Tarozida to'g'ri tortish uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak 1. Jismni tarozida tortishda to'g'ri natija olish uchun uni gorizontal holatda o'rnatish kerak.
2. Tarozi pallasiga ho'l va iflos jismlarni qo'ymaslik kerak.
3. Mayda toshlarni tarozi pallasiga pintset (qisqich) bilan ushlab qo'yiladi.
Ishni bajarish tartibi: 1. Tarozini gorizontal tekislik ustiga yorug' joyga qo'yiladi.
2. Torozini ishga tushirish uchun ON tugmasi bosiladi.
3. Ko'rsatish tablosida 0 raqami paydo bo'lganda u ishga tayyor deb hisoblanadi.
4. Pallaga tosh bo'lagi qo'yiladi va ko'rsatish tablosidagi jism massasi qayd etiladi.