1. Bimetall plastina. 2-rasmda bir-biriga parchinlab mahkamlangan ikkita - mis va temir plastina keltirilgan.
Bu plastinada mis va temir issiqlikdan turlicha kengayadi. Bunday plastina qizdirilsa, plastina temir tomonga, sovitilsa mis tomonga egiladi. Plastinani juda yuqori temperaturagacha yoki past temperaturagacha sovitilsa nima bo'ladi? Bu haqda o'ylab ko'ring.
Uning ba'zi bir qo'llanilishlari haqida to'xtalib o'taylik. Uyda ishlatiladigan sovutkich yoki elektr dazmol ishiga razm solsak, sovutkich ma'lum bir vaqt ishlaganidan so'ng to'xtaganini, dazmol ham qiziganidan so'ng qizil chirog'i o'chganligini ko'ramiz. Chunki unda bimetall plastinkali tokni uzib-ulovchi qurilmasi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |