64-maktabning o’qituvchisi Mo’minov. A.S. Darsning maqsadi: - O’quvchilar bilan hamkorlikda sodda funksiyalarni eslashsh, sodda funksiya grafigini chizish usullarini ishlab chiqish, hamda o’quvchilarda sodda funksiya grafigini chizish kunikmalarini shakllantirish.
- Hamkorlikda faoliyat olib borishni tashkil etish, o’quvchilarda matematik faoliyatga xos o’z fikrlarini bildirishlari uchun shart sharoitlar yaratish.
- Dustlik tuyg’ularini, uzaro kumaklashish, jamoa bo’lib ishlash hamda natijalar uchun mas’uliyat hislarini tarbiyalash.
Darsning vazifasi - Ta’limiy
- O’quvchilarda ma’lumotlar asosida parametrik ko’rinishda berilgan sodda tenglamalarni yechish hamda grafik chizish kunikmalarini shakllantirish.
- Umumtalimiy kunikma va malakalarini rivojlantirishga kumaklashish.
Rivojlantiruvchi: - Turli axborot manbalar yordamida o’quvchilarda fanga bo’lgan qiziqishni oshirish; o’quvchilar krugozorini kengaytirish; o’zini-o’zi hamda o’zaro nazorat kunikmalarini shakllashtirish.
- Ijodiy fikrlashni rivojlantirish;
- Fikrini aniq va lunda ifodalashni rivojlantirish.
Tarbiyaviy: - O’quvchilarda o’z fikrida qat’iy tura bilish va o’ziga talabchanlikni hissini uyg’otish
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: - 1. ShakIi: interfaol mashg'ulot, nazariy-amaliy.
- Dars turi: guruhlarda ishlash.
- Metodi: "Aqliy hujum", "Muammoli vaziyat", savol-javob,
- mustaqil ishlash
- Vosita: darslik, multimediya, slaydlar, kartochkalar, videoproektor, kompyuter, allomalarning sur'atlari, mavzuga oid plakatlar, mavzulashtirilgan testlar to'plami.
- Nazorat. Og'zaki nazorat, testlar orqali kuzatish;
- Baholash. Rag'batlantirish, 5 ballik tizimda baholash.
Kutilayotgan natijalar. - Interfaol usiublardan foydalanish orqali mavzuni o'quvchilar ongiga singdirish va misol-masalalarni yechish ko'nikmalarini hosil qilishda o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishadi. O'quvchi: Yangi bilimlarni egallaydi. Olgan bilimlarni amaliyotga qo'llay oladi, jamoada ishlash ko'nikmasi hosil bo'ladi, o'z-o'zini nazorat qiladi.
Darsning borishi: O’quvchilar bilan salomlashish. - Allomalar fikri. Bilim, qaytarish va takrorlash mevasidir. (A.R.Beruniy)
- O’tilgan darsni takrorlash: (o’quvchilar savollarni o’zlari aniqlab, bir-biriga beradilar).
Guruhlar nomi guruh sardorlari tomonidan tanlanadi. Guruhlarga nomi berilgan allomalarning matematika faniga qo'shgan hissalari ya'ni tarixiy ma'lumotlar bilan qisqacha tanishiladi. Allomalarning siymolari ekranda paydo bo’ladi. Ovoz keladi: “Farzandlarim, ilm shunday xazinadirki undan qancha foydalanganing sayin ko’payib boraveradi” - Guruhlar nomi guruh sardorlari tomonidan tanlanadi. Guruhlarga nomi berilgan allomalarning matematika faniga qo'shgan hissalari ya'ni tarixiy ma'lumotlar bilan qisqacha tanishiladi. Allomalarning siymolari ekranda paydo bo’ladi. Ovoz keladi: “Farzandlarim, ilm shunday xazinadirki undan qancha foydalanganing sayin ko’payib boraveradi”
- Guruhlar: “Xorazmiy”, “Beruniy”, “Dekart” .
- O’tilgan mavzuni takrorlash jarayonida guruhlar bir-biriga qo’yidagi savollarni beradilar va olingan javoblarni baholaydilar.
“Xorazmiy” guruhiga savollar: - 1-savol. Funksiya grafiklarni almashtrish qanday amalga oshiriladi?
- 2-savol. Fuksiya grafigni siljitish va unga misol keltiring?
- 3-savol. Funksiya grafigini Cho’zish va unga misollar keltiring?
“Beruniy” guruhiga savollar: - 4-savol. Funksiya grafigini parallel ko’chirish va unga misollar keltiring?
- 5-savol. Funksiya qanday usullarda berilishi mumkin va funksiyaning formula yordamida tasvirlanishiga misollar yozing?
- 6-savol. y=kx funksiya nima uchun chiziqli funksiya deyiladi va y=0,5x funksiya misolida chizmada ko’rsating?
“Dekart” guruhiga savollar: - 7-savol. Y=sinx funksiya grafigi yordamida y=sin2x funksiya grafigini chizing ?
- 8-savol. y=x funksiya grafigi koordinata o’qlariga nisbatan qanday chiziq bo’ladi hamda uni chizmada ko’rsating?
- 9-savol. Funksiyani jadval ko’rinishida tasvirlanishiga misol yozing
Yangi mavzuni yoritish : - Moddiy nuqtaning (x;y) koordinatalari t parametrga bog’liq bo’lsin: x=φ(t) , y=Ψ(t). biror T oroliqda o’zgarganda (φ(t);Ψ(t)) nuqtalar to’plami qanday bo’ladi? Bu to’plamni parametric ko’rinishda berilgan funksiyaning grafigi deb ataymiz.
1-misol Moddiy nuqtaning koordinatalari parametrik ko’rinishda Berilgan. Bu moddiy nuqta harakati davomida chizgan chiziqni (moddiy nuqta trayektoriyasini) toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |