Demosfen. 67. Quyidagilarni moslash. Konstantin, Trayan, Mark Antoniy, Mark Krass
KOSTANTIN
1-Imperator Konstantin zamonida, milodiy 330-yili Bosfor bo'g'ozidagi Vizantiy
shahri Rim imperiyasining poytaxti deb e'lon qilindi. Imperatorning buyrug'i bilan
shahardagi barcha eski binolar buzib tashlandi va yangi shahar qurildi. Shahar
imperator sharafiga Konstantinopol deb atala boshlandi
2-Milodiy 313-yilda imperator Konstantin xristianlik boshqa dinlarga teng dindir
degan farmon chiqardi. Farmon xristianlarga ibodatxonalar qurish va oshkora ibodat
qilish imkonini berdi.
3- Rivoyatga ko'ra, imperator Konstantin xristianlik ramzini o'z askarlari qalqonlariga
chizishga buyurgan va g'alabaga erishgan.
TRAYAN
1-Milodiy 98-yilda Trayan Rim imperatori taxtini egalladi.
2-Trayan zamonida Dunay daryosi bo'ylarida yashovchi daklar bilan urushlar olib
borildi.
3-Balandligi 40 metrga teng Trayan ustuni sirtidagi tasvirlar daklar bilan urush
manzaralari haqida hikoya qiladi.
4- Bu davrda Suriya va Mesopotamiya hududlari Rim imperiyasi tarkibiga kirdi.
5-Imperator Trayan davridan so’ng rimliklar yirik bosqinchilik urushlarini olib
borolmaganlar. Milodiy III asrda Rim imperiyasining kuch-qudrati zaiflasha boshladi
MARK ANTONIY
1- Shimoliy Yunonistonda Brut ham qo'shin to'plab, Rimga jiddiy xavf sola boshladi.
Ammo Oktavian Mark Antoniy bilan ittifoq tuzadi va Brut boshliq respublika
tarafdorlarini tor-mor etadi.
2-Shundan keyin Oktavian Rim davlatining G'arbiy qismini, Antoniy esa Sharqiy qismini
boshqarishni o'z qo'liga oladi.
3-Misrga kelgan Antoniy Misr malikasi Kleopatraga uylanadi.
4-Nikoh sovg'asi tariqasida Antoniy Kleopatraga Rimning sharqiy provinsiyalarini
(viloyatlarini) beradi. Bu Oktavianning noroziligiga sabab bo'ladi.
5-Mil. avv. 31-yilda Yunoniston qirg'oqlarida Antoniy va Oktavian flotlari o'rtasida
jang bo'ldi. Jang qizigan bir pallada Kleopatra va Antoniy Aleksandriya shahriga
qochadilar. Armiya va flot Oktavianga taslim bo'ladi. Mil.avv 30-yili Oktavian qo'shin
bilan Misrga yetib keladi. Antoniy va Kleopatra o'z-o'zini o'ldiradi, Misr esa Rim davlati
provinsiyasiga aylanadi. Shu tariqa Oktavian butun Rim imperiyasining yakka
hukmdori bo'lib oladi. @Tarixaudiokurs Fazliddin BURXONOV (@Fenix_voice)
@Tarixaudiokurs Fazliddin BURXONOV (@Fenix_voice)
MARK KRASS
1-Spartakka qarshi tajribali sarkarda Mark Krass boshchiligida ko'p ming sonli qo'shin
jo'natildi. Mil. avv 71-yilning bahorida ro'y bergan hal qiluvchi jangda Spartak lashkari
tor-mor etildi, uning o'zi esa ana shu jangda halok bo'ldi. 6 mingdan ziyod asirlar Rim-
Kapuya oralig'idagi yo'l bo'ylaridagi xochlarga mixlab tashlandi.
2- Spartak qo'zg'oloni bostirilib, tor-mor etilganidan keyin Krass va Pompey hokimiyat
uchun ancha vaqt kurash olib bordilar. Ammo Rim davlati olib borayotgan
urushlardan birida Krass halok bo'ladi. 68.Rim imperatori Oktavian davrida yuz bergan voqealarni aniqlang? (raqamli
savol)