7- mavzu. Pul oqimlari to’G’risida hisobot


MHXS (IFRS) 7 “Moliyaviy instrumentlar: ma’lumotlarni ochib berish”



Download 345,33 Kb.
bet2/3
Sana01.06.2023
Hajmi345,33 Kb.
#947494
1   2   3
Bog'liq
26- MAVZU. PUL OQIMLARI TO’G’RISIDA HISOBOT

7.3. MHXS (IFRS) 7 “Moliyaviy instrumentlar: ma’lumotlarni ochib berish”
MHXS (IFRS) 7 “Moliyaviy instrumentlar: ma’lumotlarni ochib berish” nomli standartning maqsadi bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
(a) tadbirkorlik sub’ektining moliyaviy holati va moliyaviy natijalariga moliyaviy instrumentlarning ta’siri qanchalik katta ekanligini; va
(b) tadbirkorlik sub’ekti hisobot davri mobaynida va oxirida duchor bo’lgan va moliyaviy instrumentlardan yuzaga keladigan risklarning xususiyati va darajasini hamda tadbirkorlik sub’ekti ushbu risklarni qanday qilib boshqarishini
baholashi uchun imkon beradigan ma’lumotlar tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ularning moliyaviy hisobotlarida ochib berilishini talab etish hisoblanadi.
Ushbu MHXSdagi tamoyillar BHXS 32 “Moliyaviy instrumentlar: taqdim etish” va MHXS 9 “Moliyaviy instrumentlar” dagi moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarni tan olish, baholash va taqdim etish bo’yicha tamoyillarni to’ldiradi.
Ushbu MHXS barcha tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan quyidagilardan tashqari barcha turdagi moliyaviy instrumentlarga nisbatan qo’llanilishi kerak:
(a) MHXS 10 «Jamlangan moliyaviy hisobotlar”, BHXS 27 “Alohida moliyaviy hisobotlar” yoki BHXS 28 “Qaram tadbirkorlik sub’ektlaridagi va qo’shma korxonalardagi investitsiyalar” ga muvofiq hisobga olinadigan shu’ba tadbirkorlik sub’ektlari, qaram tadbirkorlik sub’ektlari yoki qo’shma korxonalarga investitsiyalar. Biroq, ayrim holatlarda, BHXS 27 yoki BHXS 28 shu’ba tadbirkorlik sub’ektlari, qaram tadbirkorlik sub’ektlari yoki qo’shma korxonalarga investitsiyalarning MHXS 9 ga muvofiq hisobga olinishiga ruxsat beradi; bunday holatlarda, tadbirkorlik sub’ektlari ushbu MHXSning talablarini qo’llashi kerak hamda haqqoniy qiymatda baholanadigan bunday investitsiyalarga nisbatan MHXS 13 “Haqqoniy qiymatni baholash” ning talablarini qo’llashi kerak. Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari ushbu MHXSni shu’ba tadbirkorlik sub’ektlari, qaram tadbirkorlik sub’ektlari yoki qo’shma korxonalarga investitsiyalar bilan bog’liq barcha derivativlarga nisbatan, ushbu derivativ BHXS 32 dagi ulushli instrumentning ta’rifiga mos kelgan holatlardan tashqari holatlarda, qo’llashi kerak.
(b) BHXS 19 “Hodimlarning daromadlari” qo’llaniladigan hodimlarning daromadlari bo’yicha ish beruvchilarning huquqlari va majburiyatlari.
(v) MHXS 4 “Sug’urta shartnomalari” da ta’riflangan sug’urta shartnomalari. Biroq, ushbu Standart bunday sug’urta shartnomalarida singdirilgan derivativlarga nisbatan qo’llaniladi, agar MHXS 9 ularning alohida hisobga olinishini talab etsa. Bundan tashqari, emitent ushbu MHXSni moliyaviy kafolat shartnomalariga nisbatan
218
qo’llashi kerak, agar u ushbu shartnomalarni tan olishda va baholashda MHXS 9 ni qo’llasa. Biroq, emitent MHXS 4 ga muvofiq bunday shartnomalarni tan olish va baholash uchun MHXS 4 ni tanlaganida (qaror qilganida), u bu shartnomalarga nisbatan MHXS 4 ni qo’llashi kerak.
(g) MHXS 2 “Aktsiyaga-asoslangan to’lov” qo’llaniladigan aktsiyaga asoslangan to’lovlar bo’yicha operatsiyalardan yuzaga keladigan moliyaviy instrumentlar, shartnomalar va majburiyatlar. Biroq MHXS 9 ning qo’llash doirasidagi shartnomalarga nisbatan ushbu MHXS qo’llaniladi.
(d) ulushli instrumentlar sifatida tasniflanishi talab etiladigan instrumentlar. Ushbu MHXS tan olingan va tan olinmagan moliyaviy instrumentlarga nisbatan
qo’llaniladi. Tan olingan moliyaviy instrumentlar o’z ichiga MHXS 9 ning qo’llash doirasidagi moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarni oladi. Tan olinmagan moliyaviy instrumentlar, MHXS 9 ning qo’llash doirasidan tashqarida bo’lishidan qat’iy nazar, ushbu MHXS ning qo’llash doirasiga kiradigan ba’zi moliyaviy instrumentlar (masalan, ayrim kredit majburiyatlarini) oladi.
MHXS 9 ning qo’llash doirasidagi nomoliyaviy moddalarni xarid qilish yoki sotish bo’yicha shartnomalarga nisbatan ushbu MHXS qo’llaniladi.
Ushbu MHXSda moliyaviy instrumentlar ma’lumotlarni ochib berish talab etilganida, tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy instrumentlarni ochib beriladigan ma’lumotning xususiyatiga xos bo’lgan va mazkur moliyaviy instrumentlarning xususiyatlarini hisobga oladigan turkumlarga guruhlashi kerak. Tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda aks ettiriladigan moddalarning solishtirmasini shakllantirish uchun yetarli bo’lgan ma’lumotlarni ta’minlashi kerak.
Tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uning moliyaviy holati va moliyaviy natijalariga moliyaviy instrumentlarning ta’siri qanchalik katta ekanligini baholash ikonini beradigan ma’lumotlarni ochib berishi kerak.
Moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarning toifalari
Moliyaviy instrumentlarning MHXS 9 da belgilangan quyidagi toifalarining har birisi bo’yicha ularning balans qiymatlari moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda yoki izohlarda ochib berilishi kerak:
(a) haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlar foyda yoki zararda hisobga olinadigan moliyaviy aktivlar. Bunda ushbu aktivlarning qo’yidagi turlari alohida ko’rsatilishi kerak: - dastlabki tan olishda bunday aktivlar sifatida belgilangan moliyaviy aktivlar, va - MHXS 9 ga muvofiq majburiy ravishda haqqoniy qiymat bo’yicha baholanadigan moliyaviy aktivlar.
(b) haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlar foyda yoki zararda hisobga olinadigan moliyaviy majburiyatlar. Bunda ushbu majburiyatlarning qo’yidagi turlari alohida ko’rsatilishi kerak: - dastlabki tan olishda bunday majburiyatlar sifatida belgilangan moliyaviy majburiyatlar, va - MHXS 9 ga muvofiq oldi-sotdi uchun mo’ljallangan moliyaviy majburiyatlar ta’rifiga mos keladigan moliyaviy majburiyatlar.
(e) amortizatsiyalangan qiymat bo’yicha baholanadigan moliyaviy aktivlar. (yo) amortizatsiyalangan qiymat bo’yicha baholanadigan moliyaviy
majburiyatlar.
(j) haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlar boshqa umumlashgan daromadda
219
hisobga olinadigan moliyaviy aktivlar.
Haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlar foyda va zararda hisobga olinadigan moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlar
Tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy aktiv (yoki moliyaviy aktivlarning guruhini) haqqoniy qiymat bo’yicha baholanadigan sifatida belgilaganida (ular boshqa holatda amortizatsiyalangan qiymatda hisobga olinadigan bo’lganida), quyidagilarni ochib berishi kerak:
(a) hisobot davri oxirida moliyaviy aktiv.
(b) ushbu maksimal kredit riskni kamaytiradigan va ushbu moliyaviy aktivga (yoki moliyaviy aktivlar guruhiga) bog’liq bo’lgan har qanday kredit derivativlari yoki shunga o’xshash instrumentlarning summasi.
(v) moliyaviy aktiv bo’yicha kredit riskining o’zgarishi tufayli ushbu moliyaviy aktivning (yoki moliyaviy aktivlar guruhining) haqqoniy qiymatidagi davr mobaynidagi yoki jamg’arilgan o’zgarish summasi. Ushbu summa quyidagicha aniqlanadi:
- bozor riskini yuzaga keltiradigan bozor sharoitlarining o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan haqqoniy qiymatning o’zgarishi summasi sifatida; yoki
- tadbirkorlik sub’ektining fikri bo’yicha kredit riskidagi o’zgarishlar tufayli haqqoniy qiymatning o’zgarishini to’g’riroq ko’rsatadigan muqobil usuldan foydalangan holda.
Bozor riskini yuzaga keltiradigan bozor sharoitlaridagi o’zgarishlar kuzatiladigan (tayanch asos bo’ladigan) foiz stavkasining o’zgarishi hamda tovarlarning narxlaridagi, valyuta kurslaridagi yoki narxlar yohud kurslar indekslaridagi o’zgarishlarni qamrab oladi.
(g) har qanday bog’liq bo’lgan kredit derivativining yoki shunga o’xshash instrumentlarning haqqoniy qiymatidagi moliyaviy aktivning hisobga olinishi belgilanganidan keyin jamg’arilgan yoki davr mobaynida sodir bo’lgan o’zgarish summasi.
Tadbirkorlik sub’ekti MHXS 9ga muvofiq moliyaviy majburiyatni haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlar foyda yoki zararda hisobga olinadigan moliyaviy majburiyat sifatida belgilaganida va ushbu majburiyat bo’yicha kredit riskidagi o’zgarishlar ta’sirini boshqa umumlashgan daromadda aks ettirishi talab etilganida, u quyidagilarni ochib berishi kerak:
(a) moliyaviy majburiyat bo’yicha kredit risk tufayli moliyaviy majburiyatning haqqoniy qiymatidagi jamg’arilgan o’zgarish summasini.
(b) moliyaviy majburiyatning balans qiymati va bu majburiyatning so’ndirish muddati oxirida ushbu majburiyat shartnomasi bo’yicha tadbirkorlik sub’ekti to’lashi kerak bo’lgan summa orasidagi farq.
(v) jamg’arilgan foyda yoki zararning davr mobaynida kapital ichidagi har qanday bir moddadan boshqa moddaga o’tkazilishi va bunday o’tkazishning sababi.
(g) majburiyat davr mobaynida hisobdan chiqarilgan bo’lsa, hisobdan chiqarishda o’zlashtirilgan va boshqa umumlashgan daromadda aks ettirilgan summa (agar mavjud bo’lsa).
Tadbirkorlik sub’ekti MHXS 9 ga muvofiq moliyaviy majburiyatni haqqony qiymatidagi o’zgarishlar foyda yoki zararda hisobga olinadigan moliyaviy majburiyat
220
siftiad belgilaganida va ushbu majburiyatning haqqoniy qiymatidagi hamma o’zgarishlarni (shu jumladan, majburiyatning kredit riskidagi o’zgarishlarning ta’sirini) foyda yoki zararda aks ettirishi talab etilganida, u quyidagilarni ochib berishi kerak:
(a) moliyaviy majburiyat bo’yicha kredit riskdagi o’zgarishlar tufayli moliyaviy majburiyatning haqqoniy qiymatidagi davr mobaynidagi va jamg’arilgan o’zgarishlar sumasi; va
(b) moliyaviy majburiyatning balans qiymati va bu majburiyatning so’ndirish muddati oxirida ushbu majburiyat shartnomasi bo’yicha tadbirkorlik sub’ekti to’lashi kerak bo’lgan summa orasidagi farq.
Shuningdek, tadbirkorlik sub’ekti quyidagilarni ochib berishi lozim:
(a) MHXS 9 ga rioya etish uchun qo’llanilgan usullarning batafsil bayoni, shu jumladan ushbu usul nima uchun to’g’ri ekanligining tushuntirilishi.
(b) tadbirkorlik sub’ektining fikricha, moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda hamda MHXS 9ga rioya etish uchun ochib berilgan ma’lumotlar moliyaviy aktiv yoki moliyaviy majburiyatning haqqoniy qiymatidagi ushbu aktiv yoki majburiyat bo’yicha kredit riskining o’zgarishlariga bog’liq bo’lgan o’zgarishlarni to’g’ri ko’rsatmasa, bunday fikrga nima uchun kelgani sabablari va uning fikricha o’rinli bo’lgan omillar.
(v) majburiyat bo’yicha kredit riskidagi o’zgarishlar ta’sirini boshqa umumlashgan daromadda ko’rsatish foyda yoki zararda hisobdagi nomuvofiqlikni yaratishi yoki ko’paytirishini aniqlash uchun qo’llanilgan metodologiya yoki metodologiyalarning batafsil bayoni. Tadbirkorlik sub’ekti majburiyat bo’yicha kerdit riskidagi o’zgarishlarni foyda yoki zararda aks ettirishi talab etilganida, ochib beriladigan ma’lumotlar o’z ichiga MHXS 9 da tavsiflangan iqtisodiy bog’liqlikning batafsil bayonini olishi kerak.
Haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlar boshqa umumlashgan daromadda hisobga olinadigan moliyaviy aktivlar
Tadbirkorlik sub’ekti ulushli instrumentlarga investitsiyalarni haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlar boshqa umumlashgan daromadda hisobga olinadigan instrumentlar sifatida, MHXS 9da ruxsat etilganidek, belgilaganida, u quyidagilarni ochib berishi kerak:
(a) qaysi ulushli instrumentlarga investitsiyalar haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlar boshqa umumlashgan daromadda hisobga olinadigan instrumentlar sifatida belgilangan.
(b) instrumentlarni bunday taqdim etish muqobilini tanlashning sabablari. (v) bunday har bir investitsiyaning hisobot davri oxiridagi haqqoniy qiymati.
(g) davr mobaynida tan olingan dividendlar, bunda hisobot davri mobaynida hisobdan chiqarilgan hamda hisobot davri oxirida saqlab turilgan investitsiyalarga tegishli bo’lgan dividendlarni alohida ko’rsatgan holda.
(d) jamg’arilgan foyda yoki zararning davr mobaynida kapital ichidagi har qanday bir moddadan boshqa moddaga o’tkazilishi va bunday o’tkazishning sababi.
Tadbirkorlik sub’ekti haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlar boshqa umumlashgan daromadda hisobga olinadigan ulushli instrumentlarga investitsiyalarni hisobot davri mobaynida hisobdan chiqarganida, u quyidagilarni ochib berishi kerak:
(a) investitsiyalarning chiqib ketishi sabablari.
221
(b) investitsiya hisobdan chiqarilgan sanadagi uning haqqoniy qiymati. (v) investitsiya chiqib ketishidagi jamg’arilgan foyda yoki zarar.
Tadbirkorlik sub’ekti joriy yoki oldingi hisobot davrlarida qandaydir moliyaviy aktivlarni MHXS 9 ga muvofiq qayta tasniflaganini ochib berishi kerak. Bunday har bir qayta tasniflash bo’yicha tadbirkorlik sub’ekti quyidagilarni ochib berishi kerak:
(a) qayta tasniflash sanasi.
(b) biznes modelning o’zgarishi to’g’risida batafsil tushuntirish va bu o’zgarishning tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy hisobotlariga ta’sirini tavsiflaydigan sifatiy ma’lumotlar.
(v) har bir toifaga va toifadan qayta tasniflangan moddaning summasi.
Qayta tasniflashdan keyin hisobdan chiqarishgacha har bir hisobot davri uchun, tadbirkorlik sub’ekti MHXS 9 ga muvofiq amortizatsiyalangan qiymat bo’yicha baholanadigan aktivlar sifatida qayta tasniflagan aktivlar bo’yicha quyidagilarni ochib berishi kerak:
(a) qayta tasniflash sanasida aniqlangan effektiv foiz stavkasi; va (b) tan olingan foizli daromad yoki xarajat.
Tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy aktivlarni ular amortizatsiyalangan qiymat bo’yicha baholanadigan aktivlar sifatida oxirgi yillik hisobot sanasidan keyin qayta tasniflaganida, u quyidagilarni ochib berishi kerak:
(a) moliyaviy aktivlarning hisobot davri oxiridagi haqqoniy qiymati; va
(b) moliyaviy aktivlar qayta tasniflanmaganida hisobot davri mobaynida foyda yoki zararda tan olingan bo’lgan haqqoniy qiymatning o’zgarishidan foyda va zararlar.
MHXSdagi ochib berilishi talab etiladigan boshqa ma’lumotlarni to’ldiradi hamda BHXS 32 ga muvofiq o’zaro hisob-kitob qilinadigan va tan olinadigan barcha moliyaviy instrumentlar bo’yicha ochib berilishi talab etiladi. Ushbu ma’lumotlarni ochib berish sof asosda hisoblashishni ko’zda tutadigan asosiy kelishuv yoki shunga o’xshash kelishuv doirasida bo’lgan va tan olingan moliyaviy instrumentlarga ham, ular BHXS ga muvofiq o’zaro hisob-kitob qilinishidan qat’iy nazar, tegishlidir.
Tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar sof asosda hisoblashishni ko’zda tutadigan kelishuvlarning tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy holatiga bo’lgan ta’sirini yoki potentsial ta’sirini baholashga imkon beradigan ma’lumotlarni ochib berishi kerak. Bu esa tadbirkorlik sub’ekti tomonidan tan olingan va moliyaviy aktivlar va tan olingan moliyaviy majburiyatlar bilan bog’liq o’zaro hisob-kitob qilish huquqlarining ta’sirini yoki potentsial ta’sirini qamrab oladi.
Tadbirkorlik sub’ekti hisobot davrining oxirida moliyaviy aktivlar va tan olingan moliyaviy majburiyatlar bo’yicha quyidagi miqdoriy ma’lumotlarni alohida ochib berishi kerak:
(a) ushbu tan olingan moliyaviy aktivlar va tan olingan moliyaviy majburiyatlarning yalpi balans qiymatini;
(b) moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda aks ettirilgan sof summalarni aniqlashda BHXS 32 mezonlariga muvofiq o’zaro hisob-kitob qilingan summalarni;
(v) moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda aks ettirilgan sof summalarni;
(g) sof asosda hisoblashishni ko’zda tutadigan asosiy kelishuv yoki shunga o’xshash kelishuvlarning doirasida bo’lgan, shu jumladan:
222
- BHXS 32 dagi o’zaro hisob-kitob qilish mezonlarning hammasiga yoki ayrimlariga mos kelmaydigan va tan olinadigan moliyaviy instrumentlarga tegishli summalar; va
- moliyaviy aktivlar ko’rinishidagi garovga tegishli bo’lgan summalar (shu jumladan, pul mablag’lari garovi); va
(d) yuqoridagi (g) dan (v) dagi summalarni chegirgandan keyin qolgan sof summa.
Ushbu bandda talab etilgan ma’lumotlar alohida moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlar bo’yicha jadval shaklida, boshqa shakl o’rinliroq bo’lmaganida, keltirilishi kerak.
Tadbirkorlik sub’ekti quyidagilarni ochib berishi kerak:
(a) majburiyatlar yoki shartli majburiyatlar bo’yicha garovga qo’yilgan moliyaviy aktivlarning balans summasini, shu jumladan MHXS 9 ga muvofiq qayta tasniflangan summalarni; va
(b) bunday garovning shartlari va muddatlarini.
Tadbirkorlik sub’ekti (moliyaviy yoki nomoliyaviy aktivlarni) garovga olgan bo’lsa va unga garov egasi to’lovlarni kechiktirmaganda ham ushbu garovni sotishga yoki qaytadan garovga qo’yishiga ruxsat etilsa, u quyidagilarni ochib berishi kerak:
(a) garovning haqqoniy qiymatini;
(b) har qanday bunday garov sotilganida yoki qayta garovga qo’yilganida uning haqqoniy qiymatini hamda tadbirkorlik sub’ekti bu garovni qaytarib berish majburiyatiga ega ekanligini; va
(v) garovdan foydalanish shartlari va muddatlarini.
Kredit zararlari tufayli moliyaviy aktivlar qadrsizlanganida va tadbirkorlik sub’ekti qadrsizlanishni, aktivning balans qiymatini to’g’ridan-to’g’ri kamaytirmasdan,alohida schetda aks ettirganida (masalan, alohida aktivning qadrsizlanishi aks ettirish uchun ishlatiladigan rezerv schetida yoki aktivlar guruhinining birgalikdagi qadrsizlanishini aks ettirish uchun ishlatiladigan rezerv schetida), u moliyaviy aktivlarning har bir toifasi bo’yicha ushbu schetdagi hisobot davridagi o’zgarishlarning solishtirmasini ochib berishi kerak.
Tadbirkorlik sub’ekti kapital va majburiyat tarkibiy qismlariga ega bo’lgan instrumentni chiqarganida va instrument bir nechta singdirilgan derivativlarga ega bo’lib, bu derivativlarning qiymatlari bir biriga bog’liq bo’lganida (masalan, qayta sotib olinishi mumkin konvertatsiya qilinadigan qarz instrumenti), u ushbu xususiyatlarning mavjudligini ochib berishi kerak.
Hisobot davri oxirida tan olingan to’lanadigan kreditlar bo’yicha, tadbirkorlik sub’ekti quyidagilarni ochib berishi kerak:
(a) ushbu to’lanadigan kreditlarning so’ndirish shartlari, qarzni uzish fondi, asosiy qarz summasi, foizlarni to’lash shartlarini har qanday buzish holatining tafsilotlari;
(b) hisobot davri oxirida shartlari buzilgan to’lanadigan kreditlarning balans qiymati; va
(v) moliyaviy hisobotlar e’lon qilish uchun tasdiqlanishidan oldin shartlari buzilgan kredit bo’yicha zararni kamaytirishga qaratilgan choralar qabul qilinganligi
223
yoki to’lanadigan kreditlarning shartlari o’zgartilganligini.
Tadbirkorlik sub’ekti umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobotda yoki izohlarda quyidagi daromadlar, xarajatlar, foyda yoki zararlar moddalarini ochib berishi kerak:
(a) quyidagilar bo’yicha sof foyda yoki sof zararlar:
- haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlar foyda yoki zararda hisobga olinadigan moliyaviy aktivlar yoki moliyaviy majburiyatlar. Bunda dastlabki tan olishda bunday moliyaviy aktivlar yoki moliyaviy majburiyatlar sifatida belgilanganlar va MHXS 9 ga muvofiq majburiy ravishda haqqoniy qiymat bo’yicha baholanadigan moliyaviy aktivlar yoki moliyaviy majburiyatlar (masalan, MHXS 9 bo’yicha oldi-sotdi uchun mo’ljallangan ta’rifiga mos keladigan moliyaviy majburiyatlar) bo’yicha ma’lumotlar alohida ochib beriladi. Haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlar foyda yoki zararda hisobga olinadigan moliyaviy majburiyatlar bo’yicha, tadbirkorlik sub’ekti boshqa umumlashgan daromadda tan olinadigan summani va foyda yoki zararda tan olinadigan summani alohida ko’rsatishi kerak.
- amortizatsiyalangan qiymat bo’yicha baholanadigan moliyaviy majburiyatlar. - amortizatsiyalangan qiymat bo’yicha baholanadigan moliyaviy aktivlar.
- haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlar boshqa umumlashgan daromadda hisobga olinadigan moliyaviy aktivlar.
(b) amortizatsiyalangan qiymat (effektiv foiz usuli asosida hisoblangan) bo’yicha baholanadigan moliyaviy aktivlar yoki haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlari foyda yoki zararda hisobga olinmaydigan moliyaviy majburiyatlar bo’yicha jami foizli daromadlar va jami foizli xarajatlar.
(v) quyidagilardan yuzaga keladigan komission daromadlar va xarajatlar (effektiv foiz stavkasini aniqlashda hisobga olingan summalardan tashqari):
- amortizatsiyalangan qiymat bo’yicha baholanadigan moliyaviy aktivlar yoki haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlari foyda yoki zararda hisobga olinmaydigan moliyaviy majburiyatlar; va
- alohida shaxslar, trastlar, pension tizimlar va boshqa tashkilotlar nomidan aktivlarni investitsiya qilish yoki saqlab turishga olib keladigan ishonch va boshqa fidutsiar operatsiyalar.
(g) qadrsizlangan moliyaviy aktivlar bo’yicha BHXS 39 “Moliyaviy Instrumentlar: tan olish va baholash”ga muvofiq hisoblangan foizli daromadlar
(d) moliyaviy aktivlarning har bir toifasi bo’ycha har qanday qadrsizlanish zararining summasi.
Tadbirkorlik sub’ekti umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobotda tan olingan va amortizatsiyalangan qiymat bo’yicha baholanadigan moliyaviy aktivlarni hisobdan chiqarishdan yuzaga keladigan foyda yoki zararning tahilini ochib berishi kerak, bunda u ushbu moliyaviy aktivlarning hisobdan chiqarilishidan olingan foyda va zararlarni alohida ko’rsatishi kerak. Ushbu ochib beriladigan ma’lumotlar moliyaviy aktivlarning hisobdan chiqarilishining sabablarini qamrab olishi kerak.
BHXS 1 “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish”ga muvofiq, tadbirkorlik sub’ekti muhim hisob siyosatlarning qisqacha bayonida moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda foydalanilgan baholash asosini (yoki asoslarini) va moliyaviy hisobotlarni tushunish uchun o’rinli bo’lgan boshqa qo’llanilgan hisob siyosatlarini ochib berishi kerak.
224
Tadbirkorlik sub’ekti BHXS 39 da tavsiflangan xejlarning har bir turi bo’yicha quyidagilarni alohida ochib berishi kerak (ya’ni, haqqoniy qiymat xejlari, pul oqimlari xejlari, xorijiy bo’linmaga sof investitsiyalar xejlari):
(a) har bir turdagi xejning tavsifi;
(b) xejlash instrumentlari sifatida belgilangan moliyaviy instrumentlarning tavsifini va ularning hisobot davri oxiridagi haqqoniy qiymatlarini; va
(v) xejlangan risklarning xususiyatini.
Pul oqimlarining xeji bo’yicha, tadbirkorlik sub’ekti quyidagilarni ochib berishi kerak:
(a) pul oqimlari yuzaga kelishi kutilgan davrlar va ushbu pul oqimlari foyda yoki zararga ta’sir etishi kutilgan davrlar;
(b) oldin xej hisobi qo’llanilgan, lekin boshqa sodir bo’lishi kutilmaydigan har qanday prognoz qilinadigan operatsiyaning tavsifi;
(v) davr mobaynida boshqa umumlashgan daromadda tan olingan summa;
(g) davr davomida kapitaldan foyda yoki zararga o’tkazilgan (qayta tasniflangan) summa, bunda umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobotning har bir satrda ko’rsatiladigan moddasiga kiritilgan summani alohida ochib bergan holda; va
(d) davr davomida kapitaldan chiqarib tashlangan va sotib olinishi yoki sodir bo’lishi xejlangan eqori ehtimolga ega va prognoz qilinadigan operatsiya bo’lgan nomoliyaviy aktivning yoki nomoliyaviy majburiyatning boshlang’ich qiymatiga yoki boshqa balans qiymatiga kiritilgan summa.
Tadbirkorlik sub’ekti quyidagilarni alohida ochib berishi kerak:
(a) haqqoniy qiymatning xejlarida, quyidagilar bo’yicha foyda yoki zararlarni: - xejlash instrumenti; va
- xejlangan riskka tegishli xejlangan modda.
(b) pul oqimlarining xeji bo’yicha kelib chiqqan va foyda yoki zararda tan olingan samarasizlik.
(v) xorijiy bo’linmaga sof investitsiyadan kelib chiqqan va foyda yoki zararda tan olingan samarasizlik.
Tadbirkorlik sub’ekti, moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarning har bir turkumi bo’yicha, ushbu aktivlar va majburiyatlar turkumining haqqoniy qiymatini ularning balans qiymati bilan solishtirib bo’ladigan tarzda ochib berishi kerak.
Haqqoniy qiymat to’g’risidagi ma’lumotlarni ochib berganda, tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarni turkumlarga guruhlashi kerak, lekin ularning balans qiymatlari moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda o’zaro hisob-kitob qilingan darajadagina ularni o’zaro hisob-kitob qilishi kerak.
Ba’zi holatlarda, moliyaviy aktiv yoki moliyaviy majburiyatning haqqoniy qiymati u bilan bir xil aktivning yoki majburiyatning faol bozordagi kotirovka qilinadigan bahosi (ya’ni haqqoniy qiymat ierarxiyasining 1-chi darajasi) bilan tasdiqlanmaganligi yoki faqat kuzatiladigan bozorlardan olingan ma’lumotlar asosidagi baholash usullariga asoslanmaganligi tufayli tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy aktiv yoki moliyaviy majburiyatning dastlabki tan olishda foyda yoki zararni tan olmaydi. Bunday holatlarda, tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy aktivlar yoki moliyaviy majburiyatlarning turkumlari bo’yicha quyidagilarni ochib berishi kerak:
(a) bozor ishtirokchilari mazkur aktiv yoki majburiyatlarning narxini
225
belgilashda hisobga olgan bo’lgan omillarning (shu jumladan, vaqtning) o’zgarishini aks ettirish maqsadida dastlabki tan olishdagi haqqoniy qiymat va operatsiya bahosi o’rtasidagi farqni foyda yoki zararda tan olish bo’yicha hisob siyosatini.
(b) davr boshi va oxirida foyda yoki zararda hali tan olinishi kerak bo’lgan umumiy farqni va ushbu farq qoldig’idagi o’zgarishlarning solishtirmasini.
(v) tadbirkorlik sub’ekti operatsiya bahosi haqqoniy qiymatning eng yaxshi dalili emas degan xulosaga kelganligining sababini, shu jumladan haqqoniy qiymatni isbotlaydigan dalilning tavsifini.
Haqqoniy qiymat bo’yicha ma’lumotlar quyidagi holatlarda ochib berilishi talab etilmaydi:
(a) balans qiymati haqqoniy qiymatning oqilona tahmini bo’lganida, masalan, savdoga oid qisqa muddatli debitorlik qarzlari va kreditorlik qarzlari kabi moliyaviy instrumentlar bo’yicha;
(b) ihtiyoriy ishtirok imkonini beradigan xususiyatga ega shartnoma (MHXS 4 da tavsiflangandek) holatida, agar ushbu xususiyatning haqqoniy qiymati ishonchli darajada baholana olmasa.
Tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar bunday shartnomalarning balans qiymati va haqqoniy qiymati o’rtasidagi mumkin bo’lgan farqlar summasi to’g’risida o’z mulohazalarini chiqarishi uchun imkon beradigan ma’lumotlarni ochib berishi kerak, shu jumladan:
(a) ushbu instrumentlar bo’yicha haqqoniy qiymat ishonchli darajada bahola olinmaganligi tufayli ushbu haqqoniy qiymat ochib berilmaganligi faktini;
(b) moliyaviy instrumentlarning tavsifini, ularning balans qiymatini, va haqqoniy qiymat nima sabablarga ko’ra ishonchli darajada baholana olinmaganiligi bo’yicha tushuntirishni;
(v) ushbu instrumentlar bo’yicha bozorning mavjudligi to’g’risidagi ma’lumotlar;
(g) tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy instrumentlarning chiqib ketishini rejalashtirganligi va qanday qilib chiqib ketishini rejalatirayotganini; va
(d) agar oldin haqqoniy qiymatini ishonchli baholab bo’lmagan moliyaviy instrumentlar hisobdan chiqarilsa, ushbu hisobdan chiqarish to’g’risidagi fakt, hisob chiqarish paytida instrumentlarning balans qiymati, va tan olingan foyda yoki zarar.
Tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarga moliyaviy instrumentlar bo’yicha yuzaga keladigan va tadbirkorlik sub’ekti davr ohirida duchor bo’ladigan risklarning xususiyatini va darajasini baholashga imkon beradigan ma’lumotlarni ochib berishi kerak.
Miqdoriy ma’lumotlar ochib berilganida ularga tegishli sifatiy ma’lumotlarni ham ochib berish foydalanuvchilarga tegishli ma’lumotlarni o’zaro bog’lash va shu tariqa moliyaviy instrumentlardan yuzaga keladigan risklarning xususiyati va darajasi to’g’risida to’liq tasavvurni shakllantirishga yordam beradi. Ochib beriladigan miqdoriy va sifatiy ma’lumotlarning o’zaro bog’liqligi foydalanuvchilarga tadbirkorlik sub’ektining risklarga duchorligini yaxshiroq baholashga imkon beradi.
Moliyaviy instrumentlardan yuzaga keladigan riskning har bir turi bo’yicha, tadbirkorlik sub’ekti quyidagilarni ochib berishi kerak:
(a) riskka duchorlikni va risklar qanday qilib paydo bo’lishini;
226
(b) risklarni boshqarish maqsadlari, siyosatlari va jarayonlarini hamda riskni baholash uchun qo’llanilgan usullar; va
(v) oldingi davrga nisbatan (a) yoki (b) dagi har qanday o’zgarish.
Moliyaviy instrumentlardan yuzaga keladigan riskning har bir turi bo’yicha, tadbirkorlik sub’ekti quyidagilarni ochib berishi kerak:
- hisobot davrining oxirida ushbu riskka duchorlik bo’yicha yig’ma miqdoriy ma’lumotlar. Ushbu ochib beriladigan ma’lumotlar tadbirkorlik sub’ektining asosiy rahbariyatiga (BHXS 24 “O’zaro bog’liq tomonlar to’g’risidagi ma’lumotlarni ochib berish” da ta’riflangan), masalan, tadbirkorlik sub’ektining boshqaruvi yoki bosh ijrochi direktoriga, taqdim qilinadigan ichki ma’lumotlarga asoslanishi kerak.
Agar hisobot davri oxirida ochib berilgan miqdoriy ma’lumotlar tadbirkorlik sub’ektining davr mobaynida risklarga duchorligi bo’yicha to’g’ri tasavvurni bermasa, tadbirkorlik sub’ekti bunday to’g’ri tasavvurni shakllantiradigan qo’shimcha ma’lumotlarni ta’minlashi kerak.
Tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy instrumentlarning turkumlari bo’yicha quyidagilarni ochib berishi kerak:
(a) ushbu tadbirkorlik sub’ektining hisobot davri oxirida kredit riskiga duchorligining maksimal darajasini eng aniq ko’rsatadigan summani, bunda har qanday olingan garov yoki kredit sifatini oshiradigan boshqa mexanizmlar hisobga olinmaydi (masalan BHXS 32 ga muvofiq o’zaro hisob-kitob shartlariga mos kelmaydigan va sof asosda hisoblashishni ko’zda tutadigan shartnomalar). Bunday ma’lumotlarni ochib berish, agar moliyaviy instrumentning balans qiymati kredit riskiga duchorlikning maksimal darajasini eng aniq qilib ko’rsatadigan bo’lsa, bunday moliyaviy instrumentlar bo’yicha talab etilmaydi.
(b) ta’minot sifatida olingan garov va kredit sifatini oshiradigan boshqa mexanizmlarni hamda ularning kredit riskiga duchorlikning maksimal darajasini eng aniq ko’rsatadigan summaga ((a) bandga muvofiq ochib beriladigan summaga yoki moliyaviy instrumentining balans qiymatiga) moliyaviy ta’sirini (masalan, garov va kredit sifatini oshiradigan boshqa mexanizmlar kredit riskini qay darajada pasaytirishi miqdori).
(v) muddati o’tgan bo’lib ham qadrsizlangan bo’lib ham hisoblanmaydigan moliyaviy aktivlarning kredit sifati to’g’risida ma’lumotlar.
Tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy aktivlarning turkumlari bo’yicha quyidagilarni ochib berishi kerak:
(a) hisobot davri oxirida muddati o’tgan lekin qadrsizlanmagan moliyaviy aktivlar bo’yicha to’lovlarni kechiktirish muddatlarining tahlili; va
(b) hisobot davri oxirida qadrsizlanishi alohida aktiv bo’yicha aniqlangan moliyaviy aktivlarlarning tahlili, shu jumladan tadbirkorlik sub’ekti tomonidan ularning qadrsizlanishi aniqlanganida hisobga olingan omillar.
Tadbirkorlik sub’ekti ta’minot sifatida olingan garovni yoki kredit sifatini oshiradigan boshqa mexanizmlarni (masalan, kafolatlarni) o’ndirish orqali moliyaviy yoki nomoliyaviy aktivlarni davr mobaynida olganida hamda bunday aktivlar boshqa MHXSlardagi tan olish mezonlariga mos kelganida, tadbirkorlik sub’ekti hisobot sanasida bunday egalik qilinayotgan aktivlar bo’yicha quyidagilarni ochib berishi kerak:
227
(a) aktivlarning xususiyati va balans qiymati; va
(b) aktivlar pul mablag’lariga oson aylantira olinmaganida, bunday aktivlar chiqib ketishi yoki ulardan faoliyat davomida foydalanish bo’yicha ushbu tadbirkorlik sub’ektining siyosatlari.
Tadbirkorlik sub’ekti quyidagilarni ochib berishi kerak:
(a) noderivativ moliyaviy majburiyatlar bo’yicha (shu jumladan, chiqarilgan moliyaviy kafolat shartnomalar bo’yicha) so’ndirish muddatlarining tahlili, qaysiki ularning shartnoma bo’yicha qolgan muddatlarini ko’rsatadi.
(b) derivativ moliyaviy majburiyatlar bo’yicha so’ndirish muddatlarining tahlili. So’ndirish muddatlarning tahlili pul oqimlari yuzaga kelishi paytini tushunish uchun shartnoma bo’yicha so’ndirish muddatini bilish muhim bo’lgan derivativ moliyaviy majburiyatlarning so’ndirish muddatlarini qamrab olishi kerak.
(v) (a) va (b) dagi moliyaviy majburiyatlarga xos likvidlilik darajasi tadbirkorlik sub’ekti tomonidan qay tarzda boshqarilishining tavsifi.
Tadbirkorlik sub’ekti yuqoridagi talablarga rioya qilmaganida, u quyidagilarni ochib berishi kerak:
(a) tadbirkorlik sub’ekti hisobot davri oxirida duchor bo’lgan bozor riskining har bir turi bo’yicha sezuvchanlik tahlili. Bunda risk darajasi bog’liq bo’lgan tegishli o’zgaruvchan ko’rsatkichning hisobot sanasida oqilona ravishda kutilishi mumkin bo’lgan o’zgarishlari foyda yoki zararga va kapitalga qanday ta’sir qilishi mumkinligini ko’rsatish lozim;
(b) sezuvchanlik tahlilini tayyorlashda foydalalanilgan usullar va tahminlar; va
(v) foydalalanilgan usullar va tahminlarning oldingi davrga nisbatan o’zgarishi, va bunday o’zgarishlarning sabablari.
Tadbirkorlik sub’ekti risk-ostidagi-qiymat kabi sezuvchanlik tahlilini tayyorlaganida, va bunday tahlil risk darajasi bog’liq bo’lgan o’zgaruvchan ko’rsatkichlar (masalan, foiz stavkalari, valyuta kurslari) o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklarni aks ettirib, ushbu tadbirkorlik sub’ekti undan moliyaviy risklarni boshqarish uchun foydalanganida, u mazkur sezuvchanlik tahlilidan foydalanishi kerak. Tadbirkorlik sub’ekti, shuningdek, quyidagilarni ochib berishi kerak:
(a) bunday sezuvchanlik tahlilini tayyorlashda foydalanilgan usulning tushuntirilishi, hamda taqdim etilgan ma’lumotlarni asoslovchi asosiy ko’rsatkichlar va tahminlar; va
(b) qo’llanilgan usulning maqsadini tushuntirish hamda bunday tahlil bilan bog’liq aktivlar va majburiyatlarning haqqoniy qiymatini to’liq aks ettirmaydigan ma’lumotlar taqdim qilinishiga olib kelishi mumkin bo’lgan cheklovlar.
Tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarga quyidagilarga imkon beradigan ma’lumotlarni ochib berishi kerak:
(a) o’tkazilgan, lekin to’liq hisobdan chiqarilmagan moliyaviy aktivlar va ular bilan bog’liq majburiyatlar o’rtasidagi bog’liqlikni tushunishga; va
(b) hisobdan chiqarilgan moliyaviy aktivlarda tadbirkorlik sub’ektining davom qilayotgan ishtirok darajasi xususiyatini va bu ishtirok bilan bog’liq risklarni baholashga.
Tadbirkorlik sub’ekti o’tkazilgan moliyaviy aktivda davom qilayotgan ishtirok
228
darajasiga ega deb hisoblanadi, agar tadbirkorlik sub’ekti, o’tkazishning bir qismi sifatida, o’tkazilgan moliyaviy aktivga tegishli har qanday shartnomaviy huquqlarni yoki majburiyatlarni saqlab qolsa yoki o’tkazilgan moliyaviy aktivga tegishli har qanday yangi shartnomaviy huquqlarni yoki majburiyatlarni olsa, quyidagilar davom qilayotgan ishtirok darajasini anglatmaydi:
(a) firibgarlik bilan amalga oshirilgan o’tkazishlarga nisbatan odatiy bildirishlar va kafolatlar hamda o’tkazishni sud jarayoni natijasida bekor qilishi mumkin bo’lgan asoslanganlik, holis niyatlar, operatsiyalarni halol amalga oshirish kabi tushunchalar;
(b) o’tkazilgan moliyaviy aktivni qayta sotib olish bo’yicha forvard, optsion va boshqa shartnomalar, bunda shartnomaning bahosi (yoki operatsiyani amalga oshirish bahosi) bo’lib o’tkazilgan moliyaviy aktivning haqqoniy qiymati xizmat qilganida; yoki
(v) tadbirkorlik sub’ekti shartnoma bo’yicha moliyaviy aktivdan pul oqimlarini olish huquqlarini saqlab qoladigan, lekin bir yoki undan ortiq tadbirkorlik sub’ektlariga ushbu pul oqimlarini to’lash majburiyatini oladigan, hamda bunda MHXS 9dagi shartlar bajariladigan kelishuv.
Tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy aktivlarni shunday o’tkazishi mumkinki, bunda o’tkazilgan moliyaviy aktivlarning butun yoki qandaydir qismi uni hisobdan chiqarish shartlariga mos kelmasligi mumkin. Tadbirkorlik sub’ekti o’tkazilgan, lekin to’liq hisobdan chiqarilmagan moliyaviy aktivlarning xar bir turkumi bo’yicha har hisobot sanasida quyidagilarni ochib berishi kerak:
(a) o’tkazilgan aktivlarning xususiyatini,
(b) tadbirkorlik sub’ekti duchor bo’lgan va egalik huquqi bilan bog’liq bo’lgan risklar va mukofotlarning xususiyatini,
(v) o’tkazilgan aktivlar va ular bilan bog’liq bo’lgan majburiyatlar o’rtasidagi bog’liqlik xususiyatining tavsifi, shu jumladan hisobot beradigan tadbirkorlik sub’ekti o’tkazilgan aktivlardan foydalanishining cheklovlarini,
(g) bog’liq bo’lgan majburiyatlar bo’yicha shartnoma tomoni (tomonlari) faqat o’tkazilgan aktivlarga da’vo qilishi mumkin bo’lganda, o’tkazilgan aktivlarning haqqoniy qiymatlarni aks ettiradigan jadval, bog’liq bo’lgan majburiyatlarning haqqoniy qiymatini va sof pozitsiyani (o’tkazilgan aktivlar va ular bilan bog’liq bo’lgan majburiyatlarning haqqoniy qiymatlari o’rtasidagi farqni).
(d) tadbirkorlik sub’ekti barcha o’tkazilgan aktivlarni tan olishni davom qilganida, u o’tkazilgan aktivlarning va ular bilan bog’liq majburiyatlarning balans qiymatlarini.
(e) tadbirkorlik sub’ekti uning davom qilayotgan ishtiroki darajasida aktivlarni tan olishni davom qilganida aktivlarning o’tkazishdan oldingi jami balans qiymatini, aktivlarning tadbirkorlik sub’ekti tomonidan tan olinishi davom qilayotgan balans qiymatini hamda ular bilan bog’liq majburiyatlarning balans qiymatini.
Tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy aktivlarni butunligicha hisobdan chiqarganida, lekin ularda davom qiladigan ishtirok darajasini saqlab qolganida, tadbirkorlik sub’ekti davom qilayotgan ishtirokning har bir turi bo’yicha kamida quyidagilarni har hisobot sanasida ochib berishi kerak:
(a) tadbirkorlik sub’ektining moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotida tan
229
olingan va uning hisobdan chiqarilgan moliyaviy aktivlarda davom qilayotgan ishtirok darajasini aks ettiradigan aktivlar va majburiyatlarning balans qiymatlarini, hamda ushbu aktivlar va majburiyatlarning balans qiymatlari tan olingan (hisobotning) satr moddalarini.
(b) tadbirkorlik sub’ektining hisobdan chiqarilgan moliyaviy aktivlarda davom qilayotgan ishtirokini aks ettiradigan aktivlar va majburiyatlarning haqqoniy qiymatini.
(v) tadbirkorlik sub’ektining hisobdan chiqarilgan moliyaviy aktivlarda davom qilayotgan ishtirokidan olinadigan maksimal zararni eng aniq qo’rsatadigan summani, va ushbu maksimal zarar summasi qanday qilib aniqlanganligi ko’rsatadigan ma’lumotlarni.
(g) o’tkazilgan va hisobdan chiqarilgan moliyaviy aktivlarni qayta sotib olish uchun talab qilinishi mumkin bo’lgan yoki talab etiladigan diskontlanmagan pul chiqimlarini (masalan, optsion shartnomasida strayk-narxni) yoki o’tkazilgan aktivlar bo’yicha o’tkazilayotgan tomonga to’lanishi lozim bo’lga boshqa summalarni. Agar pul chiqimi o’zgaruvchan ko’rsatkich bo’lsa, ochib beriladigan summa har hisobot sanasida mavjud bo’lgan shart-sharoitlarga asoslanishi kerak.
(d) o’tkazilgan va hisobdan chiqarilgan moliyaviy aktivlarni qayta sotib olish uchun talab qilinishi mumkin bo’lgan yoki talab etiladigan diskontlanmagan pul chiqimlari yoki o’tkazilgan aktivlar bo’yicha o’tkazilayotgan tomonga to’lanishi lozim bo’lgan boshqa summalar bo’yicha so’ndirish muddatlarining tahlili, bunda tadbirkorlik sub’ektining bu aktivlarda davom qilayotgan ishtirok darajasi bo’yicha qolgan so’ndirish muddatini alohida ko’rsatgan holda.
(e) (a)–(d) bandlarda talab etilgan miqdoriy ma’lumotlarni tushuntiradigan va asoslaydigan sifatiy ma’lumotlar.
Tadbirkorlik sub’ekti muayyan hisobdan chiqarilgan moliyaviy aktivda birdan ortiq davom qilayotgan ishtirok darajasining turiga ega bo’lganida, u aktiv bo’yicha talab etilgan ma’lumotlarni umumlashtirishi va ularni davom qilayotgan ishtirok darajasining bir turi bo’yicha aks ettirishi mumkin.
Bundan tashqari, tadbirkorlik sub’ekti davom qilayotgan ishtirok darajasining har bir turi bo’yicha quyidagilarni ochib berishi kerak:
(a) aktivlar o’tkazilishi sanasida tan olingan foyda yoki zararni.
(b) hisobdan chiqarilgan moliyaviy aktivlarda tadbirkorlik sub’ektining davom qilayotgan ishtirokidan hisobot davrida va jamg’arilgan holda tan olingan daromadlar va xarajatlarni (masalan, derivativ instrumentlar haqqoniy qiymatining o’zgarishlari).
(v) agar (hisobdan chiqarish shartlariga javob beradigan) aktivlarni o’tkazish operatsiyalardan hisobot davridagi jami tushimlarning summasi hisobot davri davomida bir tekis taqsimlangan bo’lmasa (masalan, o’tkazish bo’yicha operatsiyaning jami summasining katta qismi hisobot davrining yopilishi kunlariga to’g’ri kelsa), quyidagilarni ochib berishi kerak:
- ushbu hisobot davri davomida o’tkazish bo’yicha eng katta operatsiyaning sodir bo’lishi paytini (masalan, hisobot davri oxiridan besh kun avval),
- hisobot davrining o’sha qismida o’tkazish bo’yicha operatsiyadan tan olingan summani (masalan, tegishli foyda yoki zararlarni), va
- hisobot davrining o’sha qismida o’tkazish bo’yicha operatsiyadan jami
230
tushimlar summasini.
Tadbirkorlik sub’ekti ushbu ma’lumotlarni umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobot taqdim qilinadigan har bir davr uchun ta’minlashi kerak.


Download 345,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish