6-sinf. Sana. Mavzu: Zardo'zlik san'ati tarixi va uning rivojlanishi. Zardo'zlikda ishlatiladigan materiallar (gazlamalar turlari, karton, zar iplar). Zardo'zlikda ishlatiladigan asbob-uskunalar. Zar ipni o'rash Texnologik xarita



Download 9,62 Mb.
bet3/5
Sana08.02.2017
Hajmi9,62 Mb.
#2070
1   2   3   4   5

Ish o'rnini tashkil qilish. Zar tikish qulay bo’lishi, tikuvchini charchatmasligi uchun, ish o’rnini to’g’ri tashkil etish, mehnat qilishning muayyan qoidalariga rioya etish kerak. Asbob va moslamalar qo’yiladigan stol ustidagi ishga yorug’lik chap tomondan tushadigan holatda turish kerak. Agar stolda yashikcha bo’lsa, unda ip maxsus xaltada, asboblar yashikchada turadi. Gavda holatiga ahamiyat berib, bukchaymay, boshni juda pastga egmasdan o’tirish kerak. Ish vaqtida gavda biroz oldinga engashgan bo’lishi, ko’z bilan ish o’rtasidagi oraliq 25-30 sm dan oshmasligi lozim.

c:\users\sojida\desktop\bushivka.jpgc:\users\sojida\desktop\gold-embroidery3.jpg

IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash.

Kim yepchil-u, kim chaqqon metodidan foydalaniladi. Bunda qaysi guruh birinchi tayyor bo`lsa, savolga to`g`ri to`liq javob bersa g`olib sanaladi. Baholash diagrammasi bo`yicha baholanadi.

1- guruhga


  1. Naqsh so`zining ma`nosi nima va unga ta`rif bering.

«Naqsh» arabcha so’z bo’lib, «gul», «tasvir» degan ma’nolarni anglatadi. Naqsh - qush, hayvon, o’simlik, novda va boshqa elementlarning ma’lum tartibda takrorlanishidan hosil qilingan bezakdir. Naqsh elementlari tabiatdan to’g’ridan- to’g’ri olinmasdan, qayta ishlash asosida hosil qilinadi. Qayta ishlash - o’simlik va xayvonot dunyosidagi tabiiy shakllarni ramziy shakllarga aylantirishdir.

2.Ish vaqtida gavdani qanday holda tutish kerak?

Ish vaqtida gavda biroz oldinga engashgan bo’lishi, ko’z bilan ish o’rtasidagi oraliq 25-30 sm dan oshmasligi lozim.

2-guruhga



1. O’zbek xalq amaliy bezak san’atida ishlatiladigan naqshlar tuzilishiga ko’ra necha guruxga ajratiladi va ularning nomlanishi hamda ta`riflanishi.

1.Islimi (o’simliksimon) naqshlar - egri chiziqli o’simlik elementlaridan iborat.

2.Geometrik (girix) naqshlar - to’g’ri chiziqli elementlaridan tashkil topgan.

3.Murakkab (gulli girix) naqshlar - islimi va girix elementlarining chatishmasidan iborat. 4.Ramziy naqshlar (hayvonot va odamzot olamidagi shakllarni qayta ishlab hosil qilingan naqshlar) 2.Naqsh matoga qanday ko`chiriladi? Naqsh matoga kalka qog`oz yordamida ko`chiriladi


3. kartonga naqshlar nima yordamida ko`chiriladi?

Shaffof yani (kalka) qog`oz yordamida ko`chiriladi.

4.Ko`z bilan ish jarayoning orasidagi masova qancha bo`lishi kerak.

.

V.Darsga faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi va baholanadi.

5” “4” “3”


VI.Uyga vazifa.

1.Zardo`zlik naqshlariga oid zamonaviy naqshlar chizib kelish.

2.Mavzu bo`yicha tushunchalarni daftarga tushurib kelish.

VII.Ish o`rnini yig`ishtirish.

6- sinf. Sana.



Mavzi: Bo'zni korcho'pda taranglab tortish. Zamindo'zi va guldo'zi usulida tikishni o'rgatish.

Darsning texnologik xaritasi

Mavzu

Bo'zni korcho'pda taranglab tortish. Zamindo'zi va guldo'zi usulida tikishni o'rgatish.


Maqsad va vazifalari

Maqsad: Bo'zni korcho'pda taranglab tortish tartibini va Zamindo'zi va guldo'zi usulida tikishni o`quvchilarga o'rgatish.

Vazifalar: O`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish, o`zlashtirtishlarini nazorat qilish hamda bilim, ko`nikma, malakasini tekshirib baholash.

O`quv jarayoninig mazmuni

O`zbek xalq amaliy san`ati va bezaklari xalq hunarmandchiligi ,bizgacha etib kelgan meroslar haqida tushunchasini kengaytirish. O’quvchilarga bo'zni korcho'pda taranglab tortish, zamindo'zi va guldo'zi usulida tikishni o'rgatish.


O`quv jarayoning bajarilishining mazmuni

Uslub: og`zaki bayon, interfaol usulidan, yangi ped texnologiyalardan foydalanish, kim yepchilu kim chaqqon, insert metodlari

Shakli: suhbat , bahs munozara olib borish, yakka tartibda, guruhlarda, ishlash, amaliy mashg`ulot

Vosita: tarqatma materiallar, multemediya, rangli rasmlarlardan foydalanish,mavzu uchun kerakli buyumlar jihozlar.

Nazorat:Og`zaki savol javob tarqatma testlar

Baholash:Rag`batlantirish, baholash 5 ballik tizim asosida

Kutiladigan natija

O`qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida o`quvchilar tomonidan o`zlashtirishiga erishiladi, o`quvchilarning turli texnoligiyalar asosida yangi bilimlarga qiziqishini oshiradi.

O`quvchi: yangi bilim ko`nikma ,malakaga ega bo`ladi guruhlar bilan ishlashni o`zgalar fikrini hurmat qilishni urganadi

Kelgusi rejalar tahlili

O`qituvchi: O`z ustida ishlaydi, pedagogik mahoratini yanada oshirish uchun izlanadi.

O`quvchi: O`z fikrini guruhlar o`rtasida to`liq bayon qilishni hamda yangi mavzu qiziqishlari bo`yicha izlanish olib boradi. Amaliy mashg`ulotni hayotda qo`llay oladi

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O’quvchilarga bo'zni korcho'pda taranglab tortish, zamindo'zi va guldo'zi usulida tikishni o'rgatish.

Tarbiyaviy: O’quvchilarni zardo’zlik buyum tikish jarayonida ozoda, sifatli va tez ishlashga odatlantirish

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda zardo’zlik buyumlarini tikishda buyum turiga qarab ip rangi va gazlama turini to’g’ri tanlash ko’nikmalarini rivojlantirish.

Dars tipi:Yangi bilim berish, bilimlarni mustahkamlovchi.

Dars turi: nazariy, amaliy.

Dars uslubi: guruhlarda ishlashda, “aqliy hujum”, bosh qotirma, ”Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”,”B|B|B”, insert metodlaridan foydalanish.

Dars jihozi va ko`rgazmasi: zardo’zlik namunalari tikilgan buklet, plakatlar va slaydlar, kompyuter, o’quv qurollari, korcho’b, zardo’zlik asbob-uskunalari, ish qutichasi, shaffof qog’oz, iplar.

Fanlararo bog`liqligi: matematika, chizmachilik, iqtisod va boshqa fanlar



Dars bosqichlari

vaqti

1

Tashkiliy qism

4

2

O`tilgan mavzuni so`rash

10

3

Yangi mavzu bayoni

15

4

Amaliy mashg`ulot

43

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

10

6

O`quvchilarni rag`batlash

3

7

Uyga vazifa

3

8

Ish o`rnini yigi`shtirish

2

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

a)Salomlashish.

b)Davomatni aniqlash.

c) Darsga tayyorgarlikni tekshirish.

d)O`quvchilar diqqatini darsga qaratish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash. Uyga vazifani so`rash.

a)Savol –javob o`tkazish.

b)Topshiriqlarni tekshirish.

O`quvchilar guruhlarga bo`linadi . Guruh sardori guruh nomini va o`zini tanishtiradi.

Guruhlarga savollar beriladi.

1.Savol. Zardo`zlikda ishlatiladigan asboblarni daraxt barglariga yozing va daraxtni yashillating.

Zap iplar , bezak toshlar va munchoqlar, ko`rchop, maxsus qaychilar, bo`z va mato, patila va boshqalar.

2.Savol zardo`zlikda ishlatiladigan naqsh turlarini daraxt barglariga yozing va darxtni yashillating.

Islimi (o’simliksimon) naqshlar, Geometrik (girix) naqshlar - .

Murakkab (gulli girix) naqshlar Ramziy naqshlar

Shaffof yani (kalka) qog`oz yordamida ko`chiriladi.

3 savol har ikkala guruh ma`lum vaqt ichida zardo`zlikga mos so`zlarni qatnashtirib bosh qotirma tuzing.

4.Savol :Naqshlar matoga qanday usullarda ko`chiriladi?

Shaffof yani (kalka) qog`oz yordamida ko`chiriladi.

5.Patilaning vazifasi nimadan iborat.

Patilaga Zar ip o`raladi.

III.Yangi mavzu bayoni.

Bizga ma`lumki zardo`zlik san`ati milliy xalq hunarmandchiligiga kiradi. Bu hunar bilan azal azaldan ota bobolarimiz shug`illanib kelishgan. Zardo`zlik san`ati bilan ko`proq erkak kishilar shug`llanishgan keyinchalik ayollarimiz ham o`rganisha boshlashgan. Zardo`zlik san`ati bilan XIX asr oxiri XX asr boshlarida yashab ijod qilgan mutafakkur shoir Fitratning ham asosiy kasbi zardo`zlik bo`lgan.Zardo`zlik san`ati yurtimizning Buxoro viloyatida keng rivojlangan. Zardo`zi ustalardan buxorolik usta Numon Aminov va Usta Xalim, Majidov, Sultonov, aka- uka Xamidovlar, G`aybullayev, Sayfullayev, Ayollardan, Komolova, Samadova, Xamidova, Raxmatova, Yaxyoevalar yaratgan san`at asrlarini hunarmandchiligimizning beqiyos san`at asrlari deb hisoblashimiz mumkin.Ular yaratgan asrlari dunyo bo`lab ko`rgazmalarda namoyish etilgan.Zardo`zi usta No`mon Aminovning “Guri Amir” asari Toshkent xalq amaliy san`at muziyeda saqlanib kelinmoqda. Biz yaratayotgan har bir buyumga bor mehrimizni berib bajarsak biz ham san`at asrlari yaratishimiz mumkin



Bo'zni korcho'pda taranglab tortish. Tikishga tayyorgarlik chambarakni tayyor holga keltirishdan boshlanadi. Tikishdan ilgari chambarakka bo’zdan qilingan kerish (ta’var) tortiladi. U shunchalik tarang tortilishi kerakki, uning ustiga tashlangan angishvona 4-5 marta sakrashi kerak. Buning uchun chambarakka material (bo’z) tortish qonun - qoidalarini bilish zarur. Bunda,

avvalo chambarakning yog’och dastasi uzunligiga mos keladigan qalin mato(bo’z)dan qolip tikiladi. Bo’z, ya’ni kerish o’lchamlari tikilayotgan buyumning o’lchamlaridan kelib chiqib olinadi. Qolip to’rt tomondan kerishga ulanadi. Qolip o’zgarmaydi, lekin kerish o’zgarib turadi. Chunki kerish tikilayotgan zardo’zi buyumning tagida bo’lib, u bilan birga qo’shib tikiladi va o’sha buyum bilan birga qo’shib qirqib olinadi. Qolipning buklangan tomonlari yog’och dastaga kiygiziladi. Chambarak tortilib, tekis holga keltiriladi. Qolipning dasta va yon tomonlaridan teshib, undan iplar o’tkazilib shamshirakka tortiladi. Kerish tortilgunicha ip tortiladi. Keyin angishvona bilan sinab ko’riladi, agar kerish ustida angishvona 4-5 marta sakrasa, demak, dastgoh tayyor. Zamonaviy sexlarda esa metalldan tayyorlangan dastgohlarni tayyor holga keltirish birmuncha osonroq.

Korcho’bni tayyor holga keltirish hamda u bilan ishlashda ma’lum texnologik qoidalarga rioya etish ishning sifatiga katta ta’sir ko’rsatadi, ya’ni:

1.Ish tikayotgan paytda korcho’b ustiga yotib olib, og’irlikni tashamaslik kerak, aks holda kerish bo’shab ketib, ishning sifati buzilishi mumkin.

2.Hamma asbob - uskunalarni korcho’b ustiga qadab tashlamaslik kerak, bunda ham korcho’b bo’shab qoladi.

3.Korcho’b tikishga qulay bo’lishi lozim, uning ko’krakdan past yoki yuqori bo’lishi ishning sifatiga ham, sog’liqqa ham zarardir.

Zamindo'zi va guldo'zi usulida tikishni o'rgatish. Zardo’zlikda 30 xil klassik tikish usullari mavjud. Bu usullar o’ziga xos tomonlarining nomlari bilan bir- biridan farq qiladi. Zardo’zlik umuman ikkiga bo’linadi: birinchisi -zamindo’zi, ikkinchisi - guldo’zi.Zamindo’zi tikish turi. «Zamindo’zi» forscha «zamin» - er osti, tagi, «do’zi» - «tikmoq» degan ma’nolarni anglatadi. So’zning ma’nosidan ko’rinib turibdiki, zardo’zi tikish usullari naqshlar tagini yoppasiga zar iplar bilan to’ldirib tikish, ya’ni bunda zar tikilayotgan buyum gulnaqshining zamini yoppasiga zar bilan tikiladi va turli naqshlar hosil qilish vazifasini bajaradi. Bu usulda tikkanda buyumning hamma joyi zar ip bilan naqshlar hosil qilib tikib chiqiladi.

Zamindo’zi qadimda qimmatbaho to’nlarda ishlatilgan bo’lib, hozir zardo’zi do’ppilarning jiyagidagina qo’llanib kelinadi.



Guldo ’zi -bunda tikilayotgan naqshning tagi ochiq qolib faqat gul naqshlarning o’zi zar bilan tikiladi. Guldo’zi tikish usuli o’ziga xos bo’lib bu quyidagi bosqichda bajariladi. Naqqosh tomonidan naqsh chiziladi. Naqsh nusxasi qalin qog’oz karton yoki teridan qirqib andazasi tayyorlanadi. Sidirg’a baxmal matoga qadab chiqiladi, ya’ni omonat tikib chiqiladi yoki yelimlanadi. Karton nusxani zar ip bilan qoplab tikib chiqiladi. Biroz bo’rtma naqsh gul hosil bo’ladi. Bu usulda tikkanda naqshlarning tagi tikilmasdan qoladi.

IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash.

1.Zardo`zining necha xil usulda tikish turlari mavjud?

Zardo`zlikda 30 xil klassik tikish usullari mavjud.


  1. Zardo`zi asosan necha turga bo`linadi va ularni ta`riflang.

Zardo’zlik ikkiga bo’linadi:

birinchisi -zamindo’zi, ikkinchisi - guldo’zi.Zamindo’zi tikish turi. «Zamindo’zi» forscha «zamin» - er osti, tagi, «do’zi» - «tikmoq» degan ma’nolarni anglatadi.

Ikkinchisi:Guldo ’zi -bunda tikilayotgan naqshning tagi ochiq qolib faqat gul naqshlarning o’zi zar bilan tikiladi.


  1. Korchopni tayyorlash ketma ketligini ayting.

  2. Birinchi korcho`pga bo`z taranglab tortiladi so`ng ustidan duxoba tikib chiqiladi uning ustidan naqsh shabloni tikib mahkamlanadi. So`ng ish jarayonlari boshlanadi.


V.Darsga faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish.

5” “4” “3”




VI.Uyga vazifa.

Mavzu bo`yicha qisqacha tushunchani yozib kelish.



O’quvchilarga mustaqil ravishda gazlama bo’lagiga zamindo'zi va guldo'zi usulida tikilgan namunalardan ijodiy ish tikib kelish.

VII.Ish o`rnini yig`ishtirish.


6-sinf. Sana.

Mavzu: Choynak yopqichning gulnaqshini zar ipdan tikish.

Darsning texnologik xaritasi.

Mavzu

Choynak yopqichining gulnaqshini zar ipdan tikish.


Maqsad va vazifalari

Maqsad: Choynak yopqichining gulnaqshini zar ipda tikishni o`rgatish.

Vazifalar: O`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish, o`zlashtirtishlarini nazorat qilish hamda bilim, ko`nikma, malakasini tekshirib baholash.

O`quv jarayonining mazmuni

O’quvchilarga choynak yopqichining gulnaqshini zar ipda tikish jarayonining ketma ketligini o`rgatish.Tikish jarayonida texnika xavfsizli qoidalariga amal qilishni eslatib o`tish.


O`quv jarayoning bajarilishining mazmuni

Uslub: og`zaki bayon, interfaol usulidan, yangi ped texnologiyalardan foydalanish, zinama zina, kim yepchilu kim chaqqon, insert metodlari, tarmoqlash

Shakli: suhbat , bahs munozara olib borish, yakka tartibda, guruhlarda, ishlash

Vosita: tarqatma materiallar, multemediya, rangli rasmlarlardan foydalanish,mavzu uchun kerakli buyumlar jihozlar.

Nazorat:Og`zaki savol javob tarqatma testlar

Baholash:Rag`batlantirish, baholash 5 ballik tizim asosida

Kutiladigan natija

O`qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida o`quvchilar tomonidan o`zlashtirishiga erishiladi, o`quvchilarning turli texnoligiyalar asosida yangi bilimlarga qiziqishini oshiradi.

O`quvchi: yangi bilim ko`nikma ,malakaga ega bo`ladi guruhlar bilan ishlashni o`zgalar fikrini hurmat qilishni urganadi

Kelgusi rejalar tahlili

O`qituvchi: O`z ustida ishlaydi, pedagogik mahoratini yanada oshirish uchun izlanadi.

O`quvchi: O`z fikrini guruhlar o`rtasida to`liq bayon qilishni hamda yangi mavzu qiziqishlari bo`yicha izlanish olib boradi. Amaliy mashg`ulotni hayotda qo`llay oladi

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O’quvchilarga choynak yopqichining gulnaqshini zar ipda tikish yo’llarini o’rgatish.

Tarbiyaviy: O’quvchilarni choynak yopqich tikish jarayonida ozoda, sifatli va tez ishlashga odatlantirish.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda zamindo’zi va guldo’zi usulida tikilgan buyumlarni tikishda buyum turiga qarab ip rangi va gazlama turini to’g’ri tanlash ko’nikmalarini rivojlantirish.
Dars tipi:Yangi bilim berish, bilimlarni mustahkamlovchi.

Dars turi: nazariy, amaliy.

Dars uslubi: guruhlarda ishlashda, “aqliy hujum”,”Zinama zina”, “Klaster”,”O`z bilimingni sina”, “nima uchun” tarmoqlash, elektron savdo metodlaridan foydalanish.

Dars jihozi va ko`rgazmasi: zamindo’zi va guldo’zi usulida tikilgan buyum namunalari, choynak yopqich namunalari, mavzu bo’yicha bajarilgan buklet, plakatlar va slaydlar, kompyuter, o’quv qurollari, ish qutichasi, korcho’b, naqsh gullari namunalari, karton, baxmal matosi, andoza tayyorlash uchun qog’oz, qaychi, angishvona,

zar ip.


Fanlararo bog`liqligi: matematika, tasviriy san`at va boshqa fanlar

Darsning texnologik xaritasi







Vaqti

1

Tashkiliy qism

3

2

O`tilgan mavzuni mustahkamlash

10

3

Yangi mavzu bayoni

15

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10




Yangi mavzu yuzasidan amaliy mashg`ulot

43

5

O`quvchilarni baholash

5

6

Uyga vazifa

2

7

Ish o`rnini yig`ishtirish

2

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:



  1. Salomlashish.

  2. Davomatni aniqlash.

  3. Darsga tayyorgarlikni tekshirish.

  4. O`quvchilar diqqatini darsga qaratish.

Ma`naviy daqiqa:

O`qituvchi: 2016 yil Prezidentimiz tomanidan qanday yil deb e`lon qilindi?

O`quvchi:



O`qituvchi: Nima uchun alohida ona va bolaga e`tibor qaratilmoqda?

O`quvchi:.

O`qituvchi: Barakalla.

Biz o`tgan darsda qaysi mavzu bo`yicha tushuncha olgan edik

O`quvchi:

O`qituvchi: Uyga vazifa nima berilgan edi?

O`quvchi:



II.O`tilgan mavzuni takrorlash.Uyga vazifani so`rash.

1.Savol –javob o`tkazish.

2.Topshiriqlarni tekshirish

O`qituvchi: Bugungi darsimiz no`n`anaviy tarzda bo`lib o`tadi.

O`quvcvhilar 2 guruhga bo`linadilar. Guruh nomlarini tanishtirishadi.1 guruh: “Zamindo`zi” 2 guruh “Guldo`zi” nomlari bilan ataladi. Sardorlar o`zlarini tanishtirishadi. Har bir guruh sardorlari kelib savol tortishadi.

O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun “Ochil gul “ metodidan foydalanamiz.Guruh sardorlari bittadan konvert olishadi. Har bir konvert ichida 5 tadan savol berilgan har bir savol javobiga bir baldan beriladi.Savollarga javobni to`liq berib konvert ichidagi gulni ochilishiga yordam berishlari lozim savollar har bir gul yaproqlariga yozilgan javobi topilgan yaproqlar gul novdasiga yelimlanadi va gulning ochilishiga sabab bo`ladi.

Baholash diagrammasi bo`yicha baholanadi.



c:\users\sojida\desktop\free-vector-simple-flower-clip-art_115497_simple_flower_clip_art_hight.pngc:\users\sojida\desktop\free-vector-simple-flower-clip-art_115497_simple_flower_clip_art_hight.png

1 TUR 1 konvertdagi savollar.

1 savol. Milliy xalq amaliy san`atining qaysi turlarini bilasiz? Sanab bering.

Javob: Kashtachilik, quroqchilik, zardo`zlik, gilamdo`zlik,ganjkorlik va boshqalar.



2 savol. Zardo`zi ustalaridan kimlarni bilasiz?

Javob: Usta Xalim, Majidov, Sultonov, aka- uka Xamidovlar, G`aybullayev, Sayfullayev, Ayollardan, Komolova, Samadova, Xamidova, Raxmatova, Yaxyoevalardir.



3 savol.Zamindo`zi tikish usuliga ta`rif bering.

Javob:Zamindo`zi forscha “zamin” er osti tegi, “Do`zi” tikmoq degan ma`noni anglatadi. Ya`ni naqshlar ichini tegini yoppasiga to`ldirib tikish usuli zamindo`zi hisoblanadi.



4 savol.Zardo`zlikda qanday gazlamalardan foydalaniladi?

Barxit, velyur, baxmal, adras, atlas, bo`z, surp gazlamalaridan foydalaniladi.



5savol: Naqshga ta`rif bering.

Javob.Naqsh arabcha so`zdan olingan bo`lib “gul” ta`svir degan ma`noni anglatadi.



1 TUR. 2 konvertdagi savollar.

1 savol: Zardo`zi yo`nalishida tikiladigan buyumlar nomini qaysilarini bilasiz? Sanab bering.

Javob: kelinlar xalati, o`g`il bolalar tuni, kelinlar oyoq kiyimi, qizlar nimchasi, choynak yopgich, ko`zoynak g`ilofi yelpig`ich.



2 savol: Zardo`zlikda qanday iplardan foydalaniladi?

Javob:Zar iplar ipak iplar, kumush rangli iplar, oddiy iplar, mulina iplar, do`moloq metal iplar.



3 savol: Zardo`zlikda qanday asbob uskunalardan foydalaniladi?

Javob:Korchup, patila, tuyabo`yin qaychi, oddiy qaychi.



Download 9,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish