Mustahkamlash
Mashqlar bajarish
1- mashq. Berilgan so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing va daftaringizga yozing.
Bir bog‘ ko‘kat, narxi qancha, arzon, qimmat, necha so‘m, mahsulot, sotuvchi, xaridor, rasta.
2- mashq. Nuqtalar o‘rniga berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib, daftaringizga ko‘chiring.
1. O‘zbekistonda turli xil ... va ... yetishtiriladi. 2. Meva va sabzavotlar ... sotiladi.
3. Bozorga borib mahsulotning ... so‘raymiz. 4. Rastalardagi ... narxi bilan ... ham
e’tibor beramiz. 5. Bozorda yurganimizda ... bo‘lishimiz kerak.
F o y d a l a n i s h u c h u n s o ‘ z l a r : xushmuomala, meva, sabzavotlar, sifatiga, narxini, intizomli, odobli, maxsus rastalarda, mahsulotning.
Do'stlaringiz bilan baham: |