6-sinf ona-tili 2-chorak . 2011-2012
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16
E D A A B B E A B A B A B B A S
17 18 19 20
S D D S
O’QIT. BARATOVA.S.F
KARIMOVA M.F.
IV chorak ona tilidan 6 sinflarga test savollar.
1. Faqat nisbiy sifat berilgan qatorni belgilang.
a. Devoriy,mazali,ko'chma. d. Paxtali, kuzgi, chillaki.
b. Yuzaki, chiroyli. e. Ro'molli, ochiq, derazali.
2. Insonning hayot yo'li g'oyat murakkab va ko'p qirralidir. Ushbu gapda qanday darajada ?
a. Orttirma. d. Qiyosiy.
b. Ozaytirma. e. Oddiy.
3. -tadan qo'shimchasi orqali sifatlarning qaysi ma'noviy turi yasaladi ?
a. Taqsim son. d. Chama son.
b. Kasr son. e. Jamlovchi son.
4. Mening ukam 3-sinfda o`qiydi. Ushbu gapda son qanday vazifada kelmoqda ?
a. Kesim. d. Aniqlovchi.
b. Ega. e. Hol.
5. On besh minutdan so'ng oromgohga yetamiz. Bu gapdagi son o'rnida yana qaysi so'zni qo'llash mumkin?
a. Yarim soat. d. Nimchorak.
b. Chorak soat. e. Hech qanday so'zni.
6. Faqat chama son qatnashgan qatorni belgilang.
a. O'n beshtacha, uch-to'rttadan, beshta. d. Yigirmatalab, besh yuztadan.
b. Yuztacha, ming-minglab, o'ntalarcha. e. O'ttiztalarcha. yigirmatadan uchtacha.
7. Beshtadan, oltovlon sonlarining ma'no turlarini ayting.
a. Taqsim, chama sonlar. d. Jamlovchi, taqsim sonlar.
b. Dona, jamlovchi sonlar. e. Chama, dona sonlar
8. Bir ... o'zimni yo'qotib qo'ydim. Sondan so'ng qaysi hisob so'z qo'llanishi kerak ?
a. Lahza. d. Qadam.
b. Tomchi. e. Hovuch.
9. Masofa va vaqtni bildiruvchi hisob so'zlar qaysi qatorda berilgan ?
a. Metr,bog'. d. Daqiqa, chaqirim.
b. Hovuch, kilometr. e. Gramm, minut.
10. Tarkibida ko'pincha chiqish kelishigi qo'shimchasi qatnashadigan son turi.
a. Dona son. d. Kasr son.
b. Tartib son. e. Jamlovchi son.
11. -ov,-ala qo'shimchalari ikki, olti, yetti sonlariga qo'shilganda asos qismida qanday o'zgarish bo'ladi ?
a. I unlisi orttiriladi. d. I unlisi o ga aylanadi.
b. I unlisi tushib qoladi. e. hech qanday o'zgarish bo'lmaydi.
12. Suyuqlik va og'irlikni ifodalovchi hisob so'zlar qaysi qatorda berilgan ?
a. Gramm, litr. d. Kilometr, hovuch.
b. Tonna, millimetr. e. Misqol, santimetr.
13. ... o'lchab, ... kes. Nuqtalar o'rniga sonning qaysi turi qo'yiladi ?
a. Kasr son. d. Sanoq son
b. Dona son. e. Chamason.
14. To'rtovlon o'n ikki kun yurib ikkitadan hunar o'rganishibdi. Ushbu gapda sonlarning qanday ma'noviy guruhlari qatnashgan ?
a. Jamlovchi, sanoq, dona son. d. Kasr, sanoq, chama son.
b. Jamlovchi, sanoq, taqsim son. e. Jamlovchi, kasr, chama son.
15. Sonlar nechi turga bo'linadi ?
a. 6. d. 4.
b. 3. e. 2.
16. Ko'k yuzida pag'a bulut-oq bulut, Oq bulutdan sut yog'armi yoki qut ? Yuqorida parchada nechta sifat qatnashgan ?
a. 2. d. 4.
b. 3. e. 5.
17. To'g'rining gapi sariyog', egrining gapi to'mtoq. Sifat qanday vazifada kelyapti ?
a. To'ldiruvchi. d. Hol.
b. Aniqlovchi. e. Ega.
18. Qachon sifat otlashadi ?
a. Otning ma'nosi sifatga o'tganda, d. Sifat turlana olsa.
b. Sifat bog'lanib kelgan ot gapda tushib qolganda e. Hammasi to'g'ri.
19. Yozgi ta'til boshlanishini orziqib kutyapmiz. Bu gapda sifatning qaysi ma'noviy turi bor?
a. Hajm o'lchov. d. Makon-zamon.
b. Xusisiyat. e. Sifat yo'q.
20. -mtir, is'., qb'shimchalari sifatning qaysi darajasini hosail qiladi ?
a. Ozaytirma. d. Qiyosiy.
b. Orttirma. e. Oddiy.
21. Qo'shma sifat berilgan qatorni toping.
a. Yumaloq, uchburchak. d. Qiziqchi, oybolta.
b. Osmono'par, xushqad. e. umumbashariy.
22. Sifatlar tuzilishiga ko'ra turlarining qaysi biri -u, -yu vositasida bog'lanadi ?
a. Juft sifatlar. d. Qo'shma.
b, Takroriy. e. Sodda.
23. Harmma yerim o'ttiz yetti gektar. Bu gapdagi hisob so'zni belgilang.
a. Yerim. d. Gektar.
b. O'ttiz yetti. e. Hisob so'z yo'q.
24. Bir so'zi dona sonni ifodalaganda tarkibida qanday o'zgarish bo'ladi ?
a. Hech o'zgarishsiz -ta qo'shimchasini oladi. d. -ovi qo'shimchasi qo'shiladi.
b. T harfi orttirilib r ti shib qoladi. e. Chiqish kelishigi qo'shimchasi oladi.
25. Ko'chada besh, oltita bola o'ynadi; Qaysi son turi qo'llangan ?
a. Chama son. d. Jamlovchi.
b. Kasr son. e. Dona son.
Do'stlaringiz bilan baham: |