563-567-yillarda – Eftallar davlati shimoldan Turk xoqonligi va janubdan Eron sosoniy-larining zarbasiga uchragan va tamomila barbod bo’lgan.
V asrda – Samarqand viloyati janubiy tumanlarining asosiy suv manbayi Darg’om kanali barpo etilgan.
V-VI asrlarda – so’g’d, xorazm, fetal yozuvlari tarqalgan.
V asrda – O’rta Osiyoda shishasozlik rivojlangan.
VI asr o’rtalarida – Turk xoqonligi vujudga keldi.
552-yilda – Bumin xoqon deb e’lon qilindi.
555-yilda – turklar Sirdaryo va Orol dengizi bo’ylarigacha cho’zilgan keng o’lkalarni egallaydilar.
531-579-yillar – Xusrav I Anushevron hukmronligi.
563-yilda – turklar Eftallar davlati yerlariga bostirib kiradi.
VI asrda – Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo havzalarida o’ndan ortiq voha hokimlikari mavjud edi.
VI asrning 80-yillari oxirida – Turk xoqonligi ikkiga: Sharqiy Turk xoqonligi va G’arbiy Turk xoqonligiga bo’linib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |