6-sinf botanika qaysi javobda ildiz poyaga to`liq ta`rif berilgan?



Download 80 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi80 Kb.
#758989
Bog'liq
ATTESTATSIYA TEST2020


6-SINF BOTANIKA
1.Qaysi javobda ildiz poyaga to`liq ta`rif berilgan?
A) shakli o`zgargan poya, asosiy ildiz, barglar
B) zahira oziq moddalar to`planuvchi qo`shimcha ildiz, ildiz qinchasi
C) shakli o`zgargan poya, unda qo`shimcha ildiz, shakli o`zgargan barg, kurtaklar bo`lib, zahira oziq moddalar to`planadi
D) zahira oziq moddalar to`planuvchi shakli o`zgargan ildiz, qinchali o`suvchi qism
2. Quyidagi o`simliklarni poyasining ko`ndalang kesimi xiliga ko`ra juftlab ko`rsatilgan javobni toping. 1)xilol; 2)burchoq; 3)rayhon; a)yumaloq; b)uch qirrali; c)qanotli; d)to`rt qirrali.
A) 1-a; 2-b; 3-c B) 1-b; 2-c; 3-d C) 1-d; 2-b; 3-b D) 1-b; 2-a; 3-c
3. O`rmalovchi poyali o`simlik....
A) g`ozpanja B) zirako`t C) xilol D) burchoq
4. Toq patsimon bargli o`simlikni aniqlang.
A) yong`oq B) soxta kashtan C) ojud D) gazanda
5.Ildizdagi hujayralar qaysi havo bilan nafas oladi?
A) po`st hujayralar orasidagi bo`shliqlardagi B) ildiz tukchalarining ichidagi
C) naychalar tarkibidagi D) kambiy hujayralarining tarkibidagi
6. Nima hisobiga suv va unda erigan moddalar ildizning pastki qismidan yuqoriga ko`tariladi?
A) ildiz turlari B) tuproqda suv miqdorining ko`p bo`lishi
C) ildiz bosimi D) ildiz tukchalari soni
7. Agar tuproqqa mineral o`g`itlar mepyordan ortiqcha solinsa...
A) o`simliklarning hosildorligi va sifati ortadi
B) tuproqdagi tirik mavjudotlarda foydali o`zgarishlar namoyon bo`ladi
C) tuproqning ekologik holati yomonlashadi
D) tuproqning unumdorligi o`zgarmaydi
8. Elaksimon naychalar orqali moddalar qaysi yo`nalishda harakatlanadi?
A) bargdan boshqa organlarga
B) ildizdan faqat poyaga
C) ildizdan o`simlikning barcha organlariga
D) ikki yo`nalishda: ildizdan barg tomon, bargdan ildiz tomon
9. Barg tomirining nay-tolali boylamlarini nimalar hosil qiladi? 1)elaksimon naychalar; 2)tolalar; 3)o`lik naychalar; 4)ustunsimon hujayralar; 5)kambiy
A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 5 C) 2, 3, 4 D) 1, 4, 5
10.Yalpiz osimlikining bargi poyada qanday joylashgan?
A)navbat bilan
B)halqa hosil qilib
C)ketma-ket
D)qarama-qarshi
11. Yogpochligi qattiq bo`lgan o`simliklar guruhini belgilang. 1)zarang; 2)terak; 3)jiyda; 4)eman; 5)oprik; 6)aylant
A)1, 3, 6 B)2, 3, 4 C)1, 4, 5 D)1, 5, 6
12. O`zbekistonda tez o`sadigan daraxtlar guruhi berilgan qatorni belgilang. 1)tol; 2)terak; 3)nok; 4)do`lana; 5)qatrongpi; 6)chinor
A)1, 2, 6 B)1, 3, 5 C)2, 4, 6 D)1, 2, 3
13. Murtakdagi boshlang`ich ildizdan nima hosil bo`ladi?
A) qo`shimcha ildiz B) o`q ildiz C) asosiy ildiz D) yon ildiz
14. Qaysi o`simliklarda ikki yoki uch karra bo`lingan patsimon barglar bo`ladi?
A) soxta kashtan, totem B) qumrio`t, sambitgul
C) totim, shoyi akatsiya D) oq akatsiya, sebarga
15.“Quyosh hayot va xlorofil” asarining muallifi kim?
A)D.N.Pryanishnikov B)CH.Darvin C)I.I.Mechnikov D)K.A.Timiryazev
16. Bo'lingan hujayralarning ko'p qismi kambiydan ... tomonga qarab o'sib ... hujayralariga aylanadi.
A) tashqi, lub B) ichki, o'zak C) tashqi, po'kak D) ichki, yog'ochlik
17. Hujayra qobig'idagi yarim o'tkazuvchanlik xususiyati qaysi paytgacha saqlanib turadi?
A) nobud bo'lguncha
B) tashqi muhit harorati pasayguncha
C) mitoz davrining interkinez davrigacha
D) hujayraning shakli o'zgarishigacha
18. Uzoq vaqtgacha barglarining yashil rangini saqlaydigan o'simliklarni ko'rsating.
A) o'rik, shaftoli, tut B) chinor, terak, tut
C) gledichiya, aylant, akatsiya D) nastarin, atirgul, ligistrum
19. O'simliklarda mo'l hosil to'planishiga yordam beruvchi o'g'it(lar)ni belgilang.
A) azotli, fosforli B) azotli, kaliyli C) fosforli, kaliyli D) faqat azotli
20. Qaysi o'simlik mayda urug'dan unib chiqadi va poyasining uzunligi 140 m gacha yetadi?
A) mirzaterak B) sekvoyyadendron C) Rotang palmasi D) temirtikan
21. Suberin nima?
A) barglarda hosil bo'lgan anorganik modda
B) po'kak to'qima hujayralarining qobig'iga shimilgan modda
C) to'qimalarga mustahkamlik beruvchi oqsil
D) hosil qiluvchi to'qimaning turi
22. Chorva mollari uchun to'yimli ozuqa hisoblanadigan o'simliklar guruhini aniqlang.
1) saksovul; 2) javdar; 3) izen; 4) keyreuk; 5) chakanda; 6) do'lana; 7) yantoq
A) 3, 4,5, 7 B) 2, 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4, 7 D) 1, 2, 5, 6
23. Yillik halqalarning soniga va ensizligiga qarab daraxtlarning ... va ... aniqlash mumkin.
A) yoshini, turini B) yoshini, qanday sharoitda o'sganligini
C) yoshini, yil faslini D) yoshini, kasalligini
24. Havo ildizlarining epidermasi ostidagi etli qavatda qanday to'qima joylashadi?
A) asosiy B) mexanik C) o'tkazuvchi D) hosil qiluvchi
25. O'simlik hujayrasining vakuolasi tarkibida suvning miqdori qancha?
A) 50-65% B) 98-99% C) 70-95% D) 40-65%

KALIT




1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

21

22

23

24

25

C

B

A

A

A

C

C

A

A

D

C

A

C

C

D

D

A

D

C

B

B

C

B

A

C

7-SINF ZOOLOGIYA


1. Tog`ayli baliqlarning jabra yoriqlari necha juft bo`ladi?
A)3-5 B)10-20 C)3-4 D)5-7
2. . Yevropa daryolardan Sargass dengiziga borib tuxum qo`yadigan baliqni belgilang.
A)keta B)gorbusha C)ugor D)tilyapiya
3. Tritonning yuragi qanday tuzilishga ega?
A)naychasimon B)to`rt kamerali C)ikki kamerali D)uch kamerali
4. Qaysi qushlarning doimiy qishlov joyi bo`lmaydi?
A) kopchmanchi B)uchib o`tuvchi C) o`troq D)uchib ketuvchi
5. Tuxumini yalang`och qoyaga qo`yib bosib yotadigan qushni aniqlang.
A)burgut B)qayra C)qirg`iy D)oq bag`ir
6. Ilonlar uzoqdagi hayvonlarni qanday sezadi?
A)koprib B)eshitib C)issiqlikni sezish organi bilan D)hididan
7. Sutemizuvchilar bel umurtqasining soni nechtacha bo`ladi?
A)1-6 B) 2-9 C)3-5 D)3-11
8. Toshbaqaning kosasi qaysi suyaklar bilan bogplangan bo`ladi?
A) qovurg`alar, umurtqalar, o`mrov suyaklari B)qovurg`alar, umurtqalar, kurak suyaklari
C)qovurg`alar, opmrov va kurak suyaklari D)umurtqa, opmrov, yelka suyaklari
9. Nima sababdan sudralib yuruvchilarda o`pkaning gaz almashinadigan yuzasi kengaygan?
A) o`pkada alveolalar paydo bo`lgan B) o`pkada bronxiolalar va alveolalar shoxlanib ketgan
C) o`pka devori katakchalarga bo`lingan D) tez-tez nafas olganligi sababli
10. Sudralib yuruvchilarning ajdodlari bundan qariyb ……….kelib chiqqan?
A) 300 mld B) 300 mln C) 200 mln D) 250 mln
11. Amyobaning oziqni qamrab oladigan organoidi:
a) qisqaruvchi vakuol b) hujayra membranasi; c) soxta oyoqlar. d) hazm qilish vakuolasi;
12. T.Z. Zohidov va O.P. Bogdanov:
a) umurtqasiz hayvonlarni o‘rgangan; b) hayvonlar ekologiyasini o‘rganishni boshlab bergan;
c) umurtqali hayvonlarni o‘rgangan. d) Parazit chuvalchanglarni o`rgangan
13. Parazit chuvalchanglarni o’rganadigan fan?
A) akaralogiya B) protozoologiya C) gelmintologiya D) parazitologiya
14. Ilik suyagi faqat qushlar uchun xos bo`lib, u ... hosil bo`lgan.
A)panja suyaklarining O`zgarishidan B)beshinchi barmoq suyagining
C)kichik boldir suyagining O`zgarishidan D) bir necha mayda tovon suyakning
15. Bolalar gijjasi qanday yuqadi?
A) zararlangan go’sht orqali B) sabzavot, iflos qo’l orqali
C) buzilgan taomlar orqali D) ifloslangan suv va go’sht orqali
16. Baliqlar yordamida uzoq joylarga tarqaladigan hayvonni aniqlang.
A)bitiniya B)tridakna C)suv shillig’i D)baqachanoq
17. Olma mevaxo`rining g`umbagi qayerda rivojlanadi?
A) tuproqda B) chirindi orasida C) daraxt po`stlog`i ostida D) mevada
18. Falanganing zahar bezi qaysi qismida joylashgan?
A)jag’lari asosida B)nayzalarida C)zahar bezi bo’lmaydi D)bosh-ko’krakda
19. Qoramol tasmasimon chuvalchangining qaysi qismi sezgi vazifasini bajaradi?
A) boshchasi B) so’rgichlari C) terisi D) to’g’ri javob yo’q
20. Oq planariyada oziqning xazm bo’lmagan qismi tashqariga qanday chiqariladi?
A) chiqaruv naychalar orqali B) og’iz orqali C) tana yuzasi orqali D) orqa chiqaruv teshigi orqali
21. Qizil chuvalchanglar ....... ko’paytiriladi.
A) biogumus olishda B) suvni tozalovchi sifatida
C) baliqlar uchun yem sifatida D) chorvachilik chiqindilarini qayta ishlash uchun
22. Lantsetnikda qaysi organning hamma qismi bir xilda tuzilgan?
A)qon tomirlari B)ayirish naychalari C)nerv nayi D)hazm sistemasi
23. Nursimon simmetriyali hayvonni belgilang.
A)jigar qurti B)aktiniya C)baliq D)o’rgimchak
24. Parazitlikka moslashish ta’sirida ko’pgina chuvalchanglarda qanday o’ziga xos xususiyatlar paydo bo’lgan?
A)o’troq holatda hayot kechirishga o’tish B) yopishish organlari, serpushtlilik
C)tuxumlarini ona organizmdan tashqarida rivojlanish D)tayyor oziq bilan oziqlanish
25. Qaysi hayvonlar o’z tuxumini pilla ichiga qo’ymaydi? 1) oq planariya; 2) jigar qurti; 3) exinokokk; 4) suv shillig’i; 5) butli o’rgimchak; 6) chayon; 7) yomg’ir chuvalchangi
A)1,5,6 B)2,4,7 C)3,6,2 D)1,6,7
KALIT

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

21

22

23

24

25

D

C

D

A

B

C

B

A

C

B

D

C

C

D

B

D

C

C

D

B

C

C

B

B

C

9-SINF BIOLOGIYA


1. Spermatozoidning qaysi qismida hujayra markazi va mitoxondriya joylashgan?
A) bo`yin B) bosh C) dum D) akrosoma
2. Bargi va ildiz tugunaklari yordamida ko`payadigan o`simlikni ko`rsating.
A) gulsafsar B) terak C) begoniya D) binafsha
3. Tanasining bir necha bo`laklarga bo`linish yo`li bilan ko`payadigan ko`p hujayrali organizmni belgilang.
A) ignatanlilar B) xlorella C) bezgak paraziti D) xlamidomonada
4. M.S.Navashin qanday hodisani kashf etgan?
A) qo`sh urug`lanish jarayonini B) endospermning triploidligini
C) generativ hujayradan spermiylarning hosil bo`lishini D) vegetativ hujayradan chang nayining rivojlanishini
5. Qaysi organizmlarda gastrulyatsiya blastula devorining qat-qat bo`lib joylashishi natijasida hosil bo`ladi?
A) lansetnik B) amfibiyalar C) kovakichlilar D) qushlar, sudralib yuruvchilar
6. Bilvosita rivojlanadigan tuban xordalilarni belgilang.
A) assidiya, lansetnik B) to`garak og`izlilar C) suvda va quruqlikda yashovchilar
D) lansetnik, to`garak og`izlilar
7. Jinsiy ko`payadigan organizmlarning somatik hujayrasida mutatsiya ro`y bergan bo`lsa, nima kuzatiladi?
A) shu organizmda namoyon bo`ladi, keyingi avlodga o`tmaydi
B) shu organizmda namoyon bo`ladi, keyingi avlodga o`tadi
C) organizmda o`zgarish kuzatilmaydi, lekin keyingi avlodga o`tadi
D) mutatsiyaga uchragan hujayra lizosoma tomonidan eritib yuboriladi
8. Zigotaning topliqmas, notekis maydalanishi qaysi organizmlarga xos?
A)odamlarga B)lantsetniklarga C)tuyaqushlarga D)barcha sutemizuvchilarga
9. Irsiyatning xromosoma nazariyasini kim yaratgan?
A) T.Morgan B) G.Mendel C) De-Friz D) Davidenkov
10. Digeterozigota organizm necha hil gameta hosil qiladi?
A) 8 B) 2 C) 4 D) 16
11. Qaysi belgilar uchun reaksiya normasi tor bo`ladi?
A) yurak kattaligi, barg uzunligi B) bosh miya kattaligi, teri rangi
C) bosh miya kattaligi, yog` miqdori D) yurak kattaligi, bosh miya kattaligi
12. Genlarning birikish guruhi ... mos keladi.
A) xromosomalarning gaploid to`plamiga B) xromosomalarning diploid to`plamiga
C) autosomalar soniga D) noallel genlarning soniga
13. Drozofilla pashshasida ko`zning oq rangi X-xromosomadagi retsessiv genga bog`liq. Agar oq ko`zli urg`ochi qizil ko`zli erkak pashsha bilan chatishtirilsa, F1 da qanday ajralish bo`ladi?
A) 50% qizil ko`zli urg`ochilar; 50% oq ko`zli erkaklar
B) 50% qizil ko`zli erkaklar; 50% oq ko`zli urg`ochilar
C) barcha pashshalar qizil ko`zli D) barcha pashshalar oq ko`zli
14. Qora (AA), qizil (aa) qoramollar chatishtirilganda F2da fenotip nisbatini aniqlang.
A) 1:1 B) 3:1 C) 2:1 D) 2:1:2
15. Ota-onalarning genotipi qanday bo`lganda, tahliliy chatishtirish natijasida olingan duragaylarda genotip bo`yicha 1:1:1:1 nisbatda ajralish namoyon bo`ladi?
A) Aabb x Aabb B) AaBb x aabb C) AABb x aabb D) aaBb x aabb
16. i-RNK nukleotidlarning ketma-ketligi qaysi modda molekulasidagi nukleotidlar ketma-ketligiga mos?
A) r-RNK *B) DNK C) ATF D) barchasiga
17. Xromosomaning spirallashgan qismi...
A) genetik nuqtai nazardan faol B) genetik axborotni o`zgartirib turuvchi faol qismi
* C) genetik nuqtai nazardan nofaol D) genetik nuqtai nazardan nofaol va sust bo`yaladi
18. Quyidagi kodonlarning ichidan terminator kodonlarni ajrating. 1)UAG; 2)UAS; 3)UAA; 4)UAU; 5)UGA; 6)UGS
A) 1, 2, 3 B) 1, 4, 5 *C) 1, 3, 5 D) 4, 5, 6
19. Tiriklikning qaysi darajasida energiyani to`plash va taqsimlash (I), modda va energiyaning davriy aylanishi (II) kuzatiladi?
* A) I biogeosenoz; II biosfera B) I biotsenoz; II biosfera
C) I populyatsiya; II biogeosenoz D) I populyatsiya; II biosfera
20. Hujayradagi ATF sintezida qatnashuvchi organoid(lar)ni belgilang. 1)mitoxondriya; 2)lizosoma; 3)xloroplast; 4)Golji majmuasi; 5)endoplazmatik to`r
A) 1 B) 2 C) 2, 4, 5 *D) 1, 3
21. Deplazmoliz nima?
A) hujayra tarkibidagi suvning tashqariga chiqishi
B) plazmolizga uchragan hujayra tarangligining yo`qolishi
* C) tarangligini yo`qotgan hujayraning avvalgi holatga qaytishi
D) quyosh nuri ta'sirida suvning parchalanishi
22. Axborot tashuvchi RNK tarkibida nukleotidlar quyidagi nisbatda uchraydi: guanin-31, uratsil-19, sitozin-21, adenin-29. Mazkur i-RNK molekulasi asosida uning sintezida ishtirok etgan DNK molekulasining tarkibidagi nukleotidlar miqdorini aniqlang.
* A) T=48; A=48; G=52; S=52 B) T=29; A=19; G=21; S=31
C) T=29; A=29; G=31; S=31 D) T=19; A=29; G=21; S=31
23. Spora ichida hujayra qaysi usul bilan bo`linadi?
A) meyoz *B) mitoz C) kopulyatsiya D) shizogoniya
24. Lansetnikda gastrula qanday hosil bo`ladi?
* A) blastula devorining ichkariga botib kirishi hisobiga
B) blastula devorining qat-qat bo`lib joylashishi natijasida
C) blastula hujayralarining migratsiyasi natijasida
D) blastula devorining bo`rtib chiqishi hisobiga
25. Allel genlar meyoz jarayonida ....
* A) har xil gametalarga tarqaladi B) bitta gametaga o`tadi
C) bitta xromosomaning lokusida joylashadi D) meyozda ishtirok etmaydi

KALIT




1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

21

22

23

24

25

A

C

A

B

D

A

A

C

A

C

D

A

A

B

B

B

C

C

A

D

C

A

B

A

A

Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish