6-sinf. Ona tili 1-dars. O‘zbekistonda davlat tili va boshqa



Download 499,5 Kb.
bet18/59
Sana26.04.2022
Hajmi499,5 Kb.
#584784
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59
Bog'liq
1-chorak ona tili 6 sinf uchun

Darsning metodi: suhbat va tahlil. 
Darsning jihozi:
1.Diktant matni.
2.O‘quvchilarning diktantlari.
O‘qituvchi diktantlarni tekshiradi va baholash mezonlari asosida baholaydi. Bizningcha, bu o‘quv yilidagi birinchi diktant bo‘lganligi uchun unda o‘qituvchi tabaqalash asosida har bir o‘quvchiga va bir necha o‘quvchiga yoki butun sinfga xos imloviy, ishoraviy, uslubiy xatolarni aniqlashi hamda shunga asoslangan holda keyingi tadbirlarni belgilashi lozim. O‘qituvchi tomonidan alohida daftarga o‘quvchilarning xatolarini quyidagi jadval tarzida qayd etib borilishi yaxshi samara beradi.
N a m u n a: VI “A” sinf o‘quvchilarining savodxonlik darajasi tahlili (1-nazorat diktanti bo‘yicha)
Demak, o‘quvchilar xatosining mavjudligi qo‘shuv(+), yo‘qligi ayiruv (-) belgisi bilan qayd etiladi, oxirida ularning umumiy miqdori ko‘rsatiladi. Shu tarzda har bir o‘quvchiga xos xususiy va sinf o‘quvchilariga xos 





O‘quvchilarning ismi va familiyasi

Unli harflar imlosi

Undosh harflar imlosi

X va H imlosida

Bosh harflar imlosi

Qo‘shma so‘zlar imlosi

Juft so‘zlar imlosida

Tutuq belgisida

O‘zlashtirma so‘zlar imlosida

Tinish belgisida

Jami
xatolar



Imloviy

Ishoraviy

1





































2































































































































































































umumiy xatolar aniqlanadi. Keyin ularni to‘g‘rilash bo‘yicha quyidagi ishlarni bajarish maqsadga muvofiq:



  1. Diktant va boshqa yozma ishlarning tahlillarini o‘tkazish.

  1. Har bir o‘quvchiga imloviy, ishoraviy xatolarni to‘g‘rilash bo‘yicha darslarda topshiriqlar berib borish hamda buning bajarilishini nazorat qilish.

  1. Sinf o‘quvchilariga xos umumiy xatolarni belgilash hamda ularni to‘g‘rilash uchun boshqa darslarda mashqlar bajartirish, lug‘at diktantlar o‘tkazish va qo‘shimcha topshiriqlar berish.

  1. Nazorat diktanti, yozma ish tahliliga bag‘ishlangan darslarga jiddiy e’tibor qaratish va uni yuksak saviyada o‘tkazish. Nazorat diktanti tahlili darslarida barcha xatolar tushuntirilgach, ko‘chirib yozish, xato qilingan til birliklariga oid boshqa misollarni yozish mashqlari bajariladi.

O`quvchilarning nazorat diktant ya`ni “Tolib otgan tosh” matninidan olgan baholari sinf jurnaliga va kundalik daftarlariga qo`yiladi.Yaxshi yozgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
Uyga vazifa: ixtiyoriy mavzuda matn yozib kelish

Ona tili. 6-sinf.
MORFOLOGIYAGA KIRISH
Darsning maqsadi:

  1. Morfologiya, uning leksikologiya bo‘limi bilan aloqasi, so‘zning grammatik ma’nosi haqida bilim berish.

  1. O‘quvchilarga axloqiy tarbiya berish.

  1. O‘quvchilarda mustaqil, ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish.

Darsning metodi: muammoli ta’lim, suhbat. 
Darsning jihozi:

  1. 6-sinf ona tili darsligi.

  1. So‘zning lug‘aviy va atash ma’nosiga oid ko‘rgazma.

Darsda ma’nosi izohlanadigan tayanch so‘z va iboralar:  
morfologiya; lug‘aviy ma’no; grammatik ma’no, atash ma’nosi; grammatik shakl.
O‘qituvchi darsni uy vazifasini tekshirish va baholash bilan boshlaydi. So‘ng o‘quvchilarga «Morfologiyaga kirish» matnini 5 daqiqada mustaqil o‘qib chiqishni topshiradi. Matn mutolaasi tugagach, o‘quvchilarga quyidagi «Morfologiyaga kirish» nomli kichik boshqotirmani yechish topshiriladi.
Morfologiyaga kirish
1.Tilni ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganuvchi fan.
2.So‘zning borliqdagi ma’lum narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatni bildirishi.
3. So‘zning lug‘aviy ma’nosini o‘rganuvchi soha.
4. Ruchka so‘zining «yozuv quroli» ma’nosidan boshqa ma’nosi qanday nomlanadi?
5.Grammatik ma’noni ifodalovchi vositalar.
6.So‘zning grammatik ma’nosini va bu ma’noni ifodalovchi vositalarni o‘rganuvchi soha.
Mustaqil matn mutolaasi va boshqotirma yechish asosida o‘quvchilar morfologiya haqidagi bilimlarni mustaqil o‘rganishga yo‘naltiriladi. Boshqotirmani yechish asosida o‘quvchilar quyidagi javoblarni aniqlaydi: 1) tilshunoslik; 2) lug‘aviy ma’no; 3) leksikologiya; 4) grammatik ma’no; 5) grammatik shakl; 6) morfologiya. So‘ng savol va topshiriqlar asosida mavzuni mustahkamlashga oid suhbat uyushtiriladi. Ayniqsa, qaramoq, boqmoq, nigoh tashlamoq, chaqqon, nur, tut so‘zlarining atash ma’nolarini, shakldoshlarini, yo‘l so‘zining atash va grammatik ma’nolarini topishga alohida e’tibor qaratiladi.
N a m u n a : Yo‘l so‘zi ko‘p ma‘noli. «O’zbek tilining izohli lug‘ati» da uning 16 ta ma’nosi qayd etilgan. O‘qituvchi o‘quvchilarni so‘zning ma’nolari bilan tanishtiradi.
Yo‘l so‘zining atash ma’nolari:
l.Kishilar yoki transport qatnovi uchun mo‘ljallangan uzun yo‘l bo‘lagi: Toshkentda yangi yo‘llar qurildi.

  1. Harakat yo‘nalgan tomon, yo‘nalish, marshrut: Avtobus o‘z yo‘lida davom etdi.

  1. Kema va samolyotlar qatnashish uchun maxsus belgilab qo‘yilgan trassa: Suv yo‘li. Havo yo‘li.

  1. Safar qilish, biror yoqqa borish. safar, sayohat. Oq yo‘l bo‘lsin!

  1. Bosib o‘tiladigan masofa: Tashkent va Farg‘ona vodiysi orasi to‘rt soatlik yo‘l.

  1. Qator, satr: Zohid bir necha yo‘l she‘r aytdi.

Yo‘l so‘zining grammatik ma’nolari: ot, turdosh ot, bosh kelishikda, birlikda.
O‘quvchilar mavzuga oid savol va topshiriqlarni xuddi shu tarzda hal qiladilar.
Shu o‘rinda o‘quvchilarga bir oz dam berish maqsadida «Hikmat sabog‘i» daqiqasi o‘tkaziladi. O‘qituvchi yozuv taxtasiga «Odobing – obro‘ying», «Odob bozorda sotilmas» maqollarini yozadi va odob so‘zi arabcha bo‘lib adab shaklida ham qo‘llanishini, «jamiyatda, kishilar bilan muomalada o‘zini tuta bilish: axloq, tarbiya» degan ma’nolarni anglatishini, bu uning atash ma’nolari ekanligini uqtiradi. Birinchi maqolda odobli kishi o‘rtoqlari, do‘stlari, ota-onasi va boshqalar orasida obro‘li, hurmatli, qadrli bo‘lishi ta’kidlanganligini dalillar asosida tushuntiradi.«Odob bozorda sotilmas» maqolida odobni bozordan pulga sotib olib bo‘lmasligi, odobga yoshlikdanoq o‘rganib, ko‘nikib, uni ulg‘aygan sari kamol toptirib borish kerakligi ta’kidlanganligini uqtiradi hamda o‘quvchilarni odobli bo‘lishiga da’vat etadi. So‘ng odob haqidagi maqollar aytish bahsi o‘tkaziladi. Shu o‘rinda odobing, obro‘ying so‘zlarining grammatik ma’nolari: ot, turdosh ot, bosh kelishikda, II shaxs egalik qo‘shimchasini olganligi ham aytib o‘tiladi.
Morfologiya yuzasidan o‘rganilganlarni mustahkamlash uchun 39- 40-mashqlar bajartiriladi.
Ostiga chizilgan so‘zlarning atash va grammatik ma’nolarini aytish sharti berilgan 39-mashq quyidagicha bajariladi.
N a m u n a : Biz, pokiza zotlarning naslidanmiz. (D. Mahmudova)
Naslidanmiz so‘zi «avlodidanmiz, ya’ni ma’lum kishilarga mansublik» ma’nolarini anglatadi.
Naslidanmiz so‘zi – ot, birlikda, bosh kelishikda, II shaxs -miz egalik qo‘shimchasini olgan, bular uning grammatik ma’nosi.
41-mashqqa ko‘ra «O‘zbekiston tabiati» mavzusida matn tuzish uyga vazifa qilib beriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga matnda O‘zbekistonning tabiati, iqlimi, go‘zalligi, boyligi haqidagi fikrlarni ifodalash hamda undagi so‘zlarning lug‘aviy va grammatik ma’nolarini topishni ta’kidlaydi.

Download 499,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish