Mashqlar bajarish
1- mashq. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
Komil har kuni ertalab yuz-qo‘lini ... , tishlarini ... , sochlarini ... , kiyimlarini ... tutadi. Komil maktabdan kelib kiyimlarini ... , oyoq kiyimini joyiga olib qo‘yadi. Xonasidagi changlarni ... .
F o y d a l a n i s h u c h u n s o ‘z l a r : tozalab, artadi, yuvib, toza, qoqib, taraydi
mashq. Gaplarni o‘qing, ularning mazmunidan kelib chiqib, nima qilish kerakligini ayting. Namunadagidek javoblar yozing. N a m u n a : Qo‘li iflos bo‘ldi. – Qo‘lingni yuv.
1. Kiyimi loy bo‘ldi.
2. Polga qog‘ozlar tashlandi.
3. Portfeling chang bo‘libdi.
4. Tirnog‘i o‘sgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |