XULOSA. Kompyuter asri deb ataladigan, fan va texnikaning barcha sohalari shiddatli ravishda rivojlanayotgan bir davrda barcha sohalar kabi o‘zbek tili fanini o‘rganish darajasi mezonlari ham rivojlanib, takomillashib bormoqda. Shunga ko‘ra, o‘zbek tili fanidan yaratilayotgan multimediali o‘quv resurslari talablarning og‘zaki va yozma nutq malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirish, mazmunini boyitishga qaratilgan bo‘lib, ta'lim samaradorligini oshirishga katta hissa qo‘shadi.
Zamonaviy texnologiyalarga asoslangan multimedia darslarini yaratish uchun o‘zbek tilida milliy qadriyatlar aks etgan, vatanparvarlik, milliylik g‘oyalari singdirilgan, matnlar, videoroliklar, ixtisoslikka moslashtirilgan materiallar tayyorlanib, mavzular bo‘yicha tizimga solinadi. Barcha materiallar mavzular bo‘yicha mantiqiy izchillikda ishlab chiqiladi. Bunda asosiy e'tibor nutqning kommunikativ ko‘nikmalariga, mavzularni innovatsion texnologiyalar asosida o‘tishga qaratilgan bo‘lib, zamonaviy AKT lar asosida media darslar yaratish uchun asos vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |