Rasm bilan ishlash
2-topshiriq. Guruhlarga bo‘lining va berilgan rаsmlar asosida har bir guruh bittadan kichik matn tuzing.
Grammatik mavzuni tushuntirish
Uzoq o‘tgan zamon fe’li harakatning nutq so‘zlanayotgan paytdan ancha oldin bajarilganini bildiradi. Bu zamon shakli asosga -gan qo‘shimchasi yoki uning
yonidan edi to‘liqsiz fe’lini keltirish bilan hosil qilinadi. Uzоq o‘tgаn zаmоn fе’llаrining tuslаnishi
Shaxslar
|
Birlik
|
Ko‘plik
|
1-shaxs
|
Men o‘qigan edim
|
Biz o‘qigan edik
|
2-shaxs
|
Sen o‘qigan eding
|
Siz o‘qigan edingiz
|
3-shaxs
|
U o‘qigan edi
|
Ular o‘qigan edilar
|
Shaxslar
|
Birlik
|
Ko‘plik
|
1-shaxs
|
Men o‘qiganman
|
Biz o‘qiganmiz
|
2-shaxs
|
Sen o‘qigansan
|
Siz o‘qigansiz
|
3-shaxs
|
U o‘qigan
|
Ular o‘qiganlar
|
Mustahkamlash
Mashq bajarish
5-mashq. Fe’llarni uzoq o‘tgan zamon shakllаrida tuslang.
Eslamoq, hurmat qilmoq, suhbаtlаshmоq, gapirmоq.
6- mashq og‘zaki bajariladi
7-mashq. Nuqtаlаr o‘rnigа qavs ichida berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib matnni ko‘chiring.
Navro‘z ... (yangi yil, eski yil) demakdir. navro‘z bayrami ... (1 kun, 3 kun, 1 oy) davom etadi. Bayramdan oldin ... (birinchi,ikkinchi) ko‘chalar, uylar tozalanadi. Shahar va qishloqlarda ... (bir marta, uch marta, ko‘p marta) hasharlar o‘tkaziladi.
Bayram ... (birinchi, ikkinchi, oхirida) Alisher navoiy nomidagi Milliy bog‘dan boshlanadi. so‘ngra ... (uch kun, bir necha kun,) barcha viloyatlarda xalq sayllari davom etadi. Bayram kunlari ... (sumalak, osh, ko‘k somsa) kabi navro‘z taomlari pishiriladi.
Matn ustida ishlash
Lug‘at ishi
bog‘liq — связанный atrof — вокруг diydorlashmoq — встречаться
udum — обычай tartibga keltirmoq — навести порядок Navro‘z bayrami
Navro‘z O‘rta Osiyo va Sharq mamlakatlarida yashovchi xalqlarning qadimiy bayrami. navro‘z bayramida xalq sayllari uyushtirilgan. Yangi ungan ko‘katlardan tansiq taomlar pishirilgan. Ba’zi ekinlarni ekish boshlangan. navro‘zdan bir
necha kun oldin tayyorgarlik ishlari boshlangan. Bug‘doyni undirib, uning maysasidan sumalak tayyorlangan, ko‘kat chuchvara, yalpiz somsa kabi taomlar pishirilgan. Otchopar, uloq, kurash singari xalq o‘yinlari, sayllar o‘tkazilgan.
hozir O‘zbekistonda navro‘z umumxalq bayramlaridan biri sifatida nishionlanadi. 21-mart dam olish kuni deb e’lon qilingan. har yili shu kuni respublikamizning hamma viloyatlarida bayram sayllari tashkil qilanadi. Navro‘z kunlari mehnat faxriylari, keksalarni qutlab, sovg‘asalomlar ulashiladi. (“O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”dan)
Do'stlaringiz bilan baham: |