7- sinf uchun Adabiyot
1. Badiiy asarlar dastlab qanday shaklda yaratilgan?
A. Og‘zaki B. Yozma
C. Og‘zaki va yozma D. A va B javoblari to‘g‘ri
2. “Adabiyot – hayotning in’ikosi” Ushbu fikr mantiqan to‘g‘ri daavom ettirilgan jumlani belgilang.
A. Shuning uchun ham unda hamma narsa boricha aks etadi. B. Unda hayotdagi voqealar aynan ko‘rsatib beriladi
C. Faqat unda hayotdagi ijobiy hodisalar tasvirlanadi. D. Ammo uning suratga tushirillgan ayni nusxasi emas.
3. Bizni Turkiston eli dardiga darmon istamas,
Ittifoq-u g‘ayrat aylab lek irfon aylamas – Ushbu misralar hamzaning qaysi she’ridan olingan?
A. Dardiga darmon istamas B. Jonlarning jononi Vatan
C. Yaxshi holing yo‘qotgan oqibatsiz Turkiston D. Yig‘la, Turkiston
4. Drama, komediya, tragediya janrlari badiiy adabiyotning qaysi turiga kiradi?
A. Lirik B. Epik C. Dramatik D. Liro-epik
5. Saidaning 1- kitobini o‘qib “Qizingiz yozdi’ deb nom qo‘yib bergan shoir kim edi?
A. S. Ahmad B. G‘. G‘ulom C. H. Olimjon D. T. Jalolov
6. Hamzaning she’rlari berilgan qatorni aniqlang?
A. “Yig‘la Turkiston, Maysaraning ishi” B. “Jonlarning jononi Vatan”, “Dardiga darmon istamas”
C. “Loshmon fojiasi”, “Toshkentga sayohat” D. “Tuhmatchilar jazosi”, “Maysaraning ishi
7. “Raqs qovshig‘i” ma’nosini anglatuvchi she’riy janr nomini ko‘rsating
A. Masnaviy B. Musaddas C. Ballada D. Tuyuq
8. Saida Zunnunovaning birinchi she’ri “Salom senga” necha yoshida nashr etildi?
A. 18 yosh B. 12 yosh C. 17 yosh D. 20 yosh
9. “Oltin zanglamas” romanida qaysi davr voqealari aks ettirilgan?
A. Urush davri B. Qatag‘on davri
C. Mustaqillik davri D. E. A va D javob to‘g‘ri
10. 1926 – yil 15 - fevralda tug‘ilgan shoirani ko‘rsating.
A. S. Zunnunova B. Farida Afruz
C. O. Hojiyeva D. H. Hudoyberdiyeva
11. “Po‘lat quyuvchi” asari orqali katta ijodkorlar nazariga tushgan shoir va tarjimon nomini ko‘rsating.
A. A. Muxtor B. Shuhrat
C. R. Hamzatov D.. Mirmuhsin
12. Arab qizining fransuz bosqinchilariga qarshi kurashi Shuhratning qaysi asarida yoritilgan?
A. Raymonda B. Ona va farzand
C. Jamila D. Farzand
13. Najmiddin Buxoriy qaysi asarning bosh qahramoni sanaladi?
A. Mardlik afsonasi B. Oq marmar
C. Me’mor D. Ildizlar va yaproqlar
14. Yurganlarni daryo deydilar,
Daryo cheksiz umr ertagi.
Bir kun uyda o‘ltirib qolsam,
Hayot g‘oya chorlab o‘tadi. – Yuqoridagi misralar qaysi she’rdan olingan va uning muallifi kim?
A. Tug‘ilish, A. Muxtor B. Qizimga, S. Zunnunova
C. Shinelli yillar daftari, Shuhrat D. Yo‘l, Shuhrat
15. Rasul Hamzatov necha yoshida o‘z yurtining taniqli shoiri bo‘lib tanildi?
A. 18 yosh B. 30 yosh C. 16 yosh D. 13-14 yoshida
16. Mirmuhsinning 1-she’riy to‘lami qanday nomlanadi?
A. “Ko‘klam” B. “Vafo”
C. “Tuyg‘ular” D. Hayot varaqlari
17. “Jamila”, “Raymonda” balladalari markazida qaysi obraz turadi?
A. Otalar B. Bolalar
C. Vatan D. Ona va farzand
18. O‘zbek adabiyotida 1- bo’lib, sheriy roman yozgan ijodkor kim?
A. Mirmuhsin B. A. Qodiriy
C. S. Ahmad D. Shuhrat
19. Men o‘tganda qolingni qovushtirib tur,
Menga bo‘shat uyingning yumshoq to‘rini – Ushbu parcha qaysi asardan olingan va kimning fikri?
A. Mardlik afsonasi, Kayxisrav B. Shiroq afsonasi Doro
C. Mardlik afsonasi, To‘maris D. To‘g‘ri javobi yo‘q
20. “Ko‘p vaqti otasi yonida - Hirotda o‘tishiga qaramay, Erondagilar ham qo‘rqishardi. Uni mo‘g‘il shahzoda deb atardilar” ushbu parcha qaysi asardan va ta’riflangan shaxs kim?
A. Yulduzli tunlar, Bobur B. Me’mor, Ibrohim Sulton
C. O‘tgan kunlar, Xudoyor D. Me’mor, Muhammad Tarag‘ay
Do'stlaringiz bilan baham: |