7. 1«Avesto» asarida inson shaxsining kamolotga erishishiga oid fikrlar ifoda etilgandir



Download 18,08 Kb.
Sana20.04.2022
Hajmi18,08 Kb.
#565746
Bog'liq
Документ (1)


7.1«Avesto» asarida inson shaxsining kamolotga erishishiga oid fikrlar ifoda etilgandir. Mazkur asar g’oyalari orqali qadimgi davrlarda mamlakatimiz hududida yashagan xalqlarning tabiiy, ilmiy, ma'rifiy hamda ijtimoiy qarashlari borasida muhim malumotlarga ega bo’lamiz. « Avesto » diniy xarakterga ega bo’lish bilan birga, o’zida falsafiy, siyosiy, filologik, va tarbiyaviy masalalarni ham qamrab olgan.Zardushtiylik dinining g’oyalari xususida so’z borganda, ularning to’g’rilik bilan yashash va axloqiy unsurlara asoslanganligini alohida ta'kidlab o’tish lozim.Ushbu afsonada gunoh va uning jazosi, pokliking mohiyati ta'riflanib olov, suv, er, chorva, daraxt hamda o’simliklar ulug’lanadi, kohin, harbiy, dehqon va chorvadorlar sharaflanadi. Hayvonlarga zulm o’tkazish eng katta gunoh sifatida qoralanadi. azkur bo’limda shaxsiy gigienaga amal qilishga oid qoidalar–tirnoq va sochni parvarishlash masalalari yuzasidan fikr bildiriladi.Bildirilayotgan fikrlardan anglashiniladiki, zardushtiylik dinining g’oyalariga ko’ra, shaxsning axloqiy xislatlarga ega bo’lishi Adolat o’lkasini qaror toptirishda tayanch omil bo’lib xizmat qiladi. Zardushtning asosiy yo’riqlaridan biri ham Axura Mazdaning ko’makchisi sanalgan inson sa-hovatli bo’lishi kerak, degan aqidadir. Garchi, zardushtiylikda diniy rasmrusumlarga rioya etish, Zardusht tomonidan ilgari surilgan barcha axloqiy yo’l-yo’riqlarni bajarish har bir kishining muqaddas burchi ekanligi e'tirof etilishi bilan birga, dunyoviy ishlar va ularning mohiyati ham ochib beriladi.«Yaxshi fikr» iborasining mazmuni o’zida ilohiy qonun ruhidagi g’oyalarga ega bo’lish, yaqin kishisiga nisbatan mehribonlik ko’rsatish, muhtojlarga ko’maklashish, yovuzlikka qarshi kurashga doimo tayyor turish, kishilarning baxt-saodati yo’lida harakat qilish, ahillik, qabiladoshlar bilan birga do’stlik va totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyat va fikrlar musaffoligini aks ettiradi. Inson fikran ham boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg’azab bo’lmaydi, jaholatlarga berilmaydi. Zero, bunday ruhiy holatda inson yaxshilik haqida o’ylamaydi, burch va adolat haqida unutadi va nojo’ya harakatlar qiladi.Har bir fan, sohaning muhim nazariy masalalari boladi. Badiiy adabiyotni organuvchi fan adabiyotshunoslik deb ataladi. Xalq ogzaki poetik ijodini organish sohasini folklorshunoslik deymiz. Folklorshunoslik adabiyotshunoslik tarkibidagi mustaqil fan hisoblansa-da, organish obyekti badiiy adabiyot bolgani sabab bir qator umumiy va mushtarak jihatlari bor. Xususan, janrlar masalasi adabiyotshunoslik uchun ham, folklorshunoslik uchun ham muhim hisoblanadi. Faqat adabiyotshunoslikda yozma adabiyot vakillari qalamiga mansub gazal, ruboiy, doston, noma kabi (mumtoz adabiyot); sher, hikoya, roman, drama kabilar (zamonaviy adabiyot) ning janr xususiyalari organiladi. Folklorshunoslikda esa xalq ogzaki adabiyotidagi maqol, qoshiq, ertak, doston kabi janrlarning oziga xoslik tomonlari tadqiq etiladi. Ammo qaysi shaklda yaratilgan adabiyot ekanidan qati nazar har bir yonalishdagi yutuqlar va kashfiyotlar adabiyotshunoslik ilmi taraqqiyotiga qoshilgan hissa sifatida baholanaveradi. Avvalo, badiiy asarlar yaratilish jinsi yoki turiga kora uch xil bolishini esga olaylik. Jahon adabiyotida uchta jinsning mavjudligi (epos, lirika, drama) qayd etilgan, tan olingan. Janr deganda, ana shu uchta jinsdagi asarlar tarkibini tashkil qiluvchi kichik turlar tushuniladi. Masalan, yozma adabiyotda epik asarlar turini roman, qissa, hikoya janrlari, ogzaki adabiyotda ertak, doston, latifalar tashkil etadi. Yani jins nomi saqlanishi, tarkibi esa asar yaratilish usuliga kora (ogzaki yoki yozma) boshqa-boshqa janrlardan iborat bolishi mumkin.Epos – yunoncha “epos” – rivoya, hikoya, qoshiq sozidan iborat bolib, badiiy adabiyotda voqea, hodisani bayon qilish, hayotiy lavhaning tafsilotlarini ifodalash manosini anglatadi. Tarifdagi “qoshiq” soziga ajablanish kerak emas, chunki qadimgi yunonlar nazarda tutgan qoshiqlar sozning hozirgi paytda tushunilishidan farqli ravishda voqea-hodisani bayon qilish xususiyatiga ega edi. Badiiy adabiyotdagi epik jinsda biron voqea badiiy soz vositasida hikoya qilinadi. Xalq ogzaki ijodida bunday jinsga mansub janrlar afsona, naql, rivoyat, ertak, doston, ayrim termalar, latifa, loflardan iboratdir. Mazkur nazariy masalani ilmiy asosda organgan olim Bahodir Sarimsoqov avval qayd etilgan uch jins qatoriga tortinchisini ham qoshgan va “maxsus tur” deb atagan. Bu tur tarkibini: “oddiy otirish olqishlari, qargish, sokish, maqol, matal, topishmoq va boshqa xildagi yumuq iboralar”, - deb belgilagan. Haqiqatan ham, qayd etilgan janrlarda bir tomondan muayyan vaziyat, voqea-hodisa haqida tasavvur hosil qilish uchun aniq malumot, axborot mavjud bolishiga qarmay, aytilgan matnning hajm jihatdan ota ixchamligi alohida kozga tashlanadi. 

Taniqli folklorshunos olimlardan V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifov ozbek xalq ogzaki ijodidagi dostonlarni “Qahramonlik eposi” deb ataganlar. 1947- yilda Moskvada elon qilingan katta hajmdagi kitobni “Ozbek xalq qahramonlik eposi” deb ataganlar va unda “Alpomish”, Gorogli turkumiga oid dostonlar, “Kuntugmish” kabi ishqiy-romanik dostonlar tahlil etilgan. Lirika – lira deb atalgan qadimgi yunon musiqa asbobining nomidan olingan bolib, badiiy adabiyotda inson his-tuygusini, ichki kechinmalarini ifodalovchi asarlar nazarda tutiladi. Malumki, hayotda turli voqea-hodisalar roy beradi. Lirik asarlarda ana shu turmush lahzalari tasirida shaxs qalbida paydo bolgan kechinmalar ifodalanadi. Ana shu xususiyati bilan lirika eposdan farqlanadi. Chunki bunday asarlarda bosh maqsad sodir bolgan hayotiy voqeani emas, balki ana shu voqeaga nisbatan ichki munosabat tarzida ifodalanuvchi ruhiy taassurotlarning namoyon bolishini izohlaydi. Shuning uchun lirik asarlarda aks etgan voqea bayonini aynan emas, nisbiy tushunish lozim. Masalan, “Alpomish” dostoni “Burungi otgan zamonda, on olti urug Qongirot elida Dobonbiy degan otdi. Dobonbiydan Alpinbiy degan ogil farzand paydo boldi. Alpinbiydan tagin ikki ogil paydo boldi: kattakonining otini Boybori qoydi. Kichkinasining otini Boysari qo`ydi”, - deb boshlanadi.Oz-ozidan malumki, Fozil Yoldosh ogli dostonni tinglovchiga aytilajak asardagi voqealar qanday boshlangani yuzasidan malumot bermoqchi. Matnda baxshi Qongirot, Dobonbiy, Alpinbiylar bilan tinglovchini tanishtirmoqda. Aslini olganda, dostonning toliq mazmuni ana shunday xabarlar tizimidan iborat. Endi lirik qoshiqdan bir namuna keltiraylik:Qoshiq aytayotgan qizmi, yigitmi tolga chiqqani, tushgani haqida xabar berayotgandek tuyiladi. Vaholanki, uning maqsadi bizga qilgan harakatini aytish emas. Balki oz tengini topa olmay qalban iztirob chekayotganini izhor qilishdir. Tol esa shunchaki bir vosita, xolos. Odatda, qoshiqlarning dastlabki misralari, kopincha, tinglovchini chalgitish yoki nimanidir ifodalash maqsadida toqiladi. Asosiy maqsad oxirgi misrada, bazan 3-4-misralarda ifodalanadi.Inson qaysi vosita bilan bolmasin, ozining his-tugusini, ichki kechinmalarini, ruhiy holatini izhor qilar ekan, lirik asar namunasi vujudga keladi. Shuning uchun ham ayrim iqtidorsiz shaxslarning manosiz qofiyalar yigindisidan iborat sheriy asarlarini lirika namunasi deb bolmaydi. Haqiqiy manodagi lirik asar insonni loqayd qoldirmaydi, unga manaviy huzur bagishlaydi, estetik rohat beradi.Xalq ogzaki ijodidagi har bir lirik qoshiq qachonlardir dil sozlarini aytish bilan ruhiy olamidagi ozgarishlarni bildirmoqchi bolgan yigit-qizlarning qalb daftaridagi muhrlangan misralardan iborat. Hatto bolalar folkloriga mansub allalarni olasizmi, “Boychechak”, “Oftob chiqdi olamga” qoshiqlarini olasizmi, lirik asarlar talabiga javob berishi shart deb hisoblash kerak.Xullas, lirik qoshiqlar asrlar davomida xalq ogzaki ijodidagi qalb izhorini ifodalovchi asosiy janr sifatida yashab kelgan soz durdonalaridir.Drama. Yunoncha “drama” sozidan olingan bolib, harakat, tanglik, mushkullik manolarini bildiradi. BadiiyDrama. Yunoncha “drama” sozidan olingan bolib, harakat, tanglik, mushkullik manolarini bildiradi. Badiiy adabiyotda “drama” sozidagi harakat manosi asos qilib olingan va muayyan voqea-hodisani sahnada harakat orqali ifodalash tushunchasi nazarda tutiladi. Shubhasiz, mazkur harakat orqali soz vositasining yetakchiligini inkor qilish mumkin emas. Dramatik asarlarda vaqt, makon cheklangan boladi. Voqeaning mohiyati drama ishtirokchilarining nutqlari bilan ochiladi.Xalq ogzaki ijodida dramatik janrlarni, Bahodir Sarimsoqov fikricha, ogzaki drama, kulki – hikoya, qogirchoqbozlik, askiya janrlari tashkil etadi. Bu asarlarni ijro qiluvchilar faqat ogzaki nutqlari bilangina emas, tovush tovlanishi – intonatsiya, yuz, koz, bosh, qol harakatlarini ishga solib ham obraz yaratadilar. Oqibatda, tomoshabin tinglovchilarni oziga jalb qiladigan teatrlashgan tomosha korinishi vujudga keladi. Misol uchun Yoldosh Azamov rejissyorlik qilgan “Otkan kunlar” badiiy filmidagi Xudoyorxon va Musulmonqul qiyofalari bilan oynalgan qogirchoqbozlikni eslashingiz mumkin. Xalq dramasi haqida yaxshiroq tushunchaga ega bolishni istasangiz, Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanidagi “Xon kongil ochmoqchi” va “Qiziqlar” bobini oqib chiqishingizni maslahat beramiz. Xalq dramasi qatnashchilari asar mazmunini ozlari oylab topadilar. Tomoshaga yigilgan odamlar ortasida qallob qozi, jinoyatchi, jabrlanuvchi, shorpeshona ona yoki xotin, baxtsiz ota, landovur farzand kabi rollarni bajaradilar. Uzoq otmishdan tortib otgan asrning ortalarigacha bozorlarda, guzarlarda qiziqchilarning sahna korinishlarini uyushtirishlari oddiy odat edi.Askiya esa maxsus soz oyini musobaqasi tarzida toylarda, sayillarda, yiginlarda otkazilgan. Askiyabozlar ikki, bazan uch-tort guruhga bolinib tanlangan mavzu doirasida soz asos bolgan bellashuvlarda kuch sinashganlar. Bunday anjumanlarda askiya ishtirokchilarining turgan joylari oz-ozidan sahnaga aylanib qolar edi. Tinglovchilar esa askiya jozibasiga mast bolib, qayerda otirganlarini ham bilmay qolar edilar. Shuning uchun yuqorida qayd etilgan janrlar dramatik tur tarkibini tashkil etgan.Shunday qilib, xalq ogzaki ijodidagi asarlarning jins va turlari, ulardagi janrlar tarkibi haqida umumiy fikrga ega boldik. Endi mazkur janrlarning ozaro munosabati yuzasidan eng muhim tushunchalar haqida toxtab otamiz. Avvalroq qayd etganimizdek, badiiy adabiyot yaratilish usuliga kora ogzaki va yozma ijoddan iborat. Ogzaki ijod yozuv madaniyati shakllanishidan ancha oldin vujudga kelgan. Ammo ogzaki ijodning ozi paydo bolishida qadimgi miflarning orni va ahamiyati beqiyosdir. Filologiya fanlari doktori, professor B.Sarimsoqovning chuqur ilmiy tadqiqotida mif xalq ogzaki ijodi asosini tashkil etashi aytiladi . Mif badiiy ijod turiga kirmaydi. Chunki unda badiiylik darajasi nihoyatda past bosqichda namoyon boladi. Binobarin, mif xalq ogzaki ijodi tarkibidan orin ololmaydi. Lekin ogzaki ijod asarlarining shakllanishida diffuzion jarayon amalga oshgan. Diffuziya – lotincha “diffusion” – sozidan olingan bolib, singish, tarqalish manolarini beradi. Molekulalar, atomlar, ionlar va kolloid zarralarining tartibsiz issiqlik harakati natijasida bir moddaning ikkinchi moddaga oz-ozidan otishi, birining ikkinchisiga “singib ketishi”. Qarangki, aniq fanlardagi diffuzion jarayon mifdan xalq ogzaki ijodi janrlarining paydo bolishida bosh omil bolgan ekan. Xususan, B.Sarimsoqov shunday yozadi: “Folkloristikada diffuziya termini biror janr, motiv yoki obrazning ikkinchi bir janr, motiv yoki obrazga kirib borishi, singishi natijasida ularning tabiatida sodir boladigan struktural, semantik hamda funksional ozgarishlarga nisbatan qollaniladi” . Soddaroq qilib aytganda, mifdan voqea tasviri, yaxshilik va yovuzlik ortasidagi murosasiz kurash, obrazning dastlabki elementlari tarkibida asta-sekin afsona; afsona tarkibida ertak; ertak rivoji natijasida doston janrlarining shakllanishi va alohida janr sifatida mustaqil taraqqiy etishini og`zaki ijoddagi diffuziya jarayoni bilanizohlash mumkin boladi. Taniqli folklorshunos olimlar V.Ya.Propp, Ye.M.Meletinskiy, Z.P.Sokolova xalq ertaklari bevosita mifdan vujudga kelganligini toliq tasdiqlaganlar.Taxmin qilish mumkinki, diffuziya tizimi asosida xalq ogzaki ijodidagi yirik hajmdagi epik asarlar shakllangan. Lirik janr qoshiq, maqol, matal, topishmoq va boshqa kichik janrlar ogzaki ijodning badiiy ijod sifatida shakllanishi jarayonida asta-sekinlik bilan paydo bolgan. Maqol va topishmoqlar janri yuzasidan malumot berganimizda ertak va dostonlardan parcha keltirish bejiz emas. Bugungi kunda har bir asar mustaqil janr namunasi sifatiga ega bolsa ham, umuman, ogzaki ijodimiz asarlari matni bilan tanishganimiz sari janrlar ortasidagi aloqalar qanchalar uzviy ekaniga ishonch hosil qilib boramiz.Z.Husainova maqol va topishmoq ortasidagi yaqinlik haqida toxtab shunday deydi: “Topishmoq mano va aytilishi jihatdan maqol bolib kelishi mumkin. Bunday maqollar dastlab topishmoq tarzida vujudga kelib, keyinchalik maqolga aylangan. Til haqidagi “Birovni suydirar, birovni kuydirar”; “Asaldan shirin, zahardan achchiq” topishmoqlari, “Suydirgan ham til, kuydirgan ham til”, “Shirin soz – shakar, achchiq soz – zahar” shaklida maqol sifatida qolaniladi” . Olima bolalar qoshigi topishmoq bolib kelishi mumkinligini aytib misol keltiradi:Janrlar ortasidagi yaqin aloqani bir asarning doston va ertak varianti borligidan bilsa ham boladi. Jumladan, “Tohir va Zuhra”ning doston va ertak variantlari mashhur. Qizigi shundaki, ertakdan Tohir va Zuhraning qoshiq tarzidagi aytishuvi ham orin olganMaqol deb xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli sozlarga aytiladi. Maqol ozbek tilida maqol, tojiklarda zarbulmasal, ruslarda poslovitsa, arablarda (jonli sozlashuvda) naql, turklarda ata sozi atamasi bilan yuritiladi. Maqol atamasi arabcha [قــوڶ] – qavlun – gapirmoq, aytmoq sozidan olingan. Maqollarda soz qimmati alohida yorqin ifodalanadi. Chunki maqollardagi sozlarni boshqasi bilan almashtirish, biron soz qoshish mumkin emas. Ular milliy til tarkibida qoliplashgan holda namoyon boladi. Bu janr dunyodagi hamma xalqlar ogzaki ijodida bor bolib, hajm, shakl, yaratilishi maqsadiga kora mushtarak hisoblanadi. Hatto nomlanishida ham yaqinlik aniq seziladi. Jumladan, arablarda “qavlun” – gap, soz manosini ifodalasa, tojiklarning “zarbulmasal” atamalarida misol keltirish, ruslar “poslovitsa”sida sozlar bilan fikrni ifodalash, turklardagi “ota sozi”da esa ajdodlar fikrini eslash manosi yetakchi. Mahmud Koshgariyning “Devonu lugotit turk” asarida ham “sav” atamasi otalar so`zini eslash tarzida keltirilgan.
Download 18,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish