik obidalari, shahar qurilishi Temur me’morchilik sohasida hali noyob did egasi bo‘lganligini to‘la isbot eta oladi.
Ana shuni alohida ta’kidlamoq joizki Amir Temur shaharsozlik madaniyati juda erta shakllangan, iqtisodi, san’ati, ilmu-fani ming-yilliklar davomida gullab yashnagan, necha bor inqirozga yuz tutgan Turon zaminining farzandi edi.
Shu sababdan ham shahar qurish ishtiyoqi uning qon tomiriga singib ketgan edi, ginetak xotirasiga muxrlangandi. Shahar va qasrlar qurish, ularni obod qilish, el-yurt obodonchiligi bilan izchil shug‘ullanish sohibqiron tabiiy extiyojining mahsulidir. Hususan bu davrda mamlakatning yirik viloyat shaharlari, Samarqand va Hirotda qurilish ishlari keng avj olib, binokorlarning roli oshib ketadi. O‘sha vaqt binokorlari orasida me’morlar, muxandislar, g‘isht teruvchilar, suvoqchi-ganchkorlar, ganchga naqsh ulovchi naqqoshlar, tosh yo’nuvchi (sangtaroshlar) va duradgorlar mehnati qadrlangan va ular tomonidan go‘zal imoratlar qad ko‘targan. Temur yig‘ilgan mablag‘ni aysh-ishratga emas, balkim go‘zal binolar -qurishga sarflagan.
«Temur har bir muvoffaqiyatini, har bir sevinchli voqeani bir me’morlik asarini bunyod etish bilan nishonlashga ahd qildi. Shu maqsadda Hinditsonning yuzlarcha mohir g‘isht teruvchilarini, Sheroz, Isfaxon va Damashqning mashhur ustalarini Movarounnaxrga keltirdi. Ular go‘zal imoratlar qurdilar. Musulmon Osiyosi ikki yuz-yil mobaynida turk qo‘shinlariga lashkargox bo‘lganiga, bu qit’aga Temur saltanatida asarlari bilan bizni hayratga solgan rassomlar, me’morlar va boshqa san’at ahli doimo ijod qilgani mazkur imoratlar shoxiddur. Naqadar aniq etib tasvirlagan jahongirning dilida go‘zallik va yuksaklikka muhabbat shu qadar kuchli ediki, bunga uning davrida yaratilgan san’at va me’moriy asarlari dalildir».
Amir Temur datslab, o‘zi tug‘ilib o‘sgan Keshda me’morchilik san’atining ajoyib namunalari-saroylar, masjidlar maqbaralar, madrasalar, karvon saroylar, turli muxtasham binolar qurdirishga alohida e’tibor bergan. Bu xaqda Temurning nabirasi Bobur Mirzo shunday so‘zlarni yozib qoldirgan:» Daholar saxrosi va shaxri va tomi hub sabz bo‘lur uchun Shahrisabz ham derlar. Temurbekning zodi-budi Keshdin uchun, shahar va qilurga ko‘p saxiy va ehtimomlar qildi, oliy imoratlar Keshda bino qildi».
Temur Keshning janubiy-Sharqiy qismida ulkan maqbaralar kompleksini qurdirib boshlagan. U Dorussiyodat-baxt yurti deb atalib, u Temuriylar avlodining dahmasidir. Bu erda Temurning otasi Tarag‘ay Bahodur, Shayx Shamsiddin Kulol, bevaqt qazo qilgan o‘g‘illari Muhammad Jaxongir va Umarshayx Mirzolar dafn qilingan. Shuningdek, Temurning o‘zi uchun qurdirgan dahmasi ham shu erda.
Maqbara maxobat prizma shaklida bo‘lib, gumbazi uzunchoqdir. Ichki devorlariga tokchalar qilingan, mehroba g‘arb tomonda devorlar va gumbazlar Changsuvoq qilingan, yorqin ko‘k va ba’zi joylarda qizil rangda naqshlar solingan. Yuqorida «Dono ezgu niyatlar bilan ish qiladi, ahmoq ezgu niyatni umid qilib yotadi» degan arab maqoli o‘yib yozilgan. Temur sag‘anasi o‘z davrining noyob yodgorligidir. Sag‘ananing o‘ziga hos klafoni bor. Devor shifti, poli ohaktosh bilan qoplangan. Devorlarga qur’ondan oyatlar yozilgan.
1379-yildan boshlab, Temurning amri bilan bosib olingan yurtlardan asirlar, Eron, Hinditson, Afg‘onitson va boshqa mamlakatlardan noyob binokorlik kasbining turli ixtisosligi bo‘yicha ustalar Keshdagi Oqsaroy qurilishiga jalb etilgan.
Temurning fikricha, ushbu qasr takrorlanmas bo‘lishi, dunyodagi birorta me’mor uning qurilishi sirini bilmasligi, hullasi qasr jahongirning qudratini o‘zida gavdalantirishi lozim edi. qurilish ishiga ellik ming kishi jalb qilindi. qasrning balandligi 16-18 qavatli uy singari bo‘lib, Arkning ravog‘i qariyb 22 metrga teng. Bu Samarqanddagi mashxur Bibixonim masjidi ark ravog‘idan 4 metrcha baland.
Oqsaroyida o‘zi bilan qurgan 1404-yili Shahrisabzda Temur saroyida bo‘lgan Ispaniya qirolligining elchisi Rui Gonsales de Klavixo o‘z kundaliklarida quyidagicha yozib qoldirgan: «Men podshoning amri bilan qariyb yigirma-yildan beri qurilayotgan katta bir saroyni ko‘rdim.
Bu saroyning kirish joyi juda uzun bo‘lib, peshtoqi juda baland edi. Kirish joyida o‘ng va chap tomonlarida turli hil naqshlar bilan bezatilgan g‘ishtdan silliq qilib qurilgan arklar qad ko‘tarib turibdi. Kengligi uch yuz qadam bo‘lgan katta hovlidan so‘ng, podshoning taxti o‘rnatilgan zalga kiraverishda baland va katta enlik ko‘rinadi. Eshik zarhal va zangori ranglar ila bezatilgan, koshinlarga juda ham nafis ishlangan sher tasviri tushirilgan, chetlarida ham xuddi shunaqa bu Samarqand shohining gerbidir. Bu eshiklar to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida qurilgan salonxonaga kiriladi . Mazkur xonaning devorlari zarxal va zangori bo‘yoqlar bilan bezatilgan, koshinlari silliqlangan shifti ham butunligicha zarxallangan.
Xovlida juda ko‘p mevali va manzarali davraxtlar mavjud. Unda ko‘pgina hovuzlar va bog‘lar bor.
Rui Gonsales de Klavixo Oqsaroy xaqida yana quyidagilarni yozib qoldirgan:»Saroy ichi juda bejirim koshinlar bilan bezatilgan, bu shox shu erda bo‘lgan payti odamlarning o‘tirishi uchun qilingandir.
Xaqiqattan ham Oqsaroy o‘zbek me’morchiligining, binokorlarining gultojisidir. Go‘zal koshinlar, nodir naqshlar, tilla yugurtirilgan nafis va nozik eshiklar, naqshinkor shiftlarni qurgan Klavixo bu san’at namunalarini yasagan ustalar ishini, Parij ustalari ishidan ko‘ra ham go‘zal, deb tan olishga majbur bo‘lgan.
Amir Temur 1370-yil Balxda Movarounnaxr xukmdori deb saylangach, Samarqandni o‘z davlatiga poytaxt qilib tanladi va yangi shaharni barpo etishga kirishdi. Datslab 1370-1373-yillarda shahar arki qurildi va so‘ng shahar qurishga mo‘ljallangan maydonning atrofi baland mudofaa devorlari bilan o‘raldi.
Iqtidorli va donishmand hukmdor bo‘lgan Amir Temur Samarqandni «er yuzining sayqali»-ga aylantirishda hech narsani ayamadi. Shu sababli bu shaharda sohibqiron davrida ilmu-fan, san’at, madaniyat o‘ta rivojlanib, insoniyat tarixidagi nodir jarayon-renesans-uyg‘onish yuzaga keldi.
Amir Temur zamonida Samarqandda eng rivojlangan soha, shak-shubhasiz me’morchilikdir. Ulkan sarkarda va davlat arbobi Amir Temur me’morchilikning eng nozik tomonlarini ham yaxshi bilar edi. Me’morlarni qadrlar va ularga homiylik qilar edi.
Naql qilishlaricha, Amir Temur qurilishni boshlashdan avval shu ishning muttasadilari, bilimdonlari bilan mashvarat o‘tkazar ekan. Bunday suhbatlarga din peshvolari, olimu-fozillar, tuproqshunoslar, turli yo’nalishdagi utsolar, rassomlar, xattotlar, bezakchilar ham taklif etilardi. Qurilajak binoning hamma jihatlari obdon uymakor ekan. Qayerdan tuproq olinadi, g‘isht qaerda pishiriladi, suv qanday olib kelinadi- bularning hammasi avvaldan pishiqlab qo‘yilar ekan.
Amir Temurning bu tadbirkorligi tufayli Samarqandda necha asrlar tarixdan hikoya qiluvchi noyob imoratlar bunyod etildi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek Amir Temur, me’morchilikning eng nozik tomonlarini yaxshi bilgan, ularni qadrlagan. Shu sababli uning davrida Samarqandda o‘sha davrning eng etuk me’morlari to‘plangan edi. Ular poytaxt Samarqandni bunyod etar ekanlar, o‘tmish me’morchilik an’analarining eng yaxshi qirralaridan ijodiy foydalanib, bu boradagi tajribalarni boyitdilar, rivojlantirdilar, yuksak cho‘qqilarga olib chiqdilar.
