Mustahkamlash
Mashqlar bajarish
2-mashq. Berilgan so‘zlarga -lik, -chilik qo‘shimchalaridan mosini qo‘shib, avval -lik qo‘shimchali so‘zlarni, so‘ng –chilik qo‘shimchali so‘zlarni yozing.
Dehqon, sotuvchi, kon, quruvchi, rassom, paxta, san’atkor, shifokor, to‘quvchi, nonvoy, dorboz, suvchi, gilamdo‘z, ovchi, haydovchi, qandolatchi.
3-mashq. Matnni o‘qing. Aniq va mavhum otlarni aniqlab, ikki guruhga bo‘lib yozing.
Dam olish kuni o‘qituvchimiz bilan yangi uylar qurilayotgan turar-joy dahasiga bordik. Qurilish boshlig‘i bizga quruvchilik kasbi haqida so‘zlab berdi. Avval uylarning loyihasi chizilar ekan. So‘ng moliyaviy хarajatlar hisoblab chiqilar ekan. Keyin uy-joy qurilishi uchun qurilish mollari ajratilib, quruvchilar ish boshlashar ekan. ko‘p qavatli uyning devorlari bizning ko‘z o‘ngimizda qad ko‘tardi. Men quruvchilik kasbiga qiziqib qoldim.
Do'stlaringiz bilan baham: |