Mashqlar bajarish
1- mashq. Tasvirlangan narsalar nomini yozib, matnni to‘ldiring.
Navro‘zda daraxtlar ekadilar. Ko’chalarni tozalaydilar. Ko‘k somsa pishiradilar. Hamma raqsga tushadi, o‘ynaydi. Dalada gullar ochiladi. Qushlar uchibkeladi. Navro‘z bayrami uzoq vaqt davom etadi. Hamma xursand bo‘ladi.
Mustahkamlash
Adabiy o’qish
NAVRO‘Z – YANGI KUN
Navro‘z bayrami 21- martda nishonlanadi. 21- martda kechasi bilan kunduzi teng bo‘ladi. Quyosh shu kundan boshlab baland ko‘tariladi. Kunlar uzayadi. Hamma yerda xalq sayillari boshlanadi. Biz ham bayram tantanalarida qatnashdik. O‘yin o‘ynab, raqsga tushdik. Katta qozonda sumalak pishdi. Biz sumalak yedik. Bayram tomoshalarini ko‘rdik va xursand bo‘ldik.
Lug’at ishi
bayram – yangi kun – teng bo‘lmoq uzaymoq -
sayil – tinglamoq – xursand – qadimdan –
Do'stlaringiz bilan baham: |