Sinkveyn metodini qo’llash jarayonida o’quvchilardagi tarqoq axborotli jarayonlar asta sekin bosqichma-bosqich yo’naltirilgan jarayonga aylantirib boriladi. Ya’ni bilimlar mavzuni o’rganish davomida o’rganiladi. Muayyan voqelik to’g’risida yakdil fikrga kelinadi. Buning uchun o’quvchilarda besh imkoniyat mavjud bo’ladi ya’ni sikveyn beshqatordan iborat o’ziga hos ―oqshe’r (qofiyasiz) bo’lib, o’rganilayotgan mavzuga oid tushunchalar (hodisa, jarayon, voqea) qat’iyan ketma-ketlikda yozib chiqiladi. Sinkveyn orqali o’quvchilar o’z fikrlarini to’plash, ixcham ifodalash, mulohazalarni sintezlash va mavzu bo’yicha to’g’ri xulosalarni takomillashtirishga o’rganishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |