Matn bilan ishlash
MAKTAB OSHXONASI
Bu maktab oshxonasi. Oshxonamiz keng, yorug‘ va chiroyli. Biz har kuni shu yerda ovqatlanamiz. Oshpazimiz Adiba opa juda mazali taomlar tayyorlaydilar. Nonushtaga issiq somsa, tuxum va shirin choy bo‘ladi. Tushlikka qovurdoq, palov, sho‘rva, mastava, chuchvara kabi taomlar tayyorlanadi. Bugun tanaffusda do‘stim Aziz bilan birga tushlik qildik. Men qovurdoq va choy oldim. Aziz palov va sharbat oldi. Taom juda mazali ekan.
Mustahkamlash
OSHXONADA
Pishiray deb shirguruch,
Nonushtaga – azonda.
Dadam keltirgan sutni
Oyim soldi qozonga.
Qarab tursam, chiqmoqchi
U qozonning ichidan.
Qaymog‘i vijirlagach,
Shoshilib qoldik chindan.
Bolalar olov bilan
Bo‘lmas ekan o‘ynashib,
Shuncha hushyor bo‘lsak ham
Sutimiz ketdi toshib.
Abdurahmon Akbar
Do'stlaringiz bilan baham: |