Ish stajim 1999 yildan buyon
23-mavzu: Yunon koloniyalari (20 ta)
1.Qadimgi Yunonistonda ko’plab kishilar nima sababdan o’z vatanini tark etishga, begona yurtlarda omadlarini sinab ko’rishga majbur bo’lganlar?
*A) Zodagonlardan qarzdor bo’lib qolgach;
B) O’z yer mulklaridan ajralgach;
S) Qulga aylanib qolgach;
D) Boyliklaridan ajralgach
2.Yersiz, nochor yunonlar jo’nab ketish oldidan nima ishlar qilganlar?
A) Katta kemalar qurganlar
B) O’z yerlarini sotganlar
*S)O’z xudolariga qurbonliklar qilganlar
D) Zodagonlardan ruxsat olganlar
3.Yunonlar safarga chiqishda o’zlari bilanvatanning bir parchasi sifatida nima olganlar?
A) Davlat bayrog’ini *B) Olov
S) Tuproq D) Suv
4. Yunonistondan ko’chib borganlar qaysi hududlarga borib o’rnashganlar?
A)Bolqon yarim orollariga
B) Sitsiliya oroli sohiliga
S) Apennin yarim oroli janubiga *D) B va S javob
5.Ularning manzilgoxlari yana qayerda vujudga keldi?
A) Misrda B) Dajla va Frot oralig’ida *S)O’rta yer va Qoradengiz bo’ylarida D)Bolqon yarim orolida
6.Yunon koloniyalari sekin asta shahar davlatlarga aylana bordi.Bu shaharlarning
1.O’z hokimlari 2.Qullari 3.Qo’shinlari 4. Qonunlari 5. Tangalari 6. Urf odatlari bo’lgan
*A) 1,3,4,5 B) 1,2,3,4 S) 2,3,5,6 D)3,4,5,6
7.Yunon koloniyalarida xo’jalikning qaysi turlari rivojlangan?
A) dehqonchilik va chorvachilik B) Dehqonchilik va hunarmandchilik *S)Savdo-sotiq va hunarmandchilik D) Chorvachilik va savdo sotiq
8.Yunonlar o’zlarini yagona xalq-
A) Yunonlar B) Kolonlar *S) Ellinlar D)Varvarlar deb ataganlar
9.O’z vatanlarini yunonlar nima deb ataganlar?
A) Polis *B)Ellada S)Attika D)Pantikapey
10. Yunonlar yunon bo’lmagan xalqlarni qanday ataganlar?
A) Ellinlar B) Ko’chmanchilar *S) Varvarlar D) Kelgindilar
11. Ko’plab yunon koloniyalari qachon tashkil topdi?
*A)Mil.av.VIII-VI asrlarda B)Mil.av.VIII- VII asrlarda S) Mil.av.VII-VI asrlarda D)Mil.av.VII-V asrlarda
12.Bu davr tarixda qanday davr deb nomlangan?
A) Buyuk yunon markazlashishi davri *B)Buyuk yunon koloniyalashtirilishi davri S) Buyuk ko’chish davri D)Buyuk davlatlar tuzilishi davri
13.Qora dengiz sohillarida qanday koloniyalar vujudga kelgan?
A)Olviya Xersones,Afina B) Xersones Pantikapey Sitsiliya S)Afina, Olviya, Xersones *D) Olviya Xersones Pantikapey
14.O’rtayer dengizi sohillarida qancha yunon koloniyalari tashkil topdi?
A) Ko’plab B) O’ndan ortiq *S) Yuzdan ziyod D) Mingga yaqin
15.Yangi mamlakatlar bilan tanishuv yunon madaniyatiga qanday ta’sir ko’rsatdi?
A) Yunon Rim madaniyati rivojlandi *B) Yunon madaniyati boyidi S) Yunon makedoniya madaniyati paydo bo’ldi D) Mahalliy madaniyat paydo bo’ldi
16.Yunonistonda yangi yozuv qachon paydo bo’ldi?
*A) Mil.av.VIII asrda B) Mil.av.VII asrda S) Mil.av.VI asrda D) Mil. Av.V asrda
17.Yunon alifbosi qaysi alifboga asoslangan?
A) Qadimgi Misr alifbosiga
B) Qadimgi Bobil alifbosiga
*S)Finikiya alifbosiga
D) Shumer alifbosiga
18.Yunon alifbosi nechta harfdan iborat bo’lgan?
A) 22 harfdan B) 23 harfdan
S) 25 harfdan *D) 24 harfdan
19.Koloniyalar va yunon shaharlari o’rtasida mahsulot ayirboshlash xo’jalikning qaysi sohalari ravnaq topishiga asos yaratdi?
A) dehqonchilik va chorvachilik
B) Dehqonchilik va hunarmandchilik
*S)Savdo-sotiq va hunarmandchilik
D) Chorvachilik va savdo sotiq
20.Koloniyalardan Elladaga nimalar keltirilgan?
*A) G’alla, metallar va qullar
B) G’alla, jun va metallar
S)Gilamlar, oltin, qullar
D) Teri, g’alla, go’sht
Tuzuvchi: M.Usmonova Namangan viloyati Uchqo’rg’on shahar 43- SDIUM tarix fani o’qituvchisi
24-mavzu:Afinada demokratiya. (26 ta)
1.Afina shaxrida markaziy maydon bo’lib uning tevaragini turli-tuman imoratlar qurshab turgan bu maydon nima deb yuritilgan ?
*a)agora b) arfey s) argo d) demos
2.Afina shahrida barcha erkak fuqarolar davlatni qanday boshqarish kerakligi xususida o‘z fikr-mulohazalarini bayon eta olar hamda ular yuzaga kelgan muammolar va yangi qonunlarni muhokama qilish uchun qancha vaqtda va qayerda yig‘ilardilar.
*a)oyda to‘rt marta agorada
b) oyida uch marta demosda
s) oyda bir marta majlisda
d) oyda ikki marta akropolda
3.Afinada barcha qaror va qonunlar qanday yo’l bilan qabul qilingan ?
*a)ovoz berish yo’li bilan
b) hukmdor qarori bilan
s) xalqning fikri bilan
d) askarlar fikri bilan
4. Afinada barcha qaror va qonunlarning ovoz berish yo’li bilan qabul qilinishi nima deyilgan ?
a) sivilizatsiya *b)demokratiya
s)denonsatsiya d) urbanizatsiya
4.Demokratiya so’zining ma’nosi nima ?
*a) xalq hokimyati b) podsho hokimyati s) davlat boshqaruvi d) oliy boshqaruv
5.Afinani idora qilishda Oqsoqollar kengashi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Shu kengashda kimlar saylangan.
a)imperatolarni va kohinlarni
b) noiblarni va harbiylarni
*s) hokimlar va sudyalarni
d) hokimlar va zodagonlarni
6.Aristokratiya nima ?
*a) Afinada axolining mol-mulk va boylikning barchasiga egalik qiluvchi zodagonlardan iborat qismi
b) aholining zodagonlar foydasida xizmat qiluvchi qismi
s) aholining harbiylardan iborat qismi
d) aholining qullardan iborat qismi
7.Demos nima ?
*a) xalq b) askar s) zodagon d) hukmdor
8.Afinada adolat qaror topishini xohlagan har ikkila tomon istagan vaqtda kimga murojat etishgan ?
*a)Drakontga b) Demosga
s) imperatorga d) konsulga
9.Afina aholisi kimdan huquq va majburiyatlar borasida hammani tenglashtiruvchi qonunlar yozishni iltimos qilishadi.
a )Miron b) Diagen s) Solon * d) Drakont
10. Qaysi asrga kelib Drakont xalq boshqaruvini bekor qiluvchi qonunlar yozadi va ularni amalga kiritadi ?
a) mil avv 610 yilda *b) mil avv 621 yilda s) mil avv 611 yilda d) mil avv 630 yilda
11. Bu qonunlar shu qadar qattiq va ayovsiz ediki,ular………,deya ta’rif berishgan?
a) amaldorlar mafaatini himoya qiladigan
*b) siyoh qolib,qon bilan yozilgan
s) ozodlik uchun yozilgan d) xalq uchun manfaatli
12. Afina hukmdori etib saylangan Solon nechanchi yilda xalq boshqaruv tizimidagi aristokratiya tizimini demokratiya tizimiga almashtirdi ?
*a) Mil. avv.594 yilda
b) Mil. avv.596 yilda
s) Mil. avv.597 yilda
d) Mil. avv. 598 yilda
13. Davlatni boshqarishda faqat erkak fuqarolar ishtirok eta olardi,kimlar qabul qilinayotgan qonunlar muhokamasida va ovoz berishda ishtirok eta olmasdilar?
a) bolalar va qariyalar
b) savdogar va sayyohlar
s)kohinlar va hukmdorlar
d)ayollar va chet elliklar
14.Solonning taklifi bilan davlat boshqaruvidagi islohotlar Xalq majlisi faoliyati tiklanishi va nasl-nasabidan qat’iy nazar afinaliklar uchun ham davlat mansablarini egallash imkoniyatini ko‘zda tutar edi hamda oddiy xalq uchun qanday imkoniyatlar yaratib berildi.
*a) dehqonlarning qarzlari va qarzdorlarni qul qilish bekor qilinadi
b) dehqonlarga yerlar bo’lib berildi.
s) dehqonlarga berilgan yerlar uzoq muddatga soliq lardan ozod qilindi
d) davlat lavozimlariga oddiy xalq vakillari tayinlanadigan bo’ldi.
15. Afinada erkak jinsiga mansub fuqarolar necha yoshdan xalq majlisida ishtirok etgan ?
a) 15 yoshdan b) 17 yoshdan
s)18 yoshdan *d) 20 yoshdan
16. Xalq majlisining katta qismi badavlat bo‘lmagan ………. iborat bo‘lgan.
a) chet elliklar ,chorvadorlar va hunarmandlardan * b) hunarmandlar,savdogarlar va dehqonlardan
s) chorvadorlar , dehqonlar va hunarmandlardan d) kemasozlar, savdogarlar va metiklardan
17. Xalq majlisida omma uchun foydali qarorlar qabul qilingan,navbatdagi majlis bo‘ladigan kun oldindan e’lon qilingan majlis ertalab barvaqt tayinlanar, chunki…….?
*a) mehnatkash odamlar kunduz kuni majlisga kela olishmasdi b) amaldorlar odamlar kunduz kuni majlisga kela olishmasdi.
s) aritokratlar majlisga doim hisobot berishgan
d) mehnat qilish uchun vaqt taqsimlab berilgan
18.Afinada mansabdor shaxslar ….?
a)xalq majlisi tomonidan muayyan muddatga tayinlangan b) majlisga doim hisobot berishgan
s)mansabdor shaxs o’z majburiyatini uddalay olmasa xalq majlisi uni muddatdan oldin vazifasidan ozod qilgan
*d) barcha javob tog’ri
19. Har yili saylanadigan ……kundalik joriy masalalarni hal qilardi
a) srateg b)kengash
s) xalq sudi *d) beshyuzlar kengashi
20. Afinada Beshyuzlar kengashiga kim rahbarlik qilgan ?
*a)Strateg b) Konsul
s) Demos d) kohinlar
21.Afinada muhim davlat organi bo’lgan Xalq sudida necha yoshga to’lgan fuqarolar ishtirok etgan ?
a) 20 yoshdan b) 25 yoshdan
*s) 30 yoshdan d) 35 yoshdan
22.Qaysi davlatda sudda ayblanuvchi shaxs o‘zini-o‘zi himoya qila bilishi yoki chiroyli so‘zlay oladigan va qonunlarni biladigan
odamni yollashi kerak bo‘lgan.
a) Hindistonda b) Xitoyda
*s) Afinada d)Rimda
23. Qaysi yillarda Perikl necha marotaba Afina strategligiga saylangan ?
a)Mil.avv 445-429-yillarda 10 marta
*b) Mil.avv 443-429-yilarda 15 marta
s) Mil.avv 44-439-yillarda 20 marta
d) Mil.avv 434-429-yillarda 25 marta
24. Afina strategi bo’lgan Perikl …..?
a) xalq majlisidagi lavozimlarga ish xaqi to’lashni joriy etdi
b)kambag’al fuqarolar davlat ishlari bilan shug’ullanadigan bo’ldi
s)katta qurilish ishlari amalga oshirildi va Parfenonda iloha Afina ibodatxonasi qurildi
*d) barcha javoblar to’g’ri
25.Akropolda qurilgan mashhur inshoot Parfenon – iloha Afina ibodatxonasining tashabbuskori kim edi?
a) Geradot b) Drakont
s)Solon *d)Perikl
26. Afinada davlar boshqaruv tizimi to’g’ri berilgan qarorni toping?
1.Xalq sudi 2. Beshyuzlar kengashi 3.Xalq majlisi 4. Strateg
a) 2,1,4,3 b)1,4,3,2
*s) 3,4,2,1 d) 4,2,3,1
Tuzuvchi: Buxoro viloyati G’ijduvon tumani
tarix fani o’qituvchisi Boltayeva Sabohat
25-mavzu. Yunon-fors urushlari (41 ta)
1.Mil.avv. V asr boshlarida Yunonistonga qaysi davlat tahdid sola boshlagan?
A) Giksoslar davlati B) Sparta davlati
C) Forslar davlati D) Rim davlati
2.Qadimgi Yunonistonning barcha shaharlarida fors elchilari: “Bizning hukmdorimiz, kunchiqardan kunbotargacha barcha mamlakatlarning birdan bir egasi sizdan yer va suv talab qilmoqdadir” deb o’zlarining qaysi hukmdorini nazarda tutgan edi?
A) Kir II B) Doro I
C) Kserks D) Kambiz II
3. Yunonistonda qaysi davlatlar forslarga itoat qilmagan?
A) Afina va Sparta B) Sparta va Fiva
C) Afina va Frakiya D) Fiva va Beoteya
4.Fors elchilari Afinaga kelganda shahar aholisi ularni nima qilgan?
A)chuqur quduqqa tashlab yuborgan
B)izzat-ikrom bilan kutib olgan
C)ularni o’ldirib, qoyadan tashlab yuborgan
D)sulh shartnomasini tuzgan
5.“Suvni ham, yerni ham quduq tubidan yetarlicha olasizlar”deb kimlar kimga aytishgan?
A) Misr elchilarini o’ldirib chuqur quduqqa tashlagan forslar aytgan
B) Fors elchilarini o’ldirib chuqur quduqqa tashlagan spartaliklar aytgan
C) Xett elchilari o’ldirib chuqur quduqqa tashlagan suriyaliklar aytgan
D)Finikiyalik elchilarga yunonlar aytgan
6.Fors shohi Doro I dastlab qayerdagi yunon shaharlarini bosib olgan?
A)Kichik Osiyodagi B)O’rta Osiyodagi
C)Old Osiyodagi D)Attika orolidagi
7. Qachon fors harbiy floti Egey dengizini kesib o’tib, Attika sohiliga langarini tashlagan?
A) mil.avv.486-yil B) mil.avv.480-yil
C) mil.avv.490-yil D) mil.avv.470-yil
8.Quyidagi qaysi jang mil.avv V asrda yuz bergan yunon-fors urushining dastlabki jangi hisoblanadi?
A)Plateya jangi B)Salamin jangi
C)Marafon jangi D)Fermopil jangi
9. Yunonlar va forslar o’rtasida Marafon jangi qachon bo’lib o’tgan?
A) mil.avv.480-yil B) mil.avv.409-yil
C) mil.avv.490-yil D) mil.avv.479-yil
10.Marafon tekisligida fors suvoriylari va piyoda jangchilari nimalar bilan qurollangan edi?
A)nayza, xanjar va o’q-yoy
B)qilich, oybolta va o’q-yoy
C)miltiq, tosh va arqon
D)nayza va arqon
11.Mil.avv. 490-yilda Marafon tekisligida o’q-yoylar bilan qurollangan fors suvoriylari kemadan tusha boshladilar, yunonlar nima uchun fors suvoriylari uchun noqulay bo’lgan qoyali balandliklarga o’rnashib olgan edilar?
A) Yunonlar ayyorlik qilishmoqchi edi
B) Yunonlar forslarga qaraganda ancha oz edi
C) Yunonlar shunday qilishida forslarni ularning boshqa qo’shini oldiga yetkazib borish edi
D)Yunonlar forslar bilan ochiq joyda urusha olmas edi
12. Marafon jangida yunon qo’shinlariga kim rahbarlik qilgan?
A) Gannibal B) Kserks
C) Miltiad D) Leonid
13.Qancha vaqtdan so’ng sarkarda Miltiad boshchiligidagi jangovar falanga Marafon tekisligida fors qo’shinlariga qarshi hujum boshladi?
A)bir haftadan so’ng B)3 kundan so’ng
C)uch haftadan so’ng D)o’n kundan so’ng
14.Marafon jangida yunonlar forslarning nechta kemasini egallab olgan?
A)o’nta B)o’n sakkizta
C)yettita D)ikki yuzta
15.Marafon janggi nihoyasida Miltiadning buyrug’iga ko’ra bir jangchi g’alaba xabarini yetkazish uchun Afinagacha qancha masofa yo’lni chopib o’tgan va “G’alaba! G’alaba!” deb shu zahotiyoq yuragi yorilib jon bergan?
A) 40 km yo’lni bosib o’tgan
B) 42 km yo’lni bosib o’tgan
C) 44 km yo’lni bosib o’tgan
D)46 km yo’lni bosib o’tgan
16.Olis masofaga yugurish nima deb ataladi?
A)Marafon yugurishi B)Estafeta yugurishi
C)Miltiad yugurishi D)Spartak yugurishi
17. Eron shohi Doro I vafot etgach forslarni Yunonistonga qaysi hukmdor boshlab kelgan edi?
A) Doro III B) Kambiz C) Kserks D) Kir II
18.Mil.avv 480-yilda Kserks qo’shini Yunonistonning qaysi qismini ishg’ol qiladi?
A)shimoliy B)janubiy
C)g’arbiy D)sharqiy
19.Qadimgi Yunonistonning shimolidan janubiga olib boradigan birdan-bir yo’l qayerdan o’tgan?
A)Attikadan B)Peloponnesdan
C)Egey dengizidan D)Fermopil darasidan
20.Yunonlar forslarga qarshi qayerda pistirma qo’yishgan?
A)Plateya shahri yaqinida B)Fermopil darasida
C)Attika sohilida D)Gelespont bo’g’ozida
21.Forslar Fermopil darasidagi pistirmadan qanday o’tib olishgan?
A)katta to’lov evaziga
B)uzum novdalari yordamida
C)bir sotqin tog’lar orqali o’tgan boshqa yo’lni ko’rsatib berganligi uchun
D)kuchli zilzila yo’lning boshqa qismini ochib berganligi uchun
22. Fermopil jangi qachon bo’lganligini aniqlang?
A) mil.avv.470-yil B) mil.avv.490-yil
C) mil.avv.479-yil D) mil.avv.480-yil
23. Fermopil jangida yunon qo’shinlariga kim boshchilik qilgan edi?
A) Leonid B) Miltiad
C) Kserks D) Perikl
24.Fermopil janggida yunonlar qo’shiniga boshchilik qilgan Sparta podshosi Leonid nechta spartalikdan tashqari barcha yunon jangchilariga chekinishni buyurgan?
A) 200 ta B) 300 ta
C) 400 ta D)500 ta
25. «Uch yuz spartalik jasorati» voqeasi qaysi jangda bo’lganligini aniqlang.
A) Marafon jangi B) Kann yonidagi jang
C) Fermopil jangi D) Plateya jangi
26.Qaysi jangdan so’ng Kserks qo’shinlari O’rta Yunonistonga yetib borib, Afinani ishg’ol qilganlar?
A)Marafon jangi B)Fermopil jangi
C)Salamin jangi D)Plateya jangi
27. Yunonlar va forslar o’rtasida Salamin bo’g’ozidagi jang qaysi yilda bo’lgan?
A) mil.avv.449-yil B) mil.avv.479-yil
C) mil.avv.480-yil D) mil.avv.470-yil
28.Triyera-nima?
A) Qadimgi yunon armiyasidagi maxsus qo’shin
B) Qadimgi yunon armiyasidagi harbiy kema
C) Qadimgi yunon armiyasidagi ayg’oqchilar
D)Qadimgi yunon armiyasidagi urush taktikasining nomlanishi
29.Salamin jangida yunonlarda nechta harbiy kema – triyeralar mavjud edi?
A)18 ta B)7 ta C)200 ta D)20 ta
30. Triyera soatiga necha kilometr tezlikda suza olar edi?
A) 18 km. B) 20 km.
C) 22 km. D)24 km.
31. Yunonlar qo’shini qachon Plateya shahri yaqinida fors qo’shinlarini tor-mor qilishgan edi?
A) mil.avv.480-yil B) mil.avv.449-yil
C) mil.avv.490-yil D) mil.avv.479-yil
32.Qaysi jang yunon-fors urushlaridagi eng yirik jang bo’lgan?
A)Marafon jangi B)Fermopil jangi
C)Salamin jangi D)Plateya jangi
33.Yunon-fors urushlari yunonlarning to’liq g’alabasi bilan qachon sulh natijasida yakunlandi?
A)mil.avv 490-yil B)mil.avv 480-yil
C)mil.avv 449-yil D)mil.avv 443-yil
34. Yunon-fors urushlari qaysi yillarda bo’lib o’tgan?
A) mil.avv.490-440-yillarda
B) mil.avv.490-449-yillarda
C) mil.avv.490-479-yillarda
D) mil.avv.490-459-yillarda
35.Yunon-fors urushidagi qaysi janglar bir yilda bo’lgan?
1)Marafon jangi 2)Fermopil jangi
3)Plateya jangi 4)Salamin jangi
A)1,3 B)1,4
C)2,3 D)2,4
36.Yunon-fors urushlari janglarini xronologik ketma-ketlikda joylashtiring.
1)Marafon jangi 2)Plateya jangi
3)Fermopil jangi 4)Salamin jangi
A)1,2,3,4 B)1,3,2,4
C)1,2,4,3 D)1,3,4,2
37.Marafon jangidagi fors qo’shinlarining mag’lubiyati qaysi Eron hukmdorining davriga to’g’ri keladi?
A)Kserks B)Kir II
C)Doro I D)Kambiz II
38.Quyidagi tarixiy shaxslarni va ularga oid bo’lgan ma’lumotlarni mos ravishda belgilang.
1) ……. xalq boshqaruvini bekor qilgan qonunlarni yozib amalga kiritdi
2) ……. taklifi bilan dehqonlarning qarzlari va qarzdorlarni qul qilish bekor qilindi
3) ……. Xalq majlisidagi lavozimlarga ish haqi to’lashni joriy qildi
4) ……… Fermopil jangida yunonlarga boshchilik qildi
a)Leonid b)Drakont
c)Perikl d)Solon
A)1-a, 2-c, 3-d, 4-b B)1-b, 2-d, 3-c, 4-a
C)1-d, 2-a, 3-c, 4-b D)1-b, 2-c, 3-d, 4-a
39.Fors qo’shinlarining Salamin jangidagi mag’lubiyati kimning hukmronlik davriga to’g’ri keladi?
A)Doro I B)Kserks
C)Kir II D)Kambiz II
40.Yunon-fors urushida forslar faqatgina qaysi jangda g’alaba qozona olgan?
A)Salamin jangida B)Plateya jangida
C)Fermopil jangida D)hech qaysi jangda g’alaba qozona olmagan
41.Yunon-fors urushidagi dengiz jangi qaysi hisoblanadi?
A)Marafon jangi B)Fermopil jangi
C)Salamin jangi D)Plateya jangi
26-mavzu. Yunonistonning Makedoniya tomonidan bosib olinishi (26 ta)
1.Qanday paytda Makedoniya podshosi Filipp II Yunonistonni bosib olishni ko’zlaydi?
A) yunon - fors urushlari paytida
B) yunon shaharlari bir-birlari bilan urushayotgan paytda
C) Old Osiyo davlatlari bir-birlari bilan urushayotgan paytda
D)O’rtayer dengizi davlatlari bir-birlari bilan urushayotgan paytda
2.Makedoniya podshosi Filipp II ning qo’shinlari kimlardan tashkil topgandi?
A)suvoriylar va piyodalardan
B)to’pchilar va piyodalardan
C)dehqonlardan
D)qullardan
3.Makedoniya piyoda qo’shinlari necha qatordan iborat falangada saflanardi?
A)25 B)20 C) 18 D)16
4.Makedoniya podshosi Filipp II ning 16 qatordan iborat piyoda qo’shinlari safi qanday atalgan?
A) kogorta B) falanga
C) legion D) senturiy
5.Falanganing nechanchi qatoridagi nayza birinchi qatordagi jangchini muhofaza etardi?
A)ikkinchi B)beshinchi
C)oltinchi D)yettinchi
6.Makedoniya podshosi Filipp II ning falangasi jang paytida nimaga o’xshab qolar edi?
A)temir maxluqotga B)toshbaqaga
C)yirtqich hayvonga D)kallakesarlarga
7.Falanga qanotlarini kimlar himoya qilardi?
A)maxsus qo’shin B)otliqlar
C)piyodalar D)hech kim himoya qilmasdi
8. Yunoniston shaharlari aholisini birlashish va makedonlarga qarshi kurashishga da’vat qilgan notiq kim bo’lgan?
A) Diogen B) Suqrot
C) Demosfen D) Demokrit
9. Yunonistonda Filipp II qo’shinlariga qarshi Afina shaharlari ittifoqiga qaysi shahar aholisi qo’shilgan edi?
A) hamma javoblar to’g’ri B) Mikena
C) Sirakuza D) Fiva
10.Xeroniya shahri qayerda joylashgan?
A)Plateyada B)Afinada
C)Beotiyada D)Fivada
11. Beotiyadagi Xeroniya shahri yaqinida qachon yunonlar va makedonlarning asosiy kuchlari to’qnashgan?
A) mil.avv.480-yil B) mil.avv.337-yil
C) mil.avv.338-yil D) mil.avv.490-yil
12.Xeroniya jangida dastlab qaysi xalq harbiy hiyla qo’llab, ustunlikni qo’lga olgan?
A)makedonlar B)yunonlar
C)forslar D)rimliklar
13.Xeroniya jangida dastlab g’alaba qilayotganiga ishona boshlagan yunonlar makedonlarni quvishga tushib, necha bo’lakka ajraladi?
A)ikki bo’lakka B)uch bo’lakka
C)to’rt bo’lakka D)besh bo’lakka
14.Xeroniya jangida yunonlar ikki bo’lakka ajralgach, uning biriga kim qaqshatqich zarba bergan va jang taqdirini hal qilgan?
A)Filipp II B)Miltiad
C)Aleksandr D)Ssipion
15.Xeroniya ostonasidagi jangdan so’ng mag’lubiyat oqibatida Yunoniston qaysi davlatga qaram bo’lib qoldi?
A)Rim B)Makedoniya
C)Eron D)Misr
16.Kim “Yunonlar ozodligi Xeroniya ostonasida halok bo’lganlar bilan birgalikda dafn qilindi” degan edi?
A)Femistokl B)Suqrot
C)Demosfen D)Platon
17. Demosfen qaysi jang haqida «Yunonlar ozodligi Xeroniya ostonasida halok bo’lganlar bilan birgalikda dafn qilindi» deb yozgan edi?
A) Marafon jangi B) Xeroniya jangi
C) Fermopil jangi D) Plateya jangi
18.Kim o’smirligidanoq notiq bo’lishni orzu qilardi, lekin u juda past ovozda gapirar va duduqlanardi?
A)Demosfen B)Geraklit
C)Demokrit D)Diogen
19.Demosfen ovozi balandligini oshirishni mashq qilganida, u nimadan balandroq baqirishga harakat qilgan?
A)musiqadan B)aks sadodan
C)dengiz shovqinidan D)hayvonlardan
20.Filipp II qachon o’zini yunonlar podshosi deb e’lon qilgan?
A) mil.avv.337-yilda
B) u o’zini podsho deb e’lon qilmagan
C) mil.avv.338-yilda
D)mil.avv.340-yilda
21. Makedoniya hukmdori Filipp II qaysi xalq bilan birlashib, forslarga qarshi ittifoq tuzadi?
A) rimliklar bilan B) yunonlar bilan
C) oriylar bilan D) doriylar bilan
22. Korinf ittifoqi qachon vujudga kelgan?
A) mil.avv.335-yil B) mil.avv.337-yil
C) mil.avv.338-yil D) mil.avv.336-yil
23. Korinf ittifoqida Yunonistondagi qaysi davlat qatnashmagan edi?
A) Mikena B) Sparta
C) Afina D) Fiva
24. Korinf ittifoqiga birlashgan davlatlar qanday shartga kelishgan edilar?
A) o’zaro urushlar olib bormaslik
B) hamma javoblar to’g’ri
C) bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik
D) murosada tinch-totuv yashash
25.Filipp II forslarga qarshi nechanchi yilda yurish qildi?
A)mil.avv 338-yilda
B)mil.avv 337-yilda
C)mil.avv 336-yilda
D)forslarga qarshi yurishni amalga oshira olmasdan vafot etdi
26.Filipp II vafot etgach kim Makedoniya hukmdori bo’ldi?
A)Aleksandr B)Filipp III
C)Salavka D)Antiox
Tuzuvchi: tarix fani o’qituvchisi Xatamov Sodiqjon
27-mavzu. Fuqaro tarbiyasi (18 ta)
1. Yunonlar maktablarida kimlar tarbiyalanishi lozim edi?
A) Davlat himoyachilarini
B) Zodagonlar farzandlari
C) Faol fuqarolar *D) A va C
2. Yunonlar bolalikdanoq o‘g‘il bolalarga qanday his singdirilgan?
A) Vatanparvarlik B) Harbiy ishlar
*C) She’riyat va musiqaga muhabbat
D) Savdo-sotiq va hunarmandchilik
3. Umumiy ta’limdan tashqari, yigitlar necha yil harbiy ta’lim ham olishgan?
*A) 2 yil B) 4 yil
C) 1 yil D) 3 yil
4. 6-sinf darsligida Gerakl qanday mavjudod bilan kurashayotgani aks ettirilgan?
A) Arslon *B) To‘qqiz boshli ajdar C) Yo’lbars D) Ikki boshli ilon
5. Yunon o’g’il bolalari ikkinchi yili esa ayrimlari Attika chegara qal’alarida harbiy xizmatni o‘tashar, boshqalari Pirey bandargohida dengizchilik san’ati asoslarini o‘rganishar edi. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’ying.
A) Qizil dengiz bandargohida
*B) Pirey bandargohida
C) Attika bandargohida
D) Qora dengiz bandargohida
6. Mamlakatni mudofaa qilish zarurati yuzaga kelgan taqdirda necha yoshga to‘lmagan erkaklarning barchasi qurol-yarog‘lari va harbiy kiyim-kechaklari bilan ko‘rikka yetib kelishi shart bo‘lgan?
A) 40 yoshga B) 35 yoshga C) 20 yoshga *D) 30 yoshga
7. Ilk bor Olimpiya o‘yinlari qachon o‘tkazilgan?
*A) Mil.avv.776-yilda B) Mil. avv. 765-yilda
C) Mil.avv.176-yilda D) Mil. avv. 394-yilda
8. Olimpiya o’yinlari necha yilda bir o’tkaziladi?
A) 2 yilda B) 6 yilda
*C) 4 yilda D) 3 yilda
9. Yunonistonning to‘rt tarafidan kelgan sportchilar necha kurashda bellashar edi?
* A) Beshkurash B) Uchkurash
C) O’nkurash D) A va C
10. Qaysi dini tarqalishi natijasida xudo Zevs sharafi ga bag‘ishlangan Olimpiya o‘yinlari man qilinadi
A) Zardushtiylik B) Islom
C) Buddaviylik *D) Xristian
11. Nechanchi yili sodir bo‘lgan zilzila oqibatida Olimpiya o‘yin maydoni vayron bo‘lib, qadimgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish butunlay to‘xtab qoladi?
A) Mil.avv.594-yilda *B) Mil. avv. 394-yilda
C) Mil.avv.776-yilda D) Mil. avv. 494-yilda
12. Qachondan Olimpiya o‘yinlari qayta tiklanib, hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda?
*A) 1896-yilda B) 1894-yilda C) 1898-yilda D) 1902-yilda
13. G‘oliblar muqaddas qanday daraxt novdalaridan to‘qilgan gulchambar bilan taqdirlanganlar?
A) Lavur B) Shaftoli
C) O’rik *D) Zaytun
14. Musobaqalarda necha karra g‘alaba qozongan sportchi Olimp tog‘ida o‘z hayka-
lini o‘rnattirishga haqli bo‘lgan?
A) Yetti karra B) Besh karra *C) Uch karra D) Ikki karra
15. Yunonistondagi Olimpiya o‘yinlari Olimp xudosi ……………… sharafiga bag‘ishlab o‘tkazilgan?Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’ying.
A) Uran *B) Zevs
C) Poseydon D) Demetra
16. Beshkurash qaysi sport turlarida musobaqalar o’tkazilgan?
A) Nayza uloqtirish, yugurish, kurashdan otchoparda aravalarda va otlarda poyga
B) Uzunlikka sakrash, shaxmat, nayza uloqtirish, kamondan o’q otish, kurashdan otchoparda aravalarda va otlarda poyga
C) kamondan o’q otish, kurashdan otchoparda aravalarda va otlarda poyga, shaxmat, kamondan o’q otish
*D) Uzunlikka sakrash, disk uloqtirish, nayza uloqtirish, yugurish, kurashdan otchoparda aravalarda va otlarda poyga
17. Olimpiya o‘yinlari asoschisi Gerakl hisoblangan.
*A) Gerakl B) Demokrit
C) Zevs D) Paxlavon Enkidu
18. 6-sinf darsligida Gerakl qaysi Frakiya podshosining yovvoyi otlarini bo‘ysundirayotgani aks ettirilgan?
A) Demetriyning B) Diogenning
*C) Diomedning D) Axillesning
28-mavzu (30 ta)
6-sinf Tarixdan testlar 2017-yilgi nashr.
Tuzuvchi: Navoiy viloyati Qiziltepa tuman 29-maktab o’qituvchisi Rahbarxon Azizova
1. Troya qayerda joylashgan?
A. Peloponnesda
B. Apennin yarim orolida
C. Qora dengiz bo’yida
*D. Kichik Osiyoda
2. Yunon rivoyatiga ko’ra yunonlar nima sababdan troyaga urush boshlaganlar?
A. mo’l-ko’l o’lja ilinjida
*B. Sparta podshosi Parisdan qasos olish uchun
C. Sohibjamol Yelenani qutqarish uchun
D. Troya otini olish uchun
3. Yunonlar Troyaga nima uchun urush boshlaydilar?
*A. mo’l-ko’l o’lja ilinjida
B. Sparta podshosi Parisdan qasos olish uchun
C. Sohibjamol Yelenani qutqarish uchun
D. Troya otini olish uchun
4. Gomerning ”Illiada” dostonida yozilishicha, eng chiroyli ayol kim?
A. Sparta podshosining rafiqasi
B. Sohibjamol Yelena
C. Troya podshosining rafiqasi
*D. A va B
5. Yunonlar Troyani qancha qamal qiladilar?
A. 8 yil
*B. 9 yil
C. 10 yil
D. 11 yil
6. Iliada Troya urushining nechanchi yili haqida hikoya qiladi?
A. 8- yili
B. 9- yili
*C. 10- yili
D. 11- yili
7. Yunonlar kimning maslahati bilan yog’och ot yasaydilar?
A. Parisning
B. Gomerning
*C. Odisseyning
D. Axillesning
8. ”Troya oti” iborasi qanday ma’noni anglatadi?
*A. xosiyatsiz sovg’a-salom
B. nozik joy
C. urushdagi mag’lubiyat
D. urushni to’xtatish
9. ”Illiada” dostonining bosh qahramoni kim?
A. Odissey
B. Paris
C. Sohibjamol yelena
*D. Axilles
10. O’g’lining mangu barhayot bo’lishini istagan ona chaqalog’ini qaysi daryoga botirib oladi?
*A. Stiks B. Frot
C. Dajla D. Nil
11. ”Axilles tovoni” iborasi qanday ma’noni anglatadi?
A. xosiyatsiz sovg’a-salom
*B. nozik joy
C. urushdagi mag’lubiyat
D. urushni to’xtatish
12. Yunonlar troya urushi tugagach qaysi dengiz orqali uzoq va xatarli yo’ldan o’tishlari kerak edi?
A. Ioniya
B. Stiks
*C. Egey
D. Qora
13. Troya joylashgan yeri nemis olimi tomonidan qachon topildi?
A. XIX asrda
B. XIX asr boshlarida
C. XIX asr o’rtalarida
*D. XIX asr oxirida
14. Troya joylashgan yerni qaysi nemis olimi aniqladi?
*A. Genrix Shlimann
B. Fransua Shampolyon
C. F.Rixtgofen
D. A.Dyuperron
15. Quyidagi tushunchalarning qaysilari yunonlarning "Iliada" dostoniga taalluqli?
1) “Sikloplar oroli”; 2) “Troya oti”; 3) “Odisey tovoni”; 4) “Stiks daryosi”; 5) “Argo kemasi”; 6) “Axilles tovoni”; 7) “oltin mo‘yna”; 8) “Axilles hiylasi”
A. 1, 5, 8
B. 2, 6, 7, 8
C. 2, 5, 6, 7, 8
*D. 2, 4, 6
16. Bundan ikki yarim ming yil muqaddam qadimgi Yunonistonda …
*A. teatr dunyoga keldi
B. Ibodatxonalar qurila boshlandi
C. Olimpia o‘yinlari to‘xtab qoldi
D. Yunon-eron urushlari yakunlandi
17. Xitoyliklar yozuv uchun bambuk o’rnida shoyidan foydalanishga o’tgan vaqtda Yunonistonda nima bo’lgan?
*A. teatr dunyoga keldi
B. Ibodatxonalar qurila boshlandi
C. Olimpia o‘yinlari to‘xtab qoldi
D. Yunon-eron urushlari yakunlandi
18. Teatr so’zi yunonchada qanday ma’noni bildiradi?
A. tomoshalar joyi
B. tomoshaxona
C. tomoshabinlar joyi
*D. A va B
19. Yunon teatrlarida tomoshalar kunning qaysi vaqtida boshlangan?
*A. erta tongda
B. tushlik vaqtida
C. tushlik vaqtidan so’ng
D. kechki payt
20. Mashhur yunon shoir-dramaturgi Sofoklning tragediyalari berilgan qatorni aniqlang.
A.“Qushlar”, “Forslar”
*B. “Shoh Edip”, “Antigona”
C. “Shoh Edib”, “Baqalar”
D. “Antigona”, “Suvoriylar”
21. Yunon teatrlarida sahnadagi rollarni kimlar ijro etgan
*A. erkaklar
B. ayollar
C. erkaklar va ayollar
D. aktyorlar
22. Tragediya nima?
*A. qatnashuvchi kishilar halok bo’lishi bilan tugaydigan pyesalar
B. quvnoq sahnalar, nozik yumorga boy pyesalar
C. urush-janjallarni aks ettiruvchi sahna asarlari
D. hayotiy voqealarni namoyish etuvchi pyesalar
23. Yunonistonda komediyalar ustasi kim?
A. Gerodot
B. Gomer
C. Sofokl
*D. Aristofan
24. Yunonistonda haykallar haykaltaroshlik asarlar qayerlarni bezab turgan?
1)har bir fuqaro uyi 2)stadion 3) barcha ko’chalar 4)ochiq tomoshabog’ 5)saroy a’yonlari uylar 6)shahar maydonlari 7)ibodatxonalar
A. 1,2,3,4,5
*B. 2,4,5,6,7
C. 1,3,4,6,7
D. 2,3,4,5
25. Qadimgi Yunonistonda jamoat binolari qanday ashyodan barpo etilgan?
A. tosh va g’ishtdan
B. g’isht va paxsadan
*C. toshdan
D. g’ishtdan
26. Yunon haykaltaroshlari kimlar sharafiga haykal iklashgan?
A. o’z xudolari va mashhur olimlari
B. olimpiya o’yinlari g’oliblari
C.jangda zafar quchgan qahramonlar
*D. barcha javoblar to’g’ri
27. Parfenon barpo etilishi va Akropol qayta qurilishiga boshchilik qilgan yunon haykaltaroshi kim?
A. Dedal
B. Miron
C. Poliklet
*D Fidiy
28. Yetti mo’jizadan biri hisoblangan Zevs haykalini qaysi haykaltarosh yasagan?
A. Dedal
B. Miron
C. Poliklet
*D Fidiy
29. Yunonistonda labirint saroyini kim barpo etgan?
*A. Dedal
B. Miron
C. Poliklet
D Fidiy
30. Yunonistondagi eng a’lo marmartoshlardan qurilgan, rangi yorug’lik tushishiga qarab o’zgarib turadigan inshoot qaysi?
A. Akropol
B. Labirint saroyi
*C. Parfenon
D . Zevs haykali
29-mavzu. (32 ta)
Qadimgi Yunonistonda kimlarni donishmandlar, hayot murabbiylari sifatida bilishgan.
*faylasuflarni b) olimlarni
c) astronomlarni d) sarkardalarni
Qaysi millat faylasuflari olam tuzilishi va inson hayoti ma’nosini tushuntirishga hara kat qilishgan.
Arab b) rim c) *yunon d) hind
Kimlar o‘simliklar, hayvonlar, inson tanasi, Quyosh va yulduzlarni o‘rganishga harakat qilganlar.
Arab faylasuflari b) rim faylasuflari
c) *yunon faylasuflari d) hind faylasuflari
Kim Yer yuzidagi hamma narsa, olovdan kelib chiqqan, deb uqtirgan.
*Geraklit b) Demokrit
c) Diogen d) Arximed
Geraklitga tegishli fikrlar qaysilar.
«Insonda hech qanday ehtiyojlar bo‘lmasligi shart».
* «Bir daryoga ikki marta tushishmumkin emas».
«Menga tayanch nuqtasini topib bersangiz, Yerni ag‘darib yuboraman!».
«Evrika!» («Topdim, topdim!»).
«Hamma narsa oqadi, hamma narsa o‘zgaruvchandir» degan mashhur
hikmat kimga tegishli.
*Geraklit b) Demokrit
c) Diogen d) Arximed
Qaysi faylasuf Geraklit fikriga e’tiroz bildirib, u bizni qurshab turgan hamma narsa ko‘zga ko‘rinmaydigan maydamayda zarralar – atomlardan tashkil topgan degan ma’nodagi fikrni bayon etgan.
Geraklit b) *Demokrit c) Diogen d) Arximed
Qaysi faylasuf Frakiyalik.
Geraklit b) *Demokrit c) Diogen d) Arximed
Qaysi yunon faylasufi bochkada kun kechirgan.
Geraklit b) Demokrit c) *Diogen d) Arximed
Afsonalarga ko‘ra, kim Diogendan: «Senga qanday yordam berishim mumkin?» deb so‘raganida, Diogen: «Nariroq tursang-chi, quyoshni to‘sma!» deya kinoya qilgan ekan.
Doro I b) Femistokl c) Filipp II d) *Makedoniyalik Aleksandr
Tarix asari muallifi kim.
Geraklit b) Demokrit c) *Gerodot d) Arximed
Geradot qachon yashagan.
M.a. VI asr b) m.a. IV asr c) m.a.III asr d) *m.a. V asr
Kimga “Tarixning otasi” deb nom berilgan.
Geraklit b) Demokrit c) *Gerodot d) Arximed
Kim to‘plangan bilimlarni alohida tarmoqlarga ajratdi va ularni mustaqil fanlar sifatida ta’riflab berdi.
*Aristotel b) Geradot c) Arximed d) Demokrit
Kimni sharqda «Arastu» deya aytish keyinchalik odatga aylangan.
*Aristotel b) Geradot c) Arximed d) Demokrit
Barcha zamonlarda olimlar ilmiy masala yechimini topgan yunon fizigi va matematigi kimning «Evrika!» («Topdim, topdim!») qiyqirig‘ini takrorlab yurishadi.
Geraklit b) Demokrit c) Gerodot d) *Arximed
Arximedning yorug‘likni ko‘zgu orqali jamlab, qayer ustiga hujum qilib kelayotgan rimliklarning kemalarini yondirib yuborgani haqida hikoya mavjud.
* Sirakuza b) Frakiya c) Makedoniya d) Rim
Qaysi ibora Arximedga tegishli.
«Insonda hech qanday ehtiyojlar bo‘lmasligi shart».
«Bir daryoga ikki marta tushishmumkin emas».
*«Menga tayanch nuqtasini topib bersangiz, Yerni ag‘darib yuboraman!».
«Hamma narsa oqadi, hamma narsa o‘zgaruvchandir».
Arximed qanday qonunni ishlab chiqqan.
Tortishish qonuni
Quvvat qonuni
*richag qonuni
Nurning tarqalish qonuni
Rimliklar Sirakuzani bosib olganlarida, kim matematikaga oid bir masalani yechishga urinib qumda chizmalar chizgayotgan bo‘lgan.
Geraklit b) Demokrit c) Gerodot d) *Arximed
Rimlik askar kimni qilich bilan urganida «Mening chizmalarimga tegma!» deyishga ulgurgan, xolos.
Geraklit b) Demokrit c) Gerodot d) *Arximed
Sokrat (Sharqda keyinchalik «Suqrot» tarzida aytilgan) asli qayerlik.
Sparta b) *Afina c) Frakiya d) Sirakuza
Kim o‘zining dono hikmatlari tufayli shaharning eng aqlli kishisi deb e’lon qilingan edi.
Geraklit b) Demokrit c) Gerodot d) *Suqrot
Suqrotga tegishli fikrni toping.
«Insonda hech qanday ehtiyojlar bo‘lmasligi shart».
«Bir daryoga ikki marta tushishmumkin emas».
*«Hech narsani bilmasligimni bilganim uchun ham meni donishmand deb hisoblashsa kerak».
«Hamma narsa oqadi, hamma narsa o‘zgaruvchandir».
Kim o‘z fikrlarini og‘zaki bayon qilgan.
Geraklit b) Demokrit c) Gerodot d) *Suqrot
Suqrotning g’oyalari bizga kim orqali yetib kelgan.
Geraklit b) *Platon c) Gerodot d) Arximed
Biz kimni Aflotun sifatida bilamiz.
Geraklit b) *Platon c) Gerodot d) Arximed
Suqrot nimaga katta ahamiyat bergan.
* fuqarolarning axloqiy-ma’naviy tarbiyasiga
Boylik va poraxo’rlikka
ochko‘zlik va molparastlikka
ba’zi tartiblarni qo‘rqmasdan tanqid qilishga
Delfiya ibodatxonasidagi bitik kimning sevimli hikmati bo‘lgan: «O‘z-o‘zingni angla!».
Geraklit b) Demokrit c) Gerodot d) *Suqrot
Suqrot, ayniqsa, qaysi singari nuqsonlarni qattiq tanqid qilgan.
fuqarolarning axloqiy-ma’naviy tarbiyasini
Boylik va poraxo’rlikni
*ochko‘zlik va molparastlikni
ba’zi tartiblarni qo‘rqmasdan tanqid qilishni
Suqrot qayerdagi ba’zi tartiblarni qo‘rqmasdan tanqid qilgani uchun o‘limga mahkum etilgan.
Sparta b) *Afina c) Frakiya d) Sirakuza
Kim tarixda odamgarchilik, sabr-matonat va jasurlik timsoli bo‘lib qolgan.
Geraklit b) Demokrit c) Gerodot d) *Suqrot
Tuzuvchi: Qodirov Muhsinjon. Qo’qon DPI. +998 91 131 09 21
Do'stlaringiz bilan baham: |