Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, uning vazifasi, ish mazmuni.
Maktabgacha ta’lim boshqarmasining vazifalari quyidagilardan iborat:
—maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining asos iy yo‘nalishlariga rahbarlik qilish; —maktabgacha tarbiya muassasalarida ta’lim-tarbiya va tashkiliy-pedagogik ishlarga rahbarlik qilish;
—«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash m illiy dasturi va maktabgacha ta’lim konsepsiyasida va sohaga oid boshqa qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan vazifalarning bajarilishi ustidan nazorat qilish;
—aholi o‘rtasida pedagogik bilimlarni targ‘ib etish va ommalashtirish ishlarini
muvofiqlashtirish;
—«ILK QADAM» dasturini takomillashtirish ishlariga rahbarlik qilish;
— maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oilada bolala rga ta’lim-tarbiya berishning o‘zaro
uyg‘unligini ta’minlash;
- pedagogika fani va amaliyoti yutuqlari asosida maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya dasturlarini takomillashtirib borish;
bo‘ysunishidan qat’i nazar, maktabgacha ta’lim muas sasalari faoliyati ustidan nazorat qilish;
maktabgacha ta’lim muassasalari uchun kadrlar tayerlash va malakasini oshirish ishlariga rahbarlik kilish;
xorijiy mamlakatlarning maktabgacha tarbiya muassasalari faoliyatini boshqaradigan idoralar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirl igi maktabgacha ta’lim boshqarmasi unga topshirilgan faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha vazi rlikning boshqa boshqarma va bo‘limlari, viloyat, shahar, tuman maktabgacha ta’lim boshqarmalari (bo‘limlari), Iqtisodiyot, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Pedagogika fanlari akademiyasi, shuningdek, qaramog‘ida maktabgacha ta’lim muassasalari bo‘lgan tarmoklarning tegishli bo‘linmalari bilan amaliy hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan.
Maktabgacha ta’lim boshqarmasining ish mazmuni quyidagilardan iborat: ta’lim-tarbiya va tashkiliy-pedagogik ishlarga rahbarlik qilish;
ijtimoiy maktabgacha ta’lim muassasalarini rivojlantirishning asosiy
yo‘nalishlarini aniqlash;
—viloyat, shahar, tuman maktabgacha ta’limi bo‘limlari, maktabgacha ta’lim
boshqarmalari (bo‘limlari) tomonidan me’yoriy, inst ruktiv, metodik-dasturiy
hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish;
—ichki mehnat tartibi to‘g‘risida nizom, yo‘l-yo‘ri q va qoidalarni ishlab chiqish (kasaba
uyushmalari bilan hamkorlikda);
—muassasalar tarmog‘i taraqqiyotining istiqboli, yi llik, xalq xo‘jaligi va davlat rejalarini tuzishda, kapital qurilish, kadrlar tayyorlash, pedagogik mahoratni oshirish va uni nazorat qilishda ishtirok etish, namunaviy binolar loyihasini ishlab chiqish, muassasalarning uskunalar va o‘quv-ko‘rgazma qo‘llanmalariga bo‘lga n talabini aniqlash;
—bolalar hayoti va sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha tad birlar ishlab chiqish,
bajarilishini nazorat qilish;
—ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalar ining ishini tashkil etish;
uning
—maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash borasida to‘plangan ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish;
—mehnatkashlarning arizalari, xat va shikoyatlarini ko‘rib chiqish va tegishli qarorlar qabul qilish va hokazolar.
Viloyat, shahar boshqarmalari bevosita Maktabgacha ta’limi vazirligiga bo‘ysunadi. Viloyat, shahar, tuman xalq ta’limi bo‘limlarida ma ktabgacha ta’lim sektori mavjud bo‘lib, u mazkur hududda joylashgan muassasalar faoliyatini boshqaradi, ularning ishini nazorat qiladi, pedagog xodimlar malakasini oshirish tadbirlari ham ular zimmasidadir. Tuman xalq ta’limi bo‘limi shu hududda joylashgan barcha maktabgacha ta’lim muassasalari, ular qaysi idora va tashkilotlarga bo‘ysunishidan qat’i nazar, nazorat etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |