O’quvchilar tamonidan o’tilgan mavzu bo’yicha bajargan ishlar (rasmga olib fan o’qituvchisiga telegramdan jo’natilgan) tahlil qilinadi va savollarga javoblar so’raladi(bunda o’quvchilar savollarga javobni tezkorlik bilan o’qituvchiga yozib yuborishi mumkin.
Savollar
__Emblema so’zi nima degan ma’noni bildiradi?
__Emblema o’zi nima?
___Qanday emblemalar bor?
___Emblemada nima aks etadi?
___Emblema qaysi yunalishga tegishli?
___Emblema grafikaga oid bo’lsa ham nega unda rang ishlatamiz?
___Emblemalar qanday shakllarda chiziladi?
Mavzuning bayoni.
Natyurmort janri 17-asrda Yevropada paydo bo’lgan. Natyurmort so’zi fransuzcha – jonsiz tabiat degani. Dastlabki natyurmortlarni rassom Sharden chizgan.
O’zbekistonlik Rahim Ahmedov, g’ofur Abdurahmonov, Yanis Salpinkidi, Ro’zi Choriyev, Qo’ziyeva, Oripova va boshqa ko’plab rassomlarimiz bu janrda ijod qilganlar.
Jahonning mashhur natyurmortchilari P. Pikasso, Vinsent, Van Gok va boshqalardir.
Xotiradan natyurmort kompozisiyasini ishlash ham murakkab bo’lib uni faqat o’zingiz uylab bajarishingiz kerak. Naturaga olinadigan narsalar ixtiyoriy bo’lib hamma o’zicha mavzuli qilib tanlaydi. Natyurmort kompozisiyasi to’g’risida avvalgi darslarda aytilgan shunday bo’lsada qaytarib chiqish zarar qilmaydi. Shu kabi suzlar bilan boshlanib savollar beriladi.
Natyurmort nima degani? Kompozisiya – chi?
Kolorit degani nima? Qanday ranglarni bilasiz?
Issiq ranglar qaysilar? Sovuq ranglar qaysilar? Va hakoza bo’lishi mumkin.
Shundan keyin o’zi bajarib kelgan natyurmort kompozisiyasini va rassom asarlaridan birini tahlil qilinadi. Tahlilga to’liq o’quvchilarning o’zlarini gapirtirish yaxshi bo’ladi. Shuningdek rassomlardan birining asarlaridan olib tahlil qilinishi lozim. Natyurmortning bir necha variantlarini ko’rsatib o’tiladi va rasm chizish doskada bosqichlari takrorlanib o’tadi. Tushuntirib bo’lingach doskani o’chirib tashlanadi va ko’rgazmalar ham olib qo’yiladi. Chunki bolalar undan ko’chirib olishi mumkin. Unda mustaqil fikrga yo’naltirilgan dars to’g’ri bo’lmaydi.
Amaliy ish. Natyurmort chizish o’z tasavvuri asosida yoki kitobdagilarga qarab
Topshiriqlar
O’quvchilar xotiradan (iloji boricha o’z tasavvuri asosida) yoki kitobdagi tasvirlardan, turli notyurmortlardan ko’chirma ishlashlari mumkin.
Albatta mavzuga oid ma’lumotlarni qisqacha daftarga yozish (savollarga javoblarni ham daftarga yozib qo’yish lozim) va kelgusi darsda savollarga javob berish uchun mavzuni o’qishlari kerak hamda bajargan ishlarni rasmga olib fan o’qituvchisiga telegramdan yuborishi mumkin.
Natyurmortni chizib bo’lgach iloji boricha uni akvarel yoki guashda buyash lozim.
Uyga vazifa rasmlarni yakunlash va savollarga tayyorlanish.
Fan oylik daoirasida belgilangan onlayn tadbir va tanlovlarga oid rasmlar chizish.
Uyga vazifaga namuna. (buyang yoki o’zingiz boshqa natyurmort chizing)