Temur o‘z davlatining poytaxti bo‘lgan Samarqand shahrini dunyodagi eng katta va go‘zal shahar bo‘lishiga alohida e’tibor berdi. Ibn Arabshoxning yozishicha:» Temur Samarqand atrofida bir qancha qishloqlarni vujudga keltirdi. Ularni dunyoning mashxur nomlari bilan ataydi,( Misr, Danalk, Bog‘dod, Sultoniya, Sheroz). qishloqlarga mashxur shaharlarning nomlarini berishdan ma’lum bir siyosiy muddao ko‘zda tutilgan, ya’ni oddiy qishloqlar ko‘rkam va buyuk shaharlar oldida qanchalik xiralashib qolsa, yuqorida nomlari aytilgan shaharlar ham Samarqand oldida nursizday ko‘rinar edi.
Haqiqatan ham, Temur Samarqandda ulkan qurilish ishlarini olib bordi. Bibixonim, Qusam Ibn Abbos, Turkon og‘a, Shirinbeka aka, Go‘ri-amir me’morchilik obidalari bunga yorqin misoldir.
Bibixonim masjidi nafaqat Samarqandda balki butun Movarounnaxr Xuroson iqlimida ulug‘vorlik bobida unga teng keladigan imorat yo’q. Bugungi kunda Bibixonim nomi bilan mashxur bo‘lgan jom’e masjidi aslida moziyda Amir Temur Ko‘ragon jom’e masjidi deb atalgan, chunki uni buyuk hukmdorning o‘zi bosh bo‘lib tiklagan.
G‘iyosiddin Ali guvohlik beradi:»Sakkiz yuz birinchi-yili ramazon sharif oyi to‘rtinchi kunida(1399-yilning 10 mayda ) jom’e masjidi uchun poytaxtdagi eng yaxshi joyni Amir Temur tanladi. Mashxur ustalar va binokor-me’morlar bu ulkan imoratnimng loyixasini tuzdilar. So‘nggi daqiqada uning poydevorini ko‘ra boshladilar».
Fosiq Xavofiy majmuasi Fosixayning sakkiz yuz birinchi-yil voqealari bayonida yozadi:»Amir sohibqiron Hindistondan olib kelgan boylik evaziga Samarqand jom’e masjidi qurilishini boshladi. Qurilish muqaddas ramazon oyining to‘rtinchi yakshanbasi (1399-yilning 10-may)da boshlandi».
Abu Toxirjo‘ja Samarqandiy o‘zining «Samariya» kitobida: «Amir Temur Ko‘ragon jom’e masjidi. Shahar ichida, uning shimol tomonida Xazrati shoh (Dari Oxanin) davrozasining yaqinidadir.
Amir Temur Ko‘ragon Hinditsonni egallagandan keyin, u yerda o‘lja qilingan oltin, inju va qimmatbaxo toshlarni bir yuz to‘qson bir filga yuklab keltirdi va itsadiki, poytaxti bo‘lgan Firdafsmonand Samarqandda bir jom’e bino qilgay, sakkiz yuz birinchi xijriy (melodiy 1399)-yilida kuchli va tezlik ustalarini dunyo tevaragida yig‘ib, ish boshladi va shunday bir masjidi jom’e bino qildiki, saxnaning sof ishlanishi hushyor dillardan ham Mushavvaroq va baland ko‘ngillari oy Muxarnasidan bezakli, Feruzasimon qonunlari lojuvard, osmon rang, oftobga jiloli zarnigor naqshlari bilan go‘zal charx gumbazlariga barobar, baland ovozalik darvozasi « Kimki bu xonam Kagbacha kirdi, omonlik topdi (kurgon al-Imron surasi, 97 oyat) oyatning kaliti bilan ildi. Har bir yuksak toklari falak peshtoqida qad ko‘tardi. Jom’ening ravoqi utsida yozilgandirkim: «Amir To‘rg‘ay o‘g‘li buyuk Xaqqon Amir Temur Ko‘ragon sakkiz yuz birinchi-yilda ushbu jom’ening solinishga amr qildi». Jom’e davrozasining uzorida yozildirgankim :»Ushbu jom’eni bitkazishga sakkiz yuz oltinchi (melodiy 1404)-yilda muvaffaq bo‘lindi.
Bibixonim masjidi ulkan va go‘zal jom’e bo‘lib, binokorlikning noyob namunasidir. U to‘rt ulug‘vor imoratdan : katta masjid, ikkinchi kichik masjid va xaybatli peshtoqdan iborat bo‘lib, ular to‘rtburchakli hovlida joylashgan va hovlining to‘rt burchida to‘rtta minora qad ko‘targan. Besh ming kvadrat metr saxnli hovli utsiniga o‘rnatilgan gumbaz bilan yopilgan. Yodgorlik joylashgan maydonning umumiy sahni 167x109 metrni tashkil qilgan. Masjid burchaklaridagi minoralarning balandligi 51 merni tashkil qilib, bugungi kunda faqat janubiy tarafdagisining ma’lum qismi saqlangan. Katta masjid devorlarning qalinligi 4-4,5 metr bo‘lib, pishiq g‘ishtdan ishlangan.
Jom’e masjidi peshtoqining eni va bo‘yi 45 metrga yaqin bo‘lgan, bugungi kunda saqlanib qolgan qismning balandligi 33 metr, kengligi 46 metr. Xaybatli peshtoq o‘rtasida kengligi 18,8 metrli ravoq bor, ichki tomondan ham kichikroq ikkinchi ravoq o‘rnashgan, unda marmar xomiyasi darvoza bo‘lgan:
Peshtoqning yon qatorida ikkita aylanma zina bo‘lgan, zinadan yuqoriga-kungura ravoqqi maydoncha chiqilib, undan minoraga o‘tilgan.
Bu ulkan imorat xaqida «Boburnoma» da quyidagi ma’lumotlar mavjud:»Temurbek yana oxanin darvozasiga yovuq, kal’aning ichida bir masjidi jom’e solibtur, sangin, aksof Hinditsondan olgan sartaroshlar anda ish qilubdurlar, masjidning peshtoqi kitobasida bu oyatni «Va iz yarfau Ibrohima alkavoida ilo oxirloki» andak ulug‘ xat bila bitibturlarkim, bir quruq yovuq yordin uqusa bo‘lur. Bu ham bisyor oliy imoratdir».
Sharafuddin Ali YAzdiy «Zafarnoma» da ma’lumot berishicha, jom’e masjidi qurilishida mahalliy ustalaru muxandislardan tashqari, fors, Hinditsondan keltirilgan 500 sangtarosh ham ishlagan.
Ali Yazdiy yozadi: »agar osmon gumbazi uning takrori bo‘lmaganda, bu gumbaz yagona bo‘lar edi, agar somon yo’li peshtoqning takrori bo‘lmaganda, bu peshtoq dunyoda yagona bo‘lardi».
Tarixchilar ta’kidlaganidek osmon o‘par mazkur imorat juda tez fursat ichida ya’ni 1399-1404-yillar oralig‘ida qurib bitkazilgan. Bu imoratda ishning borishini Amir Temur shaxsan o‘zi nazorat qilib turgan. Bu haqda Ali Yazdiy yozadi:» On xazrat(soxibqiron) bu diniy ishni oxiriga etkazishga ishtiyoq va g‘ayratning zo‘rligi tufayli shaxsan o‘zi tez-tez imorat qurilishlarida xozir bo‘lar edi, xatto o‘sha muddat davomida aksar vaqtini qurilayotgan masjid yaqinidagi xonim (Bibixonim) madrasasida va Tumanog‘a xonaqasida o‘tkazardi. Xalqning dodiga etish va rivoyatlar borliqqa taaluqli ishlarni ham u ko‘pincha shu erda amalga oshiradi. Shu tarzda shoxona iltifot sharofati bilan masjidning oliy gungaralari quruvchisining qadru-qimmati yanglig‘ kayvon-ayvonning tushunlariga etishdi... toshlardan 480 utsun keladi. Baland shifti va ajoyib forishning hammasi taroshlangan taxtachalar bilan bezalgan. Shu tariqa (masjidning) farishdan tepasigacha bo‘lgan balandligi o‘n gaz edi.
Uning to‘rt ruknining har birida bittadan imorat ko‘tardi. Bayt: Ular osmonning har tarafiga ovoza taratib.
«Obidalarimiz (avlodlarga) bizning kimligimizdan dalolat beradilar» nidosini olamning to‘rt rukniga yangratdilar.
Yetti magdan qotishmasidan ishlangan ulkan davrozasining sadosi yetti iqlim obidalari (duosini) Darussalom (Bog‘dod)ga etkazib turadi, aylana devorining ichki va sirtqi tomonlari hamda toklarning yuzasi toshga o‘yilgan kitoba (yozuvlardan ziyonat topgan, al-qahhor» surasi va boshqa qur’on oyatlari xarflari ham kalimalari nurli aksi ularda jilolangan.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Bibixonim masjidi qurilishida jaxonning turli o‘lkalaridan olib kelingan ustalar mehnat qilishgan va umum mexnati tufayli bu jom’e Temur davri binokorligini ko‘z-ko‘z qila oladi.
Temurning mamlakatimizdagi va uning tashqarisidagi muxoliflari «Temur bosib olingan erlaridan usta, me’mor va olimlarni ko‘chirib kelib, faqat Samarqandda qurilishlarni olib borgan. Boshqa erlar bilan ishi bo‘lmagan» degan safsatani aytadilar. Ammo shuni ta’kidlamoq joizki usta, me’mor va olim uning mehnatining qadri e’zozlanadigan, ularga shart sharoitlar yaratib berilgan joydagina o‘zining eng noyob talantlarini namoyon qiladi, go‘zal asarlar yaratadi.
Fikrimizning isboti uchun bir misol, mo‘g‘ullar 1221-yilning bahorida buyuk Xorazmshoxlar poytaxti Urganchni zabt etib, shahar aholisini qirg‘in qildilar va ular orasida yuz minglab eng mohir usta xunarmand va olimlarini Chingizxon imperiyasining poytaxti Qoraqirimga olib ketadi. Shu voqealardan 30-40-yilcha keyin Qoraqirimda bo‘lgan Italiya sayyoxlari u erda qariyb ikki milod turli millatga mansub xunarmand va donishmandlarni uchratganlar. Demak, mo‘g‘ullar o‘zlari bosib olgan barcha katta shaharlardan ziyo ahlini olib kelganlar. Lekin unga olimlar, xunarmandlar va donishmandlar biror bir xotira qoldira oldilarmiyo Bu savolga ikkilanmasdan «Yo‘q» deb javob berish mumkin. Chunki, u olim xunarmandlar madaniyat markazlarida zo‘rlik bilan ko‘chirib ketilgan bo‘lib, saxro o‘rtasida joylashgan o‘tov va kapalardan iborat muvaqqat bir «shahar» bo‘lgan.qoraqirimda ijod axli uchun hech qanday sharoit yo’q edi. Shuning uchun u sho‘rlik baxtsizlar o‘zlaridan hech qanday asorat qoldirmay bekorga sahroda o‘lib ketdilar.
Temurning ustalar mehnatini qadrlagani uchun uning davlati qurilishida, xususan Amir Temur jom’esi va Bibixonim madrasasi qurilishlarida Ibn Arabshox mashxur sangtarosh o‘z hunarida tengi yo‘q mo‘jizalar ustasi Oktun va mashxur Abdulxay Al-Bog‘dodiy nomlarini tilga oladi.
Abdulxay Al-Bog‘dodiy o‘sha davrning mashxur musavviri Sulton Uvaysiy Jalonriy-usta Shamsiddinning tarbiyasini olgan. Amir Temur 1393-yilda Iroqni zabt etgach, uni Samarqandga olib kelib, saroydagi naqqosh va musavvirlarning raxbari qilib tayinlaydi. U go‘zal asarlar yaratib, me’moriy obidalarga zeb bergan. Umuman olganda Temur har bir talant egasining mehnatini qadrlay bilgan, shu sababli akademik V.V.Bartold Rui Gonsales de Klavixo jo‘r bo‘lib, uning vayronagarchiliklar qilganligi xaqida gapirsalar ham Temurning buyuk bunyodkor va ijodkor ekanligini tan olishga majbur bo‘lgan. «Temur bir vaqtning o‘zida ashaddiy buzg‘unchi va tashabbuskor quruvchi edi, u buyuk imoratlar barpo etdi va ularni ulkan bog‘lar bilan o‘radi. Shahar va qishloqlarni tikladi, suv inshoatlari barpo etildi va buzilganlari tuzatildi va madaniyat barpo etish mumkin bo‘lgan er maydonlarini bo‘sh qoldirmas edi. Temurning ijodkorlik faoliyati ham uning qilgan vayronagarchiliklari kabi kishini hayratga qoldiradi. Musulmon me’morchidligining eng yaxshi davri Temur va uning ajdodlari nomi bilan bog‘liq.
Amir Temur davrida tasviriy san’at ham rivojlandi. To‘g‘ri, islom dini inson qiyofasini ochishni man etadi. Biroq qur’oni Karimda bu xususda ochiq aytilmagan, faqat sanamlarga sig‘inmaslik xaqida gap boradi hamda «ansos», ya’ni haykallarni shayton vasvasi tufayli vujudga kelgan deb qayd etilgandi xolos. Ammo, biroz keyinroqdagi sharhlarda shunday deyiladi.:»Olloh taolo hamda inson qiyofasini Chizishdan ehtiyot bo‘ling va faqat daraxtlar, gullar va jonzod narsalarni chizing».
«Jonli narsalarni chizgan odam baxtsizlikka duchordir. Ro‘zi mashharda musavvir tasvirlagan qiyofalar rasmdan chiqib uning oldiga keladilar va bizga jon ato qiling deb talab qiladilar. Ana shunda u odam o‘zi chizgan suratlarga jon ato etolmagani bois do‘zaxdan joy oladi».
Bunday qatag‘on o‘rta asr islom Sharqining tasviriy san’atiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmas edi, albatta va shunday qilib bu san’atning eng asosiy diqqat e’tibori naqshga qarab yo’naldi.
Amir Temur saltanatida miniatyura san’ati qo‘lyozma adabiyotining ajralmas bir qismiga aylandi. Ayni vaqtda davriy suratlar chizish san’ati tiklandi, ammo XVI asrga borib to‘xtadi.
Ibn Arabshox o‘z asarida Amir Temurning Samarqanddagi saroylarida bir qancha devoriy suratlar bo‘lganini yozadi. Ularda saroydagi qabul marosimlar, jang voqealari va boshqa voqealar hamda o‘g‘il va nabiralari, ayollari va kanizaklari tasvirini ham beradi.
Sharafuddin Ali Yazdiy Bog‘i shamol saroyini bezashda Eron va Iroqdan mashxur musavvirlar tashrif buyurganini yozadi.
Temur davridagi Samarqanddagi uchta-Shirinbeka og‘a, Bibixonim va Tuman og‘a maqbaralaridagi tasvir bizgacha etib kelgan. Ularda naqqoshlik va xattotlik san’ati namunalari bilan bir qatorda tasviriy lavxalar ham mavjuddir. Shirinbeka og‘a maqbarasida ko‘p rangli surat bo‘lsa, qolgan ikki bino devorlarida faqatgina oq va moviy ranglardan foydalangan xilma-xil manzarali va mevali daraxtlar chizilgan. Ularning ayrimlari gullab turgan bo‘lsa, boshqalari hosil etilgan, buta va giyohlar yashnab turibdi.
Temur davrida yashagan hunarmandlar tomonidan noyob asarlar yaratilgan. Kulollar tomonidan koshinlar, badiiy o‘ymakorlik ustalari esa yog’och utsunlar, eshiklar, shin panjalar bilan birga mehrob va kursilar, zeb-ziynat qutichalari, qalamdon va lavhlar ishlangan.
Bu davrda metall o‘ymakorligi ham taraqqiy etdi. Bronza quyish san’atining yuksak namunasi bo‘lgan qirqquloqli qozon o‘sha davr hunarmandlari mahoratidan dalolat beradi. qozonning vazni 2 tonnadan ziyod, utski doirasining diametri 2,5 metr. Uning baland oyoqlari naqsh bilan qoplangan qozonning qorniga ikki qator yirik xat, ular orasida ingichkaroq xat belbog‘ bo‘lib tushgan. Patski qismida esa naqshlar bor. Yuqoridagi yozuv naqsh iChidagi nash usulida bitilgan. Ushbu qozon Amir Temurning buyrug‘iga binoan Xo‘ja Ahmad Yassaviy masjidi uchun xijriy 801, ya’ni milodiy 1399-yilda ishlangan xaj safari hadyasi sifatida berilgan.
Mazkur qozonni usta Abdulaziz Sharafuddin al-Tabriziy yasagan.
O‘ymakor ustalar oliy toifaga mansub lashkarboshilarining harbiy qurol- aslahalar, dubulg‘a, qalqon va qilich sonlariga o‘yma naqshlar bilan zeb berishgan.
Amaliy san’atning keng tarqalgan turlaridan biri bo‘lgan kulolchilikda ustalar o‘zlarining mohirona kasbini namoyish eta olganlar.
Amir Temur davrida Samarqandda o‘ziga hos miniatyura rassomchilik maktabi qaror topgan. Turkiyadagi To‘pqopi saroy va Berlin kutubxonalarida saqlanayotgan «Stambul al’bomida»gi ko‘chirma va xomaki miniatyura nushalarida aloxida shaxslar, daraxtlar, gullar, naqshlar rassom mehnatining mahoratidan dalolat beradi.
Miniatyura rassomchiligi -Sharq tasviriy san’atining ajoyib san’atlaridan hisoblanadi. Hozirgi zamon tadqiqotchilari esa uning tasviriy ma’nosini turlicha talqin etishadi. Ayrim miniatyuralarni she’riyat, tarix, ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatga, voqea-hodisalarni ko‘rgazmali ravishda berish jihatiga e’tibor qaratishga, boshqa bir gurux vakillari miniatyuralardagi kompozisiya, obrazlar, ayrim detallar so‘fiylik ta’limotiga xos-xaqqa etishish yo’lidagi harakatlarini ifodalaydi, deb baho beradilar.
Sharqda miniatyura rassomchiligining rivojlanishi adabiyotning ravnaqi bilan bevosita chambarchas bog‘liq. Musavvirlar ko‘pincha Firdavsiy, Nizomiy, Ganjaviy, Husrav Dehlaviy asarlariga rasmlar ishlashadi. XIV asrda «Jom’e ut-tavorix», «Tarixi Rashidiy» kabi zamonaning voqea va hodisalaridan bahs etadigan tarixiy asarlarni bezay boshlashdi. Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», Xotifiyning «Temurnoma» asarlari jangu-jadal lavhalar bilan jilolandi. Miniatyura Sharq she’riyati qahramonlari Layli va Majnun, Husrav va Shirin, bahodir Rustam kabi personajlarga juda ohangrabo tarzda tasvir bera olgan.
Miniatyuralarda tasvirlangan suratlarga qarab, ajdodlarimizning kiyim-kechaklari, atroflarida ashyolar, buyumlar, asbob-uskunalar, qurol-yarog‘lar, saroy ahillarining odatlari ko‘zgusida aniq tasavvur hosil qiladilar. Ammo miniatyura asarlarining asosiy qiymati shu bilan chegaralanib qolmadi. Miniatyura san’ati musulmon Sharqining Iroqdan Eron orqali Xurosondan Movarounnaxrgacha va Hinditsongacha bo‘lgan hududda muayyan bir davrning o‘ziga xos badiiy estetik hodisasi edi.
Ma’lumki Amir Temur davrida miniatyura san’atida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Samarqandda naqqoshlar turadigan alohida bir ko‘cha-Ko‘yi Naqqoshon bo‘lgan.
Amir Temur hukmronligi davrida ijod qilgan mashhur musavvir asli bog‘dodlik Abdul Xayyoning («Cho‘lda qolgan darvesh») Temuriylar portretlari o‘sha davrda miniatyura san’ati rivojidan dalolat beradi.
Temur xayotiga oid ilk asarlardan biri »Tog‘dagi ov» deb ataldi.
Abdul Hayyo shogirdlaridan ayrimlarining nomlari bizgacha etib kelgan. Shayx Mahmud Talimiy, Pir Ahmad Bog‘ishamoliy.
Umuman olganda Amir Temur davrida miniatyura san’ati ancha rivoj topgan.
Temur va temuriylar davrida O‘rta Osiyoda tomosha sifatida biz bilgan ma’nodagi fojea, drama, komediyadan iborat teatr bo‘lmagan, albatta. Biroq keng xalq ommasiga mo‘ljallangan tayyorlashtirilgan tomoshalar bor edi. Xalq sayillari, bozorlar va to‘ylarda masharaboz va qo‘g‘irchoqbozlar o‘yin ko‘rsatishgan. Bu janrlardagi artitslar musiqachilar bilan birgalikda mahsus to‘dalarga birlashgan va Jabroil farishta ularning piri hisoblangan.
XIV-XV asrlarda Movarounnaxrda mavjud bo‘lgan an’anaviy bayramlarning ildizi ming-yilliklar qa’riga qarab ketar va bu erlarda o‘rnashib qolgan islom ham ularni qabul qilishiga to‘g‘ri kelgan edi. Bular tabiat uyg‘onishiga bog‘liq bahorgi sayl, Navro‘z bayrami va boshqalardan iborat bo‘lgan. Bayramlar shaharu-qishloqlarda birdek o‘tar, lekin poytaxt Samarqandda, ayniqsa keng ko‘lam kasb etar va ularda jamiki ijtimoiy tabaqalar xonadoni a’zolariyu saroy ahlidan tortib aholining eng qashshoq qatlamlariga qadar qatnashar edi.
Masharabozlar san’ati ko‘p jihatlardan badihaga, jonli muloqot yoki monologga asoslangan, xalq og‘zaki komediyalari, satirik va yumoritsik hikoya hamda latifalar, hajviy pontamimik raqslar, askiya va chandishdan iborat bo‘lgan, taqlidiy qiziqchilika lohida o‘rin tutgan. Tomosha san’ati garchi, mutaasib ruhoniylar tomonidan qoralansa ham keng omma o‘rtasida mashxur edi.
Masalan, Sharafuddin Ali Yazdiy Samarqandda Temur davrida o‘tgan bayramlardan birini quyidagicha tasvirlaydi:»Hamma tomondan sozandalar kuy chalishar, xonandalar qo‘shiq kuylashar, oy yuzli, aql-qomatli, go‘zal va noz-karashmali raqqoslar nafis muqomlari, chapdats raqslar shiddatli harakatlari bilan barchani maftun ... Turkcha, mo‘g‘ulcha, xitoycha, arabcha qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi. qiziqchilar goh hikoyalar, goh kulguli tomoshalari bilan tomoshabinlarga cheksiz quvonch ulashishdi. Turli tuman kuy va qo‘shiqlar, go‘zal xonandalarning xumor boqishlari, aqiq lablaridan uchayotgan rom etuvchi ovozlar, xar bir cholg‘u asboblarining sirli sadosi bayram qatnashchilariga lazzat ato etadi go‘yo» Bu erda hayvon terisini yopingan muqallidlar yotishi, sakrashi va boshqa qiliqlarni ko‘rsatib berishardi. Bu xil muqallidlarning tasviri miniatyuralarda ham uchraydi. Xayvon terisini yopingan muqallidning mahorati xaqida Navoiy ham yozgan.
Aslzodalar doirasida halq tomoshalari rasm bo‘lmagan, bu hol majlislarda to‘planganlarning ko‘nglini ochish uchun polvonlar kurashini, visol onlarida raqslarini ko‘rish mumkin.
San’at ustalarining ijtimoiy axvoli nihoyatda og‘ir bo‘lgan.
Olam uyg‘unligining nomoyon bo‘lishi va idrok etilishi sifatida musiqa O‘rta Osiyoda qadimdan ulkan rol o‘ynagan. O‘rta asrlarda u estetik ilmiy va ramziy ma’nolar ham kasb etdi.
O‘rta asrlarda aniq va tabiiy fanlar, ayniqsa matematikaning rivojlanishi musiqani nazariy jihatdan anglab etishga , ohangdorligi va yoqimliligini tushinishga olib keldi. Temur va Ulug‘bek davrida Samarqand va Hirotda musiqaga bag‘ishlangan bir qator risolalar yozildi. Bunda cholg‘u va qo‘shiqchilik musiqasi mavhum, ramziy tarzda talqin etildi, chunki bu asosan tasavvur bilan bog‘liq bo‘lib, uning marosimlarida musiqa muhim rol o‘ynaydi.
XIV-XV asrlarda butun O‘rta Osiyodagi musiqa madaniyati keng aholi ommasi va oliy tabaqalar hayotining uzviy bir qismi sanalgan.
Amir Temur zabt etilgan mamlakatlarga madaniyat va san’at arboblari qatorida Samarqandga musiqachilarni ham jo‘natib turadi. Ular orasida ayniqsa, Abdulqodir (1353-1435) nihoyatda mashxur edi. Ozarbayjonning yirik madaniyat markazi bo‘lgan Marog‘adan chiqqan Abdulqodir uyg‘onish davriga mos tarzda xilma-xil bilim va itse’dodlarga ega: shoir, xonanda, kori, musiqa ijrochisi hamda nazariyotchisi edi. Samarqandda va keyin Hirotda ekanida uning ijodiy faoliyati, ayniqsa sermaxsul bo‘ldi. Bu erda poytaxt musiqachilariga murabbiylik, umumshahar bayramlari, saroy bazmlari va alohida majlislarda musiqa datsuriga tashkilotchilik qilardi. Ayni paytda u turli klassik ohanglardan asarlarning, ayniqsa navbag‘ janridagi to‘rt qismli bir asarning ijodkori sifatida xayratomuz ijodiy faoliyat ko‘rsatgan. Bundan tashqari, musiqa bo‘yicha bizgacha etib kelgan bir qator risola qo‘llanmalar yozgan. Manbadagi ma’lumotlarga qaraganda, Ulug‘bek musiqaga estetik zavq bergani uchungina emas, balki uni ijodiy rivojlantirish maqsadida ham qiziqqan. Zotan, u matematika bilimdoni sifatida formula va yozuvlarga asoslangan musiqaga oid risolalarni juda yaxshi tushunardi. Uning o‘zi katta-kichik nog‘oralarda ijro etuvchi buluji, shodiyona axloqni usuliravon va uluchi kabi beshta musiqa asari yozgan.
Keyingi davrlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Ulug‘bek musiqa nazariyasi va ijrochilarning umumiy sikliga kirgan yangi ohanglarning ayrim turlarini ham ijro qilgan ko‘rinadi.
Ajdodlardan merosga qolgan va ayrim o‘zgarishlarga uchragan musiqa asboblarini tarkibi torli hamda urib, chertib va puflab chaladigan turlaridan iborat edi. «Musiqa asboblarining shoxi» avval to‘rt torli bo‘lgan, ud tasvirlanayotgan davrda 10-12 juft torli edi. Ham torli, ham chertib chalinadigan nog‘ora va doira bor edi. Asosiy musiqa janrlari shashmaqom singari an’anaviy shakllarda ancha avval tarkib topgan, albatta, lekin bu davrda ular ijodiy jixatdan boyidi.
O‘rta Osiyo mintaqasida ko‘p tarkibli arketsr bo‘lmagan. Ijro etilayotgan kuyning ohangdorligini tanbur yaratar va unga asosan ud, kamdan-kam hollarda nay yoki chang jo‘r bo‘lar edi. Aksari vaqt ud chaluvchining o‘zi qo‘shiq aytgan, zotan, Sharq xalqlarining ma’naviy hayotida she’riyat ulkan rol o‘ynaganiga bog‘liq holda qo‘shiqni bu davrning ayniqsa musiqa madaniyatidan ajratib bo‘lmagan. An`anaviy kitobiy she’riyat yoki xalq og‘zaki ijodi xonandalik yoki musiqa jo‘rligida she’r o‘qishdan qat’iy nazar umuman ijrochilik uchun xonandaga boy material beradi. qolaversa, bunda she’rning ohangdorligi musiqa jo‘rligining ohangdorligini belgilab bergan.
Harbiy yurishlarda esa nog‘ora va karnaylardan foydalangan, chunki nog‘oraning ulug‘vor ohangi va karnayning suronli sadosi qo‘shinning jangovor ruhini ko‘targan, ayni paytda dushmanlar yuragiga qo‘rquv solgan. Bundan tashqari, nog‘ora-karnay sadolari shaharga Temur, Ulug‘bek va boshqa hukmdorlar kirib kelayotganidan aholiga xabar bergan.
XV asrning 1-yarmida va o‘rtasida yashab o‘tgan eng mashxur musiqachilarning ayrim nomlari manbalarda saqlanib qolgan. Jumladan, Darvesh Ahmad qonuniy chalishda benazir bo‘lgan. Sulton Ahmad mayda nom chiqargan. Samarqandda xivalik musiqachi Devonali Hisobiy mashhur edi..
Musiqa asarlarining ishlab chiqilgan muayyan ohanglarda hamda amal, sabt, peshrav, naqsh, tarona singari yangrash izchilligi bo‘ysundirilgan shakllari keng ommalashib ketib, ayrimlari, hatto Shashmaqomning umumiy siklida o‘rin oldi.
Tasavvuf ruhidagi musiqa asarlarida musiqiy ijod va ijro alohida bir muhim rol o‘ynagan. Zikr tushish darajasiga etishda musiqa bilan so‘z qudratli ta’sir ko‘rsatishga tasavvuf ta’limotining ilk bosqichlaridayoq e’tibor berilgan.



Download 58,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish