38- bilet
Urug’lanish nima ?
Changchi va urug‘chidagi jinsiy hujayralarning qo‘shilish jarayoni urug‘lanish deyiladi. Bu yangi organizm demakdir. Bitta changdonda yuzlab va minglab chang donachalri yetiladi. Chang o‘simliklarning turiga qarab har xil shaklda va kattalikda bo‘ladi. Uni zamonaviy mikroskplarda ko‘rish mumkin.
O’sib turgan rayhon misolida o’simlik organlarining o’zaro bog’liqligini va o’simlik hayotiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlang.
O‘simliklarning organlari o‘zaro uzviy bog‘langan. Tashqi muhitning o‘simlik hayot faoliyatiga ta‘sor etuvchi ayrim tarkibiy qismiga ekologik omil deb ataladi. Ekologik omillar yig‘indisi, o‘simliklarning yashash sharoiti, ya‘ni ularning tashqi muhitini belgilab beradi. Ulardan eng muhimlari tuproq, harorat, suv, yorug‘lik va havodir. Yorug‘lik va harorat ta‘sirida o‘simlikda fotosintez, nafas olish , o‘sish , urug‘ning unishi va mevalarning pishishi kabi hayotiy jarajonlar sodir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |