halqali chuvalchang hasharot
O`quvchilarning javoblari tinglagach o`qituvchi ko`rgazmali qurollar asosida bu javoblarni xulosalaydi.
Shundan so`ng o`quvchilarga 1-rasm ko`rsatiladi.
- «Aytingchi bolalar , buni hayvonlarni qaysi tipiga kirgizgan bo`lar edingiz, va u yashaydigan muhit qanday?”
K lasster usuli asosida o`quvchilarning javobi tinglanadi va doskaga yoziladi.
O`qituvchi o`quvchilarning javoblarini eshitgach: “Kelinglar endi sizlarni fikrlaringizdan to`grisini qidiramiz. Siz o`z fikr va mulohazalaringiz bilan olimlar yo`lidan bordingiz.
1974 yilda Qora dengizdan Petr Simon Pallas- rus tabiatshunosi, sayohatchi bu hayvonni ko`rishi bilanoq uni Molluskalar tipiga kiritdi.
Aytingchi?, Nega u bunday hulosaga keldi.”
O`quvchilarning javobi tinglanadi. Notog`ri javoblar also qoralanmaydi, to`g`ri javob bo`lsa rag`batlantiriladi.
“Lansetnik suvda yashaydi, u jabralari orqali nafas oladi, kam harakatchan. Ana shu hususiyatlari uchun uni Pallas Molluskalar tipiga kiritdi. ”
Endi o`qituvchi bolalarning ish daftariga sanani, dars mavzusini hamda maqsadini yozdiradi.
O`qituvchi: “Lansetnik tropic va motadil iqlimli dengizlar shu jumladan qora dengizda tarqalgan. U scalpel-lanset tibbiyot asbobiga o`xshaganligi uchun ham unga shunday nom berishgan. Uning kattaligi 4-8 sm bo`lib 5 yilgacha umr kechirishi mumkin.
XIX asrning 1-yarmida Aleksandr Onufreevich Kovalovskiy uning rivojlanishini o`rganib, u nihoyatda umrtqali hayvonlarga o`xshashligini isbotladi. Kovalovskiy o`z tajribalaridan lansetnikning butun tanasi bo`ylab o`tgan va umr bo`yi saqlanib qoladigan pishiq o`q – ho`rdani tig`iz joylashgan maxsus hujayralar yig`indisi ekanligini, u ichki organlar uchun tayanch vazifasini o`tashini, tanani egiluvchan qilib turishini isbotladi.
Endi aziz bolajonlar darsligimizni 92-betini ochamiz”
O`qituvchi guruhlarga vazifalar beradi, chunonan
1-guruhga Lansetnikning yashashi, tashqi tuzulishi, ho`rdasi va muskullari.
2-guruhga Lansetnikning nafas, hazm qilish va qon aylanish sistemalari.
3-guruhga Lansetnikning ayirish, nerv sistemasi ham umurtqasiz hayvonlarga o`xshashligi.
Vaqt o`tgach o`quvchilarning fikrlari tinglanadi. Ular do`skadagi plakatlar yordamida topshiriqni bayon qiladilar.
O`quvchilarga daftarga quyidagi ko`rinishni chizishadi.
Umurtqasiz hayvonlar
Umurtqali hayvonlar
Q
Q
H
H
N
N
Izoh; Q- qon aylanish sistemasi
H- hazm qilish sistemasi
N –nerv sistemasi
Q- xorda
O`quvchilar ushbu jadvaldan xulosa chiqarishlari lozim.
Mustaqil ravishda umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning ichki tuzilishini darslikdan jadvallardan, ko`rgazmali qurollardan foydalani izohlashadi.
Bunda o`qituvchi ularning fikrini to`g`ri yo`naltirmog`i kerak.
O`qituvchi: “Bundan ko`rib turibmizki, lansetnik A.O.Kovalovskiy isbotlaganidek umurtqali va umurtqasizlar o`rtasidagi oralig` hayvon ekan.
Endi daftarlarimizga yozamiz. Lansetnikning sistematikasi.
1. Xo`rdalilar tipi
2. Bosh suyaksizlar kenja tipi
3. Lansetniklar oilasi
4. Lansetnik turi
O`qituvchi rasmga izoh beradi. Lansetnik 23-31 promil sho`rlikdagi dengizlarning 10-30 metr chuquqrligidagi qumlarga kunning yorug` vaqtida ko`milib yashaydi, kechasi harakatlanib suzib o`z joyini o`zgartiradi. U yashaydigan muhit 17-30 C0 . Uning tarkibida oqsil va 2 % yog` bor, u planktonlar bilan oziqlanadi.
I. O`quvchilarni rag`batlantirish va baholash.
II. Uyga vazifa lansetnikning ichki tuzilishini rasmini daftarga chizish hamda darslikning 95-betidagi 9 ta savolga javob yozish. Luga`t daftarga terminlarni yozish va izohlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |