ekanmiz.
D)Bog‘chada yosh-yosh qizaloqlar va
bolakaylar
davra qurib o‘ynashmoqda.
60. Tegurdi menga algi ellik yoshim,
Qug‘u qildi quzg‘un tusitek boshim.
Oqir ellik emdi mengar kel teyu,
Pusug‘ bo‘lmasa, bordim emdi naru.
Ushbu misralar qaysi ijodkor asaridan o‘rin
olgan?
A) Alisher Navoiy B) Nosiruddin Rabg‘uziy
C) Ahmad Yassaviy D) Yusuf Xos Hojib
61. Qaysi gapda asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la
oladigan sodda yasama so‘z qatnashmagan?
A)Inson sog‘ligi hamma narsadan qimmat
turadi.
B)Faqat bir tilim handalak yedi-yu, issiq-issiq
choy ichdi.
C)Mahalladagi o‘rtoqlarim bilan bolalikdagi
sho‘xliklarimizni eslab maza qildik.
D)Chiroyli, do‘mboq bola eshik oldida yotsirab
turardi.
62. Sen o‘z zanjirlaring ichida eng uqubatlisi,
eng og‘riqlisi - tobelik va mutelik zanjiridan
xalos bo‘lding.
Ushbu gapda nechta sodda yasama so‘z
qatnashgan?
A) 2ta B) 6ta C) 6ta D) 6ta
66. Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” majmuasi
haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A)Ushbu majmua shoirning Husayn Boyqaro
iltimosi bilan tuzilgan ilk she’riy devonidir.
B)Ushbu majmuaning birinchi devoni “Navodir
ush-shabob” deb nomlanadi.
C)Ushbu majmuaning uchinchi devoniga jami
100ta g‘azal kiritilgan.
D)Ushbu majmua “Chor devon” nomi bilan
ham mashhur.
66. Ijodkor biroz muddat gazetchilik bilan
shug‘ullandi. “Taraqqiy”, “Xurshid”
gazetalarida ishladi, ular yopilgach, “Shuhrat”
gazetasini chiqarishga bosh-qosh bo‘ldi
Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?
A) Abdurauf Fitrat
B) Abdulhamid Cho‘lpon
C) Abdulla Avloniy
D) Hamza Hakimzoda Niyoziy
66. Shuhratning urush mavzusida yozilgan
she’rlar turkumini belgilang.
A) "Orzu va qasos" B) "Oltin zanglamas"
C) "Shinelli yillar daftari" D) "Mehrol"
66. "O‘tkan kunlar" romanida Kumushga soxta
taloq xatini olib borgan qahramon ismini
toping.
A) Homid B) Sodiq C) To‘ybeka D) Jannat
67. Xalq dostonlaridan biridagi qaysi qahramon
qizini: "Ko‘kqamish ko‘lida qo‘y sog‘dirib,
chorvachilik ilmini o‘rgatayin, qo‘y sog‘moqqa
usta bo‘lsin", - deb maktabdan chiqarib oladi?
A) Qoraxon B) Shoir vazir
C) Boysari D) Buvraxon
68. Qaysi javobda ergash gapining kesimi ot
kesim bo‘lgan hol ergash gapli qo‘shma gap
berilgan?
A)Biz hozir juda baxtiyormiz, chunki
hammamiz ko‘zlagan maqsadimizga yetdik.
B)To‘g‘ri so‘z qilichdan o‘tkir, shuning uchun
hamisha rost so‘zlashga odatlan.
C)Sabrning boshi achchiq, oxiri bo‘lsa shirin.
D)Chin do‘st yurakdan so‘zlar, chunki u sening
yomon bo‘lishingni aslo xohlamaydi.
69. Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g‘ayrat,
ham dadillik baxsh etardi.
Mazkur gapda qatnashgan mavhum otlar
haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A)Gapdagi mavhum otlar otlarning tuzilishiga
ko‘ra ikki turiga oiddir.
B)Gapdagi barcha mavhum otlar hokim qismga
bitishuv usulida birikkan.
C)Gapdagi mavhum otlar ikki xil gap bo‘lagi
vazifasida kelgan.
D)Gapdagi yasama mavhum otlar har xil
turkumga oid so‘zdan yasalgan.
60. “Shoir she’rda “Nihoni kuydirib hajr o‘ti
po‘st-u ustuxon aylar”, “Boshimda hushim
yo‘q”, “Yetim qo‘zi kabi nolonlig‘im”, “Biyobon
gardiman Majnun kabi bir Layli yodida” kabi
misralar orqali holini sharh etadi. Maqta’da o‘z
taxallusiga ham izoh berib o‘tadi”.
Ushbu ma’lumot qaysi she’r haqida?
A)“Manam sho‘rida bulbul” muxammasi
(Furqat)
B)“Sog‘indim” g‘azali (Uvaysiy)
C)“Ajab ermas” muxammasi (Zavqiy)
D)“Dahr uyi bunyodikim, suv uzradur, mahkam
emas” tarji’bandi (Ogahiy)
Do'stlaringiz bilan baham: |