Ko`rinish mentusi tarkibiga uskunalar paneli, adreslar satri, holat satrini ekrandan olib qo`yish yoki joyiga qaytarib qo`yish , shrift o`lchami, kodlash usulini o`zgartirish mumkin.
Tanlangan menyusi yordamida o`zimizga yoqqan ko`p foydalaniladigan Web-sahifalarni saqlab qo`yishimiz mumkin.
Servis menyusi dastur xususiyatlarini sozlaydi.
Ma`lumot menyusi esa Microsoft Internet Explorer dasturidan foydalanish haqida ma`lumot beradi.
Menyular tarkibiga kirgan amallarning ba`zilari kam qo`llanilsa, ba`zilari tez-tez qo`llaniladi. Ko`p qo`llaniladigan amallarni bajarishni osonlashtirish maqsadida dasturda uskunalar paneli tashkil etilgan. Uskunalar paneli tugmalar majmuidan iborat bo`lib, har bir tugma ma`lum amalni bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |