7. 1-mavzu: Fizika fanini o‘qitishda timss xalqaro tadqiqotining baholash vositalaridan foydalanish. Reja



Download 28,37 Kb.
Sana10.03.2022
Hajmi28,37 Kb.
#487779
Bog'liq
pMJob8tc2UKdxaGlihrZfE1ZcmkrrrZTP9Tegqka (1)


7.1-mavzu: Fizika fanini o‘qitishda TIMSS xalqaro tadqiqotining baholash vositalaridan foydalanish.
Reja:

  1. Fizika fanini o‘qitishda TIMSS xalqaro baholash tadqiqoti

  2. TIMSS savollaridan namunalar

Tayanch soʻzlar: TIMSS, xalqaro baholash, fizika, tadqiqot, matematika, tabiiy fanlar, kognitiv sohalar, qo‘llash.
Annotatsiya
Ushbu mavzuda Fizika fanini o‘qitishda TIMSS xalqaro baholash tadqiqotining ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, TIMSS savollaridan namunalar keltirilgan.
Bugungi kunda ilm-fan va texnikaning jadal taraqqiy etishi, raqamli iqtisodiyotning amaliyotga joriy etilishi, o‘quvchilarda o‘qishga sog‘lom, kuchli va ta’sirchan motivasiyani shakllantirish, zamonaviy kasblarni egallash qobiliyatini rivojlantirishda nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash, ko‘nikmalar hosil qilishi asosiy vazifalardan biridir.
TIMSS - (Trends in International Mathematics and Science Study) – 4- va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalashdagi fanlarni o‘zlashtirish darajasini baholaydigan xalqaro dastur
TIMSS tadqiqotida ishtirok etish:
-Ishtirokchi mamlakatlar o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlarni o‘zlashtirish darajasini taqqoslash
-Har bir mamlakat natijalarining yillar davomida o‘zgarishi
-Maktab va uydagi sharoitlar matematika va tabiiy fanlarni o‘zlashtirishga qanday ta’sir etishi haqida ma’lumot to‘plash
TIMSS tadqiqoti 1995-2015 yillar
1.O‘quvchilar to‘plagan ball ko‘rsatkichlari oshgan
2. Maktab o‘quv dasturlari qayta ko‘rib chiqildi, yuqori sinfda o‘rganiladigan mavzular quyi sinflarga ko‘chirildi.
3. Matematika va tabiiy fanlarni o‘qitishda AKTdan foydalanish ko‘lami oshdi.
4. Gender masalasi: avvallari ko‘pgina mamlakatlarda o‘gil bolalar tabiiy fanlardan ilg‘or bo‘lishgan. Oradagi farq qisqargan (ayniqsa, 8-sinflar)
5. Ko‘pgina mamlakatlar TIMSS tadqiqotining tabiiy fanlar mazmun sohasiga oid mavzular hamda maktab o‘quv dasturlaridan o‘rin olgan mavzularning muvofiqligini ta’minlashga erishdi.
6. O‘quvchilarda nafaqat bilimlar, balki ko‘nikmalarni shakllantirishga ham e’tibor kuchaydi, bular: muammolarni hal qilish, mulohaza yuritish, kommunikativlik, tabiiy fanlarni tadqiqotchilik asosida o‘rganish
7. O‘qituvchilarning pedagogik salohiyati oshdi. 4-sinf o‘qituvchilarining bakalavr darajasi magistr darajasiga o‘zgargan (78 % dan 85% gacha), ilmiy darajasi oshgan (25% dan 30% gacha)
Kognitiv sohalar
Bilish: Yodga olish; tasvirlash; misollar keltirish
Qo‘llash: Taqqoslash/ qarama-qarshi qo‘yish/ tasniflash; bog‘liqlikni aniqlash; modellardan foydalanish; ma’lumotni talqin qilish; izohlash
Mulohaza yuritish: Tahlil qilish; sintez qilish; savollar qo‘yish/ farazlarni ilgari surish/ prognoz qilish; tadqiqotlarni loyihalash; baholash; xulosa chiqarish; umumlashtirish, asoslash
HAYOT HAQIDAGI FAN
Tirik organizmlarda kechadigan hayotiy jarayonlar va ularning o‘ziga xosligi
Hayotiy sikllar, ko‘payish va irsiylanish;
Organizmlarning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlari;
Ekosistemalar;
Odam salomatligi;
TIMSS savollaridan namunalar

  1. Qaynatilgan, juda issiq tuxum sovuq suvli idishga solindi.

2. Suv va tuxumning temperaturasi qanday o‘zgarishlarga uchraydi?
A Suv soviydi, tuxum iliydi.
B Suv iliydi, tuxum soviydi.
C Suvning temperaturasi o‘zgarishsiz qoladi, tuxum soviydi.
D Suv ham, tuxum ham iliydi.
Mazmun sohasi – Fizika
Mavzu sohasi – Moddalarning xossalari va klassifikatsiyasi
Kognitiv soha – Bilish
Qutb ayiqlari va morjlar tashqi ko‘rinishi bilan bir-biridan farq qiladi, ammo har ikkisi ham juda sovuq iqlim sharoitida yashaydi. Qutb ayig‘ining qalin mo‘ynasi tanada issiqlikni saqlab turishga yordam beradi.
Morj tanasida issiqlikni saqlashga nima yordam beradi?
A. yog‘ qatlami B. qoziq tishlari
C. mo‘ylovlari D. kurak oyoqlari
Mazmun sohasi – Hayot haqidagi fan
Mavzu sohasi – Organizmlarning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlari
Kognitiv soha – Qo‘llash
Quyidagi rasmda Yer, Oy va Quyosh tasvirlangan. Har bir jism raqam bilan belgilangan. Yo‘nalishli chiziqlar har bir jismning harakat yo‘nalishini ko‘rsatadi.
Har bir jismning yoniga mos keladigan
raqamni yozing (1, 2 yoki 3).
Yer, bu jismning raqami: ___
Oy, bu jismning raqami: ___
Quyosh, bu jismning raqami: ___
Mazmun sohasi – Yer haqidagi fan
Mavzu sohasi – Quyosh sistemasidagi Yer
Kognitiv soha – Mulohaza yuritish
Ilmiy tadqiqot usullari

  • Kuzatishlarga asoslangan holda farazlarni ilgari surish.

  • Dalillar to‘plash

  • Farazlarni tasdiqlash yoki inkor etish uchun tadqiqotni loyihalash va amalga oshirish

  • Olingan natijalar ustida ishlash

  • Tadqiq etilayotgan savolga javob berish

  • Dalillarni asoslash

Download 28,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish