6-sinf tarix I bob



Download 95,18 Kb.
bet4/6
Sana29.05.2022
Hajmi95,18 Kb.
#616116
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-Tarix-test

III BOB

1.Qadimgi yunonlar orasida dengizchilik rivoj topishiga imkon yaratgan omilni aniqlang.
A) yunonlarning aksariyati dengiz sayohatchisi bo‘lganligi
B) Yunonistonda qayiq va kemalar yasash uchun qulay bo‘lgan dub daraxtining mavjudligi
C) O‘rtayer dengizi unchalik chuqur bo‘lmaganligidan aholining barcha vakillari dengiz sayohatiga chiqa olganligi
D) Egey dengizidagi ko‘p sonli katta-kichik orollar, qulay gavanlar va buxtalarning mavjudligi
2. Quyidagi qaysi qal’aning qurilishi natijasida Afina shahri vujudga keldi?
A) Akropol B) Ellada C) Fessaliya D) Frakiya
3. Qadimgi Afinadagi palestrlarda mashhur haykaltaroshlar ishlagan haykallar turgan bo‘lib, ushbu haykallar vositasida yigit kishi qanday bo‘lishi kerakligi uqtirilgan?
A) kuchli, jismonan barkamol va o‘z vatani himoyasiga shay turishi
B) haykaldagi siymo singari jismonan kuchli va baquvvat bo‘lishi
C) haykallarning yuz qiyofasida ifodalanganidek ma’naviy jasorat sohibi bo‘lishi
D) haykallardek chiroyli qaddi-qomat sohibi bo‘lish
4. Afinada oliy ma’lumot beradigan o‘quv yurtlari ham bo‘lib, u yerda ta’lim olish muddati necha yil davom etgan?
A) 6-7 yil B) 2-3 yil C) 3-4 yil D) 8-10 yil
5. Qadimgi Spartada ajnabiylarga qanday munosabatda bo‘linar edi?
A) ular Sparta davlatining eng quyi lavozimlarida ishlagan
B) ajnabiylar ma’lum muddat o‘tib Sparta fuqarosi bo‘lishi mumkin edi
C) ajnabiylar Spartaga kiritilmagan
D) ularga qul sifatida qaralar edi
6. Sparta madaniyatining sustlashiga qanday omil o‘z ta’sirini o‘tkazdi?
A) spartaliklarning doimiy ravishda qo‘shni davlatlarga qarshi urushi
B) yalpi harbiy tayyorgarlik
C) mahalliy ilotlarning doimiy qo‘zg‘olonlari
D) “dengiz xalqlari”ning bosqini
7. Qadimgi Yunonistonda o‘z vatanini tark etib, o‘zga yurtga ko‘chib ketadiganlar paydo bo‘la boshladi. Dastlab kimlar Yunonistondan ketib o‘zga yurtga borib o‘rnashdilar?
A) qullikdan ozod bo‘lgan erkin dehqonlar
B)zodagonlardan qarzdor bo‘lib qolgan, o‘z yer va mulkiga ega bo‘lmagan boshpanasiz, yupun va och odamlar
C) o‘z yerlarini ko‘paytirish maqsadida yo‘lga chiqqan yirik yer egalari va zodagonlar
D) mamlakatdan quvg‘in qilingan qochqinlar
8. Attika aholisi uch katta guruh: qullar, meteklar va fuqarolarga bo‘lingan bo‘lib, mil. avv. VI asrga kelib aholi ikki guruh: fuqarolar va qullarga ajratiladigan bo‘ldi. Bu nimaning natijasida sodir bo‘ldi?
A) Solon islohotlari natijasida
B) mamlakatdan fuqarolik olmagan kimsalarning chiqarilib yuborilishi
C) Drakont qonunlarining bekor qilinishi natijasida
D) aslzodalar hokimiyatining o‘rnatilishi natijasida
9. Afinada qaysi davlat organiga strateg boshchilik qilgan?
A) Senat B) Xalq tribuni C) Xalq sudyasi
D) Beshyuzlar kengashi
10. Quyidagi voqealarning qaysilari Perikl hukmronligi davrida amalga oshirilgan?
1) boshqaruv tizimi – aristokratiya demokratiyaga almashtirildi; 2) Xalq majlisidagi lavozimlarga haq to‘lash joriy qilindi; 3) Parfenon ibodatxonasi qurildi; 4) huquq va majburiyatlar borasida barchani tenglashtiruvchi qonunlar tuzildi; 5) Afinadan to Pirey dengiz portigacha mudofaa devorlari qurish to‘g‘risida buyruq berildi; 6) Xalq majlisi faoliyati tiklandi
A) 1, 2, 3 B) 3, 4, 5 C) 1, 4, 6 D) 2, 3, 5
11. Yunoniston-Eron urushi necha yil davom etdi?
A) 44 yil B) 41 yil C) 45 yil D) 35 yil
12. Quyidagi voqealardan qaysi biri mil. avv. VI asr oxirida yuz bergan?
A) Solon islohotlari o‘tkazildi
D) Fors viloyatida ahamoniylar davlati tashkil topdi
C) Eron shohlari Kichik Osiyodagi yunon polislarini bosib oldilar
D) Afinadan to Pirey dengiz portigacha mudofaa devorlari qurildi
13. Marafon jangidan 10 yil o‘tgach – ...
1) Ahamoniylar davlatida Kserks hukmronligi boshlandi; 2) Plateya shahri yaqinida yunonlar tomonidan forslar qo‘shini tor-mor keltirildi; 3) Fermopil jangi bolib o‘tdi; 4) Marg‘iyonada forslarga qarshi qo‘zg‘olon boshlandi; 5) Sparta va Afina o‘rtasidagi Peloponnes urushi boshlandi; 6) Kserks juda katta qo‘shin bilan Yunonistonga bostirib kirdi; 7) yunonlar va forslar o‘rtasida Salamin bo‘g‘ozida hal qiluvchi dengiz jangi bo‘lib o‘tdi; 8) Leonid oshchiligida “Uch yuz spartaliklar jasorati” sodir bo‘ldi
A) 1, 5, 8 B) 3, 6, 7, 8 C) 2, 4, 6, 7 D) 6, 8
14. Qaysi jangdan so‘ng fors shohi Kserks o‘z flotining qoldiqlari bilan Yunonistonni tark etishga majbur bo‘ldi?
A) Salamin jangi B) Marafon jangi
C) Plateya jangi D) Fermopil jangi
15. Yunoniston-Eron urushi davrida sodir bo‘lgan janglarni aniqlang.
l) Granik; 2) Marafon; 3) Fermopil; 4) Kann; 5) Salamin; 6) Troya; 7) Puni; 8) Beotiya; 9) Plateya; 10) Xeroniya.
A) 1, 3, 5, 9 B) 1, 2, 3 C) 2, 3, 5, 9D) 2, 4, 5, 9, 10
16. Nima sababdan ko‘pgina yunonlar Makedoniya podshosi Filipp II ning Yunonistonni bosib olishiga qarshi emas edi?
A) Filipp II davlatni egallab olgach Yunonistonda tinchlik o‘rnatishga vada bergan edi
B) yunonlar Filipp II tartib o‘rnatadi va polislar o‘rtasida tinchlikni barqarorlashtiradi deb umid qilar edi
C) yunonlar kuchli odamning hukmdor bo‘lishini va qo‘shni xalqlarni bo‘ysundirishiga umid qilar edi
D) Filipp II Yunonistonni bosib olsa, barcha urushlar shu bilan tinchiydi deb hisoblashgan
17. Mil. avv. 337-yilda yunon shahar-davlatlarining ittifoqi qaysi shaharda tuzildi?
A) Sparta B) Korinf C) Afina D) Messina
18. Xeroniya jangidagi g‘alabadan so‘ng Yunonistonni bosib olgan Filipp II yunon shahar-davlatlariga qanday munosabatda bo‘ldi?
A) yunon shahar-davlatlarini erkin deb e’lon qildi
B) yunon shahar-davlatlarini Makedoniya ostida birlashtirdi
C) yunon shahar-davlatlari tashqi siyosatda Makedoniyaga qaram qilib qo‘ydi
D) yunon shahar-davlatlarini O‘rtayer dengizidagi kaloniyalaridan mahrum qildi
19. Quyidagi tushunchalarning qaysilari yunonlarning "Iliada" dostoniga taalluqli?
1) “Sikloplar oroli”; 2) “Troya oti”; 3) “Odisey tovoni”; 4) “Stiks daryosi”; 5) “Argo kemasi”; 6) “Axilles tovoni”; 7) “oltin mo‘yna”; 8) “Axilles hiylasi”
A) 1, 5, 8 B) 2, 6, 7, 8 C) 2, 5, 6, 7, 8D) 2, 4, 6
20. Mashhur yunon shoir-dramaturgi Sofoklning tragediyalari berilgan qatorni aniqlang.
A) “Qushlar”, “Forslar”B) “Shoh Edip”, “Antigona”
C) “Shoh Edib”, “Baqalar”D) “Antigona”, “Suvoriylar”
21. Mashhur yunon olimi Arximedga taalluqli bo‘lgan fikrni aniqlang.
A) barcha narsa ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda-mayda zarralardan – atomlardan tashkil topgan degan nazariyani ilgari surgan
B) Dunyodagi barcha narsa olovdan hosil bo‘lganligi haqidagi nazariyani ilgari surgan
C) ko‘zgular tizimidan foydalanib yorug‘likni bitta yo‘nalishga jamladi va yunonlar ustiga hujum qilib kelayotgan rimliklar kemalarini yondirib yubordi
D) dengizni uzoq kuzatishi orqali yerning shar shaklda ekanligini aniqladi
22. Mashhur yunon fizigi va matematigi Arximed qaysi shaharda rimliklar tomonidan o‘ldiriladi?
A) Frakiya B) Sirakuza C) Fessaliya D) Afina
23. Qadimgi yunonlarda Olamga (osmon, yer, dengizda) hukmronlik qiladigan uch xudo qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Apollon, Aid, FemidaB) Zevs, Afina, Apollon
C) Zevs, Poseydon, AfinaD) Zevs, Poseydon, Aid
24.Qadimgi yunonlarning e’tiqodicha, xudolar Yunonistonning qaysi hududlarida yashashgan?
1)Frakiya chegarasida; 2) Makedoniya va Fessaliya chegarasidagi tog‘da; 3) Krit orolida; 4) Elida viloyatida; 5) Itaka orolida; 6) Olimp tog‘ida; 7) Afina shahridagi tog‘larda; 8) Peloponnesda.
A) 2, 4, 6 B) 1, 5 C) 1, 2, 3, 6 D) 2, 5, 6, 8
25. Quyidagi qaysi qatorda yunon xudolarining ta’rifl noto‘g‘ri berilgan?
A) Demetra – dehqonchilik va hosildorlik xudosi
B) Gefest – temirchilik va hunarmandchilik xudosi
C) Germes – sevgi xudosi
D) Gelios – quyosh xudosi
26. Izohi bir xil bo‘lgan Misr va Yunoniston xudolari nomi berilgan javobni aniqlang.
1) Maat – Femeda; 2) Osiris – Aid; 3) Bastet – Afroteda; 4) Amon-Ra – Geleos; 5) Xatxor – Germes; 6) Tot – Eros
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 6 C) 3, 4, 5 D) 1, 3, 5, 6
27. Yunonlarning oliy xudosi Zevsning ukasi – dengiz xudosi, qizi – donishmandlik ilohasi. Uning o‘g‘li qanday xudo hisoblangan?
A) quyosh xudosi
B) yorug‘lik, musiqa va she’riyat xudosi
C) muhabbat, she’riyat va go‘zallik xudosi
D) o‘rmonlar va ovchilik xudosi
28. Quyidagi atamalar orasidan Qadimgi Yunonistonga taalluqligini aniqlang.
1) ilot; 2) goplit; 3) plebey; 4) polis; 5) konsul; 6) patritsiy; 7) oykumena; 8) got; 9) metek; 10) kolon; 11) palestr; 12) mino.
A) 1,2,4,7,9,11 B) 1,2,4,7,8,9,10
C) 1, 2, 3, 4, 8, 9, 10, 12 D) 1, 2, 5, 6, 7, 10,11
29. Qadimgi Yunoniston geograflk o‘rnining o‘ziga xosligi nimada?
1) Reyn daryosining joylashganligi; 2) o‘rmonlarning kamligi; 3) mamlakatning uchdan bir qismini tog‘lar egallaganligi; 4) ko‘plab cho‘llardan iboratligi; 5) jazirama havo, ishlov berish uchun qulay serunum yerlar, o‘rmonlar va botqoqlarning mavjudligi; 6) serunum dalalar faqat vodiylarda bo‘lganligi.
A) 2, 3, 6 B) 1, 3, 5 C) 2, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 5
30. Nima sababdan Qadimgi oddiy yunon dengizchilari qisqa masofalarga suzishgan?
A) O‘rtayer dengizining xaritasi bo‘lmaganligi sababli
B) O‘rtayer dengizida qaroqchilik holatlarining ko‘pligi sababli
C) qayiqlar uzoq masofaga boradigan darajada sifatli qilinishining imkoni bo‘lmaganligi sababli
D) oddiy eshkakli qayiqlar mavjudligi va kompasning bo‘lmaganligi sababli
31. Olimp tog‘i Yunonistonning … joylashgan.
A) janubiy-sharqidaB) markaziy qismida
C) sharqidaD) shimoliy-sharqida
32. Qadimgi Yunonistonga xos bo‘lgan atamalarni toping?
A) polis, en, falanga, zand
B) teatr, tragediya, agora, kentavr
C) pedagog, sepat, demokratiya, teatr
D) sarkofag, polis, tamkar, teatr
33. Ma’lumki, Afinada harbiy xizmat ikki yil davomida o‘talgan. Xizmatning har bir yili uchun alohida majburiyatlar yuklangan edi. Javoblarning qaysi birida xizmatning birinchi yili uchun askarlarga yuklanmagan majburiyat keltirilgan?
A) Qurol taqib yurish
B) Ochlik va sovuqqa chidamli bo‘lish
C) safda yurish
D) Attika chegara qal’alarida harbiy xizmat o‘tash
34. Afinada qachondan boshlab davlat organlarida ishlashga muayyan haq to‘lana boshlandi?
A) mil.avv.V asrB) mil. avv. IV asr
C) mil.avv.III asr D) mil.avv.VI asr
35. ”Akropol” so‘zining ma’nosi nima?
A) shahar-davlat B) yuqori shahar
C) shahar maydoni D) bozor
36. Quyidagilarning qaysi biri Afina davlatiga katta daromad keltirgan?
A) bog‘dorchilik va savdo-sotiq
B) uzumchilik, kemasozlik, savdo
C) kumush konlari va tuz qazib olish
D) qul savdosi va chorvachilik
37. Doriylar Mikenni … bo‘ysundirdilar.
A) mil. avv. XII sardaB) mil.avv. IX asrda
C) mil.avv. XIII asrdaD) mil.avv. VIII asrda
38. Quyida keltirilgan javoblardan noto‘g‘risini toping.
A) Afina palestrlarida adabiyot, she’r, musiqa o‘rgatilgan
B) Spartada chiroyli ibodatxonalar,turar joy binolari,san’at asarlari bo‘lgan
C) Afinada oliy ma’lumot beradigan o‘quv yurtlari ham bo‘lgan
D) Spartada to‘la-to‘kis huquqqa ega bo‘lmaganlar perieklar deb atalgan
39. Mil.avv.VIII-VI asrlarda yunonlar O‘rtayer dengizi sohillarida tashkil qilgan koloniyalari qancha bo‘lgan?
A) yuzdanortiq B) qirqqa yaqin
C) yigirmadan ortiqD) saksonga yaqin
40. ”Yunonistonning ko‘pgina shaharlarida bo‘ldim, xalq zodagonlarga qarshi chiqayotganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Kambag‘allarga qullar kelib qo‘shilmasdan turib, xalq talablarining bir qismini bajarish kerak”, ushbu gaplar kimga tegishli?
A) PeriklB) SolonC) DemosfenD) Gomer
41. Periklning vafoti to‘g‘risidagi berilgan javoblarning qaysi biri to‘gri?
A) o‘z ajali bilan vafot etgan
B) vabo kasali bilan vafot etgan
C) Senatda fitna qurboni bo‘lgan
D) o‘limi to‘g‘risida ma’lumot yo‘q
42. Afinadan to Periy portigacha mudofaa devorini qurish to‘g‘risida farmon bergan hukmdorni aniqlang?
A) PeriklB) Filipp IIC) Solon
D) Makedoniyalik Aleksandr
43. Mil.avv. 490-yilda bo‘lgan Marafon janggida yunonlarga kim qo‘mondonlik qilgan?
A) LeonidB) FemistoklC) Miltiad
D) Demosfen
44. Marafon janggining hal qiluvchi pallasida yunonlar forslarning nechta kemasini egallab oldilar?
A) 11 ta B) 6 ta C)13 ta D) 7 ta
45. Yunon-fors urushlaridan keyin tuzilgan shartnomaga muvofiq…
A) Old Osiyodagi barcha yunon polislari o‘z mustaqilligini e’tirof etdi
B) Forslar Kichik Osiyoni tark etadigan va yunonlarga soliq to‘lab turadigan bo‘ldi
C) Qora va O‘rta dengiz sohillaridagi barcha yerlar yunonlar qo‘liga o‘tdi
D) A va B
46. Filipp II ning Eronga qarshi urusi uchun topgan bahonasi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Yunon-fors urushlari davrida etkazilgan zarar uchun qasos olish
B) Kserks Eronga olib ketgan yunon xudolarini asirlikdan qutqazish
C) Kichik Osiyodagi yunonlarni fors zulmidan ozod qilish
D) A va B
47. Qadimgi Troya shahri qoldiqlarini kim, qachon topgan?
A) 1877-yil Fransua Shampolyon
B) 1838-yil Genrix Shlimann
C) 1871-yil Stef Tomson
D) 1870-yil Genrix Shlimann
48. Bundan ikki yarim ming yil muqaddam qadimgi Yunonistonda …
A) teatr dunyoga keldi
B) Ibodatxonalar qurila boshlandi
C) Olimpia o‘yinlari to‘xtab qoldi
D) Yunon-eron urushlari yakunlandi
49. Troya shahri qoldiqlari Turkiyaning qaysi hududidan topilgan?
A) Anqara shahri yaqinidan
B) Hisorlik tepaligi xarobalari hududidan
C) Istambul shahri chekkasidan
D) Qadimgi Kappadokiya hududi tepaligidan
50. Insonda hech qanday ehtiyojlar bo‘lmasligi shartdegan fikrni o‘z ta’limotining asosi qilib olgan faylasufni aniqlang?
A) GeraklitB) DemokretC) Arestotel
D) Diogen
51. Bizni qurshab turgan hamma narsa ko‘zga ko‘rinmaydigan mayday zarralar – atomlardan tashkil topgan degan fikrni kim ilgari surgan?
A) DemokretB) DiogenC) Geraklit
D) Aristotel
52. Gerakl qanday xizmati uchun Olimp tog‘idagi xudolar saltanatida faxrli o‘ringa ega bo‘ldi?
A) Olimpia o‘yinlariga asos solganligi uchun
B) Olimpia o‘yinlaridagi ketma-ket 3 marta g‘alabasi uchun
C) Insonlar orasidagi eng kuchli va jasuri bo‘lgani uchun
D) Ko‘rsatgan o‘n ikki jasorati uchun
53. Kentavrlar – bu …
A) peshonasida bitta ko‘zi bo‘lgan afsonaviy mavjudotlar
B) yarim ot, yarim odam shaklidagi mavjudotlar
C) yarim qush,yarim ayol qiyofasidagi mavjudotlar
D) xudodan tug‘ilgan pahlavonlar
54. Yunon-fors urushlari davrida Kserks buyrug‘i bilan qaerda ko‘prik qurildi?
A) Gellespont bo‘g‘ozidaB) Steks daryosi ustida
C) Bosfor daryosi ustida D) Dardanel bo‘g‘ozi ustida
55.Yunonistonda necha yoshdan boshlab yozuv va hisob o‘rgatilgan.
A) 5 B) 6 C) 7 D) 8
56. Qadimgi Afinada fuqarolar necha yoshdan boshlab Xalq sudlari faoliyatida ishtirok etgan?
A) 20 yosh B) 30 yosh C) 40 yosh D) 50 yosh
57. Yunon-Eron urushida forslar qaysi jangda g‘alaba qozona oldi?
A) Salamin jangida B) Plateya jangida
C) Fermopil jangida D) Marafon jangida
58. “Uch yuz spartaliklar jasorati”, degan nom bilan tarixga kirgan jangni aniqlang.
A) Salamin jangi B) Plateya jangi
C) Fermopil jangi D) Marafon jangi
59. Quyidagi mashhur notiqlardan qay biri yoshligida duduq bo‘lib, dengiz shovqini ostida mashq qilgan?
A) Demosfen B) Suqrot C) Solon D) Perikl
60. Qadimgi Yunonistonda Olimpia o‘yinlari o‘tkazilishi boshlanganidan qancha vaqt o‘tib, uni o‘tkazish to‘xtab qoldi?
A) 2250 yil B) 1066 yil C) 1170yilD) 1950yil
61. Quyidagi iboralarning qaysi biri yunon faylasufi Platonga tegishli?
A) “Bizni qurshab turgan hamma narsa ko‘zga ko‘rinmaydigan mayday zarralar – atomlardan tashkil topgan”
B) “Insonda hech qanday ehtiyojlar bo‘lmasligi shart”
C) “Daryoga ikki marta sho‘ng‘ib bo‘lmaydi”
D) “Xudo bizning-o‘zimizdadir”
62. Tesey va Ayaks qaysi xalqning afsonaviy qahramonlari hisoblanadi?
A) rim B)yunon C) german D) xett
63. Qora dengiz sohillarida yunonlarning quyidagi qaysi koloniyalari joylashgan edi?
1) Pantikapey, 2) Olviya, 3)Tir, 4) Tanais, 5) Kirena, 6) Milet, 7) Fasis
A) 1, 2, 4, 7 B) 2,4,5C) 1,5D) 1,4,5
64. Afina shahrida markaziy maydon qanday nomlangan?
A) altarB) forumC) tribunaD) agora
65. Yunonistonda Drakont qonunlari qachon qabul qilingan?
A) mil.avv. 621- yilB) mil.avv. 627- yil
C) mil.avv. 612- yilD) mil.avv. 605- yil
66. Perikl necha marotaba strateg lavozimiga qayta saylangan?
A) 11 B) 10 C) 13 D) 15
67. Afinada mansabdor shaxslar ...ga hisobot bergan.
A) Beshyuzlar kengashi
B) Xalq Majlisi C) strategD) Xalq Sudi
68. Perikl qaysi haykaltarosh bilan do‘st tutingan?
A) Fidiy B) Miron C) Poliklet D) Dedal
69. “... halok bo‘ldanlarning jasadi bilan birga yunonlarning ozodligi va erki ham dafn etilgan edi ” – o‘sha zamonda yashagan muallif qaysi jang haqida yozgan edi?
A) Plateyada B) Salaminda C) Xeroneyada
D) Fermopilda
70. Olimpiada o‘yinlari g‘oliblari nima bilan taqdirlangan.
A) Parfenon ibodatxonasida haykali o‘rnatilgan
B) kumush dastali qilich berilgan
C) zaytun daraxti novdalaridan to‘qilgan gulchambar berilgan
D) Olimp tog‘ida qurbonlik qilishga ijozat berilgan
71. Qachon yunonlar Kichik Osiyoda joylashgan Troyaga yurish qilishgan?
A) mil. avv. 1200-yilda B) mil. avv. 1450-yilda
C) mil. avv. 1500-yilda D) mil. avv. 1300-yilda
72. Qaysi yunon faylasufi hech mahal o‘z asarlarini qog‘ozga tushirmagan?
A) SuqrotB) ArximedC) DiogenD) Demokrit
73. Qadimgi davrda yunon shaharlarining ko‘pchiligi qay tarzda tashkil topgan?
A) bir qancha manzilgohlarning birlashishi yo‘li bilan
B) iqlim sharoiti qulay bo‘lganligidan aholining ko‘chib kelishi natijasida
C) tashqi dushmanlarning bostirib kirib, o‘z shaharlarini bunyod etishlari natijasida
D) dengiz yaqin bo‘lganligi sababli bandargohlarda aholi ko‘payishi natijasida
74. Qadimgi Afinada oliy ma’lumot beradigan o‘quv yurtlari bo‘lib, ularda kimlar o‘qish imkoniyatiga ega edi?
A) faqat harbiy bo‘lishni istaganlar
B) palestrni tamomlagan barcha fuqaro
C) o‘ta boy ota-onalarning farzandlari
D) faqatgina strateglarning farzandlari
75. Afina davlatida Solon hukmronligi davrida kimlar qabul qilinayotgan qonunlar muhokamasida va ovoz berishda ishtirok eta olmasdilar?
A) ayollar va meteklar
B) perieklar va Afina fuqarolari
C) qullar, meteklar, fuqarolar
D) ajnabiylar, ozod afinaliklar, fuqarolar
76. Afina hukmdori Solon davlat bosliqaruvi sohasida qanday islohotni amalga oshirdi?


Download 95,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish