18variamt
1-savol Tijorat banklarini tugatish tartibi.
bankni tugatish — boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga huquqiy vorislik tartibida huquqlar va majburiyatlar o‘tmagan holda bank faoliyatini tugatish;
tugatuvchi yoki tugatish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda tugatuvchi) Markaziy bank bilan kelishilgan holda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan tayinlanadi.
Tugatish komissiyasi tarkibiga Markaziy bank va uning bank joylashgan manzil bo‘yicha hududiy Bosh boshqarmasi mutaxassislari kiritilishi mumkin.
Banklar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida ko‘zda tutilgan asoslar va tartib bo‘yicha, bank qonunchiligi va mazkur Nizom bilan belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda tugatiladi.
Tugatish jarayonining maqsadi bank omonatchilari va kreditorlari talablarini tezlik bilan qondirishdan iborat.
Bank ixtiyoriy yoki majburiy ravishda tugatilishi mumkin (Markaziy bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya chaqirib olinganida).
Litsenziya chiqarib olinganligi haqidagi ma’lumot ommaviy axborot vositalarida, shuningdek Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi lozim.
2 savol . Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tijorat banklari aktivlarini
boshqarish strategiyasi.
Bank aktivlari deyilganda-bank faoliyatida amalga oshirilgan va oshiriladigan amaliyotlari jarayoni-da mablag‘ni xarid qilish, foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish natijasida iqtisodiy manfaat keltiruvchi moddiy va nomoddiy mablag‘lar tushuniladi.
Iqtisodiy manfaat odatda aktivlarda pul oqimi shaklida namoyon bo‘ladi.Naqd puldan tashqari har qanday resurs aktivga aylanishi uchun alohida yoki biror bir boshqa resurs bilan birgalakda bevosita yoki bilvosita pul oqimini ta’minlashi zarur.
Bank aktivlari, bankning aktiv amaliyoti natijasida shakllanadi, ya’ni bank balansini likvid holda ushlab turib, o‘z va jalb qilingan mablag‘larni foyda olish maqsadida joylashtirish faoliyatini ta’minlaydi.Bank aynan aktiv amaliyotlari natijasida daromadining asosiy qismini oladi.
Tijorat banklari aktivlarining o‘ziga xos belgilariga qarab guruhlanishi:
Bank aktivlarining tarkibi deyilganda bank balansining aktiv qismida joylashgan moddalarning sifat nuqtai nazaridan uning umumiy miqdoridagi ulushi tushuniladi.
Aktivlarning sifat darajasi bankning maqsadga muvofiq tarkibiy tuzilishi, aktiv operatsiyalarning diversifikatsiyasi, riskli aktivlarning hajmi, riskli va to‘lasholmagan aktivlarning salmog‘i va ularning o‘zgaruvchanligi kabi xususiyatlari bilan baholanadi.
Tijorat banklarining aktivlari ularning balansida likvidlilik darajasiga ko‘ra aks ettiriladi.
Aktivlar sifati quyidagi omillar bilan aniqlanadi:
Banklarning aktiv operatsiyalar hajmini, jumladan, kreditlash va investitsiyalash imkoniyatlarini oshishiga zamin yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |