6-sinf Botanikadan ”Bilimlar bellashuvi” uchun test savollari
11- variant
1.Barg yaprog’ining ustki va ostki tomonini o’rab to’ruvchi po’stning vazifasi nima
A)fotosintez jarayonini amalga oshirish B)oziq moddalarning elaksimon naylar bo’ylab harakatini taminlash C)bargning ichki qatlamlarini shikastlanishdan va qurib qolishdan saqlash D)nay tolali bog’lamlarni hosil qiladi
2.Barglarning ustki va orqa tomonidagi po’sti oralig’ida joylashgan hujayralarni ayting
A)barg eti hujayralari B)barg og’izchalari hujayralari C)nay tolali boylamlar D)ustunchalarga o’xshash cho’ziq hujayralar
3.Barglarning ustki po’st tagidagi qavati qanday hujayralardan tashkil topgan
A)ovalsimon B)yumaloq C)ustunchalarga o’xshash cho’ziq hujayralar D)barg eti hujayralari
4.Tomirlarda naychalardan tashqari, cho’ziq, bir-biri bilan zanjir shaklida ulangan hujayralar ham bor. Bu hujayralar to’rga o’xshab, bir-biri bilan ko’p sonli teshikchalar orqali tutashib nimani hosil qiladi
A)tolalarni B)elaksimon naylarni C)loviyasimon juft hujayralarni D)barg og’izchalarini
5.Tomirlardagi nimalar bargga mustahkamlik berib turadi
A)tolalarni B)elaksimon naylarni C)loviyasimon juft hujayralarni D)naylar
6. Fitonsidlarni ishlab chqaruvchi o’simlik?
A) Glgedicheya B) archa C) yong’oq, terak D) barchasi
7. G’oza gommozi deb nomlanadigan bakteriyalar………zarar keltiradi?
A) paxtachilikka B) sabzavotchilikka C) bog’dorchilikka D) barchasiga
8. Zamburug’larning vegetativ tanasi…..
A) ildiz, poya, barglarga, bo’linmagan B) ildiz, poya, barglarga C) poya va barglarga bo’linadi D) poya va barglarga bo’linadi
9. Zamburug’lar hujayrasida…bo’lmaydi.
A) plastida B) xlorofil C) yadro D) a va b javboblar to’g’ri
10. Zamburug’lar hujayrasi………..iborat?
A) qobiq, sitoplazma va mag’izdan B) qobiq va mag’izda plastidalar
C) qobiq va sitoplazmadan D) qobiq, sitoplazma, xlorofil
11. Zamburug’lar qanday usulda oziqlanadi?
A) saprofit B) parazit C) avtotrof D) A va B javoblar to’g’ri
12. Zamburug’larning vegetativ tanasi nima deyiladi?
A) gifa B) mitseliy C) tallom D) qattana
13. Mitseliy……….
A) bir hujayrali bo’ladi Bb) ikki hujayrali bo’ladi
C) 1 va ko’p hujayrali, 1,2 yoki ko’p mag’izli bo’ladi
D) 1,2 va ko’p mag’izli bo’ladi
14. Yer yuzidagi zamburug’larning qancha turi fanga ma’lum?
A) 100000 B) 50000 C) 60000 D) 70000
15. O’zbekistonda zamburug’larning qancha turi tarqalgan?
A) 100 B) 2000 C) 3000 D) 500
16. Zamburg’larning vegetativ tanasi nechta hujayradan iborat?
A) bitta katta B) ikkita C) uchta D) to’rtta
17. Qo’ziqorin mevatanasining uzunligi qancha?
A) 10-20 sm B) 25 sm C) 30 sm D) 40 sm
18. Lishayniklarning yer yuzida qancha turi mavjud?
A) 26 000 B) 2300 C) 2200 D) 2100
19. Tog’ va cho’llarda o’suvchi lishayniklarni aniqlang?
A) bargsimon B) yopishqoq C) butasimon D) barchasi
20. Atmosfera havosini tozaligini ko’rsatib turuvchi mezon?
A) lishayniklar B) suvo’tlar C) bakteriyalar D) yashil suvo’tlar
21. Jag’-jag’ gulining formulasi?
22.Olxo’ri gulining formulasi?
23.Lola gulining formulasi?
24. Sachratqi gulining formulasi?
25. Gullari bir jinsli o’simliklar?
26. Gullari ikki jinsli o’simliklar?
27. Bir uyli o’simliklar?
28. 2 uyli o’simliklar?
29. To’g’ri gul deb nimaga aytiladi?
30.Gullari to’g’ri berilgan o’simliklar?
Do'stlaringiz bilan baham: |