6-sinf Botanikadan ”Bilimlar bellashuvi” uchun test savollari
15- variant
1.Barg to’kishning ahamiyatini ko’rsating
1.bir yil davomida o’simliklarda to’planib yotgan keraksiz moddalar chiqarib tashlanadi 2.ildiz tukchalari o’z ish faoliyatini to’xtatadi 3.barglar orqali suv bug’lanishi to’xtaydi 4.o’simlik tinim davriga o’tadi
A)1.2.3 B)2.3.4 C)1.4.2 D)1.4.3
2.Barg qanday qilib to’kiladi?
A)Ildiz tukchalari o’z faoliyatini to’xtatganda B)bargalar orqali suv bug’lanishi to’xtaganda C)barg bandining novdaga birikkan joyida po’kak hosil bo’lganda D)kuchli shamol ta’sirida
3.Doim yashil o’simliklar orasidan tangacha bargli o’simlikni aniqlang
A)archa B)qarag’ay C)qora qarag’ay D)qulupnay
4.Yashab yetmish yetti kun, kiyar yetmish-yetti to’n, kuzda uzib olinar, ovqatlarga solinar bu o’simlikning hayotiy shaklini aniqlang
A)ko’p yillik o’tlar B)ikki yillik o’tlar C)bir yillik o’tlar D)daraxt 5.O’simliklarning (1)shox-shabbasini ildiz bilan birlashtiruvchi (2)o’simlikning asosiy tanasidan o’sib chiquvchi yon shaxchasi nima deyiladi a.poya b.novda c.meva d.gul e.barg f.ildiz
A)1.a 2.e B)1.f 2.d C)1.a 2.b d)1.f 2e
6. Karamdoshlar oilasining o’zbekistonda nechta oilaga mansub necha turi uchraydi?
A) 76 tukum, 200 ga yaqin tur B) 66 turkum, 150 tur
C) 56 turkum 100 tur D) 46 turkum 50 tur
7. Mevasining bo’yi enidan 3 marta va undan ham uzun. Bu qaysi oila vakillariga tegishli?
A) karamdoshlar B) ra’nodoshlar C) gulxayridoshlar D)ituzumdoshlar
8. Jag’-jag’ning bo’yi qancha?
A) 10-30 sm B) 15 sm C) 20 sm D) 30 sm
9. Jag’-jag’ necha yillik o’t?
A) 2 yillik B) 1 yillik C) ko’p yillik D) 1 va 2 yillik
10. jag’- jag’ to’pguli qanday?
A) shingil B) boshoq C) qalqonsimon D) ro’vak
11. Gultoji barglari gulkosacha berglaridan 1,5 marta uzun, bu qaysi o’simlik uchun xos?
A) jag’jag’ B) olma C) olxo’ri D) behi
12. Jag’-jag’ning mevasi?
A) qo’zoqcha B) danakcha C) don D) pista
13. Yaxshi o’sgan bir tup jag’-jag;da qancha urug’ yetiladi?
A) 60 000 B) 70 000 C) 50 000 D) 40 000
14. Karamdoshlarning nechta turi O’zbekiston Respublikasining “Qizil kitob”iga kiritilgan?
A) 10 B) 12 C) 16 D) 8
15. Sho’radoshlar oilasining gul formulasi qanday?
A) Og0,5 Ch2-5U(2-5) C) Og4 Ch5U2
B) Og5 Ch5U1 D) Og6 Ch4U1
16. Sho’radoshlarning mevasi asosan_ _ _ _
A) yong’oqcha B) danakcha C) uchma D) pista
17. Qaysi yem-xashak o’simliklarini madaniy yem-xashak o’simliklari qatoriga kiritish ustida O’zbekiston Fanlar akademiyasining “Botanika” ilmiy ishlab chiqarish markazida tekshirish ishlari olib borilmoqda?
A) izen B) cho’lg’on C) keyreuk D) barchasi
18. Cherkezning bargi va mevasidan olinadigan dori tibbiyotda………….ishlatiladi.
A) qon ketishini pasaytirishda B) surgi sifatida C) qon bosimini tushirishda D) qon bosimin oshirishda
19. Zararli modda-anabazin qaysi o’simlikdan olinadi?
A) cherkezdan B) itsigakdan C) izendan D) keyreukdan
20. Sho’radoshlarning necha turi O’zbekiston respublikasi “Qizil kitob”iga kiritilgan?
A) 8 ta B) 9ta C)10ta D)11 ta
21. Sershox qirqbo’g’im dala qirqbo’g’imidan qanday farq qiladi?
22. Qirqbo’g’imning poya va shoxlaridan tayyorlangan damlama qanday maqsadda ishlatiladi?
23. Qirqquloqlar……..ko’p yillik o’t.
24. O’zbekistonda qirqquloqlar qayerlarda o’sadi?
25. Zuxrasoch…. yillik o’t
26. Sharq sauri archadan qanday farq qiladi?
27. Yopiq urug’li o’simliklarga xos eng muhim belgilardan biri……
28. Ra’nodoshlar gulining tugunchasi necha uyli?
29. Nok olmadan qanday farq qiladi?
30. Karamdoshlar oilasining mevasi qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |