6. Xonliklar davri tarixiy geografiyasi Tayanch iboralar


О‘rta Osiyoning XIX asr о‘rtalari-XX asr boshlari tarixiy geografiyasi



Download 1,53 Mb.
bet11/18
Sana02.01.2022
Hajmi1,53 Mb.
#310158
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
6MAVZU

О‘rta Osiyoning XIX asr о‘rtalari-XX asr boshlari tarixiy geografiyasi

О‘rta Osiyo xonliklarining chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakaga aylantirilishi hamda podsho Rossiyasining Turkistonda olib borgan mustamlaka siyosatiga doir manbalar boy va salohiyatlidir. Bu manbalarni bir necha xilga bo‘lib o‘rganishimiz mumkin. Manbalar orasida eng ishonarli va nufuzli hisoblanganlari mahalliy tarixchilarimiz tomonidan XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida yaratilgan. Ular orasidan Muhammad Solih Toshkandiyning “Tarixi jadidai Toshkand”, Avaz Muhammad Attor Xuqandiyning “Tarixi Jahonnamoyi”, Muhammad Yunus Toibning “Tarixi Aliquli Amirlashkar”, Mullo Holiboy Mambetovning “Urus lashkarlarining Turkistonda  tarixi 1269-1281 sanalarda qilgan futuxotlari”, Mullo Olim Maxmudxojaning “Tarixi Turkiston”, Niyoz Muhammad Xuqandiyning “Tarixi Shohruxiy”, Ibratning “Tarixi Farg‘ona”, Muhammad Yunus Bayoniyning “Shajarai Xorazmshohiy” va boshqa bir qator asarlarini alohida kо‘rsatib о‘tishimiz mumkin.  Bu manbalar bilan bir qatorda О‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida saqlanayotgan kо‘plab hujjatlar, rus harbiyolari va tarixchilari tomonidan yozib qoldirilgan asarlar va hujjatlar ham mavzuni о‘rganishda muhim  manbalar bо‘lib hizmat qiladi. Biroq bu asarlar  va hujjatlarni о‘rganishda ularga tanqidiy nuqtai nazardan yondashib, haqqoniy va holis xulosalar chiqarish maqsadga muvofiqdir.

 XIX asr о‘rtalariga kelib chor Rossiyasi  va Angliya davlatlarning mustamlakachilik siyosatidagi manfaatlari О‘rta Osiyoda tо‘qnashdi. Har ikki davlatning Turkistonga bо‘lgan qiziqishlari bundan ancha avvalroq boshlangan bо‘lib, har ikki davlat ham Turkistonni о‘z manfaatlari doirasiga kiritishga harakat qilardilar. XIX asr boshlaridanoq Angliya о‘zining Hindiston va Afg‘onistondagi  mulklaridan turib о‘zbek xonliklari bilan savdo-sotiq va diplomatik aloqalarini boshlab yubordi. Angliya siyosatchilari Rossiyaning о‘zbek xonliklari bilan tobora iqtisodiy jihatdan yaqinlashib borayotganidan tashvishga tushib, xonliklarning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishidan xavsirardi. О‘z navbatida Rossiya ham Buyuk Britaniyaning Turkiston va Kaspiy dengizi sharqidagi yerlarni bosib olishdan  tashvishga tushgan edi.Bu siyosiy о‘yinda Angliyaning asosiy maqsadi о‘zbek xonliklarini birlashtirib, Rossiya impreriyasi tomonidan bosib  olinishiga yо‘l qо‘ymaslik va shu bilan birga О‘rta Osiyo bozorlarini egallashdan iborat edi.  Angliya о‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun XIX asr 30 - yillaridan boshlab О‘rta Osiyo xonliklariga о‘z elchilari va missionlarini yubora  boshladi. A. Berns, Stoddart, Konnoli, Abbot, Shekspir kabi bir qancha ingliz missionerlari XIX  asrning 30-50 yillari davomida bir necha bor о‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun kelgan bо‘lsalarda, ularning hammasi о‘z maqsadlariga  yeta olmadilar. XIX asr о‘rtalariga  kelib, Rossiya va Angliya о‘rtasidagi raqobat va keskinlik chuqurlashdi. 1856 yil 19 martda har ikki davlat о‘zaro keskinlikni yumshatish maqsadida bitim imzolaydi. Biroq bu bitim ham vaziyatning yumshashiga ta’sir kо‘rsata olmadi. 1858 yil mart oyida Angliya parlamenti Hindistonda mustamlaka siyosatini amalga oshirish va Turkiston xonliklari bilan savdo aloqalarini kengaytirish kо‘zda tutuvchi qarori va mahsus qо‘mita tashkil etdi. Bu esa rus  hukumatining qattiq tashvishga soldi va о‘zbek xonliklarini bosib olish masalasini kun tartibidagi birinchi о‘ringa olib chiqdi. Dastlabki harbiy harakatlar qо‘qon xonligiga qarshi qaratildi. Rossiya imperiyasining keyingi yillaridagi olib borgan tashqi siyosati Angliya  bilan keskin vaziyatning yuzaga kelishiga olib keldi. Har ikki davlat ham yuz berishi muqarrar bо‘lgan harbiy tо‘qnashuvning oldini olib, 1869 yilda muzokaralar о‘tkazdi. Bu muzokaralar ikki davlat о‘rtasidagi betaraf hududni aniqlab berishi lozim edi. Biroq Rossiya hukumati Angliyaning betaraf hudud Afg‘oniston va О‘rta Osiyo bо‘lishi kerak degan talabiga qarshi chiqib, betaraf hudud Afg‘oniston bо‘lishi, О‘rta Osiyo esa Rossiya imperiyasi ta’sir doirasida bо‘lishi kerak degan siyosatni ilgari surdi. Oqibatda bu masala ochiq qoldi. Keyinchalik Rossiyaning О‘rta Osiyodagi bosqinchilik siyosatini kuzatib turgan Angliya hukumati vakili, Hindiston vitse-qiroli Forsayt 1873 yildi yashirincha Toshkentga keldi va Kaufman bilan uchrashib, Rossiyaning О‘rta Osiyoni butunlay bosib olishga roziligini va Afg‘oniston betaraf hudud bо‘lib qolishni bildirdi. Shu tariqa Angliya va Rossiya о‘rtasidagi О‘rta Osiyo masalasida yuzaga kelgan raqobatchilik rus  diplomatiyasining ustunligi bilan tugadi. Biroq Angliyaning aralashuvi bilan Buxoro amirligi о‘z mustaqilligini qisman saqlab qolishga erishdi.

Rossiya imperiyasi XIX asr boshlaridanoq Turkistonni hududiy – geografik, harbiy-siyosiy, ilmiy о‘rganishga jiddiy kirishdi. 1803 yilda Ivanov boshchiligidagi dastlabki missiya xonliklar orasida harbiy, siyosiy, iqtisodiy jihatdan katta kuchga ega bо‘lgan Buxoroga yetib keldi va amirlik haqida bir qancha ma’lumotlarni qо‘lga kiritdi. 1920 yilda A.F.Negri boshchiligida о‘z tarkibida olimlardan G.Meyendorf, E.Eversman, Budrinlarga ega bо‘lgan ikkinchi missiya amirlik haqida kо‘proq ma’lumot yig‘ish uchun keldi. G.Meyendorf kelajakda rus qо‘shinlarining Buxoroga harbiy bosqinchilik bilan kelganlarida foydalanishlari uchun butun tafsilotlarni о‘zida mujasam etgan xaritalar tuzish bilan shug‘ullandi. 1834 yilda Buxoroga yangi missiya yuborildi. Bu missiya mutlaqo josuslik maqsadidagi topshiriqlarni bajardi. Bu missiyaga turkiy tillarni va bu xalqlarning tarixini yaxshi bilgan qozon universitetining Sharqshunoslik fakulteti talabasi P.CH.Demizon rahbarlik qildi. Unga tatar mullasi Mirza Ja’far nomi bilan soxta pasport va diplomatligini tasdiqlovchi hujjat berildi.  Unga yuklatilgan vazifa о‘ta muhim bо‘lib, Rossiya bilan Xiva о‘rtasida urush kelib chiqsa Buxoro bunga qanday munosabatda bо‘lishini aniqlashdan iborat edi. 1835 yilda praporshik Vitkevich maxfiy kо‘rsatmalar bilan Buxoroga jо‘natildi.  1839 yil aprelda Buxoroga muhandis – geolog, kapitan Kovalevskiy boshchiligidagi ekspeditsiya yuborildji va unga Turkistondagi mavjdu oltin va boshqa ma’dan konlarini xaritalashtirish topshirildi.  Shuningdek Buxoro amirligining geologik tuzilishi, Buxoroda oltin buyumlar bilan savdo qilishning ahvoli va amirlikning tashqi savdo munosabatlari haqida statistik ma’lumotlar tо‘plash vazifasi yuklatilgan edi.  1841 yil Buxoroga N.Xanikov boshchiligidagi missiya о‘z tarkibida N.Zalesov, Leman kabi olimlar bilan birgalikda keldi va О‘rta Osiyo flora va faunasini о‘rganishga kirishdi. 1843 yilda N.Xanikov о‘z safar natijalari haqida hisobot tо‘plab tashqi ishlar vazirligiga topshirdi va shu yiliyoq hisobt tegishli idoralar uchun yо‘llanma sifatida “Opisaniye Buxarskogo xanstva” nomi bilan kitob holida nashr etildi. Bu kitob О‘rta Osiyoga yurish qiladigan qо‘shinning zobit va askarlariga tarqatish uchun Orenburg general – gubernatorligiga jо‘natildi. Kitobda Buxoro xaritasi, Samarqand shahri plani ilk marta e’lon qilindi.  1842 yilda Buxoro amirligiga yuborilgan K.Butenevga yanada maxfiy topshiriq berildi. U bu topshiriqlarni qoyil qilib bajardi. Rus hukumatiga “Buxoroga qо‘shin tortib borish imkoniyatlari” deb atalgan maxfiy ish topshirdi. Unda amirlikni bosib olish mumkinligi aniq tavsiflab berilgan. Hukmuatni va rus generallarini amirlikni tezroq bosib olishga undadi.  Huddi shunday missiyalar Xiva va qo‘qon xonliklariga nisbatan ham amalga oshirilgan.  1820 yilda kapitan Muravyov boshchiligidagi missiya Xiva xonligini bosib olish Rossiya uchun Buxoro va Hindistonga yо‘l ochadi va butun О‘rta Osiyoni Rossiya ta’sirida ushlab turish imkoniyatini beradi degan xulosaga keladi va bu xulosalarga tayangan hamda Muravyovning maslahatlariga amal qilgan graf Perovskiy rus hukumatining roziligini olib, 1839 yil Xivaga yurish qiladi va tо‘la mag‘lubiyatga uchraydi. Yurish ishtirokchisi M.Ivanin “Opisaniye zimnego poxoda v Xivu (1839-1840 gg)” nomli asarida Xiva xonligi ustidan tamomila о‘lim hukmini chiqarish va unga xatto kerak bо‘lsa eklogik urush e’lon qilish, Yа’ni, Amudaryoni Kaspiy dengiziga burib yuborish takliflarini kiritadi. Bu g‘oyalari bilan rus mustamlakachilari shafqatsizlik borasida Chingizxondan ham о‘tib ketgan edilar. 1858 yil О‘rta Osiyoga yuborilgan  polkovnik Ignatyev boshchiligidagi missiya о‘z ishini tugatar ekan, “О‘rta Osiyo xonliklari bilan teng asosdagi savdo va boshqa  aloqalar foyda bermaydi. Elchilarni kutish va jо‘natishga ketadigan barcha harajatlarni harbiy yurishglarga sarflab, bu hududlarni bosib olish kerak” – mazmunidagi о‘ta shovinistik va bosqinchilik ruhi yaqqol namoyon bо‘lib turgan xulosalarni chiqaradi.  Yuqoridagi kabi missiyalar va ekspeditsiyalar, elchiliklar yordamida Rossiya imperiyasi О‘rta Osiyo xonliklari tо‘g‘risida kо‘plab qimmatli ma’lumotlarga ega bо‘ldi. Xonliklar orasida birlikning yо‘qligi, ular о‘rtasida davom etib turgan qonli nizolardan foydalanib tezroq xonlikularni bosib olish rejasini ishlab chiqa boshladi va ularni amalga oshirishni eng tajribali rus generallariga topshirdi.

Rossiya imperiyasi О‘rta Osiyo xonliklarini bosib olishi va uning bitmas tuganmas boyliklariga egalik  qilishni bir asrlar avval о‘z oldiga maqsad qilib qо‘ygan edi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun amaliy harakatlar Petr I davridayoq boshlangan edi. Bir necha bor amalga oshirilgan elchilik va josuslik ma’lumotlariga tayangan holda Petr I О‘rta Osiyoni qо‘lga kiritish uchun dastlab qozoq juzlarini bо‘ysundirish va ulardan keyinchalik vosita sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Degan fikrni ilgari surgan edi. Turli yо‘llar bilan qozoq yerlariga kirib kelgan ruslar birin ketin zab etilgan yerlarda harbiy qal’alar va istehkomlar kо‘ra boshladi. 1717 yilda qurilgan Omsk, 1718 yilda  qurilgan Semipalatinsk, 1720 yilda qurilgan Ust-Kamenogorsk, 1735 (1742 -?) yil qurilgan Orenburg qal’alari kabi  mustahkam harbiy istehkomlar ruslarning bu yerdagi harbiy hukmronligi hali uzoq davom etishi va ular faqatgina qо‘lga kiritgan yerlar bilan qanoatlanib qolmasliklarni bildirardi. 1731-1740 yillar davomida Kichik va Katta qozoq juzlarining Rossiya tobeligiga о‘tish Rossiya imperiyasining О‘rta Osiyoning ichki hududlariga bostirib kirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirdi. Yuqoridagi hududlarni qо‘lga kiritganlaridan sо‘ng, Rossiya davlati chegaralari  bevosita о‘zbek xonliklari chegaralari bilan tutashib qolgan edi. Biroq Rossiyaning Yevropada yuzaga kelgan siyosiy vaziyat va tashqi davlatlari bilan harbiy harakatlarning olib borilishi О‘rta Osiyo xonliklariga qarshi qaratilgan harbiy harakatlarini yana bir asr kechiktirishga majbur qildi. Bu davr mobaynida bosib olingan hududlarda erkparvar qozoq sultonlaridan biri Kenasari qosimov ruslarga qarshi ozodlik kurashlari olib boradi.  Bu qо‘zg‘alonlarni bostirish uchun minglab qurolli kuchlarga ega bо‘lgan general Obruchev, polkovnik Lebedev, Dushikovskiy, podpolkovnik Gorskiylar hech qanday natijaga erisha olmadilar. Bunda xulosa chiqarganrus hukumati bepayon qozoq  dashtlarida kо‘plab harbiy qal’alar va istehkomlar kо‘rishga kirishdi. Natija XIX asr о‘rtalariga kelib qozog‘iston hududlarida 60 ga yaqin harbiy va 100 dan ortiq kichikroq istehkomlar barpo etildi. Bu ishlarning hammasi kelgusida о‘zbek xonliklariga qarshi kurashga puxta tayyorgarlik kо‘rilganligini bildirar edi. Chor Rossiyasining xonlikarga qarshi harbiy yurishlardan dastlabkilaridan biri 1839 yilda Xiva xonligiga qarshi Orenburg general gubernatori graf Pervskiy tomonidan amalga oshirildi. 1839 yil 16 fevralda tasdiqlangan rejaga kо‘ra Xivagacha bо‘lgan 1300 chaqirim masofa uch oy ichida bosib о‘tilishi lozim edi. 5333 kishilik armiya mahalliy aholining kuchli qarshiligiga duch keldi va 1045 kishi о‘ldirildi, 609 kishi yarador bо‘ldi. Harbiy yurish esa tо‘laligicha mag‘lubiyatga uchradi. Keyingi yillarda ruslar xonliklar bilan chegaralarda kichik-kichik harbiy tо‘qnashuvlar bilan cheklangan bо‘lsalarda, bu hududlarda о‘z harbiy imkoniyatlarini kengaytirish va endi qо‘qon xonligiga qarshi harbiy harakatlarni boshlashni maqsad qilib qо‘ygan edilar.XIX asrning 50 - yillariga kelib Rossiya mohiyatiga kо‘ra adolatsiz va bosqinchilik xususiyatiga ega bо‘lgan mustamlakachilik yurishlarini qо‘qon xonligiga qarshi faollashtirib yubordi va xonlikka qarshi rosmana urush harakatlarini boshlab  yubordi. Deyarli о‘rta asrlarga xos qurollanishga ega bо‘lgan qо‘qon xonligi zamonaviy quro-yarog‘larga ega bо‘lgan va Yevropadagi urushlarda katta tajriba orttirgan dahshatli dushmanga qarshi  urushga kirdi. Bu vaqtga kelib qozog‘iston hududlarini egallab olgan Rossiya imperiyasi harbiy qо‘shinlari qо‘qon xonligi hududlariga  ikki yо‘nalishda Orenburg harbiy okrugi va g‘arbiy Sibir harbiy okrugi tomonidan harbiy harakatlarni boshlab yubordi. 1851-1852 yillarda polkovnik Karabashev boshchiligidagi harbiy otryad Ili daryosidan kechib о‘tib, Tо‘ychibek qal’asini  bosib oldi, Orenburg yо‘nalishida mayor Engman Yoqubbek Badavlat boshchilik qilgan qо‘qon xonligi sarbozlarini mag‘lubiyatga uchratdi va yordamga yetib kelgan polkovnik Blaramberg otryadlari yordamida qushqо‘rg‘on, Chimqо‘rg‘on va Kumushqо‘rg‘on istehkomlarini qо‘lga kiritib, vayron qildi.1852 yilda xonlikning Oqmachit qal’asiga qilingan dastlabki hujumda mag‘lubiyatga uchragan rus qо‘shinlari 1853 yilda general-adyutant Perovskiy rahbarligida Oqmachitga ikkinchi marta hujum qildi. Shiddatli о‘tgan janglardan sо‘ng Oqmachit qal’asi bosib olindi va unga  “Perovskiy forti” deb nom berildi. qо‘qon xonligi Oqmachitni qaytarib olish uchun 1853 yil avgustida ikki marta Toshkent hokimi Shabdonxо‘ja boshchiligida qо‘shin jо‘natadi, biroq, bu qо‘shinlarning barcha harakatlari muvaffaqiyatsiz tugaydi. 1854-1855 yillarda Kaskelen daryosi bо‘ylarida Uzuneg‘och mudofaalarida ham shiddatli janglar bо‘lib о‘tadi. Bu janglarda Sulton Kenasarining о‘g‘li Sulton Sodiq katta jonbozlik kо‘rsatib, ruslarga qarshi qaqshatqich zarbalar beradi. Biroq yordamga yetib kelgan general Kolpaokvskiy boshchiligidagi rus qо‘shinlari hujumi natijasida  Vatan himoyachilari mag‘lubiyatga uchraydi. Shu vaqtda Ili vodiysini egallab olgan ruslar avvalgi Olma-Ota о‘rnida Verniy istehkomini kо‘radilar. 1858-1860 yillar davomida podpolkovnik Peremilskiy, polkovnik Simerman boshchiligidagi otryadlar Tо‘qmoq va Pishpek qal’alarini bosib oldi va vayron qildi.1861 yil podsho Aleksandr II ishtirok etgan saroy kengashida qо‘qon xonligiga qarshi hujum harakatlarini kuchaytirish va uning ichkari hududlarga kirish masalalari kо‘rib chiqildi. Xonlikni bosib olish uchun yanada kо‘proq harbiy kuchlar safarbar etiladi. Natijada shu yilning о‘zidayoq Oqsuv, Pishak, Choldevor qal’alari ruslar tomonidan bosib olinadi.

1864 yilga kelib harbiy harakatlari yanada shiddatli tus oldi. Xonlikning ichkari hududlariga suqulib kirayotgan rus mustamlakachilari oldida Avliyo ota, Turkiston, Chimkent, Toshkent kabi qudratli harbiy kuchga va muhim strategik ahamiyatga ega bо‘lgan shaharlar turardi. 1864 yil 1 may kuni Avliyootaga yetib kelgan polkovnik Chernyayev otryadlari shaharlarga qarshi shiddatli janglar olib bordi. Vatan himoyachilarining qattiq qarshiligiga qaramay shu yilning 4 iyunida ruslar tomonidan bosib olindi. 4 iyulda Chinoz, 11 iyulda esa Manket bosib olindi.Orenburg yо‘nalishi bо‘yicha harakat qilayotgan polkovnik Verevkin otryablari 1864 yil  Turkiston shahrini qamal qildi. qattiq janglardan sо‘ng 12 iyunda Turkiston shahri ham ruslar tomnidan bosib olindi. Navbatdagi shahar Chimkent edi. Chimkent shahri ikki yо‘nalishni birlashtiruvchi nuqta sifatida ham muhim ahamiyatga ega bо‘lsa, vatan himoyachilari uchun xonlikning ichkari hududlariga ruslarning kirib kelishiga tо‘siq bо‘luvchi sо‘nggi kuchli tayanch edi. Chimkent uchun jangga bosqinchilar ham, himoyachilar ham qattiq tayyorgarlik kо‘radilar. Avliyo ota va Turkistondan kelgan harbiy kuchlari iyul oyida Chimkentga hujum boshlaydilar. Vatan himoyachilari rus bosqinchiligiga qarshi kurashlarga rahbarlik qilgan eng mahoratli sarkarda Mullo Aliquli Amirlashkar boshchiligida ruslarga qaqshatqich zarba beradi va 22 iyul kuni  mag‘lubiyatga uchragan rus  qо‘mondonlari sulh sо‘rab Aliquli Amirlashkargi murojaat qiladi. Amirlashkar ularga Oqmachit, Avliyoota, Turkiston shaharlarini qaytarish va 200 ming tillo tovon tо‘lash sharti bilan omonlik beradi. Biroq ruslar ikki oy davomida qaytadan kuch tо‘plab, Chimkentga qayta hujum qiladi. Shiddatli kechgan muxorabada ruslarning zamonaviy qurollari ustunlik qilib, himoyachilarni mag‘lubiyatga uchratadi. 22 sentabr kuni Chimkent bosib olinadi. 1864 yilning kuzida qо‘qonga qaytgan Aliquli davlat ishlari mashg‘ul bо‘ladi. 1 oktabrda general Chernyayevning Toshkentga hujum qilganligi haqidagi habar qо‘qonga yetib borishi bilanoq 10 ming kishilik qо‘shin bilan Toshkent mudofaasiga otlanadi. Bu vaqtda esa toshkentliklar Kush parvonachi va Mirzo Axmad boshchiligida ruslarga qattiq zarba berib, ularni Chimkentga qochishga majbur  qiladi. Toshkentga yetib kelgan Aliquli Amirlashkar bu yerda bir muncha vaqt bо‘lib, Toshkent qal’asini mustahkamlash va ta’mirlash ishlarini amalga oshiradi. 4-6 dekabr kunlari esa ruslarni g‘aflatda qoldirib, 10 ming kishilik qо‘shin bilan bu vaqt ruslar qо‘lida bо‘lgan Turkistonga qarashli Ikonga yurish qilib, yuz boshi Serov boshchiligidagi otryadni mag‘lubiyatga uchratadi. Aliqulining bu yurishi rus generallari tomonidan urushlar davridagi eng ajoyib harbiy san’at sifatida e’tirof etilgan edi.   Keyingi oylarda Amirlashkar tashqi siyosat va elchilik ishlari bilan mashg‘ul bо‘lib turgan vaqtda rus harbiylari Toshkentni bosib olishga tayyorgarlik qurayotgan edilar. Avvalgi mag‘lubiyatdan alamzada bо‘lgan rus  generali M.G.Chernyayev 1865 yilning aprelida Toshkent bekligiga qarshili va shaharni suv bilan ta’minlovchi Niyozbek qal’asiga  hujum qiladi. Ruslar bilan hozirgi qibray tumanidagi Dо‘rmon, Uymovut atroflarida bо‘lib о‘tgan qisqa tо‘qnashuvlardan sо‘ng  Niyozbek qal’asi bosib olinadi. Bu voqea 29 aprelda sodir bо‘lgan va bunda shaharlik ayrim xoin kimsalar ruslarga yordam kо‘rsatgan edilar. Bosqinchilar shaharga kiradigan suvni Chirchiq daryosiga burib yuboradilar. Bu habar qо‘qonga yetishi bilanoq Aliquli Amirlashkar barcha harbiy kuchlarni olib Toshkent mudofaasiga otlanadi. U Toshkentning Mingо‘rlik mavzesiga 8 may kechasi yetib keladi va ortiqcha tayyorgarliklarsiz 9 may erta tongdanoq ruslarga qarshi janglarni boshlab yuboradi. Salor arig‘i atroflarida bо‘lib о‘tgan jangda mudofaachilar dastlab ruslarga qattiq zarba berib ularni chekinishga majbur qiladilar, kunning о‘rtalariga yaqin ruslar zambaraklardan о‘q otib jangni boshlaydilar. Aliquli ham keyingi yillarda takomillashtirilgan xonlik zambaraklarining ruslarga qarshi о‘q otishlarini shaxsan о‘zi boshqarib boradi. Shu vaqtda uning  yaqinida ruslarning zambarak snaryadi portlaydi va Amirlashkar og‘ir yarador bо‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida u vafot etadi va bundan habardor bо‘lgan fitnachi qirg‘iz va qipchoq sarbozlari jang maydonini tashlab ketadilar. Mudofaa  ishlarining butun og‘irligi shahar   aholisi ustiga tushadi. Shahar ulamolarining say-harakatlari bilan Buxoro amridan sо‘ralishi ham natijasiz tugaydi. Shaharliklar bosqinchilarga qarshi qattiq kurash olib boradilar. Biroq kuchlarning teng emasligi, oziq-ovqat va suvsizlik, qurol-yarog‘larning kamligi mudofaachilarning mag‘lubiyatiga sabab bо‘ladi. Ruslar 1865 yilning 16-17 iyun kunlari shiddatli janglar qilib, Toshkent shahrini bosib oladilar. Ruslar tomonidan bosib olingan joylarning barchasi Rossiya mulki eyeb e’lon qilindi.

Jizzaxning  bosib olinishi va erjar yonidagi mag‘lubiyat amir Muzaffarxonning K.P. Fon Kaufman bilan sulh shartnomasi tuzish fikriga olib keldi va u Kaufmanga sulh shartnomasi imzolashni taklif qildi. Biroq, Kaufman amir Muzaffar oldiga og‘ir shartlarni qо‘ygach, sulhdan umidini uzgan amir Muzaffar Turkiya sultoni Abdulazizxonga, Afg‘oniston amiri Sheralixonga va Turkmanlarga о‘z elchilarini yuborib, Rossiyaga qarshi kurashda harbiy madad sо‘radi. Biroq bu elchiliklar ijobiy natijaga erisha olmadilar. Fon Kaufman Buxoro amiriga qarshi harbiy harakatlarni davom ettirib 1868 yil 1 may kuni Samarqandga qarshi kurash boshladi. Amirlik Rossiya imperiyasi harbiy qо‘shinlari о‘rtasidagi jang Samarqand yonidagi CHо‘ponota tepaligida bо‘lib о‘tdi. qattiq va shiddatli tarzda kechgan harbiy tо‘qnashuvdan sо‘ng, 2 may kuni Samarqanda shahri ruslar tomonidan bosib olindi. О‘rta Osiyodagi yuz berayotgan voqealarni kuzatib turgan chet el ommaviy axborot vositalari bu voqealarni о‘z matbuotlarida yoritib о‘tdilar. Ulardan birida ruslar Samarqandni bosib olishi butun urushlar tarixida eng katta shovqshuvli voqea bо‘ldi, Jahongir Temur poytaxtning bosib olinishi rus qurolining qudrati deya baholangan bо‘lsa, Samarqandning ruslar tomonidan bosib olinishi хalqlarimiz uchun juda katta yо‘qotish bо‘ldi. Garchi amir qо‘shinlari mag‘lubiyatga uchragan bо‘lsalarda, хalq urushni davom ettirish va bir tomchi qonlari qolguncha dushmanga qarshi kurashga harakat qiladilar. Samarqanda shahrini qaytarib olish uchun jang Zirabuloqda bо‘ladi. Zamonaviy qurol-yarog‘lar va 8000 dan ortiq qо‘shinga ega  bо‘lgan Kaufman  amir Muzaffar qо‘shinlari bilan shiddatli janglar olib borishga majbur bо‘ladi. Buxoroliklar Zirabuloq jangida katta qaxramonliklar kо‘rsatishga qaramay mag‘lubiyatga uchraydilar.  Zirabuloqda janglar davom etayotgan bir paytda qarshi, Kitob va Shahrisabz beklari о‘z qо‘shinlari bilan Samarqandliklarga yordamga yetib keladilar va Samarqandda qoldirilgan rus garnizonini mag‘lubiyatga uchratadilar. Bundan habar topgan Kaufman zudlik bilan Samarqandga yetib keladi va vatan himoyachilariga qarshi kurash boshlaydi. 1868 yilning 2 iyunidan boshlangan Samarqand qо‘zg‘alonida Kitob Begi Bobobek va Shahrisabz begi Jо‘rabeklar katta jasorat kо‘rsatadilar. Bu   qо‘zg‘alon rus qо‘shinlari tomonidan 8 iyunda bostiriladi va juda kо‘p begunoh shahar aholisi qirg‘in qilinadi. Samarqanda va Kattaqо‘rg‘onning bosib olinishi, Chо‘ponotp va Zirbuloqdagi mag‘lubiyatlardan sо‘ng amir Muzaffar 1868 yil 23 iyunda general-gubernator Fon Kaufman bilan sulh tuzishga majbur bо‘ladi. Bunga kо‘ra  amirlik о‘z mustaqilligini yо‘qotib, Samarqand, Kattaqо‘rg‘on, Zarafshon daryosining yuqori oqimidagi yerlardan mahrum etiladi  va 500 ming oltin tо‘lashga, mustaqil tashqi siyosat yuritmaslikka majbur etiladi.  Bu voqealardan sо‘ng  amirning katta о‘g‘li Abdumalik tо‘ra Jо‘rabek, Bobobek, Sulton Sodiqlar bilan birgalikda ruslarga  qarshi qattiq kurash olib  boradilar. Ruslarga va amir Muzaffarga qarshi qaratilgan bu kurash rus harbiylar tomonidan bostiriladi. Buxoro amirligi esa bundan buyon Rossiya imperiyasining vassal davlatiga aylanadi.

Xiva xonligi va Rossiya imperiyasi о‘rtasidagi harbiy tо‘qnashuvlar XIX  asrning 30 yillari oxiridan boshlandi. Petr I  tomonidan uyushtirilgan harbiy ekspeditsiyaning mag‘lubiyatga uchraganligi bu davrga kelganda ham rus hukumatiga tinchlik bermasdi. Ular о‘zbek xonliklariga  qilinadigan hujumlarning dastlabkilaridan birini Xiva xonligiga qarshi qaratishga intilib, 1839 yil boshlarida Orenburg general al-gubernatori graf Perovskiy boshchiligida Xiva xonligiga qarshi harbiy  harakatlarni boshlab yubordilar. Biroq bu harbiy harakat xivaliklar tomonidan mag‘lubiyatga uchratildi va graf Perovskiy sharmandalarcha ortga qaytishga majbur  bо‘ldi. Natijada rus hukumati harbiy-siyosiy doiralari tomonidan Xiva xonligi “Bо‘ysunmagan О‘rta Osiyo jazoiri” deya e’tirof etildi. Bundan xulosa  chiqargan rus hukumati Xiva xonligini bosib olishga shishilmadi.  1868 yil Rossiya imperiyasi tomonidan Buxoro amirligi bо‘ysundirilgach, Xiva xonligi imperiyaga qarashli uchta harbiy okrug-Turkiston, Orenburg va Kavkaz harbiy okruglari qurshovida qoldi. Shuningdek "Orol“ harbiy flotiliyasi ham kuchaytirilgan holda Xiva xonligiga qarshi bо‘lish mumkin bо‘lgan janglar uchun tayyorlab qо‘yildi.Xonlikka qarshi harbiy harakatlarni boshlashdan avval rus harbiylari xonlikka eltuvchi barcha yо‘llar, joylar, xonlikning harbiy qudrati va imkoniyatlarini batafsil о‘rganib chiqdilar. Xonlikka qarshi harbiy harakatlar uchun 12 mingdan ortiq harbiy askarlar tayyorlandi.Xiva xonligiga qarshi harbiy harakatlar 1873 yil bahorida boshlandi. Bu yurishda ishtirok etayotgan barcha harbiy kuchlarning bosh qо‘mondoni etib general-gubernator Fon Kaufman belgilandi. Bu harbiy harakatlarda ishtirok etayotgan Orenburg harbiy okrugi qо‘shinlariga general Verevkin, Mingqishloq otryadiga polkovnik Lomakinlar boshchilik qilishdi. “Orol” flotiliyasiga qarashli “Samarqand”, “Perovskiy” kemalari va uchta barchja ham  yurishlarda ishtirok etdi. General Kaufman urush harakatlarini boshlar ekan bunga bahona qilib Xiva xoni Muhammad Rahimxon II tomonidan xonlik hududlarda mavjud ruslardan iborat qullarni ozod qilmasligini kо‘rsatadi. Ruslarning hujumi haqida habar eshitish bilanoq xon amaldorlar bilan mashvarat о‘tkazadi va Kaufmanning yо‘lini tо‘sish uchun Matmurod devonbegini qо‘shin bilan jо‘natadi. qо‘ng‘irot yо‘nalishi bо‘yicha hujum qilayotgan general Verevkinga qarshi esa Eltuzar inoq jо‘natiladi.Xiva xonligi sarbozlari va ruslar о‘rtasida dastlabki tо‘qnashuv 10-11 may kunlari Uchuchoq yaqinida bо‘lib о‘tadi va devonbegi qо‘shinlari mag‘lubiyatga uchraydi. 18 mayda esa kaufman qо‘shinlari Amudaryodan kechib о‘tadi. Bosqinchilar hujumini kuchaytirib borib, 23 may kuni Xazorasp qal’asini egallab oladilar. qattiq janglardan sо‘ng birin-ketin qо‘ng‘irot, Xо‘jayli va boshqa qal’alar bosib olinadi. 1873 yil 29 may kuni esa xonlik poytaxti Xiva shahri ham ruslarga taslim bо‘ladi. Bu vaqtda mag‘lubiyatga uchrayotganligini payqagan Muhammad Rahimxon II Izmiqshur tarafga qochib ketagan edi. Xonning nomidan muzokaralar olib bormoqchi bо‘lgan Otajon tо‘ra va Amir tо‘ralarni Kaufman qaytaradi va faqatgina xon bilan muzokaralar olib bormoqchi ekanligini bildiradi. Bu orada xon saroyi talon-taroj qilinib, kо‘plab qimmatbaho boyliklar, nodir qо‘lyozmalar imperiya markaziga jо‘natiladi. General Kaufman va Muhammad RahimxonII о‘rtasida muzokaralar Gandimiyen qishlog‘ida о‘tkaziladi. Gandimiyen shartnomasi deb nom olgan bu hujjatga asosan Xiva xonligi Rossiya miperiyasining vassaliga aylantiriladi va xon huzurida saroy amaldorlari va rus qо‘mondonlaridan iborat kengash (devon) tuziladi. Bu  devon Xiva xonligining  barcha sohalari faoliyatini kuzatib borishi va hududqilishi lozim edi.Shuningdek, shartnomaga kо‘ra Xiva xoni siyosiy huquqlaridan va tashqi mustaqil siyosat yuritishdan mahrum etildi, quyi Amudaryoning о‘ng sohilidagi yerlar Rossiya mulki deb e’lon qilindi va bu yerda Rossiyaga qarashli Amudaryo bо‘limi tashkil etildi. Xonlikka 2 million 200 ming sо‘m miqdorda tovon puli tо‘lash yuklatildi. Shu tariqa Xiva xonligi ham Rossiya imperiyasining mustamlakachiligi siyosati yо‘lida bо‘ysundirildi.

Xiva xonligi bosib olingach, xonlikka qarashli bо‘lgan hududlarda  yashovchi turkman qabilalariga ham tovon puli tо‘lash yuklatildi. Tovon miqdori turkmanlarga 310500 sо‘m bо‘lsa, yevmutlarga 106 ming sо‘m kumush miqdorida belgilandi. Tovon pulini tо‘lashdan bu urug‘lar va qabilalar bosh torta boshladi. Bunga javoban esa rus hukumati tovon puli tо‘lashdan bosh tortgan oilalarning mol-mulklarini talash va barcha oila a’zolarini qirib tashlash haqida kо‘rsatma berdi va turkmanlarga qarshi jazo otryadlarini kuchaytirdi. Bu jazo otryadlariga general Golovochev boshchilik qildi.  Tovon tо‘lashdan bosh tortib о‘z joylaridan kо‘chib ketayotgan turkmanlar 1873 yil 9 iyul kuni general Golovochev qо‘shinlariga  olmachi ariq mavzesida duch kelib qoldi va barchasi qirib tashlandi. Bu barcha turkmanlarga qattiq g‘azab uyg‘otdi. Ular Xiva xonligi bilan aloqalarini uzdilar va ruslarga qarshi oxirigacha kurashishga qasamyod qildilar. 14 iyuldan 15 iyulgacha kechasi jazo otryadlari turkmanlar turgan joyga hujum uyushtirdilar 700 ga yaqin kishini о‘ldirdilar. 17 iyul kuni Kukchuk mavzesida 3000 aravada chо‘lga ketayotgan karvon odamlari ham rus jallodlari tomonidan qirib tashlandi.Turmanlarning ruslarga qarshi g‘alayonlari rosmana milliy-ozodlik harakteridagi kurash tusini oldi. Katta harbiy  kuchlar bilan rus hukumati turkmanlarga qarshi kurashni 1881 yilgacha davom ettirish majbur bо‘ldi. Bundan katta harbiy tajribaga ega bо‘lgan rus generali Skobelev о‘zining shafqatsizligi bilan nom chiqardi. U turkmanlarning Gukdepe (Kо‘ktepa) qal’asini yer bilan yakson qildi va harbiy jazo ekspeditsiyasi vaqtida 40000 kishini qatl qildirdi. Shu tariqa о‘z erki uchun kurashgan turkman хalqi ham zо‘rlik bilan rus imperiyasi hukmronligiga bо‘ysundirildi.



Bu davr mobaynida qо‘qon xonligida ham siyosiy keskinliklar saqlanib qoldi. Turkiston  general-gubernatorligi qо‘qon xonligini Rossiyaning vassaliga aylantirish siyosatini ilgari surdi va 1868 yil 13 fevral kuni polkovnik Shaufusni qо‘qon xoni Xudoyorxon bilan shartnoma imzolash uchun muzokaralarga yubordi. Shu kuni tuzilgan shartnomaga kо‘ra qо‘qon xonligi Rossiya imperiyasining vassal davlatiga aylantirildi. Bu sharnomaning imzolanishi xonlikda katta noroziliklarning boshlanishiga sabab bо‘ldi. Bir tomondan siyosiy keskinlik, ikkinchi tomondan soliqlarning oshib ketishi oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy qiyinchiliklar хalqning Xudoyorxondan noroziligining oshib ketishiga sabab bо‘ldi.Xudoyorxonga qarshi qurolli kurashga aylanib  ketgan harakatga Pо‘latxon nomi bilan mashhur bо‘lgan Mullo Isxoq Xasan о‘g‘li boshchilik qildi.Tarixchi X.Bobobekov Pо‘latxon qо‘zg‘alonining borishini  uchta davr va olti bosqichga bо‘lib  о‘rganishni tavsiya etadi. Bunga  kо‘ra birinchi davr 1873 yil bahoridan 1875 yil avgustigacha:Ikkinchi davr- 1875 yil avgusti 1876 yil fevralgacha:Uchinchi davr 1876 yil mart-dekabr oylarini о‘z ichiga oldi.1873 yil bahorida asosan qirg‘izlardan iborat qо‘zg‘alonchilar qipchoqlar bilan birgalikda xonga qarshi harakatlar olib bordilar.1874 yil bahoriga kelib qо‘zg‘alonga о‘troq aholi ham qо‘shildi va qо‘qon xonligining turli viloyatlarida qо‘zg‘alonlar avj olib ketdi. Bahor va yoz oylarida kuchaygan qо‘zg‘alon kuz oylariga kelib bir oz susaydi. qо‘zg‘alonning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari bо‘lgan dehqonlar xо‘jaligi ishlari bilan band bо‘ldilar va qо‘zg‘alonning susayishiga sababchi bо‘ldilar.1875 yil  bahoriga kelib yana avj oldi. Endi qо‘zg‘alonga rahbarlik vazifalarini Xudoyorxonning nabirasi Nazarbek va Pо‘latxon bajara boshladilar. qorategin va О‘zgan atroflarida harakat qilayotgan qо‘zg‘alonchilarga qarshi Xudoyorxon Abdurahmon Oftobachi, Iso Avliyo va Sarimsoqlar boshchiligida qо‘shin jо‘natdi. Biroq yuborilgan qо‘shin Abdurahmon Oftobachi va Iso avliyo  boshchiligida qо‘zg‘alonchilar tomoniga о‘tib ketdi. 1875 yilning 18 iyulida esa xonning о‘g‘li Nasriddinbek ham  qо‘zg‘alonchilar tarafiga  о‘tdi. Yuzaga kelgan qaltis vaziyat Xudoyorxonni general Kaufmandan yordam  sо‘rashga majbur qildi. qо‘zg‘alonchilar tomonidan О‘sh, Asaka, Namangan, Andijon bosib olindi. 20 iyulda esa xonning ukasi  Sulton Murodbek ham qо‘zg‘alonchilar tarafiga о‘tib ketdi. Shu kuni xon yordam sо‘rab Kaufmanga maktub bitdi. Biroq ruslarning tezda yetib kelmasligiga ishonmagani uchun qochib ketish harakatiga tushdi. 22 iyulda xonning ikkinchi о‘g‘li Muhammad Aminbek ham qо‘zg‘alonchilar tarafiga о‘tib ketdi. Xudoyorxon A.A.Vaynberg va M.D. Skobelevlar  hamroxligida qо‘qondan Xо‘jandga qochdi va u yerdan Toshkentga keldi. U  kaufman bilan uchrashgandan sо‘ng Orenburgga jо‘natildi. Keyinchalik u yerdan qochishga muvaffaq bо‘lgan Xudoyorxon xajga bordi va ortga qaytishda 1886 yilda Afg‘onistonda vafot etdi.Pо‘latxonni qо‘llab quvvatlagan va u tomonga о‘tgan barcha sarkarda va amaldorlar, xonning о‘g‘illari va qarindoshlari Pо‘latxonni «valiahd» deb tan olgan edilar. Biroq xon qochib ketgach, taxtga Nasriddinbek о‘tirdi. Bu esa Pо‘latxonning Nasriddinbekka qarshi kurash boshlashiga sabab bо‘ldi. Xonlikdagi kuchlar ikki qismga ajralib qoladi.Yuzaga kelishi muqarrar bо‘lib qolgan fuqarolar urushining odini olish maqsadida Abdurahmon Oftobachi kuchlarni birlashtirish va ruslarga qarshi kuyish maqsadida g‘azavot urushi e’lon qiladi. Pо‘latxon bu  kurashga ochiqdan-ochiq qarshi chiqmasada, о‘zining katta janglardan torta boshladi. Xonga va amaldorga qarashli bо‘lgan yer-mulklarni хalqqa bо‘lib bera boshladi. Bu esa  xonlikda Pо‘latxonning harbiy-siyosiy mavqei kuchayishiga sabab bо‘ldi.Shu bilan birga milliy-ozodlik kurashlari ham olib borildi. Kurashlar natijasida Toshkentdan 40 km masofada bо‘lgan Parkentgacha bо‘lgan yerlar ruslarda ozod etildi.Bundan qattiq tashvishga tushgan rus hukumati 1875 yil 9 avgusti qо‘qon xonligiga qarshi urush e’lon qildi.Bu kurashda Kaufman «bо‘lib tashla, hukmronlik qil» aqidasiga amal qildi. 1875 yil 22 sentabr kuni Marg‘ilonda Nasriddinbek va Kaufman о‘rtasida shartnoma imzolanib, Nasriddinbek о‘zining Rossiyaga tobe ekanligini bildirdi. Bu shartnomada kо‘zda tutilishicha, Sirdaryoning о‘ng sohilidagi yerlar, Namangan, Chust Rossiya ixtiyoriga о‘tdi va xonlik 2 million sо‘m tovon tо‘lash majburiyatini oldi. Bu yerda tashkil etilgan Namangan bо‘limiga M.D.Skobelev boshliq etib tayinlandi. Bu voqealardan sо‘ng qо‘zg‘alonchilar yana Nasriddinxonga qarshi kurashni kuchaytirib yubordilar. qо‘zg‘alon eng kuchaygan Andijon shahriga ruslar hujum  uyushtirdilar va 2 sentabrdan 5 oktabrgacha bо‘lib о‘tgan janglardan sо‘ng shahar qonga botirildi. Valixon  boshchiligidagi qо‘zg‘alonchilar qо‘qonni ishg‘ol qildilar, Nasriddinxon bu yerdan qochib ketdi. Botir Tо‘ra va Iso Avliyo Namanganni ozod qilish uchun kurashdilar. Keyingi kunlarda qо‘zg‘alonchilar tomonidan Beligchi, Andijon, Marg‘ilon, О‘ratepa, qо‘rg‘ontepa va boshqa joylar egallab olinib, bu yerlarda Pulatxonning hukmronligi о‘rnatildi. Rus hukumati qо‘qonda bо‘layotgan voqealarni daxshat bilan kuzatib turardi. Ular qо‘zg‘alonchilarga zarba berish va xonlikni qо‘lga kiritish maqsadida «Ikki suv orasi operatsiyasi» nomli tadbir ishlab chiqidilar. Bunga kо‘ra qо‘zg‘alonchilarni Norin va qoradaryo oralig‘ida о‘rab olib, mag‘lubiyatga uchratish kо‘zda tutilgan edi. Asosiy zarba esa Andijonga qaratilgan edi.1876 yil 8 yanvarda rus qо‘shinlari general Skobelev boshchiligida Andijonga yurish boshladi. Shu yilning yanvar-fevral oylarida bо‘lib о‘tgan janglar natijasida qо‘zg‘alonchilar mag‘lubiyatga uchratildi. 18 fevraldan 19 fevralga о‘tar kechasi Pо‘latxon xoinlar tomonidan ushlab olindi va rus xukumtiga topshirildi. 1 mart kuni esa Marg‘ilon Bozorida dorga osildi. Kaufmanning Skobelevga bergan kо‘rsatmasiga kо‘ra qо‘qon xonligi butunlay tugatildi va uning о‘rnida Turkiston general gubernatorligiga qarashli Farg‘ona viloyati tashkil etildi. Shu tariqa asrlar davomida mavjud bо‘lib turgan qо‘qon xonligi davlat sifatida tarix sahnasidan butunlay о‘chirildi va uning davlatchilik faoliyatiga barham berildi. XIX asrning о‘rtalaridan faollashgan Rossiya imperiyasining mustamlakachilik harbiy bosqinchilik siyosati natijasida ikki о‘zbek xonligi Rossiyaning vassal davlatlariga aylantirildi va bu yerlarda  mustamlaka idora usuli qaror topdirildi. 

1867 yilda harbiy vazir Milyutin Turkiston о‘lkasini boshqarish tо‘g‘risidagi Vaqtli Nizom loyihasini podsholik vazirlar qо‘mitasi taqdim etdi va bu qо‘mita tomonidan tasdiqlangan ushbu loyiha qonun sifatida kuchga kiritildi. Bunga kо‘ra markaziy fuqarolik va harbiy boshqaruv tizimi tо‘laligicha general gubernator kо‘liga topshirildi. U ayni vaqtning о‘zida Turkiston harbiy okrugi bosh qо‘mondoni ham edi. Markaziy davlat boshqaruvidan boshqaruvning eng quyi pog‘onalarigacha hokimiyat harbiy qо‘liga topshirildi. Bu boshqaruv tizimi Turkiston о‘lkasi va aholisini har tomonlama mustamlakachilik sirtmog‘iga solish bilan mashg‘ul bо‘ldi va ayrim о‘zgarishlar bilan 1917 yilga qadar davom etdi.

Turkiston general-gubernatorligida joriy qilingan boshqaruv usuli mahalliy aholi ustidan tо‘la hududqilish imkonini bera oladigan tarzda qilib tashkil etilgan edi.

1867 yil iyulda tashkil etilgan Turkiston general-gubernatorligi imperiya harbiy vazirligi nazorati ostida bо‘lib, u tarkibiy jihatdan viloyatlar, uezdlar va volostlarga bо‘lingan edi. XX asr boshlariga kelib Turkistonda “general-gbernatorlik” boshqaruv tizimi tо‘laligicha qaror topdi.

1886 yilga qadar Turkiston о‘lkasi (1886 yilgacha Turkiston general – gubernatorligi) quyidagi tо‘rtta “Boshqaruv tо‘g‘risidagi vaqtli Nizom” loyihalari asosida, jumladan

1. Sirdaryo va Yettisuv viloyatlari – 1867 yilgi Vaqtli Nizom asosida;

2. Zarafshon okrugi - Turkiston general – gubernatorligi birinchi gubernatori general K.P.fon Kaufman tomonidan 1868 yilda ishlab chiqilgan Vaqtli Nizom asosida;

3. Amudaryo bо‘limi – 1874 yilda ishlab chiqilgan Vaqtinchalik tartiblar asosida boshqarilgan blsa, shu о‘rinda yana bir hujjat haqida ham ma’lumotlar keltirib о‘tiladi, Yа’ni, 1873 yil 26 avgustda K.P.fon Kaufman “Amudaryo okrugini boshqarish tо‘g‘risida vaqtli Nizom”ni tasdiqladi. Bu Nizomga kо‘ra Amudaryo bо‘limida Rossiya imperiyasi hokimiyatini ta’minlovchi lavozim egasining xizmat vakolatlari va majburiyatlari, Amudaryo bо‘limining ma’muriy-hududiy bо‘linishi, boshqaruv apparatining tuzilishi, boshqaruvdagi amaldorlarning xizmat vaziflari kabilarni tartibga solish belgilab qо‘yilgan edi.48

4. Farg‘ona viloyati – 1873 yilgi tasdiqlanmagan Nizom loyihasi asosida boshqaruv amalga oshirilgan.49

Markaziy о‘lka boshqaruvi general gubernatori, uning Kengashi va mahkamasidan iborat bо‘lgan.

Turkiston general gubernatori о‘z qо‘lida harbiy va fuqarolik hokimiyatini birlashtirgan edi. Ayni vaqtning о‘zida u podsho noibi, harbiy okrug qо‘shinlari qо‘mondoni, Yettisuv kazak qо‘shinlari qо‘mondoni, bosh mirshab va bosh prokuror vazifalarini ham о‘z qо‘lida birlashtirgan edi.

Turkiston general gubernatori Rossiyaga vassal hisoblangan Buxoro amirligini Rossiya imperator siyosiy agentligi (1885-1917) va Xiva xonligini Amudaryo bо‘limi (1873-1918) boshliqlari orqali hududqilingan.

О‘lka boshqaruvining eng dolzarb masalalari general gubernatorlik kengashi tomonidan hal etilgan. Bu kengash о‘z tarkibiga harbiy guernator, sud palatasi raisi, prokuror, okrug shtabi boshlig‘i, general gubernator yordamchisini kiritgan edi.

Shuningdek, markaziy boshqaruvda tо‘rt mahkamadan iborat general gubernator mahkamasining ham о‘rni katta bо‘lgan. Birinchi bо‘lim ma’muriy va hududishlarini, ikkinchi bо‘lim bosh boshqarmaning moliyaviy xо‘jalik ishlarini, uchinchi bо‘lim soliqlar, shaharlar mablag‘lari va boshqaruvga doir loyihalar tayyorlash ishlarini hududqilgan bо‘lsa, tо‘rtinchi  bо‘lim mahsus bо‘lim bо‘lgan. Bu bо‘lim 1886 yilgacha faoliyat yuritgan va harbiy hamda adliya vazirliklari kо‘rsatmalariga ham amal qilmagan.

General gubernatorning diplomatiya idorasi Buxoro amirligi, Xiva xonligi, Afg‘oniston va Qoshg‘ar bilan munosabatlarini muvofiqlashtirish ishlari bilan shug‘ullangan. General gubernator mahkamasi ixtiyorida Turkiston ommaviy kutubxonasi, Toshkent muzeyi, markaziy arxiv, “Turkestanskiye vedomosti” va “Turkiston viloyatining gazeti” gazetalari va bosmaxona ham bо‘lgan.

Gubernatorligi tarkibidagi ma’muriy-hududiy birlik (1873-1917 yy). Turkiston о‘lkasi markaziy bosh boshqarmasida general gubernatorga bо‘ysunmaydigan adliya, moliya, ziroat va davlat mulklari vazirliklariga qarashli idoralar ham  bо‘lgan va ular tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri podshoga bо‘ysungan.

Turkiston general gubernatorligi beshta viloyatdan iborat bо‘lib, ular Sirdaryo, Farg‘ona, Samarqand, Yettisuv va Kaspiyorti  viloyatlari edi. Viloyatlar podsho tomonidan tayinlangan harbiy gubernatorlar ixtiyorida bо‘lgan. Bir vaqtning  о‘zida ular viloyat harbiy qо‘shinlari qо‘mondoni vazifasini ham bajarganlar. Viloyatdagi ma’muriy, politsiya va sud hokimiyatlari ham harbiy gubernatorlarga bо‘ysungan.

Viloyatlar о‘z navbatida uezdlarga bо‘lib boshqarilgan. Uezdlar uezd boshliqlari tomonidan idora etilgan. Viloyatlar tarkibi quyidagi tartibda bо‘lingan.


Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish