Dars rejasi:
1.Tashkiliy qism- 2daq
2..O‘tilgan mavzuni takrorlash-10daq
3.Grammatik mavzu bayoni.-10daq
4.Mustahkamlash mashqlari.-10daq
5.Adabiy o‘qish10-daq
6.Mavzu yakuni.-3-daq
Darsning borishi.
Tashkiliy qism. O‘quvchilar bilan salomlashish. Davomatni va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish. Darsning maqsad va vazifalari bilan o‘quvchilarni tanishtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash Uy vazifasini so‘rash va baholash.Grammatik Mavzu bo‘yicha savol-javob o‘tkazish.Yangi so‘zlarni so‘rash.
Yangi mavzu bayoni
Grammatik mavzuni tushuntirish shaxs otlari insonlarning kasbini bildirib keladi. Ular tub va yasama bo‘ladi. Yasama shaxs otlari -chi, -kor, -bon, -soz, -shunos, -paz, -gar, -dor, -do‘z, -kash, -dosh qo‘shimchalari bilan yasaladi.
Masalan:ishchi zargar paxtakor chorvador bog‘bon etikdo‘z soatsoz dorboz oshpaz sinfdosh
2-topshiriq. Rasmlarda berilgan shaxslarning kasbini aniqlangva har biri haqida qisqa so‘zlab ering.
Do'stlaringiz bilan baham: |