Qattiq diskning bo’limlarini tashkil qilish. To’plovchini bo’lish – disk sonlarini belgilashdir. Bunda operatsion tizim ularni alohida bo’linmalar yoki tomlar sifatida ishlatadi. Diskning bo’limlarini tashkil qilishda uning birinchi sektoriga bosh yuklanuvchi yozuv (Master BOOT Record-MBR) kiritiladi. Diskda mavjud bo’limlar qaysi silindr, golovka, sektorlardan boshlanib, qaysilarida tugashi haqidagi ma’lumotlar unda qayd etiladi
By: Nilufar
Tizimli BIOS uchun bo’limlarning qaysi biri yuklanuvchi ekanligi, ya’ni operatsion tizimning asosiy fayllarini qayerdan izlash lozimligi haqidagi ko’rsatmalar ham shu yerda qayd qilinadi. Qattiq diskdagi to’plovchilarni taqsimlash uchun Windows 98 yoki DOS amallar tizimidan olingan Fdisk dasturidan foydalanish lozim. Format dasturining normal ishlashi uchun, Fdisk dasturi bajarilishi davomida, taqsimlash jadvali yuklanuvchi sektorga (diskdagi bosh yuklanuvchi yozuvini kiritiluvchi birinchi sektor) yoziladi. Istalgan operatsion tizimni o’rnatishdan avval diskni bo’limlarga taqsimlab olish zarur.
By: Nilufar
Do'stlaringiz bilan baham: |