7- amaliy ish Tog’ kompasidan foydalanib tog’ jinsi qatlamlarini yotish holati elementlarini aniqlashni o’rganish. Ishning maqsadi



Download 124,43 Kb.
bet1/2
Sana29.08.2021
Hajmi124,43 Kb.
#159055
  1   2
Bog'liq
7- Amaliy ish 89d3ea5e0923a476d6622edeb20c8d35


7- Amaliy ish

Tog’ kompasidan foydalanib tog’ jinsi qatlamlarini yotish holati elementlarini aniqlashni o’rganish.

Ishning maqsadi: Amaliyotda geologik izlanishlarda, tog’- kon ishlarida tog’ jinslarini, foydali qazilma (rudali) jinslarni yer bag’rida yotish, joylashish xolati va tektonik buzilishlar natijasida xosil bo’lgan uzilma, siljishlar va boshqa tog’ jinsida hosil bo’lgan o’zgarishlarni yo’nalishi elementlarini aniqlash lozim bo’ladi. Ushbu amaliy ishni bajarish orqali yuqorida bayon qilingan nazariy bilimlarni mustahkamlash.

Tabiatda cho’kindi xosil bo’lish jarayoni yerning ustki qismida xamda dengiz, okean, daryo, ko’l tublarida gorizontal qatlamlar ko’rinishida sodir bo’ladi. Bu cho’kindi jinslarning asosiy xususiyatlaridan biridir. Ular yupqa yoki qalin qatlamlar shaklida bo’ladi. Qatlamning ustki chegarasi xamda pastki chegarasi bilan farqlanadi. Qatlam qalinligi – bu qatlamni ustki satxidan (krovlya) – pastki satxigacha (podoshva) bo’lgan eng qisqa masofaga aytiladi.

Cho’kindi tog’ jinsi qatlamining birlamchi yotish xolati – gorizontal yotishi deyiladi va uni yotish qiyalik burchagi nol gradusga teng. Lekin Yer bag’rida ro’y beradigan tektonik xarakatlar natijasida bunday gorizontal yotish xolatidan – boshqa xolatga ya’ni gorizontalga nisbatan burchak ostida ( bu burchak 0° dan 90° gacha o’zgarishi mumkin) yotish xolatiga o’tadi.

Ko’pgina xollarda qatlam xamda plitasimon ko’rinishda foydali qazilmalar ( ko’mir ba h. k.) ham Yer bag’rida ma’lum burchak ostida joylashgan bo’lishi mumkin. Bundan tashqari tektonik siniqlar, uzilmalar, surilmalar ham Yer bag’ridagi tog’ jinslari qatlami va foydali qazilma jismlarini kesib, bo’ylamasiga bir necha o’n, yuz km masofaga ma’lum dunyo tomonlari bo’yicha cho’zilgan bo’lib, Yer bag’rida ko’ndalang kesimi bir necha, o’n km bo’lishi mumkin. Shu sababdan bunday tektonik buzilishlarni yo’nalishi va qaysi burchak ostida Yer bag’rida tog’ jinslarini kesib o’tishini aniqlash lozim bo’ladi.

Tog’ jinsi qatlamlari, foydali qazilma jismlari xamda tektonik yoriq, siniqlarni gorizontal tekislikka nisbatan qiyalik burchagi xamda dunyo tomonlariga nisbatan cho’zilish yonalish azimut burchagi deyiladi. Bundan tashqari ularni tushish yo’nalishi azimut burchagi ham aniqlanadi.

Ma’lum qiyalik burchak ostida yotgan tog’ jinsi qatlamini gorizontal tekislik bilan kesganda hosil bo’lgan chiziqqa, qatlam yo’nalish azimuti deyiladi. Tektonik siniq, yoriq uchun dunyo tomonlariga nisbatan uning yo’nalishi – yo’nalish azimuti deyiladi.

Demak qatlam, foydali qazilma jismlari xamda tektonik yoriq,

siniq va darzlarni yotish, qiyalik va yo’nalish burchaklarini aniqlashda qiyalik burchagi, yotish (tushish) azimuti xamda yo’nalish azimuti kabi elementlari aniqlanadi (7.1 – rasm).

Tog’ jinsi qatlamlari, tektonik yoriq, siniqlari tushish yo’nalishi azimuti 0° dan 360° gacha o’zgaradi, qiyalik burchagi esa 0° dan 90° gacha o’zgaradi. Agarda qatlamning qiyalik burchagi 90° ga teng bo’lsa, demak qatlam vertikal xolda Yer bag’rida joylashgan bo’ladi. Qatlamning yo’nalish azimut yoki tektonik yoriq, yoki siniqning yo’nalish azimut ham 0° dan 360° gacha o’zgaradi ( 7.2 – rasm ).

7.1 – rasm. Tog’ jinsi qatlamini yotish elementlari:

AB – qatlamni yo’nalishi azimuti.

VG – qatlamning tushish yo’nalishi azimuti.

α – qiyalik burchagi.

Q – gorizontal tekislik.


Umuman olganda azimut burchak bu geografik meridian bilan kuzatilgan chiziq yo’nalishi orasidagi burchak xisoblanadi.

Yuqorida bayon qilingan burchaklarni amalda tog’ kompasi ( 7.2 – rasm) yordamida o’lchanadi. Bu asbob ikki asosiy qismdan iborat: 1) Magnit strelkasi – graduslar – minutlarga bo’lingan – limb doirasi bilan ba 2) Qiyalik burchak o’lchash strelkasi – yarim limbi bilan. Magnit strelkasining shimoliy uchi qora rangda, janubiy uchi qizil rangda. Tog’ kompasini, oddiy kompaslardan farqi shundaki – gradus, minut shtrixlari soat strelkasi yo’nalishiga qarama – qarshi bo’lib, 0° (360° ) va 180° sonlari bir to’g’ri chiziqda yotadi. Kompas limbining ichki plastinkasiga dunyo tomonlari 0° (360° ) – Shm (shimol), qarama-qarshi tomonida 180° Jb (janub), 90° - tomonida Shq (sharq), uning qarama- qarshi tomonida 270° G’b (g’arb) ( 7.3 – rasm ).

Kompasdan foydalanishda tog’ jinsi qatlamini yotish (tushish) qiyalik burchagini aniqlash uchun, kompasning ensiz tomonini qatlamga qo’yiladi va burchak o’lchagich strelkasi chizig’i joylashgan sonni (gradus, minutlarda) yozib olinadi ( bu son 0° dan 90° gacha bo’lishi mumkin ) (7.2. v- rasm). Tog’ jinsi qatlamini cho’zilish azimutini o’lchashni 1.2. b – rasmdagidek amalga oshiriladi. Tog’ jinsi qatlamini tushish yo’nalishi azimutini 7.2.g – rasmdagidek amalga oshiriladi. Har bir o’lchov natijasi yozib boriladi.

Tog’ kompasidan foydalanishda, har doim hisob magnit strelkasining qora tomonidan olinadi.


7.2-rasm.Tog’ kompasini umumiy ko’rinishi. 7.3. – rasm. Kompas yordamida

burchak o’lchash.

a - qatlamni cho’zilib yotish yo’nalishini

aniqlash;

b – qatlam yo’nalishi azimutini aniqlash;

v – qiyalik burchagini aniqlash;

g – yotish azimutini aniqlash.



Download 124,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish