6-sinf, ona tili I-chorak
1.O’zlik nisbatdagi fe’l qaysi qatorda qo’llangan?
A. A.Navoiy ichki sadolarga beixtiyor berildi.
B. Ko’p o’tmay dalalarda ertangi karam nihollari yashnadi.
S. Ularga javob berilsin.
D. Saida bir yigitga ashulla ayttirdi.
2. Fe’ldagi birgalik nisbatni ifodalovchi qo’shimcha quyida berilgan qaysi qoshimchaga sinonim bo’la oladi?
A. –ish, -sh S. –lar
B. –n, -in D. –tir, -dir, giz. E. yo’q
3. Yuborilgan xatni oldim. Ushbu gapda majhul nisbatdagi fe’l qanday gap bo’lagi bo’lib kelgan?
A. kesim S. aniqlovchi
B. ega D. to’ldiruvchi
4.Harakat nomi berilgan qatorni toping.
A. Yaylov, bormoq, hiqoya qilmoq.
B.Boshqaruv, o’lchov, tinglash
S.Ko’chish, o’qish, turmush
D.O’sish, qizg’ish, olqish
5.Kiyintirishdi so’zidagi nisbat qo’shimchalarining sonini toping.
A.1 S.3
B.2 D.4 E.5
6. Birgalik nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni aniqlang.
A. Yana quvish boshlandi
B Asta-sekin tong yorisha boshladi
S. Osmon qora bulut bilan qoplandi
D. Biz bo’sht vaqtlarimizda shu yerda hordiq chiqaramiz
E. Futbol ishqibozlari o’yinni diqqat bilan ko’zatishdi
7. Harakat nomi qatnashgan gapni toping.
A. Uning dili siyoh bo’ldi
B. Ingliz tilini o’rganishga ahd qildi
S. U barcha guruhlarni harakatga keltirdi
8. Fe’llar nimani atab kelishiga ko’ra qanday fe’llarga bo’linadi?
A. Harakat va holat
B. Fe’l nisbatlariga
S. Fe’l shakllariga
9. So’z turkumi ma’no va vazifasiga ko’ra necha guruhga bo’linadi?
A. 4 S. 5
B. 6 D.2
10. O’timli fe’llar qaysi kelishikdagi qo’shimcha bilan ifodalanadi?
A. tushum
B. jo’nalish
S. qaratqich
11. Asosga qo’shilib, uning ma’nosiga qoshimcha ma’no yuklash yoki o’zi qo’shilayotgan so’zni boshqa so’zgabog’lash vazifasini qo’shimchalarga qaanday qo’shimcha deyiladi?
A. Shakl yasovchi S. Lug’aviy shakl
B. Sintaktik shakl yasovchi D. So’z yasovchi
12. Shakl yasovchi qo’shimcha vazifasiga ko’ra necha turli bo’ladi?
A. 3 xil S. 2 xil
B. 4 xil D. 5 xil
13. O’timli fe’llar qaysi kelishik qo’shimchasi bilan ifodalanadi?
A. tushum kelishigi S. o’rin-payt kelishigi
B. jo’nalish kelishigi D. qaratqich kelishigi
14. Fe’lning otga xoslangan shakli nima deyiladi?
A. Sifatdosh S. Ravishdosh
B. Harakat nomi D. Ko’makchi
15. Ma’lum bir so’roqqa javob bo’lib, biror gap bo’lagi vazifasida keladigan so’zlar qanday so’zlar deb ataladi?
A. Modal so’zlar S. Mustaqil so’zlar
B. Yordamchi so’zlar D. Undov so’zlar
16. O’timsiz fe’llar qanday qo’shimchalar orqali o’timliga aylantiriladi?
A. –ni S. -ga
B. -ning D. –dan
17. Daraxtlarning yaproqlari oltinday sarg’aydi.
A. Holat S. Nutqiy faolyat
B. Harakat D. A,B,S
18. Berigan so’zlardan qaysi biri tushum kelishigi bilan bog’lana olmaydi?
A. o’qidi, yozdi
B. ishladi, ko’rdi
S. qaradi, uxladi
19. Fe’llar gapda nima bo’lib keladi?
A. to’ldiruvchi S. ega
B. kesim D. hol
20. Ayrim shaxs yoki predmetga atab qo’yilgan nomlar qanday ot deyiladi?
A. turdosh ot
B. atoqli ot
S. joy nomi
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
16
|
17
|
18
|
19
|
20
|
A
|
S
|
S
|
B
|
D
|
E
|
B
|
A
|
S
|
A
|
A
|
S
|
A
|
B
|
S
|
A
|
A
|
S
|
B
|
B
|
Do'stlaringiz bilan baham: |