Xulosalar: Mulkchilik munosabatlari – shaxsiy, jamoa va davlat manfaatlarini o‘zida ifoda etib, ishlab chiqarish omillari va natijalaridan foydalanish borasida kishilar, jamoalar, tarmoqlar, hududlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlar majmuasidir.
Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy va ma’naviy ne’matlarni o‘zlashtirish borasidagi iqtisodiy munosabatlarni o‘zida aks etadi. Agar mulkchilikning iqtisodiy mazmuni u yoki bu ob’ektni o‘zlashtirish va foydalanish borasida sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlarni bildirsa, mulkchilikning huquqiy mazmuni sub’ektning ob’ektga nisbatan bo‘lgan munosabatini aks ettiradi.
Mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish – korxonalar ustav fondida davlat ulushining qisqarishi, ularning investitsion jozibadorligini oshirish va xorijiy investorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etishni kengaytirishga qaratilgan kompleks dasturdan iborat jarayondir.
Asosiy tayanch tushunchalar: Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri – ma’muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o‘zgartirish hamda bozor iqtisodiyoti tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davr.
Bozor islohotlari – bozor iqtisodiyotini va bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui.
Iqtisodiy islohotlar – iqtisodiyotda tub o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan iqtisodiy chora-tadbirlar majmui.
Iqtisodi uklad – turli mulkchilikka asoslangan xo‘jalik yuritishning shakllari va turlari.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish – bu xo‘jalik hayotining barcha sohalaridagi to‘siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimi.
Islohotlar konsepsiyasi – ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsad va yo‘nalishlari, uni amalga oshirishning vazifalari va strategik yo‘llarining umumiy g‘oyasi.
Iqtisodiyotnibarqarorlashtirish – tanglikholatlarigabarhamberishasosidamakroiqtisodiymuvozanatliknisaqlashvaishlabchiqarishniyuksaltirishuchunshart-sharoitlarnivujudgakeltirish.
Modernizatsiyalash – jamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan o‘zgartirish, yangilash, bu borada taraqqiyotni jahondagi mavjud ilg‘or andozalar tomon yo‘naltirish va takomillashtirish jarayonlarining majmui.
Mulkchilik munosabatlari – mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni o‘zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Mulkdan foydalanish – mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi.
Mulkni tasarruf etish – mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish.
Mulkka egalik qilish – mulkdorlik huquqining uning egasi qo‘lida saqlanib turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning iqtisodiy shakli.
Mulk ob’ektlari – mulkka aylangan barcha boylik turlari.
Mulk sub’ektlari – mulk ob’ektini o‘zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiymunosabatlar ishtirokchilari.
Xususiylashtirish – mulkka egalik qilish huquqining davlatdan xususiy va boshqa shaxslarga o‘tishi.
Davlat tassarrufidan chiqarish – mulkni davlat hisobidan chiqarilib, boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirilishi.
1Инсон манфаатлари устуворлигини таъминлаш – барча ислоҳот ва ўзгаришларимизнинг бош мақсадидир. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг 2007 йилда мамлакатни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2008 йилда иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштиришнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамаси мажлисидаги маърузаси // Халқ сўзи, 2008 йил 9 февраль.
2 Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари. Т.: Ўзбекистон, 1998, 101-102-бетлар.
3 Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. – Т.: Ўзбекистон, 2009, 7-б.
4 Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. – Т.: Ўзбекистон, 2009, 7-б.
5 Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. Т.: «Ўзбекистон», 1995, 19-бет.
6 Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари. Т.: Ўзбекистон, 1998. 332-333-бетлар.
7 Қаранг: И.А. Каримов. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт пировард мақсадимиз. Т.: Ўзбекистон, 2000, 15-бет.
8 Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. Т.3., - Т.: Ўзбекистон, 1996, 202-б.
9 Иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш чора-тадбирлари (1994 йил 21 январь) ва мулкни давлат тасарруфидан чиқариш ва хусусийлаштириш жараёнини янада ривожлантиришнинг устувор йўналишлари тўғрисидаги (1994 йил 16 март) фармонлар.
10 Валижонов А.Р. Особенности современного этапа разгосударствления и приватизации. – Восемнадцатые Международные Плехановские чтения «Реформирование и модернизация национальной экономики – стратегический курс на демократизацию и обновление общества»: Тезисы докладов профессорско-преподавательского состава и специалистов-практиков (26 марта 2005г). Выездная сессия в г.Ташкенте. – М.: изд-во РЭА, 2005, с.22-23.
11Инсон манфаатлари устуворлигини таъминлаш – барча ислоҳот ва ўзгаришларимизнинг бош мақсадидир. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг 2007 йилда мамлакатни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2008 йилда иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштиришнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамаси мажлисидаги маърузаси // Халқ сўзи, 2008 йил 9 февраль.
12 Қаралсин: Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. – Т.: Ўзбекистон, 2009, 40-41-б.
13 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг «Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари» номли асарини ўрганиш бўйича ўқув қўлланма. – Т.: Иқтисодиёт, 2009, 85-б.