1864-yil 4-iyunda – M. Chernyayev boshchiligidagi qo’shin Talas daryosining chap sohili-dagi Avliyoota (hozirgi Taroz)ni bosib oldi.
1864-yil 12-iyulda – N. Veryovkin otryadi Qo’qon xonligiga qarashli Turkiston shahrini bosib oldi.
1864-yilning kuzida – Chimkent egallanib, Yangi Qo’qon chizig’i asosida qo’lga kiritilgan qal’alar birlashtirildi.
7-MAVZU XIX asr o’rtalarida – Toshkent aholisi 80 mingga yaqin kishini tashkil etgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida – Toshkentning 12ta (Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sag’bon, Chig’a-toy, Ko’kcha, Samarqand, Kamolon, Beshyog’och, Qo’ymas, Qo’qon, Qoshg’ar) darvozasi bo’lgan.
1864-yil 1-oktabrda – M. Chernyayev o’zini podshoga yaxshi ko’rsatish uchun tezlik bilan Toshkentni qo’lga kiritmoqchi bo’ldi.
1865-yilning aprelida – podsho hukumatining harbiy qo’shinlari Toshkent yaqiniga joylashtirildi.
1865-yilning may oyida – M. Chernyayev boshchiligidagi istilochilar Toshkentga hujum boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |