14. Maqsadiga ko'ra xaritalar qanday turlarga bo'linadi? J- Maqsadiga ko‘ra, xaritalarni: o‘quv, ilmiy,
turistik, targ‘ibottashviqot kabi turlarga bo‘lish mumkin.
15. Atlas deb nimaga aytiladi? J- Yagona dastur asosida bir butun (yaxlit, bo‘linmas) asar sifatida bajarilgan
geografik xaritalarning tizimli to‘plamiga geografik atlas deb aytiladi.
16. Birinchi geografik atlas kim tomonidan tuzilgan? J- Qadimgi yunon olimi Klavdiy Ptolemeyning
geografik xaritalar to‘plamini (eramizning II asri) birinchi geografik atlas deb hisoblash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |