7- mavzu: Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash texnologiyalari Reja


Forma (shakl) tahlil qilish



Download 0,94 Mb.
bet11/14
Sana19.11.2022
Hajmi0,94 Mb.
#868265
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
7- mavzu Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash texnologiyalari Reja

Forma (shakl) tahlil qilish
Ma’lumotlarni kiritish, tahrirlash uchun kerakli maydonlarga ega bo`lgan elektron blank Forma deb ataladi. Forma tahlil qilish MO oynasining Forma bo`limida Sozdat tugmasini bosish bilan boshlanadi va ekranda muloqot oynasi paydo bo`ladi (11.10-rasm).


11.10-rasm

Ekranda hosil bo`lgan muloqot oynasida yangi Forma tuzishning bir qator usullari taklif qilinadi:


Konstruktor - mustaqil ravishda yangi forma tuzish.
Master form - tanlangan maydonlar asosida avtomatik ravishda formalar tuzish.
Avtoforma: V stolbets (ustun ko`rinishida) – maydonlarni avtomatik ravishda bitta usto’nga joylashtirilgan holda formalar tuzish.
Avtoforma: lentochnaya (lentasimon) – maydonlarni avtomatik ravishda lentasimon joylashti-rilgan holda formalar tuzish.
Avtoforma: tablichnaya (jadvalli) – maydonlarni avtomatik ravishda jadvallar ko`rinishida tuzish.
Avtoforma: svodnaya tablitsa – bir necha jadallardan jamlanma jadval ko`rinishida forma tuzish.
Avtoforma: svodnaya diagramma – bir necha jadallardan jamlanma diagramma ko`rinishida forma tuzish.
Diagramma – diagramma ko`rinishida formalar tuzish.
Svodnaya tablitsa (jamlanma jadval) – Excel jadvallari bilan taqqoslash usulidan foydalanib formalar tuzish.
Forma larni tuzish uchun uni tahlil qiladigan usullardan biri tanlab olingach, muloqot oynasining pastki qismida forma tuziluvchi jadval yoki so`rov nomi ko`rsatiladi.
Ma’lumki, Forma asosan, boshqarish elementlaridan iborat bo`lib, uning tashqi ko`rinishi shu boshqarish elementlarini rejali joylashtirishga bog`liq. Shuning uchun ham formani avtomatik ravishda tahlil qilish (avtoforma yordamida) maqsadga muvofiq. MO ning oynasida Sozdat tugmasini bosish bilan Novaya forma muloqot oynasi ochiladi. Unda kerakli so`rov yoki jadvalni tanlab “sichqoncha” chap tugmasini avtoforma turlaridan biri (lentali, jadvalli yoki ustunli) ustida 2 marta bosiladi. Master yordamida forma tahlil qilish esa 4 bosqichdan iborat: a) formaga kiritish mumkin bo`lgan maydonlarni tanlash; b) formaning tashqi ko`rinishini tanlash; d) formaning fon tasvirini tanlash; e) forma nomini berish.
Microsoft Access 9x boshqarish panelining Vid tugmasini bosish natijasida forma tuzilmasi bilan panel elementlari (formani boshqarish jarayonini tahlil qiladigan asboblari bilan jihozlangan) ochiladi. Shuni nazarda tutib, Forma tuzilmasi haqida to`liqroq ma`lumot berishga harakat qildik.
Forma tuzilmasi 3 qismdan iborat:
- forma sarlavxasi;
- ma’lumotlar beriladigan joy;
- eslatmalar satri.
Boshqarish elementlari, asosan, ma’lumotlar beriladigan joyda ifodalangan bo`ladi (11.11-rasm). Boshqarish elementlari tagida tasvirning foni joylashib, u formaning ishchi maydonini ifodalaydi. “Sichqoncha” ni surish bilan bu o`lchamni o`zgartirish mumkin.
Shuni eslatish lozimki, ba’zan maydon nomi bilan ma’lumotlar joylashadigan oraliqda yozuv kiritish mumkin. Har qanday MOBT ning dizayni, ko`rinishi forma-interfeyslar bilan baholanadi. Chunki foydalanuvchi bilan MO orasidagi muloqot shu formalar orqali amalga oshirilganligi uchun katta mahorat bilan yaratilgan, qo`shimcha imkoniyatlarga ega bo`lgan tizimlar hozirgi zamon talabiga javob berishi kerak. Masalan, rasm, menyular, yordam(help), gipermurojaatlarni joriy etish mumkin. (11.12-rasm).


11.11-rasm


Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish