6. Xonliklar davri tarixiy geografiyasi Tayanch iboralar


Kaspiyorti (Zaksapiy) viloyati xaritasi



Download 1,53 Mb.
bet17/18
Sana02.01.2022
Hajmi1,53 Mb.
#310158
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
6MAVZU

Kaspiyorti (Zaksapiy) viloyati xaritasi


Mustamlakachi sud hokimiyati Turkistonda imperiyaning mustamlaka siyosatini amalga oshirishda asosiy tayanch ma’muriy va majburiy qiluvchi hokimiyat bо‘g‘ini bо‘lgan. Turkistondagi mustamlakachi sud hokimiyati cheklanmagan katta vakolatlarga ega bо‘lgan. Bosh mirshab va bosh prokuror vazifalarini general-gubernatorning о‘zi bajargan. Ma’muriy boshqaruvning har bir bugini boshlig‘i о‘z qо‘llarida sud ishlari va mirshablik ishlari bо‘yicha ham katta vakolatlarga ega bо‘lganlar.

Turkiston shaharlarida politsmeyster lavozimi joriy etilgan bо‘lsa, Toshkentda yangi va eski shaharlarda alohida politsmeysterlar ish olib borganlar. Ularga politsiya pristavlari bо‘ysungan va kо‘p sonli mirshablar ham ularning izmida bо‘lgan.

Turkistonda sud hokimiyati ikki xil - imperiya sudlari va хalq sudlaridan iborat bо‘lgan

Imperiya sudlari imperiya qonunlari asosida faoliyat yuritgan bо‘lsa, хalq sudlari shariat qonun-qoidalari asosida faoliyat yuritgan.

Sudlar, tuman sudlari, sud palatasi huquqidagi viloyatlar boshqarmalari, mirovoy sudlar qurultoylari va harbiy sudlardan iborat bо‘lgan. Davlatga qarshi jinoyatlar va boshqa turdagi siyosiy jinoyatlar, davlat mulkini о‘g‘irlash va talon-taroj etish va boshqa shu kabi jinoyatlar imperiya sudlari tomonidan kо‘rib chiqilgan. Muhim va og‘ir hisoblangan jinoiy ishlar esa harbiy sudlar tomonidan kо‘rilgan. siyosiy bо‘lmagan va asosan mahalliy aholi tomonidan sodir etilgan mayda jinoyatlar shariat qozilari tomonidan kо‘rib chiqilgan, biroq ular rus millatiga va  yevropaliklarga mansub shaxslarning jinoiy ishlarini kо‘rishga huquqsiz bо‘lganlar.

1886 yil 12 iyunda Imperiya harbiy vazirligi huzurida takshil etilgan maxsus komissiya tomonidan ishlab chiqilgan yagona “Turkiston о‘lkasini boshqarish tо‘g‘risidagi Nizom” imperator Aleksandr III tomonidan tasdiqlandi.

Biroq, Nizom tasdiqlanib, amaliyotga joriy etilgandan sо‘ng Nizom borasida bir qator e’tirozlar bildirila boshlandi, e’tirozlarning kо‘pchiligi asosan Nizomni amaliyotga joriy etishda bevosita ishtirok etayotgan amaldorlar tomonidan bildirilgan edi. Shulardan biri 1901-1906 yillarda Turkiston general–gubernatorligi kanselyariyasi ish boshqaruvchisi lavozimida ishlagan G.P.Fedorov tomonidan bildirilgan bо‘lib, unda “Nizomni amalda qо‘llash borasida amalga oshirilgan ilk harakatlardayoq uning mutlaqo yaroqsiz ekanligi ma’lum bо‘ldi”, - degan fikrlar bildirilgan edi.50

1886 yilgi “Nizom”ga asosan mahalliy boshqaruv munosabatlari ma’lum darajada tartibga solindi, sud ishlari, moliyaviy boshqaruv sohasi, nazorat, ta’lim, pochta-telegraf xizmati sohalari Turkiston general gubernatori nazorati ostidan chiqarildi.51

Turkiston о‘lkasi boshqaruvining о‘ziga xos jihatlaridan biri shunda ediki, Turkiston о‘lkasi Rossiya imperiyasining boshqa gubernyalari kabi ichki ishlar vazirligiga emas, balki imperiya harbiy vazirligiga bо‘ysundirilgan edi. Shu sababli dastlab boshqaruvning barcha bо‘g‘inlaridagi amaldorlar asosan harbiylardan tayinlangan bо‘lsalar, 1886 yilgi “Turkiston о‘lkasini boshqarish tо‘g‘risidagi Nizom” amal qilishi boshlangandan sо‘ng ma’muriy lavozimlar harbiy bо‘lmagan kishilirga topshirildi, faqatgina bir vaqtning о‘zida Turkiston harbiy okrugi qо‘shinlari qо‘mondoni sanalgan general-gubernator lavozimiga harbiylardan tayinlash qoidasi saqlanib qoldi.

1886 yilda qabul qilingan  “Turkiston о‘lkasini boshqarish tо‘g‘risidagi Nizom” ga kо‘ra, sudlar faoliyatiga bir oz о‘zgartirishlar kiritildi va tuman sudlari bekor qilindi. Viloyat prokurori va unga yordamchi muovin, sud tergovchisi lavozimlari joriy etildi.

1893 yil 2 iyunda Rossiya imperiyasi Davlat Kengashi tomonidan sud sohasidagi islohotlar tizimi tasdiqlandi. Unga kо‘ra, Toshkent shahrida sud palatasi, viloyatlarda esa bittadan okrug sudlari ta’sis etildi.

1899 yil 14 mayda ochilgan Toshkent sud palatasi barcha sudlar ustidan hududishlarini ham olib borardi.

 Mahalliy sudlar esa, yuqorida ta’kidlaganimizdek, siyosiy tusga bо‘lmagan barcha fuqarolik ishlarini kо‘rib chiqish huquqiga ega edi.

Shaharlar hamma tarixiy davrlarda bо‘lganidek, XIX asr ikkinchi yarmida ham siyosiy harbiy, iqtisodiy va madaniy markazlar vazifalarini bajarganlar.

     Turkiston general gubernatorligiga qarashli Toshkent, Samarqand, Qо‘qon, Marg‘ilon, Andijon, Namangan, Ashxobod yirik shaharlardan sanalsa, mahalliy ahamiyatga ega bо‘lgan Chimkent, Turkiston, Xо‘jand, Jizzax, Kattaqо‘rg‘on kabi shaharlar ham о‘ziga xos ahamiyatga ega bо‘lgan shaharlardan hisoblangan.

     Bosqinchilarning О‘rta Osiyoni mustamlakaga aylantirishi barobarida Kazalinsk, Petro-Aleksandrovsk, Skobelev, Chernyayevka kabi shaharlar va aholi turar joylari barpo etildi. Bosib olingan shaharlarda ruslar yashaydigan alohida turar-joylar barpo etildi va shaharlar yangi hamda eski shaharlar qismlarga ajratildi. Eski shahar aholisining yangi shaharlar hududlariga о‘tishlari mat’iyan ta’qiqlab qо‘yildi. Bu ham milliy kamsitishning bir kо‘rinishi edi. Yangi shaharlarda aholining yashashlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. Shaharlarda rus millatiga mansub fuqarolarning savdo-sotiq qilishlari uchun katta imtiyozlar berildi. Aksincha, musulmon fuqarolarining iqtisodiy jihatdan kuchayib ketmasliklari uchun turli-tuman choralar kо‘rilib turildi.

  Turkiston О‘lkasida shaharlar boshqaruviga mahsus e’tibor XIX asrning 70-yillaridan boshlab kuchaydi. «Shaharlar Nizomini qо‘llash» bо‘yicha ishlab chiqilgan qonun loyihasi 1872 yilda Sirdaryo viloyati boshqarmasida kо‘rib chiqildi va 1877 yildan boshlab bu Nizomni qо‘llash haqida qaror  qilindi. Bu Nizom bosib olingan shaharlardan faqatgina Toshkent va Olmaota shaharlariga nisbatan qо‘llanildi.

     Toshkent о‘zining harbiy, strategik va iqtisodiy jihatdan tutgan о‘rni va joylashuviga asosan Turkiston о‘lkasi shaharlari orasida alohida ahamiyatga ega edi. Shuning uchun ham Toshkent shahri general gubernatorlikning markazi etib belgilangan edi.

      1877 yilda mahsus muvaqqat komissiya tuzilib, Toshkent shahri dumasi saylovlari uchun mahsus tartiblarni belgilab chiqdi. Bunga kо‘ra, Dumaga saylovchilar mol-mulklariga asosan uch toifaga ajratildi. Yetarli miqdorda mulk bо‘lmaganlar saylov huquqidan mahrum etildi.

     2400 saylovchi ishtirokida bо‘lib о‘tgan saylovda shahar Dumasi va boshqarmasi saylandi. Bunda yevropalik millatlariga mansub noiblar uchun uchdan ikki qismi о‘rni ajratildi.

     Shahar boshqaruv faoliyatini hududqiluvchi harbiy gubernatori boshchiligidagi viloyat idorasi tuzildi. 1888 yilda imperator tomonidan Toshkent shahrini boshqaruv ishi ma’qullandi va shu bilan birga uni  hududqilish general gubernatorga yuklatildi. Ichki ishlar vaziri huquqi harbiy okrug qо‘mondoni zimmasiga yuklatildi. Duma oqsoqoli harbiy vazir tomonidan tayinlangan va 1877-1907 yillarda bu vazifani hokim tо‘raning о‘zi bajargan. Shahar ma’muriy politsiya tartiblari asosida boshqarilgan.

Rossiya imperiyasining Turkistondagi agrar siyosatidan kо‘zlagan asosiy va bosh maqsadi о‘lkani Rossiya manfaatlari uchun hizmat qiluvchi xom-ashyo bazasiga aylantirish va eng serhosil yerlar joylashgan hududlarga rus dehqonlarini keltirib о‘rnashtirish edi. Shuningdek, Rossiya imperiyasi yer suv  munosabatlari О‘rta Osiyoda о‘z hukmronligini mustahkamlash va uning imkoniyatlaridan о‘z manfaatlari yо‘lida foydalanishni kо‘zda tutgan edi. 

     1886  yilgi nizomga kо‘ra, rus dehqonlaring О‘rta Osiyoga   kо‘chib kelishlari uchun katta imtiyozlar berildi. Shuningdek, bu nizomga kо‘ra, “bо‘sh yotgan davlat yerlariga” birinchi navbatda harbiy hizmatdan bо‘shatilgan harbiy xizmatchilarni qо‘yish kо‘zda tutildi.

Imperiyaning Turkistondagi yer  suv masalalariga doir siyosatida quyidagi siyosat amalga oshirildi:

Turkistonda barcha yerlar davlat mulki deb e’lon qilindi, о‘troq mahalliy aholiga yer merosi yakka jamoa ekanligi tariqasida, kо‘chmanchi aholiga esa azaliy dehqonchilik odatlariga rioya etilgan holda, muddati cheklanmagan holda jamoa bо‘lib foydalanish uchun topshirildi;

О‘troq aholi yashaydigan joylarda  yer, undan amalda foydalanganga biriktirib qо‘yildi;

Dastlab vaqf yerlariga soliq joriy etilgan bо‘lsa, keyinroq bu mulklar butunlay tugatilib yuborildi;

Shahar tashqarisida mahsus kо‘chiruv fondlaridan tashqari rus aholisiga yer ajratish ta’qiqlandi;

Yevropaliklar, xususan, ruslar tomonidan mahalliy aholi yerlarini sotib olish mutlaqo ta’qiqlab qо‘yildi va bu qonun 90-yillarning oxirigacha saqlanib qolindi.

Bular bilan birga soliqlar ham imperiya manfaatlari nuqtai nazaridan qayta kо‘rib chiqildi va kuchaytirib yuborildi. Asosiy e’tibor paxta yetishtirishga qaratildi va yangi yerlar sug‘orish tarmoqlarini kengaytirish kо‘zda tutildi.

Rus mustamlakachi hukumati Turkistonda qishloqlarni boshqarishda 1867 yilgi «Vaqtli Nizom loyihasi»ga amal qildi. Bu idora usuli mahalliy хalqlar boshqaruv siyosatiga zid bо‘lib, Rossiyadagi ruscha idora usulida edi.

Bu Nizomga kо‘ra, kо‘chmanchi aholiga ikki bosqichli (volost va ovul), о‘troq aholiga esa bir bosqichli (oqsoqollar) boshqaruv tizimi joriy etildi.

Volost asosini mingdan ikki minggacha xonadon tashkil etsa, ovul jamoalarini yuzdan ikki yuzgacha bо‘lgan о‘tovlar aholisi tashkil etgan. Bu bilan kо‘chmanchi aholi о‘rtasidagi urug‘chilik asosidagi bо‘linish barham topdi. Bu siyosat hokimiyatga soliqlarni belgilash va yig‘ib olishda ham qо‘l kelib uni takomillashtirishga harakat qildi.

1886 yilgi “Turkiston о‘lkasini boshqarish tо‘g‘risidagi Nizom”ga kо‘ra о‘troq aholining bir bosqichli boshqaruv tizimi bekor qilindi va ikki bosqichga aylantirilib, oqsoqolliklar volostlarga birlashtirildi. Ovul jamoalari va oqsoqollar vakillari yig‘ini barcha saylovchilar yig‘ilishi bilan almashtirildi.

Aholi saylovlar yо‘li bilan volost va oqsoqolliklarga mingboshilarni saylardi. Mingboshi volost boshqaruvchisi bо‘lib, qishloq, ovul oqsoqoli tomonidan uch yil muddatga saylangan. U о‘z faoliyatini rus mustamlakachi ma’muriyati tasdig‘idan о‘tgandan sо‘nggina boshlagan. Aholining “qirg‘izlar va sartlar” iborasi bilan atash 1886 yilgi Nizomga kо‘ra “о‘troq va kо‘chmanchi” tarzida о‘zgartirildi.

Volost boshqaruvchisini saylovchilar vakillarining qurultoyi saylagan. Bunda ikki nomzod kо‘rsatilib, ikkinchisi uning muovini bо‘lgan. Bu nomzodlar harbiy gubernator tomonidan tasdiqlanmasa, bekor qilingan va boshqasi tayinlangan yoki harbiy gubernator kо‘rsatgan shaxs bu vazifaga kirishgan. Shu tariqa rus mustamlakachi hokimiyati qishloqlardagi boshqaruv faoliyatini ham о‘z qо‘lida mustahkam saqlab turgan.

Chor hukumati о‘lkani harbiy kuch bilan uzoq muddat saqlab turish mumkin emasligini yaxshi anglardi. Shu boisdan ham u  Turkistonda assimilyatsiya, Yа’ni rus millatiga mansub aholi bilan  mahalliy aholini aralashtirib yuborish siyosatini tutdi. Bu borada imperiyaning kо‘chiruvchilik siyosati alohida о‘rin tutadi.

Kо‘chiruvchilik siyosati Turkiston general gubernatorligi tashkil etilgan 1867 yildayoq boshlab yuborildi.

1869 yilda Yettisuvdagi dehqonlar manzilgohlari tо‘g‘risida qoidalar ishlab chiqdi. Bu hududda 1869-1882 yillarda 25 ming kishilik aholisi bо‘lgan 29 ta rus qishlog‘i, Sirdaryo viloyatida esa 1300 kishilik  aholisi bо‘lgan 19 ta rus  qishlog‘i barpo etildi.

1886 yilig Nizomga  kо‘ra, о‘lkaga rus aholisining kо‘chib kelishiga siyosiy tus berildi va har bir kо‘chib keluvchiga 10 desyatinadan kam bо‘lmagan yer ajratilishi kо‘zda tutildi.

Yuqorida aytganimizdek, 1875 yilda Avliyootada ilk rus qishlog‘i barpo etilgandan boshlab о‘tgan 15 yil davomida, Yа’ni 1890 yilgacha Turkiston о‘lkasida 1300 oiladan iborat 19 ta rus qishlog‘i barpo etilgan bо‘lsa, Rossiyada ocharchilik yuz bergan 1891-1892 yillarda Turkistonga kо‘chib keluvchilar soni keskin ortdi va shu ikki yil davomida 25 ta rus qishlog‘i paydo bо‘ldi. О‘lkadagi rus deqonlarining soni ikki barobar ortdi.

Bu davrda Rossiya imperiyasining ichki hududlaridan kо‘chirib keltirilgan dehqonlarning Turkistonga kelib joylashishi tartibsiz ravishda ommaviy tus ola boshladi va hokimiyat tomonidan ularga yaratib berilgan imkoniyat tufayli mahalliy dehqonlarga qarashli bо‘lgan hosildor yerlardan о‘z egalari mahrum qilindi, bu yerlar esa «bо‘sh yotgan davlat yerlari» sifatida kelgindi rus dehqonlariga taqsimlab berildi.

О‘lkada kо‘chirib keltirilganlarning salmog‘i bir oz ortgach, mustamlakachi ma’muriyat ularni qurollantirish va zurur bо‘lgan hollarda mahalliy aholi noroziliklari, qо‘zg‘alonlari, isyonlarini bostirishda foydalanish siyosatini amalga oshira boshladi. Shu maqsadlarda 1896-1897 yillarda tо‘rt minga yaqin  kо‘chirib keltirilganlar miltiq va о‘q-dorilar bilan ta’minlandi. Bu bilan Rossiya imperiyasi kо‘chiruvchilik siyosati harbiy- siyosiy maqsadlarni kо‘zlab amalga oshirilganligini kО‘rsatdi.  

XX asr boshlariga kelib Turkiston о‘lkasi boshqaruv tizimining mukammal emasligi о‘zining bir qator sohalarda ham namoyon qildi. Masalan, bunday holatni kо‘chiruvchilik siyosatida ham kо‘rish mumkin. Kо‘chiruvchilik ishlari bilan shug‘ullanuvchi boshqarma 1905 yilga qadar Imperiya Ichki ishlar vazirligiga bо‘ysungan bо‘lsada, asosiy kо‘rsatmalarni general-gubernator hamda viloyatlarning harbiy gubernatorlaridan olardi, bundan kо‘rish mumkinki, ularning bevosita aynan kimga bо‘ysunishlar noma’lumligicha qolgan edi. Nazoratning noma’lumligi va umuman amalga oshirilmasligi natijasida kо‘chiruvchilik boshqarmasi va Turkiston о‘lkasi boshqaruv ma’muriyati о‘rtasida jiddiy ziddiyat kelib chiqdi. Ziddiyatning asosiy muammosi shunda ediki, kо‘chiruvchilik boshqarmasi mutasaddilari Turkiston о‘lkasidagi eng yaxshi, hosildor yerlarni kо‘chib keluvchilarga taqsimlab berish siyosatini yuritgan bо‘lsalar, Turkiston о‘lkasi boshqaruv ma’muriyati bu siyosatning notо‘g‘riligi va u mahalliy хalqlarning jiddiy noroziligi keltirib chiqarishga olib kelishini, bunda aksincha, yangi yerlarni о‘zlashtirish, ularni sug‘oriladigan yerlarga aylantirish, mahalliy xalqlarning yerlarini о‘zida saqlab qolgan holda kо‘chib keluvchilarga yangi о‘zlashtirilgan yerlardan taqsimlab berish lozimligi kо‘rsatdilar. Kо‘chiruvchilik boshqarmasi esa о‘z navbatida Turkiston о‘lkasida mahalliy aholiga kerak bо‘lmagan va о‘troq hо‘jalik yuritish mumkin bо‘lgan yerlarning kо‘pligini tasdilashga harakat qilardi. Ziddiyatning yakuni sifatida Imperiya harbiy vaziri infanteriya generali A.F.Redigerning 1908 yil fevralda Imperiya Vazirlar Mahkamasiga Turkistonga kо‘chiruvchilik jarayonlarini vaqtinchalik tо‘xtatish haqidagi murojaat qilishini kо‘rsatib о‘tish mumkin, natijada Rossiya imperiyasining barcha gubernatorlari vazirlar mahkamasi tomonidan “Turkistonda bо‘sh yerlar yо‘q” degan qarori bilan tanishtirildi.52

Chor Rossiyasi О‘rta Osiyoni bosib olgach, bu yerda о‘z manfaatlarini oshirish borasida turli siyosatlar va tadbirlarni amalga oshira boshladi. Mustamlaka hukumatning amalga oshirgan ishlaridan biri Turkistonda temir yо‘lning barpo etilishi bо‘ldi.

Turkistonda temir yо‘l ikki asosiy maqsadni harbiy strategik va iqtisodiy maqsadlarni kо‘zlab qurildi.

Harbiy strategik nuqtai nazardan olsak, о‘lkaning qay bir yerida mustamlakachilikka qarshi kurashlar yuzaga kelmasin, uni bostirish uchun harbiy kuchlarni safarbar etish va yetkazib berish, mustamlaka hokimiyatini saqlab turishda harbiy soha imkoniyatlarini kengaytirish kо‘zda tutilgan.

Keyingi yillarda kо‘plab yetishtirilayotgan xom-ashyolar va yer osti va yer usti boyliklarini kо‘plab miqdorda va tezroq Rossiya hududlariga yetkazib borish iqtisodiy maqsadlarni kо‘zlagan edi.

О‘rta Osiyo temir yо‘lining dastlabki izlari 1880 yilda Mixaylovo postidan Mullaqorigacha bо‘lgan 26 km masofada yetkazildi. 1881 yil 20 sentabrida Mixaylovdan Qizil Arvotgacha 232 km masofada temir yо‘lda qatnovlar boshlandi. 1885 yilda Ashxobodga, 1886 yilda Marv, Chorjuy va  Amudaryogacha temir izlari yetkazildi.

Temir yо‘l Samarqand bilan ham tutashtirildi, 1898 yilda Marv -Kushka shaxobchasi qurilib, bir yildan sо‘ng Farg‘ona vodiysi va Toshkent ham temir yо‘l bilan tutashtirildi. 1900 yil boshlangan Toshkent - Orenburg temir yо‘li 1905 yilda qurib bitkazildi va keyingi yillarda О‘rta  Osiyoning barcha asosiy nuqtalari temir izlari orqali birlashtirildi. Bu esa Rossiya imperiyasiga har yili Turkiston о‘lkasidan minglab tonnalar  miqdorida qimmatbaho yuklarni olib chiqib ketish imkoniyatini berdi.

О‘lkada temir yо‘lining tushirilishi natijasida bir qancha sanoat korxonalari ham yuzaga kela boshladi. Bu  saonat korxonalarida xom-ashyoga dastlabki ishlov berilardi.

Birinchi paxta tozalash zavodi 1879 yilda Toshkentda savdogar Nazarov tomonidan ishga tushirildi. 1885 yilda esa Andijonda savdogar Xо‘jayev tomonidan ikkinchi paxta tozalash zavodiga asos solindi va shu tariqa birin ketin turli sanoat korxonalari barpo etila boshlandi. 1867-1900 yillar davomida Turkiston о‘lkasida 170 korxona ishga tushirildi.  Ularning asosiy qismi paxta tozalash zavodlari bо‘lib, bulardan tashqari yog‘-moy ishlab chiqarish, choy qadoqlash, aroq, vino tayyorlovchi korxonalar ham barpo etilgan edi. Boshqacha aytadigan bо‘lsak, Turkiston о‘lkasining yalpi sanoat ishlab chiqarishning 80 foizdan ortig‘i paxtani qayta ishlovchi korxonalar xissasiga tо‘g‘ri kelardi.

Bu korxonalarda asosan yevropalik ishchilar ishlagan bо‘lsalar, keyingi yillarda mahalliy aholi vakillari ham katta qiyinchiliklar bilan yollanma ishchilarga aylana boshladilar. Shu tariqa Turkiston Rossiya imperiyasining mustamlakasiga aylantirilgach, bu yerda jahonning hech bir davlati qо‘llamagan mustamlakaga idora  usuli joriy etildi va bu idora usuli о‘lka хalqlarini uzoq vaqtlar mustamlaka sirtmog‘ida tutib turishni kо‘zda tutdi. 



1 Buxoro arki. О‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. - T.: “О‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, - B. 756-758.

2 О‘ljayeva SH. Kitob-Kiftiob shahrining qisqacha tarixi. https://es-la.facebook.com


11 Bobobekov H.N. Qо‘qon tarixi. – T.: Fan, 1996. – B. 87.


3 U.Abdullayevning “Qо‘qon xonligi aholisining etnik tarkibi” nomli maqolasi materiallaridan foydalanildi. Qarang: http://www.e-tarix.uz.


11 Shamsutdinov R., Mo`minov X. O`zbekiston tarixi. Ma`sul muharir S. Inoyatov. – T.: Sharq, 2013. - B. 323.

4 Doniyorov A.X., Bо‘riyev O., Ashirov A. Markaziy Osiyo xalqlari etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi. - T.: Yangi nashr, 2011. – B. 150-156.

5 Qо‘qon xonligida savdo munosabatlari. 33-b.

6 О‘sha joyda 34-b

7 Agzamova G. A. Sо‘nggi о‘rta asrlar О‘rta Osiyo shaharlarida hunarmandchilik va savdo. - T., О‘zbekiston, 2000.-B. 19.

8 Agzamova G. Marg‘ilon hunarmandchiligigiga oid ayrim ma’lumotlar // Margilon shahrining Jahon sivilizasiyasi tarixidagi о‘rni. Margilon shahrining 2000 yillik yubeliyiga bag‘ishlangan xalkaro ilmiy konferensiyasi materiallari. – Toshkent - Marg‘ilon, 2007. - B. 115.

9 Qо‘qon xonligida savdo munosabatlari... –B. 38.

10 Abdullayev T. XIX - XX asrlarda о‘zbek kandakorligi. - T., 1974. – B. 103

11 Musayev D., Hoshimov H. Andijonning XIX asr ohiri - XX asr boshlari davri xunarmandchiligi tarixini о‘rganilishiga doir // Marg‘ilon shaxrining Jahon sivilizasiyasi tarixidagi о‘rni. Marg‘ilon shaxrining 2000 yillik yubeliyiga bag‘ishlangan xalkaro ilmiy konferensiyasi materiallari. - Toshkent - Marg‘ilon, 2007. - B. 123.

12 Pud - og‘irlik о‘lchov birligi bо‘lib, 1884 yilgi ma’lumotlarga kо‘ra 10 Qо‘qon pudi 163,805 kg.ga teng bо‘lgan.

13 О‘sha joyda. – B. 42.

14 O‘sha joyda

15 О‘sha joyda

16 Agzamova G. A. Sо‘nggi о‘rta asrlar О‘rta Osiyo shaharlarida hunarmandchilik va savdo. - T., О‘zbekiston, 2000. - B. 31.

17 Qо‘qon xonligida savdo munosabatlari... – B. 44.

18 Isoqxon Ibrat. Tarixi Farg‘ona. - T.: Meros, 1991.

19 Зотов А., Якубов Б., Смирнов Х., Чабров Г. Города Ферганской долины. - Т., 1963. - С. 140.

20 Веляминов-Зернов Б. В. Торговое значение Коканского ханства для русских. // ИРГО. - СПб., 1854. - С. 42.

21 Qо‘qon xonligida savdo munosabatlari. – B. 30.

22 SH.Vohidov. Qо‘qon tarixnavislik maktabining shakllanishi. Tar.fan.dok...diss. - T., 1998.

23Mirza Olim Mushrif. Qо‘qon xonligi tarixi. - T., 1995.

24 Muhammad Azyu Marg‘iloniy.Tarixi Aziziy. Nashrga tayyorlovchilar SH. Vohidov, D. Sangirova. - T.: Ma’naviyat, 1999. - B. 70 - 71.

25 Qо‘qon xonligida savdo munosabatlari... – B. 42.

26 Botmon - ogirlik o‘lchov birligi bo‘lib, 1884 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra bir Qo‘qon botmoni 10 pudga va 163,805 kg.ga teng bo‘lgan.

27 Qo‘qon xonligida savdo munosabatlari... – Б. 45.

28 О‘sha joyda

29 О‘sha joyda

30 Muhammad Aziz Marg‘iloniy. Tarixi Aziziy. - T., 1999. - B. 71.

31 Bobobekov H. Qо‘kon tarixi. - T., 1996. - B. 112.

32 O‘sha joyda.

33 Qo‘qon xonligida savdo munosabatlari.. – B. 47.

34 Qo‘ldoshev SH. Qo‘qon xonligi va Qashqar o‘rtasidagi savdo aloqalari // "Qo‘qon asrlar silsilasida" Respublika ilmiy-nazariy anjumani. - Qo‘qon, 2004. - B. 301-303.; Qo‘qon xonligining Sharqiy Turkiston bilan iqtisodiy alokalarida Marg‘ilonning tutgan o‘rni // "Margilon asrlar silsilasida" Respublika ilmiy-amaliy seminar materiallari. Fargona., 2005. – B. 77-80.

35 Qо‘qon xonligida savdo munosabatlari... – B. 64.

36 O‘sha joyda.

37 Qo‘qon xonligida savdo munosabatlari.. – B. 66.

38 O‘sha joyda.

39 Qo‘qon xonligida savdo munosabatlari... – B. 67.

40 O‘sha joyda.

41 O‘sha joyda.

42 O‘zR MDA, I. 1 - fond, 20 - ro‘yhat, 1394 - ish, 8 - varaq.

43 Qо‘qon xonligida savdo munosabatlari... - B. 71.

44 Qо‘qon xonligida savdo munosabatlari ... – B. 74.

45 O‘sha joyda. – B. 77.

46 Xurshut Enver. Hakimxonning hayotn va sayohatlari. - T.: Fan, 1987. - B. 32.

47 Qо‘qon xonligida savdo munosabatlari... – B. 82.

48

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish