7- sinf ochiq dars ishlanmasi.
Mavzu:Internetda ishlashni ta`minlovchi dasturlar.
Dars maqsadi:
Ta`limiy maqsad:O`quvchilarga Web-brauzerlar,Internet Explorer dasturi interfeysi,uning ishlash prinspi haqida tushuncha va ko`nikmalar berish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda vatanga muhabbat,yurtga sadoqat,o’z tiliga hurmat, ota-onaga mehr muhabbat ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: Har bir o’quvchidan mavzu haqidagi fikrini so’rash orqali ularda shaxsiy fikrini erkin ayta olish,nutqiy ravonlik,chiroyi va o’z o’rnida so’zlash fazilatlarini rivojlantirish.
Dars turi: Yangi bilim va ko`nikma berish.
Dars usuli: Noan’anaviy, aqliy hujum.
Dars jihozi: Tarqatma materiallar, Kompyuter, dars slaydi, darslik,test va rag`bat kartochkalari.
Dars uslubi:Ko`rsatmali amaliy.
Dars rejasi:
1.Tashkiliy qism:Darsda psixalogik iqlim yaratish,salomlashish,davomatni aniqlash,tozalikni tekshirish.(2min)
2.O`tgan mavzuni mustahkamlash.(3min)
3.Yangi mavzu bayoni.(20min)
4.Yangi mavzuni mustahkamlash.(10min)
5.O’quvchilarni rag’batlantirish, savollariga javob berish(3min)
6.Dars yakuni. (2min)
Dars shiori: “Dars muqaddas”. Har bir soniya qimmatli.
O`tgan mavzuni mustahkamlash.
1.Multimediya nima?
2.Web-sayt nima?
3.URL deganda nimani tushunasiz?
Yangi mavzu bayoni.
Internet- axborotlar ummoni.Undan biz istalgancha istagan mavzuimizga oid ma`lumotlarni olishimiz mumkin.Kerakli ma`lumotlarni qanday olishimiz mumkin degan savolga bugun javob topamiz.
Word dasturida matnlar bilan, Paint grafik muharririda rasmlar bilan,Kalkulyatorda esa hisob ishlarini bilamiz. Internetda WWW xizmatidan foydalanish uchun ham dasturlar ishlab chiqilgan.Ular Web-brauzerlar (Browser) deb ataladi.
Browser inglizcha so`z bo`lib, ko`rishni ta`minlash, ko`rsatish ma`nolarini beradi.
Birinchi Web-brauzer 1990-yil CERN (Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi) xodimi Tim Bernes Li tomonidan ishlab chiqilgan.
Hozirgi kunda Web-brauzerlarning bir necha turlari mavjud. Bularga misol: Mosaic, Opera, AdWiper, Netscape Navigator, Netscape Communicator, Microsoft Internet explorer, Power Browser.
Microsoft Internet Explorer dasturi asosida brauzerlarning vazifalari va imkoniyatlari quyidagilar:
-Web-sahifalarni xotiraga yuklaydi va ko`radi.
- Web-sahifani diskka yozib qo`yadi va saqlaydi.
-WWWdagi adresi bo`yicha Web-sahifalarni chaqiradi.
Internet Explorer dasturi quyidagicha ishga tushiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |