Yangi mavzu bayoni
O‘zbek tilida narsalarning o‘lchovini ifodalash maqsadida sanoq sonlar bilan birga hisob bildiradigan so‘zlar ham qo‘llanadi.
M a s a l a n : ikki dona olma, uch yashik uzum,
bir piyola choy, olti kilogramm gilos.
1- mashq. Gaplarni o‘qing va hisobni bildirgan so‘zlarni aniqlang.
1. Dala hovlimizga olti tup ko‘chat o‘tqazdik. 2. Buvam bog‘dan ikki bosh uzum uzdilar. 3. Do‘kondan o‘ndona tuxum va uch yuz gramm pishloq oldim. 4. Bog‘dagi so‘rida besh nafar odam o‘tiribdi. 5. Abror daraxt
tagiga ikki chelak suv quydi
Do'stlaringiz bilan baham: |