Xiva xonligi
Amudaryoning quyi oqimidagi, qadimgi Xorazm vohasida XVI asr boshlarida shakllangan davlat bо‘lib, XVII asr boshlaridan mustaqil davlat sifatida boshqarilgan. 1763 yildan о‘zbeklarning qо‘ngirot urugi vakillari inoqlar Xivada hokimiyatni qо‘lga olishadi. 1873 yilda ruslar istilosidan keyin Rossiyaga qaram davlatga aylandi. 1920 yilda bolsheviklar tomonidan davlat sifatida butunlay tugatildi.
Temuriylar davlati tarkibiga kirgan Xorazm vohasi 1505 yilda Shayboniyxon tomonidan bosib olingan bо‘lsa, 1510-1512 yillarda Eron shohi Ismoil Safaviy davlati tarkibiga kiritildi. Xorazmda Eron shohining 3 ta dorugasi hukmronlik qilgan. Biroq, Vazir shaxrining qozisi Umar Shayx tashabbusi bilan Xorazmda eronliklarga qarshi kuchli хalq ozodlik harakatlari boshlanib ketdi. Xorazmning obrо‘li shayxlaridan bо‘lgan bо‘lgan Shayx ota avlodlari Dashti qipchoqlik о‘zbeklar hukmdorlaridan biri Elbarsxonga Xorazm taxtini taklif qildilar. Elbarsxon о‘z qо‘shinlari bilan qisqa vaqt ichida Vazir shahrini (Ust yurtda, Kо‘xna Urganchdan 60 km uzoqlikda joylashgan bu shahar XV asrda о‘zbek xonlaridan Mustafoxon tomonidan barpo etilgan) qо‘lga kiritib, vohadagi barcha shaharlardan eronliklarni quvib chiqardilar. Elbarsxon (1712-1780-1781) Xorazm poytaxti hisoblangan Urganch shahrini ham qо‘lga kiritdi va amalda mustaqil xonlikka asos soldi. U tez orada xonlik hududini birmuncha kengaytirishga erishdi. Hozirgi Turkmanistonning janubiy qismi, Eronning shimolidagi Seraxs tumanini, Orolni va Mangishloqni egalladi. Vafotidan sо‘ng Xorazm taxtini uning vorislari boshqardilar. Hususan XVI asrda uning vorislaridan Berikach Sulton, Sultonxoji, Sо‘fiyonxon, Sultongozi, Avanushxon, Kolxon, Akatoyxon, Dо‘stxon, Xojimxon, Nurmuhammadxon kabilar xonlik qildilar. Shayboniy Ubaydullaxon 1537-1538 yillarda Xorazmda qisqa muddat о‘z hukmronligini о‘rnatishga erishgan bо‘lsada, Avanushxon vorislari tomonidan tezda Xorazm ozod etildi. XVIasrning ikkinchi yarmida Abdullaxon II Xorazmni bо‘ysundirish uchun harakat qildi. Bir necha marta vohaga uyushtirilgan harbiy yurishlardan sо‘ng, 1593 yilda Xorazm ham Buxoro xonligi tarkibiga qо‘shildi. Abdullaxon vafotidan sо‘nggina Xorazm vohasi yana о‘z mustaqilligini tiklab oldi.
XVI asrning 70-yillarida Xorazm poytaxti Urganchdan Xivaga kо‘chirildi. Unga Amudaryo о‘zanining о‘zgarib Kaspiy dengiziga oqmay qо‘yishi, Urganch va uning atroflarida suv tanqisligi yuz berganligi sabab bо‘ldi. Ba’zi manbalarda, Amudaryo о‘zanining о‘zgarishini Shayboniy Abdullaxon II faoliyati bilan boglandi. U Xorazmni о‘ziga bо‘ysundirishi uchun, tо‘gon qurib, Amudaryo oqimini о‘zgartiradi. Poytaxt Xivaga kо‘chirilgandan sо‘ng davlat poytaxt nomi bilan Xiva xonligi deb atala boshlandi.
Xiva xonligi janubda Eron, sharqda Buxoro amirligi, g‘arbda Kaspiy dengizi, shimolda qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. Suvsiz va poyonsiz Qoraqum, Qizilqum sahrolari Xiva xonligini geografik jihatdan boshqa mamlakatlardan ajratib qо‘ygan edi. Amudaryo sohillarida joylashgan Xiva, Urganch, Kat, Kо‘hna Urganch, Xazorasp, Qо‘ng‘irot, Xо‘jayli, Kurdar (hozirgi Chimboy) shaharlari xonlikning yirik shaharlari hisoblanar edi. О‘rta Osiyoning eng boy savdo markazlaridan biri bо‘lgan Xiva shahri 1598 yildan boshlab xonlikning poytaxti bо‘lgan. Shahar ikki qism – Ichan qal’a (shaharning ichki qismi) va Dishon qal’a (shaharning tashqi qismi)dan iborat edi. Ichan qal’ada xon qarorgohi va harami, 17 ta masjid, 22 ta madrasa, karvonsaroy va bozor joylashgan. 1842 yilda Dishan qal’a qurilib, devor bilan о‘rab olingan. Dishan qal’ada hunarmandlar, savdogarlar, mardikorlar, qisman dehqonlar istiqomat qilganlar.
Ma’muriy-hududiy jihatdan Xiva xonligi Xazorasp, Gurlan, Xonqa, Kо‘hna-Urganch, Qо‘shkо‘prik, Pitnak, G‘azovot, Kat, Shohabbos, Shovot, Toshhovuz, Ambor-manoq, Urganch, Xо‘jayli, Shumanay, Qо‘ng‘irot kabi beklik va viloyatlarga bо‘lingan. Xonlik tarkibida Beshariq va Qiyotqо‘ng‘irot noibliklari ham bо‘lgan. Bekliklarni xon tomonidan tayinlangan beklar, noibliklarni noiblar idora qilgan. Bek va noiblar huzurida ularga xizmat qiluvchi kо‘pdan-kо‘p mansabdorlar bо‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |