6-sinf Fizika Sana: “A” 201 y. “B” 201 y. “V” 201 y. Darsning mavzusi: Kirish



Download 2,52 Mb.
bet82/110
Sana28.06.2021
Hajmi2,52 Mb.
#103536
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   110
Bog'liq
6-sinf kanspekt

Dars bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3

2

O’tilgan mavzuni so’rash

10

3

Yangi mavzuni tushuntirish

15

4

Darsni mustaxkamlash

10

5

Uyga vazifa.

2


Darsning borishi

1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish.Yuqlama qilish.Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish

2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash

3.Yangi mavzuning bayoni:
Har biringiz rezina sharni puflab ko'rgansiz. Shishirilgan shaming og'zini bog'lamasdan qo'yib yuborsangiz, shar o'zini u yoq, bu yoqqa tashlab uchadi. Bunda sharcha qanday kuch ta'sirida harakatlanadi? Pufak sharchadan otilib chiqayotgan havo oqimi orqa tomonga harakat qilsa, uning aks ta'siri natijasida pufak shar oldinga harakat qiladi. Reaktiv dvigatel ham xuddi shunday ishlaydi. Dvigatelda yongan gazlar orqaga otilib chiqsa, dvigatelning o'zi oldinga harakat qiladi. Reaktiv dvigatel samolyotga, raketaga yoki poyga avtomobiliga o'rnatilishi mumkin. Ularning harakati reaktiv harakat natijasida bo'ladi. Bundan qariyb ming yillar ilgari porox dvigateli ixtiro qilingan. Ular hozirda qattiq yoqilg'ili dvigatel deb ataladi. Porox - ko'mir, oltingugurt va selitra aralashmasidan iborat. Selitrada yonish uchun zarur bo'lgan kislorod bor. Bunday dvigatellar harbiy va signal raketalarida o'rnatilgan (1-rasm). Ulardan hozirgi zamon harbiy raketalarida ham foydalaniladi. Lekin ishlatiladigan porox tarkibi boshqacha. Reaktiv dvigatellarining ayrimlarida atrofdagi havodan foydalaniladi. Uni havo reaktiv dvigateli deyiladi. Havodan foydalanmaydiganlarini raketa dvigateli deb ataladi. O'tgan asrning 40-yillarida olimlar suyuq yonilg'ili re­aktiv dvigatelni yaratdilar. Bunday dvigatelning yonish kamerasiga alohida baklardan suyuq yonilg'i va oksidlovchi yuboriladi (2-rasm). Yonish kamerasida yongan yuqori temperaturali gazlar «soplo»dan otilib chiqib, raketani oldinga itaradi. Bunday dvigatellar hozirgi kunda raketalarni kosmosga olib chiqmoqda. Samolyotlar uchun havo reaktiv dvigatellari ixtiro qilingan. Ularda yonish uchun kerak bo'ladigan kislorodni havodan olinadi. Samolyotga o'rnatilgan dvigatel havoni tortib olib, uni yonish kamerasida kerosin bug'la- riga aralashtiradi. Bunday dvigatelni turboreaktiv dvigatel deyiladi. Turboreaktiv dvigatelning soplosidan chiqayotgan gazning temperaturasi ~500°C, tezligi -550 m/s atrofida bo'ladi. Qiruvchi harbiy samolyot soatiga 1000 km uchishi uchun, uning dvigateli 13-14 ming ot kuchiga ega bo'lishi kerak. Shunday kuchga ega bo'lgan porshenli dvigatel mas­sasi bir necha ming tonna bo'lar edi.

1-rasm 2-rasm 3-rasm

Uning o'lchamlari juda katta bo'lib, samolyotga sig'magan bo'lar edi. Shunday quvvatli turboreaktiv dvigatel porshenli dvigateldan 3-4 marta kichik bo'ladi. Turboreaktiv samolyot qancha katta balandlikda uchsa, dvigatel shuncha yaxshi ishlaydi. Porshenli dvigatelda esa, aksincha.

Yuqorida ko'rib o'tilgan ichki yonuv dvigateli, dizel dvigateli hamda reaktiv dvigatellarida yonish mahsulotlari atmosferaga chiqariladi. Yonish mahsulotlari tarkibida esa zaharli gazlar juda ko'p bo'lganligidan atrof havoni ifloslantiradi. Havodan zaharli moddalar (ayniqsa, qo'rg'oshin birikmalari) o'simliklarga o'tib, ularni ham iste'molga yaroqsiz holatga keltirishi mumkin. Shu sababli atrof- muhitni muhofaza qilish maqsadida avtomobillardan chiqayotgan gazlar tarkibida zaharli moddalarning bo'lish chegarasi belgilab qo'yilgan. Yaxshi sozlangan dvigateldan chiqayotgan gaz (tutun) tarkibi belgilangan me'yorda bo'ladi. Ularni avtomobilni texnik qarovdan o'tkazish va nazorat davrida maxsus xodimlar tekshirib turishadi.




Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish